Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
HT
Aндижон вилояти Санитария эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси|Расмий канали
https://t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
36.12%
ERR (week)

Telegram https://t.me/httpsAndijon_viloyatiSEOvaJSX Facebook https://www.facebook.com/61550990940451/ Web sayt http://andseom.uz

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 397 results
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati
Qo‘rg‘ontepa tumanida O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

❇️ Tadbirda:
O‘zbekiston Respublikasi SSV KO‘XYUKMM Farg‘ona filiali boshlig‘i I. Mamajonov,
Andijon viloyat Sanepidqo‘mitasi vrach-epidemiologi Q. Azimov,
Tuman Sanepidqo‘mitasi mutaxassislari,
TTB vakillari,
Favqulodda vaziyatlar Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi xodimlari,
Tuman poliklinika va OP shifokorlari ishtirok etdilar.
✅ Amaliy mashg‘ulotlarda: O‘LAT kasalligi (bubon-septik shakli, A-20.1)ga gumon qilingan bemorga birinchi yordam ko‘rsatish, epidemiologik va epizootologik surishtiruv, kasallik manbai va yuqish omillarini aniqlash, yakuniy dezinfeksiya ishlarini olib borish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
04/26/2025, 18:03
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7887
Dafn etish joylarining sanitariya holati o‘rganilmoqda.

Yurtimizda har bir sohada bo‘lgani kabi, dafn etish maskanlari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q!
📍 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 63 ta dafn etish joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida:
"Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi;
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi atroflicha o‘rganildi.
9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fuqarolar tashrifi ortishi kutilayotgani bois:
✅ Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish;
✅ Kayfiyatga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Toza muhit – sog‘lom jamiyat!
04/25/2025, 07:32
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7886
BOZORLARDA SANITARIYA TALABLARIGA QANCHA DARAJADA AMAL QILINMOQDA?
❇️ Andijon viloyati Sanepidkomita Izboskan tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumanda yangi faoliyat boshlagan savdo kompleksi ko‘zdan kechirildi.
📌Tadbir davomida savdo rastalarida taqdim etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan go‘sht, tuxum kabi tez buziluvchi mahsulotlarning holati o‘rganildi.
✅ Sotuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi daftarchalari va mahsulotlarga taalluqli veterinariya laboratoriya xulosalari nazorat qilindi.
📌 Shuningdek, sotuvchilarga aholining sog‘lig‘ini asrash maqsadida quyidagilarga eʼtibor qaratish bo‘yicha tushunchalar berildi:
➖Ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish;
➖Botulizm kabi xavfli kasalliklardan ogoh bo‘lish;
➖Yuqumli va yuqumsiz kasalliklar tarqalishining oldini olish.
Sifatli mahsulot – sog‘lom jamiyat garovi!
04/25/2025, 07:22
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7885
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon bo‘limi tomonidan tumanining Magistral yo‘li bo‘yida joylashgan noqonuniy savdo obyektlari faoliyati to‘xtatildi. Bu chora-tadbirlar fuqarolarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish maqsadida amalga oshirildi.
Savdo bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga quyidagi tavsiyalar berildi:
✅ Savdo faoliyatini ruxsat etilgan hududlarda olib borish;
✅ Tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tib turish;
✅ Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalariga qat’iy amal qilish.
📌Noqonuniy savdo joylari ko‘pincha sanitariya qoidalariga javob bermaydi, mahsulotlar sifatsiz bo‘lishi yoki iste’molga yaroqsiz holga kelishi mumkin. Bu esa aholining sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradi.
Sanepidqo‘mita Andijon viloyat boshqarmasi aholimiz salomatligi uchun xavf soluvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yo‘lida doimiy nazorat tadbirlarini olib bormoqda.
04/25/2025, 07:16
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7884
#Qabul
#MAY_oyi_uchun

⚡️May oyida tashkil etiladigan kurslar!

1️⃣ oylik (144 soat):
🔷“Epidemiologiya”
🔷“Bakteriologiya”
🔷"Parazitar kasalliklar laborator diagnostikasi"

2️⃣ oylik (288 soat):
🔷“Epidemiologiya”
🔷“Bakteriologiya”
🔷"Parazitar kasalliklar laborator diagnostikasi"

3️⃣.5️⃣ oylik (504 soat):
🔷“Epidemiologiya”
🔷“Bakteriologiya”
🔷"Parazitar kasalliklar laborator diagnostikasi"

Kursga yozilish uchun:
☎️+998 90 919 73 71
+998 93 843 82 22
✉️@Shakhobiddino
vich_1404

�SanepidRC👈

Instagram | Youtube | Facebook|Website
04/24/2025, 14:48
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7883
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Mahallabay tizimi asosida Chakkon-1 MFYda, potronaj hamshiralar bilan hamkorlikda hududdagi xonadonlarda epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya-profilaktika targ‘ibot ishlari olib borildi.

Targ‘ibot ishlari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:

🦠Gepatit kasalliklari: Aholiga ayniqsa gepatit A va B turlari, ularning yuquvchanlik yo‘llari, oldini olish choralariga oid tushuntirishlar berildi. Toza ichimlik suvi va gigiyenaga e’tibor qaratildi.

🤮Ovqatdan zaharlanish: Noto‘g‘ri saqlangan, muddati o‘tgan yoki tozalanmagan mahsulotlardan foydalanish oqibatlari tushuntirildi. Aholiga ovqat tayyorlash va iste’mol qilishda gigiyenik qoidalarga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🐕Quturish (hayvon tishlashi): Aholiga bemalol yurayotgan yoki egasiz hayvonlar chaqqan holатlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish, quduzlikka qarshi emlash zarurligi haqida ma’lumot berildi.

