#Xorazm_Kadastr #Maqola
*️⃣Yer sohasidagi islohotlar bugungi kun hayotimizning barcha sohalari bilan aloqadorligi hamda yerlarni hisobini yuritish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi har bir fuqarolar oʻrtasida boʻlayotgan bahs va munozaralardagi asosiy mavzulardan biriga aylangan.
*️⃣Barchamizga maʼlumki, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
*️⃣Yer uchastkalari xususiy sektorga yaʼni yuridik va jismoniy shaxslarga mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi yoʻlga qoʻyilgan.
*️⃣Shunindek, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishda ham qator islohotlar olib borilyapti.
*️⃣Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga kelishi belgilangan.
*️⃣Ayrim fuqarolar tomonidan “Yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastrga murojaat qildim ammo ishimni hal qilmadi”, degan eʼtirozlarini xam eshitib turamiz gohida. Shuni alohida taʼkidlab oʻtishimiz zarurki, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquq egasining murojaati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquq vujudga kelganidan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
*️⃣Yaʼni koʻrib turibmizki, kadastr organlari yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazmaydi, balki yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. Bunda, Yer uchastkasi, unga boʻlgan huquqni va ushbu huquq egasini bogʻlovchi tashkilot sifatida koʻrishimiz mumkin. Ushbu jarayonni amalga oshirishimiz uchun yuqoridagi 3 ta maʼlumot boʻlishi zarur.
*️⃣Bundan tashqari yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganib, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda joriy etish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib borish, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish borasidagi takliflarni muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.
�
� Telegram I �
� Instagram
📱Facebook
I 📱Youtube