#Bilasizmi❓
#Kadastr_pasporti
📝 Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?
📃 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasport
i rasmiylashtiriladi.
🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
🔺ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔺yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.
💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
⌛️Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini
to‘laydi.
🌐 Telegram
🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌐 YouTube