😷Qizamiq va qizilcha: Bolalar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan bu kasalliklarning oldini olishda vaksinalarning ahamiyati tushuntirildi, ota-onalarga emlash kalendari asosida harakat qilish tavsiya etildi.
04/24/2025, 09:29
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7882
❗️Bezgak kasalligi — bu Plasmodium turkumiga mansub parazitlar tufayli kelib chiqadigan yuqumli kasallik bo‘lib, asosan anofel urug‘iga mansub chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Kasallik isitma, titroq, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ba’zida ko‘ngil aynishi va qusish kabi belgilari bilan namoyon bo‘ladi.
25-aprel — Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy etilgan. Ushbu kun bezgakka qarshi global kurashni kuchaytirish, odamlar ongini oshirish va profilaktik choralarni targ‘ib qilish maqsadida nishonlanadi.
04/24/2025, 09:08
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7878
Ortiqcha shakar — yashirin xavf!

❗️Shakar inson organizmi uchun energiya manbai hisoblanadi. Lekin me'yordan ortiq iste'mol qilinsa, u bir qator jiddiy kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.
⬆️Shu haqida yuqoridagi lavha orqali batafsil maʼlumot berildi.
04/23/2025, 09:24
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7877
❇️Hududlarda sanitariya hamda epidemiologik vaziyat maqbul holatda bo‘lishini ta’minlashda, sinamalarni aniq va tezkorlik bilan taxlil qilishda zamonaviy asbob‑uskuna­larning ahamiyati katta.
✅Shu maqsadda, Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi laboratoriyalarni yangi uskunalar bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
📽Bu haqida batafsil “Andijon MTRK” telekanalining “Axborot” dasturida ma’lumot berildi.
04/22/2025, 11:00
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7876
❗️Emlanish — bu inson organizmini xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi himoya qilish uchun maxsus vaksina orqali amalga oshiriladigan profilaktik chora.
💉Yuqoridgi infografika orqali emlanish to‘g‘risida bilib olishingiz mumkin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Facebook
04/22/2025, 10:27
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7875
QULUPNAYNI TO‘G‘RI TANLANG VA TO‘G‘RI ISTE'MOL QILING!

🍓Yoz fasli – mevalarga boy mavsum! Ayniqsa, bahorning shirin ne'mati qulupnay sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari uchun ajoyib tanlovdir. Ammo uni xarid qilishda va iste'mol qilishda quyidagilarga albatta e'tibor bering:
TANLASHDA:
🍓 Yorqin qizil rangda, dog‘siz va yaltiragan bo‘lsin.
👃 Tabiiy hidi yoqimli bo‘lishi kerak.
✋ O‘rtacha qattiqlikdagi mevalar tanlang – na juda yumshoq, na juda qattiq.
⚠️ Pishmagan yoki ezilgan mevalarni xarid qilmang.
🧃 Qadoqlangan mahsulotlarda ishlab chiqarilgan sanasini tekshiring.
ENG MUHIMI – YUVILMASA, QANDAY XAVFLAR KUTISHI MUMKIN?
Qulupnay yuzasida:
🦠 Salmonella,
🦠 E.coli (ichak tayoqchasi),
🦠 Gelmint tuxumchalari (ichak parazitlari)
saqlanishi mumkin.
YUVILMAGAN QULUPNAY:
Ich ketishi (diareya)
Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi
Yuqori harorat bilan kechadigan ovqatdan zaharlanish
Bolalarda immunitet pasayishiga olib kelishi mumkin.
04/22/2025, 07:59
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7874
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tuman bo‘limi bo‘limi mutaxassislari tomonidan
🏫 Oltinko‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 5-DMTTda
📅 2025-yil aprel oyi uchun rejalashtirilgan tekshiruv o‘tkazildi.
➖Tekshiruv davomida:
• 🍽️ Oshxona,
• 🛏️ Yotoqxona,
• 🚻 Hojatxonalar va boshqa zaruriy joylar
sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq ravishda ko‘zdan kechirildi.
⚠️ Ayniqsa oshxona sharoitlari chuqur o‘rganilib, ovqatdan zaxarlanish holatlari oldini olish,
kasalliklar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun muhim tavsiyalar berildi.
✅ Har bir xona tozaligi, ventilyatsiya holati, dezinfeksiya ishlari hamda tozalash vositalaridan foydalanish darajasi baholandi.
📌 Tekshiruvdan ko‘zlangan asosiy maqsad —
bolalar salomatligini himoya qilish va sog‘lom muhitni ta’minlashdir.
04/21/2025, 08:17
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7873
BACHADON SARATONI — OLDINI OLISH MUMKIN BO‘LGAN KASALLIK

✅ Bachadon bo‘yni saratoni ayollar salomatligi uchun xavfli onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, unga ko‘pincha inson papillomavirusi ( VPCH) sabab bo‘ladi. Bu virus jinsiy yo‘l bilan yuqadi va vaqtida aniqlanmasa, bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishiga olib keladi.
✅ Aynan shu kasallikning oldini olish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab, 2016 yilda tug‘ilgan (ya'ni 9 yoshli) qizlarga VPCHga qarshi bepul emlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, Andijon viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Izboskan tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tibbiyot birlashmasiga qarashli joylardagi emlash punktlarida mazkur yosh toifasidagi qiz bolalarga emlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
✅ Shuningdek, tumandagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga kasallik haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Sog‘lom avlod — yurtimiz kelajagi!
04/21/2025, 08:08
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7869
Bezgak — hayot uchun xavfli yuqumli kasallik!

