Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
FA
FARG'ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRI (Rasmiy) 🎭
https://t.me/fargonateatri
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
31.11%
ERR (week)

Farg'ona viloyat musiqali drama teatri rasmi kanali Murojat uchun: @king_khan1991 (Asilbek Axmedov)

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 380 results
#Taʼziya

21.04.2025

Farg'ona viloyat musiqali drama teatri moxir sahna ustasi "Madaniyat va san'at fidokori" ko'krak nishoni soxibi Shavkat Bo'tayev vafot etdi.
Ustoz-sanʼatkor 56 yoshida bu foniy dunyoni tark etdilar.

Farg'ona viloyat musiqali drama teatri jamoasi marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

@fargonateatri
@teatrafisha
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theater
04/21/2025, 08:30
t.me/fargonateatri/4253
Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida teatrlashtirilgan konsert dasturi muvaffaqiyatli o‘tdi

Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri sahnasida o‘tkazilgan teatrlashtirilgan konsert dasturi tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Dastur rang-barang ko‘rinishlari bilan e’tiborni tortdi, unda qoʻshiqlar raqslari va sahna ko‘rinishlari muhim o‘rin egalladi.

Tadbir davomida tomoshabinlar milliy an’analarni aks ettiruvchi ijodiy chiqishlardan bahramand bo‘lishdi. Konsertning yuqori saviyada tashkil etilgani va ijrochilarning professional mahorati dastur muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida alohida ta’kidlandi. Ushbu tadbir Farg‘ona viloyatidagi madaniy hayotning yorqin voqealaridan biriga aylandi.

@fargonateatri
@teatrafisha
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theater
04/18/2025, 08:11
t.me/fargonateatri/4243
🔴Yangiliklar
15.04.2025

Viloyat qo'riqlash boshqarmasi xodimlari uchun teatr tomoshalari tashkil etildi.
04/16/2025, 15:48
t.me/fargonateatri/4234
04/16/2025, 09:20
t.me/fargonateatri/4225
15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni
04/15/2025, 13:10
t.me/fargonateatri/4211
#tabrik

15.04.2025

Madaniyat va san’at sohasining zahmatkash va fidoyi vakillari!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning qutlug‘ ayyom – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, barchangizga Farg'ona viloyat musiqali drama teatri jamoasi nomidan yuksak hurmat va samimiy tilaklarimizni izhor etamiz.

Hammamizga ayonki, inson qalbiga olijanob fazilatlar, ezgu his-tuyg‘ularni singdirib, jamiyatni birlashtirish va taraqqiy ettirish, xalqni, Vatanni dunyoga tarannum etishda madaniyat va san’atning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.

Aziz san’atkorlar, muhtaram soha faxriylari! Barchangizga mustahkam sog‘liq, ijodiy va ijtimoiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga tinchlik, baxtu saodat va farovonlik tilaymiz.

🖋A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
04/15/2025, 09:18
t.me/fargonateatri/4210
🇺🇿 Madaniyat...

Madaniyat eng noyob ma’dan,
Madaniyat asil gulbadan.
Uning bilan qadrlidir xalq,
Yuksalgaydir u bilan Vatan!

U bor inson sayroqi bulbul,
Ko‘nglining har hujayrasi gul.
Uningsiz yo‘l – chuvalgan ipday,
Usiz yo‘lning so‘nggi tanazzul.

Yurak zarbi bilan kuylangan
Har bir bosgan odimlarimiz!
Biz shunday baxt bilan siylangan –
Madaniyat xodimlarimiz!

Madaniyat eng go‘zal zohir,
Madaniyat pok ruhga dohil.
U pokiza, u bemin ummon,
Biz undagi duru javohir.

Udir asli Oliy tarbiya,
U qudratli, yovqur armiya!
U bo‘lmasa johillik oshar,
Usiz qalblar armonga uya!

Yurak zarbi bilan kuylangan
Har bir bosgan odimlarimiz!
Biz shunday baxt bilan siylangan –
Madaniyat xodimlarimiz!

Madaniyat moʻtabar burchdir,
Usiz barcha yumushlar puchdir,
Ulug‘laylik, uning nomini,
Madaniyat xaloskor kuchdir!

#Madaniyat_xaloskor_kuch

Telegr
am | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube |
04/15/2025, 07:56
t.me/fargonateatri/4209
🇺🇿 15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni

Azal-azaldan madaniyat va san’at insonlarni doim yuksaklikka, oliyjanoblikka, halollik va poklikka undaydigan ma’naviy katta o‘choqlardan biri. Mana bugun shunday madaniyat kunlari bayrami ekan, fursatdan foydalanib barcha aziz muxlislarimizni, shu sohada xizmat qilayotgan barcha aziz madaniyat va san’at fidokorlarini chin yurakdan muborakbod etib, bayraminglar muborak bo‘lsin, hamisha baxt-omad sizlarga hamroh bo‘lsin, aziz do‘stlar deyman!

