#deputatlar_hududda
📌 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Boriy Alixanov Toshkent shahridagi Salar aerostansiyasida o’rganish ishlari olib bordi.
✅ Maydoni 96,4 gektarni tashkil etuvchi mazkur aerostansiya 960 ming m³/kun oqava suvni tozalash quvvatiga ega.
✅ Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yashnobod, Yangihayot hamda Sergeli tumanlaridan kelayotgan oqava suvlar shu yerda mexanik, biologik va zararsizlantirish bosqichlarida tozalanadi.
💠 O‘rganish davomida quyidagi muammolar aniqlandi:
➡️ Tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan quyqalarni utilizatsiya qilish tizimi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan;
➡️ Ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar tufayli suvning kimyoviy ifloslanganligi;
➡️ Aholi tomonidan oqava suv tizimlariga nam salfetkalar, tagliklar va boshqa chiqindilar tashlanayotgani sababli tizim faoliyatiga zarar yetmoqda;
🔴 Bizni kuzatishda davom eting!
🌐
matbuot_kotibi_uz 🌐
press_secretary_parliament✅
press secretary parliament