🦟🛑Bezgak (malariya) — bu Plasmodium turiga mansub parazitlar sabab bo‘ladigan, asosan anofel turidagi chivinlar chaqishi orqali yuqadigan og‘ir infeksion kasallikdir. Bezgak tana haroratining keskin ko‘tarilishi, titroq, bosh og‘rig‘i, holsizlik va boshqa asoratlar bilan kechadi. Vaqtida davolanmasa, hayot uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Shu bois, aholining xabardorligini oshirish va profilaktikani kuchaytirish maqsadida:
📅 2025-yil 17-aprel kuni
Andijon viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi Baliqchi tuman parazitologiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan 121-sonli buyrug‘ning 1-ilovasi asosida seminar o‘tkazildi.
👨‍⚕️ Seminar davomida quyidagilar muhokama qilindi:
✔️ Bezgak kasalligining sabablari (etiologiyasi)
✔️ Tarqalish xususiyatlari (epidemiologiyasi)
✔️ Davolash yo‘llari
✔️ Profilaktika choralar
📻 Bozorlar radiouzelida soha mutaxasislari tomonidan bezgak to‘g‘risida tushuntiruv ishlari olib borildi.
Aziz yurtdoshlar!
O‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligi uchun bezgak kasalligidan ehtiyot bo‘ling!
04/18/2025, 09:00
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7867
Korruptsiya — bu shaxsiy foyda uchun vakolatdan suiiste’mol qilishdir.
⬆️Batafsil ma’lumotni yuqoridagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐Bizni kuzatishda davom eting!

|Telegram|Facebook|
04/18/2025, 08:46
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7863
Cho‘ponlar uchun gigiyena qoidalari – salomatlik kafolati.

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi cho‘ponlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar uchun quyidagi gigiyenik tavsiyalarni eslatadi:

1. Qo‘l gigiyenasiga rioya etilishi zarur.
❗️Mol parvarishi jarayonida qo‘llar tezda ifloslanadi. Har qanday ovqatlanishdan avval va keyin, shuningdek, hojatxonadan so‘ng qo‘llarni sovun bilan yuvish gigiyenaning asosiy talablaridandir.
2. Ichimlik suvi tozaligiga e’tibor qaratilishi lozim.
❗️Yaylovlardagi suv manbalari har doim ham xavfsiz bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ichishdan avval suv qaynatilib iste’mol qilinadi.
3. Oziq-ovqat mahsulotlari yopiq idishlarda saqlanishi kerak.
❗️Mahsulotlar chang, hasharotlar va boshqa tashqi iflosliklardan himoyalangan holda, yopiq va salqin joyda saqlanishi maqsadga muvofiqdir.
4. Shaxsiy gigiyena vositalaridan individual tarzda foydalaniladi.
❗️Sochiq, idish-tovoq, gigiyenik buyumlar faqat bir kishiga tegishli bo‘lishi, ulardan umumiy foydalanish cheklanishi zarur.
5. Ish kiyimlari alohida saqlanishi va muntazam tozalanib turilishi lozim.
❗️Molxona va yaylovda kiyiladigan kiyimlar bilan uyda yurilmaydi. Ular alohida joyda saqlanishi va toza holda bo‘lishi kerak.
6. Tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tib turish tavsiya etiladi.
❗️Profilaktik tibbiy ko‘rik salomatlikni nazorat qilish va kasalliklarning oldini olishda muhim hisoblanadi.
04/18/2025, 07:55
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7862
⚠️ Yodlangan osh tuzi iste’moliga e’tibor qarating!
Yod — inson salomatligi uchun nihoyatda muhim bo‘lgan mikroelementlardan biridir. Ayniqsa:
👶 Bolalar, 🤰 Homilador ayollar, 🤱 Emizikli onalar uchun juda zarur.
❗Yod tanqisligi quyidagi muammolarga olib kelishi mumkin:
⚠️ Qalqonsimon bez kasalliklari
⏳ Aqliy va jismoniy rivojlanishning sekinlashuvi
🚫 Homiladorlikda asoratlar, tug‘ma nuqsonlar
🧠 Bolalarda nutq va o‘rganish qobiliyatining pasayishi
❌ Oddiy osh tuzi bu xavflarni oldini olmaydi.
✅ Shuning uchun yodlangan tuzdan foydalaning — bu eng sodda va samarali choradir!
✔️ Yodlangan tuzni qanday tanlash kerak?
✅ Qadoqlangan va yaroqlilik muddati bor bo‘lishi
✅ "Yodlangan" degan yozuvga e’tibor bering
✅ Sifatli, rangsiz va quruq bo‘lishi lozim
⏲️ Pishirishga yaqin va kam miqdorda qo‘shing — yod saqlanadi
🏠 Uy sharoitida qanday saqlash kerak?
🌥️ Quruq, salqin va qorong‘i joyda saqlang
🚫 Havo o‘tkazmaydigan idishda saqlang (ochiq idishda yod bug‘lanadi!)
☀️ Quyosh nurlaridan himoya qiling
✅ Doimo qopqog‘i yopiq bo‘lsin
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi sizni sog‘lom hayot tarziga chorlaydi!
Yodlangan tuz — salomatlik garovi!

🌐Bizni kuzatishda davom eting!

|
Telegram|Facebook|
04/18/2025, 07:35
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7860
🔴 Ishchi guruh sanoat korxonalarida: gigiena, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash markazida!

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tuman hokimligi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh tarkibida faol ishtirok etmoqda.

🏭 Ishchi guruh tomonidan sanoat korxonalarida:
✔️ Mehnat sharoitlarining gigiena talablariga mosligi,
✔️ Favqulodda holatlarning oldini olish choralari,
✔️ Yangi ish o‘rinlari yaratish rejalari,
✔️ Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish masalalari chuqur tahlil qilinmoqda.

