Raqamli bankni 25 kishi boshqara oladimi?
An'anaviy banklar minglab xodimlarga ega bo‘lib, murakkab operatsiyalarni boshqaradi. Biroq, zamonaviy raqamli banklar kichik jamoalar bilan ham katta yutuqlarga erishmoqda. Litviya, Vilnyusda bosh ofisiga ega myTU raqamli banki bunga yorqin misol: atigi 25 kishilik jamoa bilan ular 50,000 dan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatib, 2025 yilga kelib 1 milliard yevrodan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
myTU – to‘liq avtomatlashtirilgan, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan va bulut texnologiyalariga asoslangan raqamli bank bo‘lib, aqlli, xavfsiz va arzon moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. myTU quyidagi xizmatlarni taklif qiladi:
✅ Masofaviy ro‘yxatdan o‘tish
✅ To‘lov xizmatlari (payments-as-a-service)
✅ Oilaviy banking
✅ Marketpleys va sodiqlik tizimi
Bularning barchasi myTU’ning o‘ziga xos avtomatlashgan bank platformasi (abs) orqali boshqariladi.
Qanday qilib bu kichik jamoa bunday katta natijalarga erishmoqda?
1. Raqamli texnologiyalarning kuchi
myTU banki sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarni to‘liq qo‘llab, ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtira oldi. Bu inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, xodimlarning samaradorligini oshirdi.
— AI asosidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish – chatbotlar va avtomatlashtirilgan tizimlar 24/7 ishlaydi.
— To‘liq avtomatlashtirilgan KYC & onboarding – mijozlar 5 daqiqada ro‘yxatdan o‘tib, bank xizmatlarini ishlatishni boshlaydi.
— Bulutli avtomatlashgan banking tizimi – murakkab infratuzilmaga ehtiyoj yo‘q, operatsion xarajatlar minimal.
💡 Natija: Bank katta IT infratuzilma yoki ortiqcha xodimlarsiz, bir necha o'ng ming foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi,.
2. Moslashuvchan va ixcham jamoa
25 kishilik jamoa tezkor qaror qabul qilishi va bozor o‘zgarishlariga moslashishi mumkin.
— Har bir xodim universal mutaxassis – ular bir nechta vazifalarni bajara oladi.
— Byurokratiya yo‘q – faqat natijaga yo‘naltirilgan ish jarayoni.
— Masofaviy ish modeli – jamoaning ko‘p qismi uydan/kovorkingdan ishlaydi, shuning uchun ortiqcha ofis xarajatlari ham yo‘q.
3. Investitsiyalar va moliyaviy samaradorlik
Yaqinda myTU 10 million yevro miqdorida Series A investitsiya raundini muvaffaqiyatli
yakunladi.
— Dastlab 6 million yevro investitsiya bilan ishlagan va shunga qaramay katta natijalarga erishgan.
— Yangi 10 mln yevro quyidagi yo‘nalishlarga sarflanadi:
✅ Mahsulotlarni kengaytirish
✅ Kredit va ekvayring xizmatlarini rivojlantirish
✅ To‘liq litsenziya olish uchun tayyorgarlik
💡 Qiziq fakt: myTU venchur kapital (VC) investitsiyalarini jalb qilishdan voz kechgan, ya’ni ularga faqat mavjud aksiyadorlar va uzoq muddatli biznes hamkorlari sarmoya kiritgan.
4. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar
myTU mijozlarga qulay va innovatsion moliyaviy mahsulotlar taqdim etadi.
— Family Banking – oilaviy moliyalarni boshqarish uchun maxsus xizmat.
— Payments-as-a-Service – bizneslar uchun to‘lov xizmatlari.
— Sodiqlik tizimi – Keshback va boshqa imtiyozlar.
— To‘liq SI avtomatlashtirilgan xavfsizlik tizimi.
Bankni 25 kishi boshqara oladimi? myTU buni isbotlamoqda: avtomatlashtirilgan tizim, soddalashgan jarayonlar va sun’iy intellekt ularni odatiy banklardan ajratib turibdi. Kelajak banklari shunday bo‘ladimi?
@abdullabutaev