#xalqaro_hamkorlik #Vatanga_qaytatildi #bola_manfaatlari
11 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi
📌Joriy yilning 14-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikki yengil avtomobil to‘qnashuvi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan (2013-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) B.R. shifoxonaga yotqizilgan.
Afsuski, ushbu
fojiali hodisa oqibatida bolaning avtomashinada bo‘lgan ota-onasi vafot etgan.
🖇️ Bola yengil jarohat olgan bo‘lib, ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng, uni O‘zbekistonga qaytarish va yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirish masalasi o‘rganildi.
📄 Xususan, fojeadan xabar topgan bolaning yaqin qarindoshlari yetib kelib vaqtincha vasiylikni rasmiylashtirish jarayonini boshlagan bo‘lishsa-da,
B.R. ni Rossiya Federatsiyasidan olib chiqish uchun hujjatlar yetarli emas edi.
☑️ Mazkur masala yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova
ga murojaat qildi.
📍Bolalar ombudsmani va Ichki ishlar vazirligining tezkor hamkorlik choralari natijasida O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Astraxan viloyati Ijtimoiy rivojlanish va mehnat vazirligi tomonidan zaruriy amaliy yordam ko‘rsatilib, bolaga va uning qarindoshiga qisqa fursatda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi
va bolaning Vatanga
qaytishi ta’minlandi.
Hozirda bola O‘zbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramog‘iga topshirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolaga rasman vasiylik va unga zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik choralari ko‘riladi ✔️.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani o‘z xorijiy hamkasbiga, O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Astraxan viloyati Ijtimoiy rivojlanish va mehnat vazirligiga bola manfaatlari himoyasi yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildiradi va bu borada xalqaro hamkorlik faoliyatini izchil davom ett
iradi🤝.
Telegram|Facebook|Instagram