🔰 Shu bilan birga, Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan korxonalar xodimlari o‘rtasida:

➖Kasb kasalliklarining oldini olish,

➖O‘tkir ichak kasalliklari,

➖Virusli gepatit profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Sog‘lom muhit – samarali mehnat!
04/17/2025, 12:05
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7858
BOZORLARDA GIGIENA VA SANITARIYA TALABLARI: XARIDOR VA SOTUVCHILAR NIMALARGA E’TIBOR QARATISHI SHART?
♻️Bozor – kundalik hayotimizning ajralmas bo‘lagi. Ammo bu yerda sog‘lig‘imiz xavfsizligini ta’minlash uchun qat’iy sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish zarur. Andijon viloyati Sanepidqo‘mitasi bozorlarda quyidagi talablarga e’tibor qaratadi!
1. Tashqi muhit gigienasi:
Bozor hududi doimiy tozalanishi, chiqindilar belgilangan joylarga tashlanishi shart.
Axlat qutilari yetarli miqdorda bo‘lishi, ular har kuni bo‘shatilishi lozim.
Ichimlik suvi manbalari, hojatxonalar va qo‘l yuvish joylari mavjud va toza bo‘lishi zarur.
2. Sotuvchilarga qo‘yiladigan talablar:
Gigiyena qoidalariga rioya qilish (maxsus kiyim, niqob, qo‘lqop).
Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Qo‘lda yoki yerda mahsulot sotish qat’iyan man etiladi.
3. Mahsulotlar xavfsizligi:
Go‘sht, sut, baliq kabi tez buziladigan mahsulotlar maxsus sovutgichlarda saqlanishi kerak.
Tayyor ovqatlar alohida joyda sotilishi, chang va hasharotlardan himoyalangan bo‘lishi shart.
Meva-sabzavotlar toza idishlarda saqlanishi va iste’molchiga tegmasdan tortilishi kerak.
4. Dezinfeksiya ishlari:
Bozorlar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi.
Kasalliklarning oldini olish uchun alohida nazorat jadvali ishlab chiqilgan.
❗️Eslatma: Hurmatli sotuvchilar va xaridorlar! Bozor – faqat savdo joyi emas, balki jamoat salomatligi uchun muhim nuqtadir. Har biringiz gigiyena talablariga amal qilib, sog‘lig‘ingizni va atrofdagilar salomatligini himoya qilgan bo‘lasiz.
04/17/2025, 11:59
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7857
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон шаҳридаги “Имкониятлар олами” ҳудудий ижтимоий хизматлар марказида яратилган шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в региональном центре социальных услуг «Имкониятлар олами» в городе Андижане.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #ijtimoiyxizmat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/16/2025, 17:20
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7855
🍽 Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish – bu sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish sifati kafolati!

❗️Bugungi kunda jadal rivojlanayotgan ovqatlanish sanoati iste’molchilarga qulaylik yaratgani kabi, mas’uliyatli yondashuvni ham talab qiladi. Jumladаn, ovqat tayyorlayotgan, saqlayotgan yoki taqdim etayotgan har bir shaxs sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilishi zarur.

Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozim:

👨‍🍳 Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
➤ Ishga kirishdan avval, hojatxonadan chiqqach va har safar ifloslanganidan keyin qo‘llar iliq suv va sovun bilan yuvilishi majburiy.
➤ Sochlar bosh kiyim bilan yopilgan, tirnoqlar kalta va toza bo‘lishi lozim.
➤ Ishchilarda o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyalari, teri yoki ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari bo‘lmasligi shart.

🔧 Jihoz va inventar gigiyenasi
➤ Har bir pichoq, taxtacha, qozon va boshqa oshxona anjomlari — alohida, toza va dezinfeksiya qilingan bo‘lishi zarur.
➤ Xom va tayyor ovqatlar bilan ishlatiladigan idishlar qat’iy ajratilgan bo‘lishi kerak.
➤ Sovutkich va omborlar har kuni tekshirib boriladi, tozalik muntazam ta’minlanadi.

🥩 Mahsulotlar sifati va xavfsizligi
➤ Mahsulotlar yaroqlilik muddatiga qat’iy amal qilingan holda, belgilанган haroratda saqlanishi kerak.
➤ Go‘sht, baliq va sabzavот mahsulotlari alohida tozalanadi, saqlanadi va qayta ishlanadi.
➤ Muzlatilgan mahsulotlar -18°C dan past haroratda saqlanishi shart.

🥘 Tayyor ovqatlar bilan ishlash qoidalari
➤ Tayyorlangan ovqatlar 60°C dan past bo‘lmagan haroratda iste’molchilarga taqdim etilishi yoki tezda iste’mol qilinishi lozim.
➤ Sovutiladigan mahsulotlar 4°C dan past haroratda saqlanishi kerak.
➤ Har bir taomning ishlab chiqarilgan vaqti, saqlanish muddati va sharoitlari aniq ko‘rsatilishi kerak.
🧼 Xonalar va atrof-muhit gigiyenasi
➤ Ovqatlanish joylaridagi har bir xona: oshxona, ombor, hojatxona, xizmat ko‘rsatish mayдонlari — har kuni tozalanadi va maxsus vositalar bilan dezinfeksiya qilinadi.
➤ Ventilyatsiya tizimi to‘liq ishlash holatida bo‘lishi, bug‘ ва hidлар тез chiqarilishi zarur.
➤ Zararli hasharotлар ва kemiruvchilarga qarshi doimiy ravishda dezinfeksiya ishlari olib boriladi.
‼️ Eslatma: Ovqatlanish maskanlaridagi bunday talablar — bu qog‘ozdagi tartib emas, fuqarolarning salomatligini himoya qiluvchi qonuniy me’yorlardir.
❗️Sanepidqo‘mitasi tomonidan nazorat doimiy ravishda olib boriladi. Qoidabuzarliklarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
04/16/2025, 08:13
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7844
‼️ANTISANITAR HOLATDA SOTILAYOTGAN MUZQAYMOQ – SALOMATLIKKA XAVF SOLADI‼️
🍦Yozning issiq kunlarida muzqaymoq ko‘pchilikning sevimli shirinligiga aylanadi. Ammo ochiq osmon ostida, chang-to‘zon, hasharotlar, sovutkichsiz holatda sotilayotgan muzqaymoqlar salomatligingizga jiddiy xavf tug‘diradi!
XAVFLARI NIMALARDAN IBORAT?
🔺Ichak infeksiyalari: salmonellyoz, dizenteriya.
🔺Zaharli ozuqa moddalar bilan zaharlanish
🔺Allergik reaksiya va teri toshmalari
🔺Bolalarda qusish, diareya, harorat ko‘tarilishi
BU HOLATNI OLDINI OLISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?
✅ Muzqaymoqni faqat sertifikatlangan savdo nuqtalaridan sotib oling
✅ Mahsulot sovutkichda saqlanayotganiga va yaroqlilik muddati o‘tmaganiga ishonch hosil qiling
✅ Ochiq, chang bosgan, sovutkichsiz joyda sotilayotgan mahsulotларни aslo sotib olmang
✅ Bolalarga muzqaymoq berishda ehtiyot bo‘ling – faqat ishonchli brendlar va yangi mahsulotlar harid qiling
AGAR ZAHARLANIB QOLINGAN BO‘LSA, NIMA QILISH KERAK?
Darak beruvchi belgilar: qusish, ich ketishi, bosh og‘rig‘i, tana harorati oshishi, holsizlik
Zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!
O‘zboshimchalik bilan dori ichmang!
04/16/2025, 07:54
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7841
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон шаҳрида “WBM Romitex” тўқимачилик кластерининг янги корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью нового предприятия текстильного кластера “WBM Romitex” в городе Андижане.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #tuqimachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/15/2025, 17:18
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7837
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятига келиб, Андижон халқаро аэропортини модернизациялаш ишларининг бориши билан танишди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Андижанскую область и ознакомился с ходом модернизации международного аэропорта Андижана.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #aeroport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/15/2025, 17:18
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7829
Андижон вилояти иқтисодиётини ривожлантириш режалари Президентга тақдимот қилинди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/15/2025, 17:18
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7838
Президент Андижон ҳудудий саноат ярмаркасига ташриф буюриб, вилоятда ишлаб чиқарилаётган маҳсулотлар билан танишди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/15/2025, 17:18
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7839
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятига келди. Андижон халқаро аэропортини модернизация қилиш ишлари юзасидан ахборот берилди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/15/2025, 17:18
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7830
Umumta’lim maktablarida sanitariya talablariga amal qilish – bu farzandlarimiz sog‘lig‘i va baxtli kelajagi uchun zamin!
Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalikni ta’minlash – hammamizning vazifamiz!
Quyidagi asosiy sanitariya talablariga rioya qilinishi zarur:
Sinfxonalarda tozalik har kuni ta’minlanadi
Sinf, yo‘lak, sport zallari namlab tozalanadi, changsiz saqlanadi.
🧼🧹
Xona harorati me’yorda bo‘lishi shart
Qishda – 18–22°C, yozda – shamollatish yaxshi bo‘lishi kerak.
🌡️❄️☀️
Parta va stullar o‘quvchining yoshi va bo‘yiga mos bo‘lishi kerak
Bu umurtqa va ko‘z salomatligi uchun muhim.
🪑📏
Ichimlik suvi xavfsiz va toza bo‘lishi shart
Suv dispenserlari yoki ichimlik fontanlari orqali ta’minlanadi.
🚰✅
Sanuzellar alohida va gigienik holatda bo‘lishi kerak
Har doim suv, sovun va gigienik vositalar bilan ta’minlanadi.
🚻🧼
Oqava suv tizimi va rakovinalar ishlashi shart
Qo‘l yuvish joylari yetarli va doimiy ishlovchi holatda bo‘lishi kerak.
🚿🧽
Ovqatlanish sharoitlari – xavfsiz va toza
Faqat tekshiruvdan o‘tgan mahsulotlar, sanitariya talablariga mos oshxona.
🍽️👩‍🍳
Yashil maydonlar saqlanishi kerak
Daraxtzor, gulli hududlar bolalar uchun foydali va zarur.
🌳🌸
Chiqindilar maxsus idishlarda yig‘iladi va vaqtida chiqariladi
Gigiena talablariga mos axlat konteynerlari o‘rnatiladi.
🗑️♻️
Dars jadvali – yoshga mos va muvozanatli bo‘lishi shart
Tanaffuslar yetarli, ortiqcha yuklama yo‘q.
📚🕒
O‘quvchi sumkasining og‘irligi belgilangan me’yordan oshmasligi kerak
1–4-sinflar: tana vaznining 10% dan oshmasligi kerak.
5–11-sinflar: 15% dan oshmasin.
Og‘ir sumkalar umurtqa va sog‘liq muammolariga olib keladi!
🎒⚖️
Barchamiz birgalikda sog‘lom avlod tarbiyasiga hissa qo‘shaylik!
04/15/2025, 10:50
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7822
❗️❗️Gepatit — jiddiy kasallik, oldini olish muhim!

📌Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan gepatit mavzusida tayyorlangan lavxada ushbu xastalikning sabablari, turlari, yuqish yo‘llari hamda oldini olish choralariga oid muhim maʼlumotlar yoritib berildi.
Lavxani to‘liq ko‘rish va sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmaslikni unutmang!
04/15/2025, 10:39
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7820
Aholini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash – ustuvor vazifamiz!