Osmonga bepoyonlik, tog‘larga mag‘rurlik xos.
Daryolarga pishqirish, ko‘llarga sokinlik mos.
Bo‘ronga shiddat yaxshi, gullarga yarashar noz.
Parvonaga yonish-u, burgutga ulkan parvoz.
Jajji buloqlarning tiniqligi bor bo‘lsin.
Sizga esa azizlar shular bari yor bo‘lsin!
Bayraminglar muborak bo‘lib, baxt-omad hamisha hamroh bo‘lsin!

Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Mo'minov

#Madaniyat_xaloskor_kuch

Telegr
am | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube |
04/15/2025, 06:39
t.me/fargonateatri/4208
#tabrik

14.04.2025

Bugun Farg'ona viloyat musiqali drama teatrining tajribali, 70 dan ortiq spektaklillarni saxnalashtirgan ustoz rejissor Mahmud G'ulomovning tavvalud ayyomi munosabati bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz.
M.G'ulomovga uzoq umr sixat-salomatlik oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Oilasining suyangan tog'i, nabirlaring suyukli bobosi bo'lib yurushliklarini tilab qolamiz.

🖋A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
04/14/2025, 05:54
t.me/fargonateatri/4207
#tabrik

13.04.2025

Bugun Farg'ona viloyat musiqali drama teatrining mehnatkash xodimasi Nigoraxoning tavvalud ayyomi munosabati bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz.
Nigoraxonga uzoq umr, sixat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Suyukli yor, mexribon oila bekasi bo'lishligini tilakdoshmiz.

🖋A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
04/13/2025, 07:26
t.me/fargonateatri/4206
#foto_lavha

Bugun Fargʻona viloyati musiqali drama teatri sahnasida Jingiz Aytmatov qalamigan mansub "Jamila" spektakli namoyish etildi
04/12/2025, 17:44
t.me/fargonateatri/4205
#tabrik

12.04.2025

Bugun Farg'ona viloyat musiqali drama teatrining go'zal va latofatli balet artisti Gulnoraxon Jo'raboyevaning tavvalud ayyomi munosabati bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz.
  G.Jo'raboyevaga uzoq umr, sixat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Kelajakdagi mehnat faoliyatlariga zafarlar tilab qolamiz.

🖋A.Axmedov
@fargonateat
r
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
04/12/2025, 04:49
t.me/fargonateatri/4197
Ta'ziya

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi

U "Alpomish", "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi", "Jononga bordim bir kecha", "Alisher Navoiy", "Parvona", "Nurxon", "Ajab savdolar", "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Oʻz arizasiga koʻra", "Makr va muhabbat", "Momo yer", "Oq kema", "Kelin va kuyov", "Amir Temur va Yildirim Boyazid", "Alpomishning qaytishi" kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor bo‘lib ishlagan. Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrining vujudga kelishiga katta hissa qo‘shgan.

Madaniyat vazirligi jamoasi Mansur Ravshanovning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube |
04/11/2025, 08:55
t.me/fargonateatri/4195
#foto_lavha

Fargʻona viloyati musiqali drama teatri Soʻx tumanida gastrol safarida boʻldilar.

Gastrol safarida "Erginamning orzusi" spektakli namoyish etildi.‌‌
04/11/2025, 08:30
t.me/fargonateatri/4194
#foto_lavha
#teatrlashtirilgan_konsert

Fargʻona viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Zilol sihatgohida "Teatrlashtirilgan konsert" dasturi bilan sihatgoh mehmoni boʻldilar
04/11/2025, 08:23
t.me/fargonateatri/4187
#tadbir

Farg'ona viloyat musiqali drama teatri jamoasi Farg'ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida buyuk sarkarda Amir Temur tavvaludining 689 yiligi munosabati bilan tashkillangan "Sharqning buyuk hukumdori" deb nomlangan madaniy-ma'rifiy tadbirni ko'taringki ruhda o'tkazishga o'z xissalarini qo'shishdi...

🖋A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
04/10/2025, 13:26
t.me/fargonateatri/4180
🎭 Buxoro viloyati musiqali drama teatri Fargʻonada


Farg'ona viloyat musiqali drama tеatrida Buxoro viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani asosida sahnalashtirilgan ""Ovsar yohud Nayman ona faryodi" spektakli namoyish etildi.
04/07/2025, 19:31
t.me/fargonateatri/4175
#video_lavha

27-mart "Xalqaro teatr kuni"

Farg'ona viloyati musiqali drama teatrida
27-mart "Xalqaro teatr kuni" munosabati bilan
teatrning barcha ijodkorlari uchun bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
04/04/2025, 15:11
t.me/fargonateatri/4171
#video_lavha

Kuni kecha bo'lib o'tgan Jizzax viloyat musiqali drama teatrining "Jon Achchig'i" spektaklidan video lavxa...

@fargonateatri
@teatrafisha
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theater
04/03/2025, 20:24
t.me/fargonateatri/4170
#tashrif

Farg'ona viloyat musiqali drama teatrida Jizzax viloyat musiqali drama teatri A.P.Chexovni "Jon Achchig'i" spektaklini namoyish etishdi...

