📖 Òz hayotimda bòlgan voqea 📖
Men yoshligimdan kitoblar va dars berish va dars qilishni judayam yaxshi kòraman .. Hattoki boģcha yoshlarimda qo'shnilarimizni bolalarini yiģib yerga joy qilib berib devorga taxtaga òxshash narsa qo'yib " ustozlik " qilardim )
Oradan ancha yillar òtdi . Ilmga, kitoblarga qiziqishim yanada ortti .. Ammo afsuski aynan ta'lim uchun yonib kuyadigan davrimda imkoniyat bo'lmadi ..( Alhamdulillah. Robbimni har bir Ishida biz uchun hayr yaxshilik bordir ..
O'sha vaqtlarda atrofimdagi ilm tolibalari bemalol kitob sotib olishar va òzlari qachon xohlasa kutubxonalardan istagan kitoblarini tanlab olib kelishardi .. ( Ularni doim qo'llariga pul tutkazib " Bu ehtiyojlaringga qizim " deydigan dadalari bo'lardi ..
Men uchun òzimni xos kitoblarim va kutubxonam bòlishi orzu edi faqat . Bemalol kitob sotib olish esa meni kalajakdagi maqsadim bòlgan...
U yillar meni umrim havas va faqat ularni xursandchiligini his qilish bilan o'tdi ..
Dars qilishda davom etaverdim .. kòpgina sinovlar va og'riqli yillar va oģir kunlar òtdi .. ( Alhamdulillah)
Lekin ilm olish , ta'lim , dars berish , o'z ustimda imkonim boricha ishlash davom etaverdi .. ( Biiznillah )
Menga nimadir kerak bòlsa Allohdan sòradim . Agar kitob istasam Allohga ayttim , nimadir yegim kelsa Robbimga aytdim . Nimadandir siqilsam Allohga qaytdim , nimanidir bilmasam Yana òziga qaytaverdim ..
Menda bo'lgan eng yaxshi narsam bu - Allohga bo'lgan go'zal gumonim edi .. buni hech ham tark qilmadim . Men ishonardimki bu qorong'u tunlar ortida Men uchun yorug' kunlar bor .. Men hali òzim istagan narsalardan ham kòprog'iga erishaman . Robbimni bergani men òylaganimdan ancha buyuk bòladi derdim ..
Ba'zan juda alam qilardi. Nahotki .. men shu kabi narsalarga arzimaymanmi ? Yoki menga ham shunaqa ne'matlar berilsa kòproq xizmat qilardimku derdim ...
(Aqlimiz juda ham noqis ekani shundan ham bilinadi)
Yillar òtdi .. u yillar ichida kòp narsalar ham birga òtdi .. ( nimalarni yòqotgan bòlsam Alloh undan afzallarini evaz qilib berdi .. )
Topgan narsalarim ichida eng qadrlisi bu ilm ne'mati edi ...
( Allohdan ilmda bardavom bo'lishlikni ham sòrash kerak ekan . Sobit tura olmagan oxirigacha borolmaydi . o'ylaganiga yeta olmaydi )
Bu uzun yillar ichida menga yordam bergan narsalar : Robbimga gòzal gumon qilishlik , duoni lozim tutib sabr ila kutishlik , qanoat va boriga shukr qilib , qo'lidagi imkoniyat bilan xizmat qilaverishlik ...
( Bahona qilgan inson , xohlamaganidan bahona qiladi )
Bu orada axloqingiz juda go'zal bo'lishini tavsiya qilaman . Kamroq dunyoviy narsalar bilan shug'ullanib ko'proq ilmga amalga vaqt ajratishlik .. dunyo tashvishlariga qattiq siqilmaslik .. va siz sòragan narsa erta Indin keladigandek rozilik ila kuta bilishlik...
Alhamdulillah hammasi òtdi.. Endi men Robbimning fazli ila kitob sotib ololaman .. kitobxonalarga borib òzim istagan kitobni olishga Alloh imkoniyat berdi.. endi bemalol o'sha orzularimda oz bòlsada yashay olaman ..
Kimlargadir bu oddiy narsa tuyular .. yoki qiziqmas bo'lishi mumkin.. Ammo bu men uchun òsha damlardagi orzuim bòlgan .. inson yaxshi kòrganini qancha kutadi .. kelmasa ham kutaveradi . Bir kun kelishini biladi ..
Men kitoblarni juda yaxshi kòraman . Ba'zan kutubxonaga sotib olish uchun emas shunchaki kitoblarni hidini hidlash uchun kiraman .. ularni kòrishlik va tomosha qilishlik meni zavqlantiradi ..
Balki bizda hamma o'ylagan, yaxshi kòrgan narsalarimizni qilishlik uchun imkon bo'lmas .. Ammo bizni Robbimiz borligi va u zot Lahuh ( yosh boladek tinmay bermaguncha so'rayveradigan ) bandasini duosini ,albatta , ijobat qiladi ..
Siz faqat ishoning va sodiq bòling .. Bor imkoningiz bilan harakat qilavering . Orzularingizni haqiqatga chiqaruvchi zotga yaqinlashavering ..
Zero , har bir sòrovchi ijobatidan umid qiluvchidir .. Allohga umid qilgan banda zoe bòlmaydi ..
❤️@Ukhtu_Khalid1