⚡️Yoshlar uchun yana bir yangilik!
Endi har yili ikki ming nafar talabaga “Work and Travel” dasturi orqali rivojlangan davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun foizsiz ssuda beriladi!
Bu dastur talabalarga nima beradi?
1. Talabalarga ta’til davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish;
2. Borish-kelish aviachiptasi uchun davlat tomonidan 15 million so‘m foizsiz qarz (ssuda);
3. Haftasiga 30-40 soat ishlash va bu orqali bir mavsumda o‘rtacha 3-7 ming dollargacha daromad topish imkonini beradi.
Dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok etishi mumkin.
Ariza topshirish 15-maydan Davlat xizmatlari markazi yoki
my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.
Batafsil
ushbu havolada@alisher_sadullaev