Muhammad Yusuf ijodiga ehtirom
UBS Til va adabiyot ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Ulug‘imsan, Vatanim!" mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti dekani Bahodir Gulmatov, Til va adabiyot ta’limi kafedrasi mudiri Nargiza Pazlitdinova, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Muhammad Yusuf she’riyati, uning ijodida mavjud poetik topilmalar, shuningdek, shoirning o‘zbek adabiyoti rivojida tutgan o‘rni xususida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida Til va adabiyot ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rasuljon To‘jimatovning "Muhammad Yusuf she’riyatining lingvokonseptual va lingvopoetik xususiyatlari" monografiyasi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Shoir ijodiga bag‘ishlangan bu kecha barchada iliq taassurot qoldirdi.
👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!
UBS Namangan rasmiy sahifalari:
👍
Telegram | 👍
Instagram