Futzal. O‘zbekiston Kubogi. Peshqadamga mag‘lub bo‘ldik
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Bugun Abdulla Bo‘riyev murabbiyligidagi “qaldirg‘ochlarimiz” guruh peshqadami “Oil Star”ga qarshi tarketga chiqib, kurashlarga boy o‘yinga mag‘lubiyatga uchradi. Afsuski, bu mag‘lubiyatdan so‘ng jamoamiz keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.
O‘zbekiston Kubogi. 2-tur
🔵“Oil Star” – “Bunyodkor”🔵 – 3:1
Gollar: Temur Salimov, 6 – 1:0. Nurullo Sa’dullayev, 8 – 1:1. Temur Salimov, 23 – 2:1. Ilhom Hamroyev, 39 – 3:1.
😃 @fcBunyodkorOfficial - yangiliklarni rasmiy sahifada kuzatib boring!