♻️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi Andijon viloyat boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash borasida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri Jalaquduq dehqon oziq-ovqat bozorda viloyat IIB karantin bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
⚠️ Tadbir davomida quyidagi muhim jihatlarga eʼtibor qaratildi:

1⃣ Tadbirkorlar va savdogarlarning SSVning 200-son buyrug‘iga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi;

2⃣ Go‘sht, sut mahsulotlari bilan savdo qiluvchilarning maxsus kiyim-bosh, shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlangani, tozalash va dezinfeksiya tadbirlarining meʼyorlarga muvofiqligi;

3⃣ Mahsulotlar faqat vakolatli laboratoriyalarning ijobiy xulosasi asosida realizatsiya qilinayotgani;

4⃣ Kuydirgi, brutsellyoz, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kabi xavfli kasalliklarning oldini olish choralari.
Tadbir doirasida fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
04/14/2025, 09:34
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7818
"Mahallabay" tizimi doirasida yuqumli kasalliklarning oldini olish va emlash ishlari davom etmoqda!
Sanepidqo‘mita Andijonviloyati boshqarmasi Xo‘jaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Chinbuloq MFYda "Mahallabay" tizimi asosida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
♻️Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarda tushuntirish ishlari amalga oshirildi:

🟡 Virusli gepatit

🤧 Gripp va O‘RVI

🐶 Quturish (beshenstvo)

🥫 Botulizm

❗ Boshqa mavsumiy yuqumli kasalliklar
Shuningdek, aholiga emlashning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
✅ Vaksinalar orqali ko‘plab kasalliklarning oldini olish mumkinligi ta’kidlandi.
📌 Xonadonlarga eslatma va tavsiyalar tarqatildi. 📄🏠
Tadbirning asosiy maqsadi — kasalliklarning oldini olish, aholining sanitariya-gigiyena madaniyati ва emlashga bo‘lgan ongini oshirishdan iborat.
🧼💉🛡️
Sog‘lom turmush tarzi — o‘z qo‘limizda!
04/14/2025, 09:23
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7815
🔰Sanepidqomita Andijon viloyati boshqarmasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan talablarni keng targ‘ib qilish maqsadida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda boshqarma boshlig‘i A. Ikromov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining viloyatdagi sho‘basi bosh inspektori ishtirok etdi.
Seminarda Farmonning asosiy jihatlari, xususan:
🔹tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini kafolatlash bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari,
🔹tekshiruvlar tartibini soddalashtirish va adolatli yuritilishini ta’minlash,
🔹davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari,
🔹huquqbuzarliklar sodir bo‘lishining oldini olishda profilaktika ishlarining roli
kabi mavzular atroflicha tushuntirildi.
04/14/2025, 09:12
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7812
Sut mahsulotlariga qanday gigiyenik talablar qo‘yiladi❓

❗️Qanday holatda sut mahsuloti sog‘liq uchun xavfsiz bo‘ladi?
Ushbu lavhada shu haqida bilib oling!
04/12/2025, 18:56
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7811
🛑 OITS: Himoyalaning va Ongli Bo‘ling!
🦠 OITS (OIV infektsiyasi) inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) tufayli rivojlanadigan kasallik bo‘lib, u organizmning himoya tizimini zaiflashtiradi.
📌 OITS qanday yuqadi?
✅ Himoyasiz jinsiy aloqa orqali
✅ Qon orqali (steril bo‘lmagan igna, tibbiy asboblar, qon quyish)
✅ Onadan bolaga homiladorlik, tug‘ruq yoki emizish vaqtida
📌 OITS QANDAY YUQMAYDI?
❌ Qo‘l berib so‘rash, quchoqlash yoki birga ovqatlanish orqali
❌ Choy, suv, idish-tovoq orqali
❌ Pashsha yoki chivin chaqishi orqali
❌ Hammom, hojatxona yoki basseyn orqali
Himoyalanish yo‘llari:
🔹 Faqat xavfsiz aloqa – OIV himoyasiz jinsiy aloqa orqali yuqadi. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
🔹 Faqat steril asboblar – Tibbiy jarayonlar, tatuirovka, manikyur yoki ignalar orqali yuqishining oldini oling.
🔹 Giyohvand moddalar yo‘q! – Ignalarni umumiy ishlatish virus yuqish xavfini oshiradi.
🔹 Profilaktik tekshiruvlar – OIV dastlabki bosqichda sezilmaydi. Vaqti-vaqti bilan test topshirish muhim!
🔹 Sog‘lom turmush tarzi – Immunitetingizni mustahkamlash uchun to‘g‘ri ovqatlaning va sport bilan shug‘ullaning.
⚠️ Esingizda bo‘lsin! OITS haqida bilimli bo‘lish – o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilishning eng yaxshi usuli!
04/11/2025, 17:20
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7809
SOG‘LOM OVQATLANISH – SALOMATLIK GAROVI! 🥗🥦
Har kuni tanovul qilayotgan ovqatimiz nafaqat qorin to‘ydirish, balki organizmimizning sog‘lom ishlashi uchun asosiy manbadir. Sog‘lom ovqatlanish quyidagi jihatlarda muhim ahamiyatga ega:
🔹 Immunitetni mustahkamlaydi – To‘g‘ri ovqatlanish orqali organizm zarur vitamin va minerallarni qabul qiladi, bu esa kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.
🔹 Energiya va diqqatni oshiradi – Sog‘lom mahsulotlar energiyani uzoq saqlashga yordam beradi, bu esa ish samaradorligi va aqliy faollikni yaxshilaydi.
🔹 Yurak va qon tomir kasalliklarining oldini oladi – Me’yorida yog‘ va tuz iste’mol qilish yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi.
🔹 Ortiqcha vazn va qandli diabetdan himoya qiladi – Balansli ovqatlanish ortiqcha kaloriyalarni cheklab, metabolizmni yaxshilaydi.
🔹 Oshqozon-ichak tizimini sog‘lom saqlaydi – Sabzavot, meva va tolaga boy mahsulotlar hazm jarayonini yaxshilaydi.
📌 Nima qilish kerak?
✅ Ratsionga ko‘proq sabzavot, meva, dukkakli mahsulotlar qo‘shing
✅ Tez tayyorlanadigan va yog‘li taomlardan voz keching
✅ Shakar va tuz iste’molini kamaytiring
✅ Kuniga kamida 1,5-2 litr suv iching.
04/11/2025, 17:11
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7807
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi majlislarzalida Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” va viloyat hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish, yong‘inlarni oldini olish hamda oshirilayotgan ishlar mavzusidagi  MATBUOT ANJUMANI o‘tkazildi.

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi O‘ta xavfli yuqumli bo‘limi shifokorlari hamda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, mas’ullar  va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda jurnalist va blogerlarni sohaga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berdilar hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha takliflari ham tinglandi.
04/10/2025, 14:18
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7805
Gepatitdan himoyalanish oson! 🦠🚫
Gepatit—jigar kasalligi bo‘lib, uning oldini olish mumkin! Qo‘lingizni yuvish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va emlanish orqali o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
📌 Ushbu lavha orqali gepatit haqida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Asaka bo‘limi boshlig‘i Sh. Shomirova tomonidan to‘liq ma’lumot berildi.
Sizning salomatligingiz—biz uchun muhim!
📢 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi
#Gepatit #Salomatlik #Profilaktika
04/10/2025, 11:23
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7802
Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi tomonidan nazorat ishlari o‘tkazildi.

🔰Shahrixon shahri, Shoh ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat savdosi va umumiy ovqatlanish obyektlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 200-buyruq asosida xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozimligi tushuntirildi.
👨‍🍳 Oshxona va savdo joylarida maxsus ish kiyimida ishlash muhimligi eslatildi.
🍽 Ovqat tayyorlash xonalari sanitariya talablariga muvofiq tekshirildi, jumladan:
🔸 Oshxona anjomlarining tozaligi
🔸 Mahsulotlarning saqlanish sharoitlari
🔸 Chiqindilarni belgilangan tartibda yo‘q qilish masalalari nazoratdan o‘tkazildi.
Tegishli ko‘rsatmalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.
Sof va xavfsiz mahsulot – iste’molchi sog‘lig‘i garovi!
04/09/2025, 17:20
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7801
ТУХУМИНИНГ ИСТЕЪМОЛИДА НИМАЛАРГА ЭЪТИБОР ҚАРАТИШ ЛОЗИМ?

🥚Тухум – инсон организми учун фойдали озиқ-овқат маҳсулотларидан бири ҳисобланади. Аммо унинг тўғри сақланиши ва истеъмолига амал қилинмаса, соғлиққа салбий таъсир қилиши мумкин.
ТУХУМ ИСТЕЪМОЛИДА ЭЪТИБОР БЕРИШ ЛОЗИМ БЎЛГАН ЖИҲАТЛАР:
✅ Сифатли тухумни танланг – тухум юзаси тоза, чўкиб кетмайдиган, синмаган бўлиши керак.
✅ Муддатини текширинг – 25 кундан ортиқ сақланган тухум истеъмол учун хавфли бўлиши мумкин.
✅ Тўғри сақланг – совутгичда 0-4°C ҳароратда сақлаш тавсия этилади.
✅ Истеъмолдан олдин ювинг – ювилмаган тухум юзасида сальмонелла бактерияси бўлиши мумкин.
✅ Чала пишган тухумдан эҳтиёт бўлинг – фақат яхши пишган ҳолда истеъмол қилиш тавсия этилади.
ОГОҲ БЎЛИНГ❗️
Агар тухумда ёқимсиз ҳид пайдо бўлган бўлса ёки унинг ранги ўзгарган бўлса, уни эстеъмол қилманг!!
04/09/2025, 17:05
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7799
#Биласизми #Экологик_ҳуқуқлар

⚠️Қонунчиликка кўра, чиқиндиларни аҳоли пунктлари ерларида, табиатни муҳофаза қилиш, соғломлаштириш, рекреация мақсадларига мўлжалланган ерларда, моддий маданий мерос объектлари жойлашган ерларда, фуқароларнинг ҳаёти ва соғлиғига, шунингдек табиатни муҳофаза қилиш объектларига ҳамда муҳофаза этиладиган табиий ҳудудларга зарар етказиш таҳдиди келиб чиқиши мумкин бўлган бошқа жойларда сақлаш ва бундай жойларга кўмиб ташлаш тақиқланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxbo
rot
04/08/2025, 12:50
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7798
Bug‘doy unini tabiiy mikroelement va vitaminlar bilan boyitish – sog‘lom hayot garovi.
🌾Bug‘doy uni aksariyat insonlar uchun asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. U kundalik taomnomamizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, tabiiy holda barcha zaruriy vitamin va minerallarga boy emas. Shu bois bugungi kunda dunyo bo‘ylab bug‘doy unini mikroelement va vitaminlar bilan boyitish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boyitilgan unning foydasi nimada?
Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bug‘doy uniga qo‘shimcha mikroelementlar qo‘shish inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
✅ Temir – qonda gemoglobin miqdorini oshirib, kamqonlikning oldini oladi. Ayniqsa, ayollar va bolalar uchun juda foydali.
✅ Rux (Zn) – immunitetni mustahkamlab, organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.
✅ Foliy kislotasi – bolalar va homilador ayollar uchun nihoyatda muhim bo‘lib, tug‘ma nuqsonlarning oldini oladi.
✅ B guruh vitaminlari – asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, stressga chidamlilikni oshiradi.
✅ D vitamini – suyak va tishlarning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi.
Nega aynan tabiiy mikroelementlar bilan boyitish muhim?
Sun’iy qo‘shimchalardan farqli o‘laroq, tabiiy mikroelementlar organizm tomonidan osonroq qabul qilinadi va ularning foydasi ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli, bug‘doy unini tabiiy yo‘l bilan boyitish nafaqat inson salomatligi, balki kelajak avlodning mustahkam sog‘lom bo‘lishiga ham xizmat qiladi.
Sifatli va boyitilgan un – mustahkam sog‘liq sari qadam!
04/08/2025, 11:09
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7797
🔷 Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi!

