NamDU talabalari bilan targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi
Namangan shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan shahar hududida YTHlarni oldini olish, hujjatsiz transport vositasi boshqarish holatlariga chek qo'yish maqsadida NamDU talabalari bilan targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi.
Unda dastlab aynan talabalar ishtirokida sodir etilgan YTHlar to'g'risida ma'lumotlar berilib, ushbu hodisalarning kelib chiqish omillari to'g'risida gapirildi.
Yo'llarda tartibli va namunali harakatlanish bo'yicha talabalarga tushuntirish ishlari olib borilib, qoida buzish insonning eng avvalo o'ziga, shuningdek, boshqa bir insonning jabrlanishiga sabab bo'lishi to'g'risida qat'iy ogohlantirishlar berildi.
Bu kabi tadbirlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati