Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
TO
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
https://t.me/toshkentshaharmmtb
Channel age
Created
Language
Uzbek
1.36%
ER (week)
6.72%
ERR (week)

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси.

Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 3 930 results
#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktablari

📣📣📣📣📣

⚡️Joriy yilning 26-aprel, 3-, 10-, 17-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi.

✅ Ochiq eshiklar kunida:

➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆26-aprel, 3-, 10-, 17-may kunlari
⏳soat 11:00 dan 15:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 6/2.

➖Murojaat uchun:
📱(99895)479-20-80
😎@Diyor_919
😎@Laziza_Naz

❗️Aziz oʻquvchilar, keling ijod maktabimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ijod maktabi oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
04/25/2025, 16:32
t.me/toshkentshaharmmtb/44097
✅Koreya Respublikasining Songenkvan universiteti o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 158-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

❇️Ular koreys va ingliz tillarini jadal o‘rganayotgan maktab o‘quvchilari bilan uchrashdilar. Yuqori sinf o‘quvchilariga universitetga qabul qilish va o‘qish tartibi haqida qiziqarli taqdimot namoyish etildi. Keyin taqdimot mavzusi bo'yicha viktorina o'tkazildi. Koreys tilida muvaffaqiyatli javoblardan so'ng talabalar sovg'alarga ega bo'lishdi.

🔰Yakunda mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Maktab o’quvchilari tomonidan yaratulgan xalq hunarmandchiligi namunalari ularda kata taassurot qoldirdi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/25/2025, 12:52
t.me/toshkentshaharmmtb/44090
🇺🇿 Bugun Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi bosharmasi xodimlari uchun "Siyosiy-maʼrifat soati" o‘tkazildi.

♻️Tadbirda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

🔰O‘quv soati davomida O‘zbekiston va xorijdagi dolzarb siyosiy-iqtisodiy jarayonlar haqida maʼruzalar tinglandi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/25/2025, 09:29
t.me/toshkentshaharmmtb/44080
✅Ayni paytda poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxhi maktab" tanlovining shahar bosqichi boshlanmoqda.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/25/2025, 07:54
t.me/toshkentshaharmmtb/44070
#Siyosiy_ma’rifat_soati_15_son

📚“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/6OOFashm71k sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

👉Rasmiy sahifalarimiz:
✈️TELEGRAM    |  📱 INSTAGRAM
04/25/2025, 06:50
t.me/toshkentshaharmmtb/44069
✅ Bugun Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Jamoliddin Sayfiddinovich Kamolov tomonidan bitiruvchi yoshlar bilan “Ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi va huquqiy madaniyatini shakllantirish” mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

❇️ Ushbu tadbir, yoshlarimizni adolat, huquq va ma'naviyat asosida tarbiyalash, ularning kelajakda zamon talablariga mos, mas'uliyatli insonlar bo'lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

https://t.me/ToshkentshaharMMTBref="https://youtube.com/@bsburxonov?si=EUHGorbBdre89OCr" target="_blank" class="primary-link">
04/25/2025, 06:47
t.me/toshkentshaharmmtb/44066
Prezident sovrini uchun "XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" tanlovi haqida 5 ta fakt

📊 Uchta fan — ingliz tili, nemis tili, fransuz tili doirasida tashkil etiladigan ushbu tanlovga shu kunga qadar 110 mingdan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.

✅Mazkur loyiha 2022-yildan buyon muntazam tashkil etiladi va joriy yilda 4-marta o‘tkazilmoqda.

➡️Har bir bosqich g‘oliblari Prezident sovrini bilan taqdirlanib, tanlov g‘olibiga 850 mln so‘mgacha mablag‘ topshiriladi.

✈️ Tanlovda yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

➖Bugungi kunga qadar 210 nafar o‘quvchi va 42 nafar ustoz Buyuk Britaniya va Germaniya davlatlarida taʼlim sayohatida bo‘lib qaytdi.

✅Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovnng viloyat bosqichi barcha hududlarda ertaga, 25-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/24/2025, 15:09
t.me/toshkentshaharmmtb/44058
✅Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizdagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida davom etayotgan attestatsiya jarayonida Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari test sinovlarida ishtirok etishmoqda.

♻️Bugun Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Iroda Yuldasheva mazkur markazda bo'lib, imtihon jarayonlari va ularda ishtirok etayotgan pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔰Mazkur jarayonga biriktirilgan mas'ullar va mutaxassislar, shuningdek, attestatsiyada qatnashayotgan pedagoglar bilan muloqot qildi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 11:15
t.me/toshkentshaharmmtb/44049
✅Toshkent shahar Adliya boshqarmasida umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq fani o‘qituvchisi” Respublika ko'rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

❇️Unda tuman bosqichlarida saralangan 36 nafar ishtirokchi ikki shart asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sergeli tumani 6-maktab oʻqituvchisi Gulnora Mambetova faxrli birinchi o'rinni egalladi. Yakkasaroy tumani 91-maktab oʻqituvchisi Malika Shermatova 2 -, Yunusobod tumani 265-maktab oʻqituvchisi Otabek Orziyev 3 – pog'onani band etishdi. Endi ular tanlovning Respublika bosqichida Toshkent shahri sharafini himoya qiladilar.

🔰Ma'lumot uchun, tanlovning Respublika bosqichi g’oliblari quyidagicha mukofotlanadi:
1- o‘rin - 30 000 000 so‘m;
2- o‘rin — 20 000 000 so‘m;
3- o‘rin - 10 000 000 so‘m.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 11:00
t.me/toshkentshaharmmtb/44039
✅Mirobod tumanidagi 65-sonli umumta’lim maktabida “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi.

🔰Tadbir doirasida “Sarmoya.books” kitob savdo markazi bilan hamkorlikda arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

🎥Bu haqda batafsil video reportajimiz orqali tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 10:53
t.me/toshkentshaharmmtb/44038
#tanishing
#oliy_toifa_sohibalari

✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-sonli umumta'lim maktabi o'zbek tili fani o'qituvchisi Sojida Qurbonova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.

🔰Mohir pedagog test imtihonlarida 80 ball jamg'arib, oliy malaka toifasi talabini bajardi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 09:40
t.me/toshkentshaharmmtb/44037
✅Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabida "Raqamli transformatsiya — kelajak ta’limi: xalqaro hamkorlik va rivojlanish tendensiyalari" mavzusida xalqaro o‘qituvchilar forumi o‘tkazildi.

❇️Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, maktab va kollejlarning o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

🔰Shuningdek, forum doirasida ishtirokchilar tumandagi 292-sonli umumta’lim maktabiga taklif etildi. Mehmonlar mazkur ta'lim muassasasida uyushtirilgan “Bahor sayli”da qatnashdilar.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 09:13
t.me/toshkentshaharmmtb/44027
#tanishing
#oliy_toifa_sohibalari

✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 338-sonli umumta'lim maktabi ingliz fani o'qituvchilari Valentina Fedyaeva, Farangiz Nazarova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.

🔰Quvonarlisi, test imtihonlarida Valentina Sergeyevna 92, Farangiz Romovna 90 ball jamg'arib, oliy malaka toifasiga sazovor bo'ldilar.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 09:07
t.me/toshkentshaharmmtb/44026
RASMIY MUNOSABAT

✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkentdagi “Magic World” xususiy bog'chasi tarbiyachisi bolani kaltaklab, uning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatganligi haqida videomurojaat e'lon qilingandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi: Toshkent shahridagi “Magic World” nodavlat ta'lim tashkilotida sodir bo'lgan voqea yuzasidan tarbiyalanuvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

Ayni paytda mazkur holat bo'yicha ichki ishlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini bildiramiz.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 08:59
t.me/toshkentshaharmmtb/44025
#tanishing
#oliy_toifa_sohibalari

✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 196-sonli umumta'lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Nazokat Jumatova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.

