🇵🇱 🇺🇿Polsha matbuoti bilan hamkorlikda yangi bosqichga qadam
Kuni kecha delegatsiyamiz Polshadagi yetakchi axborot agentliklaridan biri — "Polska Agencja Prasowa" (PAP)ga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida agentlikning tarixiy rivojlanishi, ish uslubi va zamonaviy axborot tarqatish tizimi bilan tanishdik.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, PAP bilan uch tomonlama memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu hujjat axborot va media kontent almashish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilish, shuningdek, ikki mamlakatning OAVlari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatishni nazarda tutadi.
Muloqot chog‘ida jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Polsha OAVlarining boy tajribasi asosida yosh jurnalistlar uchun amaliyot va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bu borada hamkorlik muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Polsha axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish har ikki tomon uchun ham muhim deb hisoblayman.
Biz esa, o‘z navbatida, O‘zA va PAP o‘rtasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishda ko‘prik vazifasini bajarishga tayyor ekanimizni bildirdik.
PAP — 1918-yilda tashkil etilgan Polshadagi eng yirik axborot agentligi bo‘lib, milliy va xalqaro yangiliklarni keng qamrab oladi. Siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport kabi sohalarda tezkor va xolis axborot taqdim etadi.
Polshada ommaviy axborot vositalari keng qamrovli va xilma-xil. Davlat va xususiy telekanallar, radioeshittirishlar, nashrlar va raqamli media platformalar faoliyat yuritadi.
———————————————
🇵🇱 🇺🇿Новый этап сотрудничества с польскими СМИ
Накануне наша делегация посетила одно из ведущих информационных агентств Польши — «Polska Agencja Prasowa» (PAP). В ходе встречи мы ознакомились с историей развития агентства, его рабочими методами и современной системой распространения информации.
По итогам визита была достигнута договорённость о подписании трёхстороннего меморандума с PAP. Документ предусматривает сотрудничество в обмене информацией и медиаконтентом, взаимный обмен опытом, а также установление тесных связей между СМИ двух стран.
В ходе диалога особое внимание было уделено вопросам подготовки кадров в сфере журналистики. Подчёркнута важность организации стажировок и программ повышения квалификации для молодых журналистов на основе богатого опыта польских СМИ.
Мы уверены, что развитие партнёрства между информационными агентствами Узбекистана и Польши представляет значительную ценность для обеих сторон. Со своей стороны, мы выразили готовность выступить мостом в налаживании информационного обмена между O‘zA и PAP.
PAP — крупнейшее информационное агентство Польши, основанное в 1918 году. Оно охватывает широкий спектр национальных и международных новостей в области политики, экономики, культуры, науки и спорта.
СМИ в Польше отличаются разнообразием и охватом — здесь действуют как государственные, так и частные телеканалы, радиостанции, печатные издания и цифровые медиа-платформы.
🔹https://www.instagram.com/p/DIySjFZt1M4/?igsh=ZnJ2c213cHRnczNy
🔹https://www.facebook.com/share/p/15prw4mTZt/?mibextid=wwXIfr
———————————————
Sherzodxon Qudratxo'janing
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo'ling:
📱
Telegram 📱
Instagram 📱
YouTube 📱
Facebook 📱
Twitter