🖋️A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
04/03/2025, 13:29
t.me/fargonateatri/4169
#safarda

Farg'ona viloyat musiqali drama teatri jamoasi 31-mart kuni Farg'onamizni so'lim go'shasi Yazavon tumanida bo'lib o'tgan tadbirni ko'taringki ruhda o'tishiga o'z xissalarni qo'shishdi...

Ushbu tadbirdan fotolavxalar...

🖋A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
04/01/2025, 12:15
t.me/fargonateatri/4159
Insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bagʻrikenglik kabi ezgu fazilatlar yanada yorqin namoyon boʻladigan, butun dunyo moʻmin-musulmonlari katta xursandchilik bilan nishonlaydigan ulugʻ bayram —  Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

🚀 Telegram / �� Instagram
03/30/2025, 08:43
t.me/fargonateatri/4156
"Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Bu muqaddas bayram sizga va yaqinlaringizga o‘zaro mehr-muhabbat, tinchlik, sog‘lik va farovonlik olib kelsin. Har bir duoyingiz ijobat bo‘lib, yuragingiz quvonchga to‘lsin!"
03/30/2025, 08:36
t.me/fargonateatri/4155
#Ramazon_hayiti_tabrigi

Aziz yurtdoshlar! Qadrli hamkasblar!

Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu-barokat olib kelsin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Farg'ona viloyat musiqali drama teatri jamoasi...

🖋A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
03/30/2025, 07:15
t.me/fargonateatri/4153
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
03/29/2025, 20:08
t.me/fargonateatri/4150
Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida 21-martdan 27-martgacha o‘tkazilgan “Teatr haftaligi” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.


Haftalikning birinchi kuni Sayidali Odilov qalamiga mansub “Ahmad Fargʻoniy” spektakli bilan boshlandi. Ikkinchi kuni esa Sanjarali Imomov qalamiga mansub komediya janridagi “Erginamning orzusi” spektakli namoyish etildi. “Alimentchi chol” spektakli haftaligi uchinchi kunidan joy oldi. To‘rtinchi kuni namoyish etilgan “Kulolning armoni” spektakli esa yuqori taasurotlarga boy boʻldi. Teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlar “Reportaj” spektaklini maroq bilan tamosha qilib beshinchi kunni ham ko‘tarinki kayfiyatda yakunladilar. Haftalikning oltinchi kunida Fargʻona davlat universiteti talabalariga “Zoʻrdan zoʻr chiqsa” spektakli namoyish etildi. Bir hafta davom etgan teatr bayramini “Teatrlashtirilgan konsert” dasturi yakunlab berdi.
03/28/2025, 14:18
t.me/fargonateatri/4149
🎭 FDU - TEATR

FarDU talabalari viloyat musiqali drama teatrida

#Teatr_ibratxonadir
03/28/2025, 12:28
t.me/fargonateatri/4130
#teatr_haftaligi

Fargʻona viloyati musiqali drama teatri "Teatrlashtirilgan konsert" dasturi
03/28/2025, 09:13
t.me/fargonateatri/4129
🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭
✅Tabrik!💐

✅ Hurmatli jamao 27-Mart "Xalqaro teatr kuni" munosabati bilan ustozimiz M. G'ulomov xamda M. To'xtaboyevalar vazirligimiz tomonidan "Tashakkurnoma" va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi!
Tabriklemiz doim sog' bo'lilar! Ijodlaringga omad! Sovrinlar muborak bo'lsin!💐💐💐




TRUPPA BOSHLIG'I;
TEMIROV. A.
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭
03/27/2025, 20:58
t.me/fargonateatri/4119
#teatr_haftaligi

Teatr haftaligining oltinchi kunida teatrimizga tashrif buyurgan Fargʻona davlat universiteti talabalariga
"Zoʻrdan zoʻr chiqsa" spektakli namoyish etildi
03/27/2025, 13:30
t.me/fargonateatri/4116
#tabrik

Teatr - bu insonlar yuziga oyna tutuvchi, hayot sahnasi haqiqatlarini sanʼat sahnasida namoyon etuvchi makon.
Bejiz unda dard, iztirob, shodligu gʻam namoyon boʻlmaydi.
Inson hayotidagi ruhiy holatlar inʼikosi sahnada mujassam.

Xalqaro teatr kuni bu - faqat fidoiy teatr rejissyorlari, aktyorlar, sahna ustalari, teatrshunoslarning bayramigina emas, spektakl koʻrishga tashrif buyuruvchi fidoyi tomoshabinlarimiz bayrami hamdir.

27-MART – XALQARO TEATR KUNI BILAN AZIZLAR!

Teatr sahnalari doimo tomoshabinlar qalbini yorituvchi, ezgulikka chorlovchi, nurli boʻlsin.

🖋A.Axmedov
@fargonateatr
i
@teatrafish
a
https://www.instagram.com/fergana_musical_drama_theate
r
03/27/2025, 13:29
t.me/fargonateatri/4109
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria