Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#Zomin_2025
#Mintaqaviy_bosqich

VODIYNING IJODKOR YOSHLARI SARALANDI

🔰Iste’dodli yoshlarning "Zomin seminari" bu yil ham yuzlab yoshlarni musobaqa maydonida jamladi.

Farida Afro‘z, Zulfiya Mo‘minova, Shahodat Isaxonova, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Saidjalol Saidmurodov, Masihullov Madaminov kabi o‘zbek adabiyotining peshqadam vakillari hakamlik qilgan mintaqaviy bosqich iste’dodlargi kashf etish shukuhi ila yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Andijon, Namangan va Farg‘ona yoshlarining qizg‘in o‘tgan ijodiy bellashuvi natijasida uch viloyat yoshlaridan nizomdagi yo‘nalishlarning har biriga bir nafardan ishtirokchi Zominga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mintaqaviy bosqichda qatnashgan barcha yigit-qizlarga maxsus sertifikat hamda kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Ijodini ustozlar nazaridan o‘tkazgan yoshlarning eng iqtidorlilari endi an’anaviy seminarning respublika bosqichiga yo‘l oladilar.

Omad yor bo‘lsin, aziz yoshlar!

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegr
am | Facebook | Instagram
04/21/2025, 16:20
t.me/fargona_y_u/9208
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found