Ishonchga yo'l bermas shubha, gumonlar,
Ayt, meni yuragingga kimlar yomonlar?
Yotdir - sendan o'zga sohibjamollar,
Sevib qolganman seni, telbadek.
Uyg'ongach,
Kun bo'yi,
Ovqatlanganda,
Tunlari uxlolmay, toqatlanganda,
Hayolim band qilish etmaysan kanda,
Sevib qolganman seni, telbadek.
Yolg'izlik. Yuta boshlaydi xona,
Kunlarni sanayman - sog'inch bahona,
"Sog'lar"ga tuyilar bu axmoqona,
Sevib qolganman seni, telbadek.
Aql ham qilar, yurakka itoatlar,
O'tmaydi, yurmaydi tunda soatlar,
Bedorman, uxlay olmam soatlab,
Sevib qolganman seni, telbadek.
Navbat poylar yana qancha mushkullar,
Havotir, iztirob, va yana tushkunlar,
Ko'payar hijronga yana "ish kunlar"
Sevib qolganman seni, telbadek. (arxiv)
©️Shahboz
🫀
Reaksiya qoldiring :)