⌛Energiyanı únemlew - hár birimizdiń puqaralıq minnetimiz!
Búgingi kúnde Moynaq rayonında energiya resursların únemlew hám nátiyjeliligin arttırıw baǵdarında rayon prokuraturası qadaǵalawında alıp barılıp atırǵan jumıslar nátiyjesinde xalqımızdıń abadanlıǵı jolında áhmietli qádemler taslanbaqta.
Usı maqsette Májbúriy orınlaw byurosı Puqaralıq isleri boyınsha sud hújjetlerin orınlaw bóliminiń aǵa inspektorı Dilmurod Jumanov Moynaq rayonına keldi.
Ol dáslep rayonlıq elektr támiynatı kárxanasında bolıp, energiyanı únemlew baǵdarındaǵı háreketler menen tanıstı. Ásirese, elektr resursların únemlew boyınsha jolǵa qoyılǵan jańa mexanizmler, juwapker xızmetkerlerdiń pidákerlik miyneti itibarǵa ılayıq.
Prezidentimizdiń 2025-jıl 1-apreldegi PQ-133-sanlı qararın ámelde júzege shıǵarıw ushın rayonlıq shtabta ótkerilgen májiliste kárxana hám shólkem basshıları esabat berdi. Qatań tapsırma sol, hár bir sóz, hár bir qarardıń artında xalıqtıń mápleri turıwı shárt!
Sonday-aq, D.Jumanov quyash panellerin ornatıp atırǵan xalıq penen de sáwbetlesti. Quyash nurlarınan bereket izlegen bul insanlar keleshek ushın ekologiyalıq taza hám únemli energiya deregin tańladı. Olardıń arzıw-nietleri hám háreketleri keleshek áwlad ushın taza hám jarqın turmıs jaratıwǵa qaratılǵan.
Moynaq rayonı prokuraturasınıń bul tarawdaǵı izbe-iz qadaǵalawı hám baslamaları maqtawǵa ılayıq! Áne, usınday qatnaslar sebepli energiya resursları biykarǵa jumsalmaydı, elimizde únemlep jasaw mádeniyatı bekkemlenedi.
_
⌛Energiyani tejash – har birimizning fuqarolik burchimiz!
Bugungi kunda Mo‘ynoq tumanida energiya resurslarini tejash va samaradorligini oshirish borasida tuman prokuraturasi nazoratida olib borilayotgan ishlar natijasida xalqimiz farovonligi yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda.
Shu maqsadda Majburiy ijro byurosi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar hujjatlarini ijro etish bo‘limining katta inspektori Dilmurod Djumanov Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurdi.
U dastlab tuman elektr ta’minoti korxonasida bo‘lib, energiya tejamkorligi borasidagi sa’y-harakatlar bilan tanishdi. Ayniqsa, elektr resurslarini tejash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi mexanizmlar, mas’ul xodimlarning fidokorona mehnati e’tiborga molik.
Prezidentimizning 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qarorini amalda ro‘yobga chiqarish uchun tuman shtabida o‘tkazilgan yig‘ilishda korxona va tashkilot rahbarlari hisobot berdi. Qat’iy topshiriq shuki, har bir so‘z, har bir qaror ortida xalq manfaatlari turishi shart!
Shuningdek, D.Djumanov quyosh panellarini o‘rnatayotgan aholi bilan ham suhbatlashdi. Quyosh nurlaridan baraka izlagan bu insonlar kelajak uchun ekologik toza va tejamkor energiya manbaini tanladi. Ularning orzulari va sa’y-harakatlari kelajak avlod uchun toza va yorqin hayot yaratishga qaratilgan.
Mo‘ynoq tuman prokuraturasining ushbu sohadagi izchil nazorati va tashabbuslari tahsinga sazovor! Aynan mana shunday yondashuvlar tufayli energiya resurslari behuda sarf qilinmaydi, yurtimizda tejab-tergab yashash madaniyati mustahkamlanadi.
muynak.uz |
telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
Twitter