Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
UK
Ukhtu Khalid
2 742 subscribers
17
55
756
✨Jazaakallahu hoyron ( Jazaakillah hoyron ) dan tashqari yana 🔃

Duo uchun ishlatiladigan chiroyli atamalarni yodlab olamiz va birodarlarimiz orasida yoyilishiga sabab bòlamiz in shaaAllah 😊

Ushbu gòzal duolar har qanday paytda aytilaveradi . Rahmat orniga yoki tashakkur òrniga yoki rahmatga javob òlaroq aytsangiz ham bòladi . Arablarda bu duolar juda keng tarqalgan va bular insonni qalbini juda xursand qiladi ..🪻

▫Alloh seni ikrom qilsin !

أكرمك الله - Akromakalloh
الله يكرمك - Alloh yukrimuk

▫ Alloh sendan rozi bòlsin !

رضي الله عنك - Rodiyallohu ank
الله يرضى عليك - Alloh yardo alayk

▫Alloh senga baraka bersin !

بارك الله فيك - Baarakallohu fiyk
الله يبارك فيك - Alloh yubarik fiyk

▫ Alloh senga yaxshilik ato etsin !

أحسن الله إليك - Ahsanallohu ilayk

▫Alloh sen yaxshi kòrgan narsani senga tezlashtirsin yoki Alloh seni Jannatdagi manzilada yashatsin !

حياك الله وبياك Hayyakallohu va bayyak

▫Alloh seni ne'matlantirsin !

أنعمك الله An'amakalloh
الله ينعمك Alloh yun'imuk

▫ Alloh ilmingni ziyoda qilsin !

زادك الله علما - Zaadakalloh ilman

▫ Alloh iymoningni ziyoda qilsin !

زادك الله إيمانا - Zaadakalloh iymaanan
الله يزيد إيمانك - Alloh yaziydu iymanak

▫Alloh senga yaxshilik va yengillikni tezlashtirsin !

عجل الله لك الخير والفرج - Ajallallohu lakal xoyro val faroja

▫▫ Alloh senga kuch quvvat bersin !

الله يقوّيك - Alloh yuqovviyk

✈️@Ukhtu_Khalid1
04/27/2025, 18:20
t.me/ukhtu_khalid1/1836
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found