Prezident sovrini uchun "XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" tanlovi haqida 5 ta fakt
📊 Uchta fan — ingliz tili, nemis tili, fransuz tili doirasida tashkil etiladigan ushbu tanlovga shu kunga qadar 110 mingdan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.
✅Mazkur loyiha 2022-yildan buyon muntazam tashkil etiladi va joriy yilda 4-marta o‘tkazilmoqda.
➡️Har bir bosqich g‘oliblari Prezident sovrini bilan taqdirlanib, tanlov g‘olibiga 850 mln so‘mgacha mablag‘ topshiriladi.
✈️ Tanlovda yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
➖Bugungi kunga qadar 210 nafar o‘quvchi va 42 nafar ustoz Buyuk Britaniya va Germaniya davlatlarida taʼlim sayohatida bo‘lib qaytdi.
✅Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovnng viloyat bosqichi barcha hududlarda ertaga, 25-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram 🌐
Facebook 🌐
Youtube 🌐
Instagram 🔎
Veb-sayt 😄
Linkedin