#Jizzax_kadastr
#korrupsiyasiz_hayot_sari
🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I. Tajibayev,⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari I. Mustafoyev va B. Abduraimovlar ishtirokida Arnasoy tuman bo'limi (filiali) xodimlari uchun yig'ilish tashkil etildi.
💱 Yig‘ilishda tizimda poraxo‘rlik va firibgarlik kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi.
◼️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli
Qonuni ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.
◼️Yig'ilish davomida xodimlarning ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
💬 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅
Telegram I 📸
Instagram I💬
Facebook