🔺 Qo‘biz sadolari ostida: Turk olami merosiga ilmiy nigoh
🔸Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot
institutida Qozog‘istonlik mashhur qo‘biz ijrochisi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, Tama urug‘ining sulolaviy an’anasini davom ettirayotgan Aknar Tattibayqizi ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
💠 “Turkiy olam nomoddiy madaniy merosida qo‘biz san’ati” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda ilmiy xodimlar, san’atshunoslar va meros tadqiqotchilari qadimiy cholg‘u san’atining mazmun-mohiyati, falsafiy ildizlari hamda bugungi kundagi dolzarbligi haqida mulohaza yuritishdi.
🎶 Qo‘biz – bu oddiy cholg‘u emas. Bu – tarix, bu – ruh, bu – elning ovozi. Aknar Tattibayqizining ijrosi esa bu ovozni jonlantirib, barcha ishtirokchilarni Turkiy xalqlar musiqiy tafakkurining tub ildizlariga sayohat qildirdi.
🔺 Bu kabi uchrashuvlar — nomoddiy madaniy merosni ilmiy yondashuv bilan o‘rganish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
#qoʻbiz #ilmiyseminar #nomoddiymadaniymeros #Turkiymeros #xalqarohamkorlik
🌐
icrich.uz | 🌐
Telegram | 🌐
Facebook | 🌐
Instagram | 🌐
X | 🌐
YouTube