🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏
Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Koreyaning nufuzli universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari imzolandi
🇰🇷 UBS delegatsiyasi Koreyaning keyingi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kyungdong universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
➡️ Kyungdong universiteti (KDU) — Koreya va xalqaro miqyosda talab yuqori bo‘lgan hamshiralik va tibbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi universitetlardan biri.
➡️ KDU Koreyada bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi, shuningdek, tibbiy ta’lim yo‘nalishida eng ilg‘or universitetlardan biri hisoblanadi.
➡️ Ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy tibbiy uskunalar va sun’iy intellekt asosidagi “smart” manekenlar qo‘llaniladi — bu esa talabalarga real klinik holatlarni interaktiv tarzda o‘rganish imkonini beradi.
Muzokaralarda UBS tomonidan Kuzatuv kengashi raisi Prof. Elyorjon Jumayev, rektor Prof. Karimjon Boymirzayev, O‘quv bo‘limi boshlig‘i Eldor Abdurazzoqov, Koreya tomonidan Prezident Dr. Sung Yong Chun, vitse-prezident Young Hoon Lee hamda Xalqaro rivojlanish departamenti direktori Jaewoo Lee ishtirok etdi.
📝 Uchrashuvda UBS va KDU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🎓 Unga ko‘ra, 2+2, 3+3, 2+3, 2+4 vа 4+2 qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Dasturlar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi rejalashtirilgan:
➖ Hamshiralik ishi
➖ Stomatologik gigiyena
➖ Stomatologik texnologiyalar
➖ Fizioterapiya
➖ Optometriya
➖ Favqulodda tibbiy xizmatlar
➖ Biotibbiyot laboratoriyasi
➖ Sog‘liqni boshqarish va ta’lim
➖ Kasbiy terapiya
➖ Ijtimoiy himoya
Shuningdek, delegatsiyamizga Kyungdong universitetining zamonaviy tibbiyot kampusi, simulyatsiya xonalari va innovatsion o‘quv labaratoriyalari yaqindan tanishtirildi.
Ushbu hamkorlik UBSning tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun katta imkoniyatlardan biri bo‘lishi shubhasizdir!
👍UBS bilan ilmga yo‘l oching!
Rasmiy sahifalarimiz:
👍
Telegram | 👍
Instagram | 👍
Facebook | 👍
YouTube | 👍
LinkedIn