Bolalar kutubxonasida “Usmon Nosir izdoshlari” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
🇺🇿 Yosh avlod qalbida adabiyotga muhabbat uyg‘otish, iste’dodli o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi hamda O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Usmon Nosir izdoshlari” klubi tashkil etildi.
🤔 Klubning ilk tadbirida uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari, taniqli shoir va yozuvchi Ziyovuddin Mansur, 50 nafar viloyatdagi umumta’lim maktablarining iqtidorli, ijodkor o‘quvchilari ishtirok etdi.
♾ Bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Turaxodjayeva tomonidan “Usmon Nosir izdoshlari” klubi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilinmoqda. Ushbu tashabbus doirasida yosh ijodkorlar uchun she’riyat mashg‘ulotlari, adabiy uchrashuvlar, ijodiy bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
✅ Klubning asosiy maqsadi – o‘quvchi-yoshlar orasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni o‘z ijodiy izlanishlariga ilhomlantirish, shuningdek, Usmon Nosir singari elparvar shoirlarning boy adabiy merosini chuqur o‘rganishga undashdan iborat.
Mazkur loyiha yoshlar orasida badiiy tafakkurni rivojlantirish, adabiyot orqali ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga hissa qo‘shish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram |
Facebook |
Veb Sayt