🔰E'tiborlisi, mohir pedagog test imtihonlarida ona tili va adabiyotidan 84 ball jamg'argan bo'lsa, o'zbek tili( davlat tili)dan esa 88 ball to'pladi. Bu esa Nazokatning oliy malaka toifasi talabini bajarishi uchun kifoya qildi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 08:48
t.me/toshkentshaharmmtb/44024
#Ochiq_muloqot
#Rahbar_va_yoshlar

✅Kecha Olmazor tumanidagi 191-sonli umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig'i Iroda Yuldasheva mazkur tumanda yashovchi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

❇️Boshqarma boshlig'i samimiy va ochiq muloqot ruhida o'tgan tadbirda yoshlarning ijtimoiy holati, kelajak rejalari hamda muammolari bilan tanishdi. Har bir ishtirokchi yosh bilan yuzma-yuz muloqot qildi, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

♻️Uchrashuvda yoshlar tomonidan ishga joylashish, ularning yangi loyihalarini qo'llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘rganish kabi masalalar bo'yicha qilgan aksariyat murojaatlari joyida hal qilindi.

🔰Ayrim masalalarni hal etish va yechimini topish yuzasidan masʼullarga zarur topshiriqlar berildi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 08:26
t.me/toshkentshaharmmtb/44020
#Live

🔴 “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.

📍 Tadbir Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o’tmoqda.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/24/2025, 07:58
t.me/toshkentshaharmmtb/44019
✅Xabaringiz bor, shu yil 9-aprel kuni umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida «Bilimdon o'quvchilar» tanlovining ikkinchi bosqichi o'tkazildi. Tanlov real vaqt rejimida onlayn o'tkazilib, unda maktablarning 8-9-10-sinflarida ta'lim olayotgan 7741 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

❇️Toshkent shahri bo'yicha eng yuqori natija ko'rsatgan 5 nafar o'quvchiga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining qimmatbaho sovg'alari hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar tantanali topshirildi.

🔰Shuningdek, tanlovda o'quvchilarning o'rtacha ball ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori natija ko'rsatgan Olmazor tumanidagi 191-, Yunusobod tumanidagi 220-, Yashnobod tumanidagi 226-sonli umumta'lim maktabi jamoalariga Toshkent shahar hokimining maxsus sovg'asi — noutbuk taqdim qilindi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 07:40
t.me/toshkentshaharmmtb/44014
✅Kuni kecha Uchtepa tumanidagi 81-sonli umumta'lim maktabida “Ekologik barqarorlik, iqlim oʻzgarishi hamda yashil iqtisodiyot konsepsiyasini taʼlim tizimi orqali amalga oshirish strategiyalari” mavzusida mahorat darsi uyushtirilganini xabar qilgandik.

📚Tadbir doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Ekologik harakati oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

🎥Tafsilotlar bilan O'zbekiston 24 telekanali Maxsus reportaj dasturi orqali batafsil tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 07:12
t.me/toshkentshaharmmtb/44013
04/24/2025, 06:54
t.me/toshkentshaharmmtb/44006
✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 223-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Ilmli yoshlar — yurt tayanchi!” shiori ostida Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.

🔰Tadbir doirasida tuman hokimligi mas'ullari, mahalla faollari, nuroniylar hamda ota-onalar maktabga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga maktabning ta'lim-tarbiya jarayonini bevosita kuzatish, dars jarayoni va innovatsion metodlar bilan tanishish, o'quvchilarning o'quv faoliyati haqida to'liq ma'lumot olish, o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha olib borilayotgan mashg'ulotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

🎼Shuningdek, maktab qoshida faoliyat ko'rsatayotgan teatr-studiyasi, folklor, doirachilar to'garaklari a'zolarining chiqishlari barchaga manzur bo'ldi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 06:54
t.me/toshkentshaharmmtb/44004
#ofarin

✅Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 287-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchilari orasida muddatidan avval talaba bo'lishga musharraf bo'layotgan o'quvchilar soni tobora ortib bormoqda.

🔰Kuni kecha maktabning 11-“A” sinf o'quvchisi Abro Boltayev Wingate University, North Carolina (AQSh) universitetiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib talaba bo'lish huquqini qo'lga kiritdi hamda 27 ming AQSH dollari miqdorida grant sohibi bo'ldi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB
04/24/2025, 06:44
t.me/toshkentshaharmmtb/44003
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria