- Bugun kurashlarga boy oʻyin boʻldi, deb oʻylayman. Muxlislarga ham yoqadigan hujumkor futbolni koʻrdik. Shunisi e'tiborliki, xuddi birinchi davrada Fargʻonada boʻlgani kabi bu safar ham hisobni ochib, oʻyin tugashi arafasida gol oʻtkazib yubordik. Bunga oʻzimiz aybdormiz. Hisobni ochgandan keyin ham kamida ikki uch marta yuz foizlik imkoniyatlarni koʻkka sovurdik. Raqiblarimiz esa bundan ruhlanib, ustunlikni qoʻlga olishdi. Hisobni tenglashtirishgandan soʻng ham chirchiqliklarda gol kiritish imkoniyati boʻldi. Hatto bugun yutqazib qoʻyishimiz ham mumkin edi. Pley-offga chiqish uchun uchta jamoaning imkoniyatlari teng deb oʻylayman. Bu yogʻiga ham har bir oʻyin biz uchun finaldek oʻtadi. Imkoniyat bor ekan, harakatdan toʻxtamaymiz, oxirigacha kurashamiz.
😃 @fcBunyodkorOfficial - yangiliklarni rasmiy sahifada kuzatib boring!