Startap nima?
Bugungi kunda "startap" so‘zi trendga aylangan. Ammo startap aslida nima va u bizga qanday foyda keltiradi? Keling, shu haqda gaplashamiz.
Startap — bu yangilik. Bu yangi g‘oya yoki mahsulot yaratish, mavjud muammolarni innovatsion yo‘l bilan hal qilish demakdir. Startaplar insonlar hayotini yengillashtirish, muammolariga yechim topish va yangi imkoniyatlar yaratish uchun ishlab chiqiladi.
Misol uchun, dunyodagi eng yirik kompaniyalardan Apple, Google, Yandex va boshqalar ham startap sifatida boshlangan. Ular ham o‘z davrida yangi g‘oya bilan bozorga chiqib, innovatsion yechimlar taklif qilgan va taklif qilib kelmoqda.
O‘zbekistonda ham yirik startaplar bormi?
Agar sizda "O‘zbekistonda ham yirik startaplar bormi?" degan savol tug‘ilgan bo‘lsa, javobim ha! Misol sifatida Payme mobil ilovasini keltirishim mumkin. Bu loyihani O‘zbekistondagi eng yirik startaplardan biri deb atash mumkin.
Davomi bor...
@sh_marifov@ubsstartupclub