🏥Tibbiyot muassasalarida aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
🟢Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganyapmiz.
🌐Dastlab Jarqo‘rg‘on tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldik. Xususan, tuman markaziy shifoxonasida fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar bilan tanishdik.
Ta’kidlash joizki, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, tibbiyot muassasalaridagi mavjud shart-sharoitlar, tozalik, zamonaviy texnik jihozlar bilan ta'minlanganlik holati – bularning barchasi sog‘lom jamiyat barpo etishda muhim omil sanaladi.
✅O‘rganish davomida bemorlar va ularning yaqinlari bilan ochiq muloqotlar tashkil etib, ular duch kelayotgan muammolar, xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlarning munosabati, tibbiy jihozlar va dorilar bilan ta’minot darajasini o‘rgandik.
Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi tumanning 66 ta mahallasida istiqomat qiluvchi 242 495 nafar aholiga 6 ta oilaviy poliklinika, 5 ta oilaviy shifokorlik punkti, 15 ta mahalla tibbiyot punktlari, 1 ta KTMP va uning Surxon hududiy bo‘limi orqali birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatib keladi. Tuman markaziy shifoxonasi 304 o‘ringa mo‘ljallangan.
O‘rganish davomida shifoxona rahbariyati bilan mavjud muammolar borasida suhbatlashdim va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarimni bildirdim.
Inson salomatligi va ekologiyaga jiddiy xavf tug‘diradigan muammolarni e'tiborsiz qoldirish mumkin emas. Bu holat nafaqat atrof-muhit, balki kelajak avlod uchun ham katta xavf tug‘diradi.
🤝Shu bois mavjud muammolarni tizimli hal qilish va amaliy chora ko‘rish yuzasidan mahalliy kengash deputatlari hamda tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan kelishib oldik.
#Ecopartiya #Surkhandaryo #DeputatHududda
Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
📱
telegram 📱
instagram 📱
facebook