Mektepke shekemgi bilimlendiriw sistemasında sapanı jańa basqıshqa alıp shıǵıw temasında press-tur shólkemlestirildi
Mektepke shekemgi bilimlendiriw sistemasında sapanı jańa basqıshqa alıp shıǵıw jolındaǵı háreketler boyınsha media wákilleri ushın arnawlı press-tur shólkemlestirildi.
4-sanlı mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkeminde bolıp ótken press-tur dawamında rayonnıń media wákilleri zamanagóy bilimlendiriw metodları, balalardıń dóretiwshilik hám intellektuallıq rawajlanıwına qaratılǵan jańalıqlar, ıqsham ortalıq hám zamanagóy sharayatlar menen jaqınnan tanıstı.
"Bilimlendiriwdiń sapasın jańa basqıshqa alıp shıǵıw" - bul ápiwayı sózler emes. Bul:
• Hár bir bala ushın ilhamlandırıwshı hám qáwipsiz mektepke shekemgi ortalıq jaratıw;
• Oqıtıwshılardıń potencialın arttırıw hám olardı innovaciyalıq metodikalarǵa úyretiw;
• Balalardıń qızıǵıwshılıǵı hám qábiletine sáykes individual qatnas;
• Bilimlendiriwde sanlı texnologiyalar hám zamanagóy pedagogika usılların keńnen qollanıw;
• Birge islesiw hám ata-analardıń qatnasıwın kúsheytiw degeni.
Moynaqta bul maqsetke qaray isenimli qádemler taslanbaqta. Hár bir kishkene bala erteńgi elimizdiń rawajlanıwınıń dóretiwshisi!
Sonlıqtan, mektepke shekemgi bilimlendiriw - eń áhmiyetli hám eń mehirli basqısh sıpatında ayrıqsha itibarda.
Press-tur dawamında kóplegen jıllı máwritler hám jarqın tásirler mórlendi.
Moynaqlı balalar jańasha, zamanagóy hám arzıw-niyetlerin ámelge asıratuǵın bilimlendiriw ortalıǵında kamalǵa kelmekte!
_
Maktabgacha ta’lim tizimida sifatni yangi bosqichga olib chiqish mavzusida press-tur tashkil etildi
Maktabgacha ta’lim tizimida sifatni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yuzasidan media vakillari uchun maxsus press-tur tashkil etildi.
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan press tur davomida tuman media vakillari zamonaviy ta’lim metodlari, bolalarning ijodiy va intellektual rivojiga qaratilgan yangiliklar, shinam muhit va zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
"Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish" — bu shunchaki so‘zlar emas. Bu:
• Har bir bolakay uchun ilhomlantiruvchi va xavfsiz maktabgacha muhit yaratish;
• O‘qituvchilar salohiyatini oshirish va ularni innovatsion metodikalarga o‘rgatish;
• Bolalar qiziqishi va qobiliyatiga mos individual yondashuv;
• Ta’limda raqamli texnologiyalar va zamonaviy pedagogika usullarini keng qo‘llash;
• Hamkorlik va ota-onalar ishtirokini kuchaytirish demakdir.
Mo‘ynoqda bu maqsad sari dadil qadamlar tashlanmoqda.
Har bir kichkintoy ertangi yurtimiz taraqqiyotining bunyodkori! Shu bois, maktabgacha ta’lim — eng muhim va eng mehrli bosqich sifatida alohida e’tiborda.
Press-tur davomida ko‘plab iliq lahzalar va yorqin taassurotlar muhrlandi.
Mo‘ynoqlik bolalar yangicha, zamonaviy va orzularini ro‘yobga chiqaruvchi ta’lim muhiti bag‘rida kamol topmoqda!
muynak.uz |
telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
Twitter