🦠 Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan Gepatit virusi aniqlangan xonadonda Dalvarzin MFY hududida zararsizlantirish ishlari olib borildi.

✅ Dezinfeksiya – bu atrof-muhitdagi zararli mikroorganizmlarni, virus va bakteriyalarni yo‘q qilish jarayoni bo‘lib, u epidemik kasalliklarning tarqalishini oldini olishga yordam beradi.

🦠 Gepatit virusi esa jigarga ta’sir qiluvchi xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, uni virusli infektsiyalar keltirib chiqaradi. Ushbu kasallik asosan qon, ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqishi mumkin.

🛡 Profilaktika choralari:
🔹 Shaxsiy gigienaga rioya qiling!
🔹 Sifatli ichimlik suvidan foydalaning!
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshilab yuvib iste’mol qiling!
🔹 Vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘ting!
04/07/2025, 09:57
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7795
🛑 Dehqon bozorlarida oʻrganish ishlari olib borildi
Sanepid qo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Qo‘g‘ontepa tuman bo‘limi xodimlari "Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash" maqsadida eski dehqon bozorlari hududlarida oʻrganish ishlari olib bormoqda.
🔎 Mazkur tadbirlar aholining sog‘lig‘ini himoya qilish, bozor rastalarida sifatsiz va noqonuniy mahsulotlarning oldini olish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
O‘rganish davomida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida savdoga qo‘yilgan tez aynuvchi mahsulotlarni saqlash sharoitlari yuzasidan targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Shuningdek, noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotgan "tadbirkorlar" o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, joyida bartaraf qilindi.
✅ Sifatli mahsulot – sog‘lom hayot!
04/07/2025, 09:49
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7793
Rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaat yuzasidan quydagilarni maʼlum qilamiz:
❗️❗️Ushbu murojaat asosida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijasida Andijon shahar Paxtakor MFY hududida joylashgan, qurilishi to‘liq yakunlangan binoda o‘z boshimchalik bilan ochilgan somsaxona aniqlanib, fuqaro M. Turakulovga nisbatan eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima choralari qo‘llanildi. Shuningdek, mazkur bino faoliyati to‘xtatildi.
❗️❗️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi aholi salomatligini himoya qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlarini muntazam davom ettiradi.
04/05/2025, 14:38
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7792
⚽️ FUTBOL – DO‘STLIK VA SOG‘LOM HAYOT SARI QADAM!

♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi tomonidan sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida qator sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-sonli farmoni ijrosi doirasida faol ishlar amalga oshirilmoqda.

🪀 Tongni harakat bilan boshlash – sog‘lomlik garovi!
Jismoniy mashg‘ulotlar, sport sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

🤾‍♂ Millionlar o‘yini – futbol!
Adliya vazirligi tizimidagi davlat xizmatlari markazi tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda do‘stlik turniri o‘tkazildi.

🏆 G‘alaba – jamoaviy mehnat natijasi!
Murosasiz va qiziqarli bahsda Sanepidqo‘mita Jalaquduq tuman bo‘limi jamoasi 6-3 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi!

🔥 Sog‘lom turmush tarzi – bizning tanlovimiz!
Sport va harakat – nafaqat sog‘lomlik, balki jamoaviy birdamlik va yaxshi kayfiyat kalitidir!
04/05/2025, 08:46
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7788
Sog‘lom hayot sari qadam – Sanitariya minimum kurslari!

♻️Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Xo‘jaobod bo‘limi tomonidan 28-sonli DMTT xodimlari uchun sanitariya minimum kurslari tashkil etildi. Seminarlarda sog‘lom turmush tarzi va gigiyenik ko‘nikmalar shakllantirildi.
💡 Sanitariya minimum – bu sog‘liqni saqlash, shaxsiy va jamoat gigiyenasi hamda infeksion kasalliklarning oldini olish bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalardan iborat majburiy o‘quv kursidir.
📌 Nima uchun bu kursda o‘qish kerak?
✅ Kasalliklarning oldini olish
✅ Shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish
✅ To‘g‘ri ovqatlanish va toza ichimlik suvi iste’mol qilish
✅ Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
Seminar davomida ishtirokchilar mutaxassislardan muhim tavsiyalar oldilar va gigiyena qoidalarini amaliy o‘rgandilar.
📣 Sog‘liq – eng katta boylik!
Sanitariya minimum kurslari orqali o‘zimizni va atrofdagilarni himoya qilamiz!
04/05/2025, 08:44
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7787
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд иқлим форуми доирасида БМТ Бош котиби ўринбосари, Европа иқтисодий комиссияси ижрочи котиби Татьяна Молчанни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках Самаркандского климатического форума принял заместителя Генерального секретаря ООН, Исполнительного секретаря Европейской экономической комиссии Татьяну Молчан.

#Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/04/2025, 15:31
t.me/httpsandijon_viloyatiseovajsx/7786
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria