Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
FC
FC BUNYODKOR
4 541 subscribers
3
1.7 k
Anvar Rahimov: “Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi”

O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Namangan FA – “Bunyodkor” uchrashuvidan jamoamiz ustozi Anvar Rahimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Muxlislarga yoqadigan tomoshabop o‘yin o‘tkazdik. Ammo sun’iy qoplamali maydonda to‘p surganimiz bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Umumiy futbol elementlari – pas, koptok bilan yugurish kabi jihatlarda maydonnning holati pand berdi. Sun’iy maydonga nisbatan ko‘nikmamiz yo‘qligi sababli birinchi bo‘limni unga moslashish bilan o‘tkazdik. Tanaffusdan keyin hammasi o‘z o‘rniga tushdi, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va g‘alaba qozondik. Mezbonlar ham yaxshi o‘ynadi, jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. O‘yin uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

😃 @fcBunyodkorOfficial - yangiliklarni rasmiy sahifada kuzatib boring!
04/23/2025, 20:52
t.me/fcbunyodkorofficial/72373
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found