Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
AK
Milliy markaz (AKIS) RASMIY
https://t.me/akis_milliy_markaz
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
25.87%
ERR (week)

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi" Rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @AKISBOT_BOT

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 514 results
1.3 k
#Agro_tavsiya

G‘alla hosilini saqlab qolish uchun nimlarga e’tibor berish kerak?

Ushbu savolga Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Oybek Amanov batafsil javob berdi.

Videoni tomosha qiling, layk bosing va do‘stlaringiz bilan ulashing!

⚡️ Yangiliklarimizdan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun sahifamizga obuna bo‘lishni unutmang!

�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/26/2025, 07:07
t.me/akis_milliy_markaz/10365
#Jarayon

O‘zbekistonda ilk bor bug‘doy gibridlari sinovdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda ilk bor bug‘doy gibridlari sinovdan o‘tkazilayotgani haqida Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Oybek Amanov batafsil ma’lumot berdi.

Bu — yurtimizda g‘allachilikni rivojlantirish va yuqori hosildor navlarni ommalashtirish sari tashlangan muhim qadamdir.

Videoni tomosha qiling, layk bosing va do‘stlaringiz bilan ulashing!

⚡️ Yangiliklarimizdan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun sahifamizga obuna bo‘lishni unutmang!

�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/25/2025, 14:12
t.me/akis_milliy_markaz/10364
04/25/2025, 10:54
t.me/akis_milliy_markaz/10360
04/25/2025, 10:54
t.me/akis_milliy_markaz/10359
04/25/2025, 10:54
t.me/akis_milliy_markaz/10361
#Xalqaro_hamkorlik

Rossiyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi

Joriy yilning 22–24 aprel kunlari Rossiyaning “Shimoliy-Kavkaz federal ilmiy agrar markazi” yetakchi mutaxassislari — seleksiya va urug‘chilik sohasida katta tajribaga ega Elena Batagova, Stavropol viloyatidagi selektsioner va urug‘chilar nodavlat sherikligi rahbari Xusin Bo‘ranukov hamda “Ko‘chubeyevskaya urug‘chilik stantsiyasi” tijorat direktori Murodin Bo‘ranukov O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar.

Mehmonlar institutda bo‘lib, bug‘doy seleksiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma tadqiqotlar bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, rossiyalik olimlar yaratgan kuzgi yumshoq bug‘doyning 14 ta navi bo‘yicha olib borilayotgan kuzatuvlar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif davomida seleksiya jarayonlariga oid tajriba va usullar, shuningdek, innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar O‘zbekiston Milliy genbanki faoliyati bilan tanishib, kelgusida o‘simliklar genofondini ayirboshlash, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan noyob ekin turlarini institut genbankiga beg‘araz yetkazib berish hamda ular asosida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/25/2025, 10:54
t.me/akis_milliy_markaz/10363
04/25/2025, 10:54
t.me/akis_milliy_markaz/10362
#Jarayon

“Aqlli” issiqxonalar uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilk bosqich yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari asosida yurtimiz hududlarida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan “aqlli” issiqxonalarni tashkil etish, ularni tizimlashtirish va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

Shunday dasturlardan biri muvaffaqiyatli yakunlandi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI) hamkorligida tashkil etilgan tajriba issiqxonasida hududlardan tashrif buyurgan mutaxassislar uchun o‘quv kursi o‘tkazildi.

To‘rt kunlik seminar davomida ishtirokchilar issiqxonalarni turli iqlim sharoitlariga moslashtirish, ularni tashkil etish va samarali boshqarish borasida mutaxassislardan nazariy va amaliy bilimlar oldilar.

O‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda KOAMI tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Yurtimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan “aqlli” issiqxonalarda faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishlari izchil ravishda davom ettiriladi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/24/2025, 16:03
t.me/akis_milliy_markaz/10358
#Seminar

Qishloq xo‘jaligida intensiv agrotexnologiyalar

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish va sohaga oid dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar hamda soha olimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xalqaro tajribaga asoslangan yangi navlarini ko‘paytirish, hamkor tashkilotlar bilan tajriba almashish va sohaga ilg‘or yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishlariga mos va kasalliklarga chidamli navlarni yetishtirish orqali qishloq xo‘jaligida barqarorlikka erishish mumkinligini ta’kidladilar. Shuningdek, olimlar xalqaro standartlarga mos ilmiy izlanishlar olib borib, ularni amaliyotga tatbiq etish zarurligini qayd etdilar.

Seminar ishtirokchilari bunday tadbirlar sohaga yangi bilim va yondashuvlar olib kirish, fermerlar salohiyatini oshirish va umumiy taraqqiyotni jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/24/2025, 14:59
t.me/akis_milliy_markaz/10357
04/24/2025, 14:59
t.me/akis_milliy_markaz/10354
04/24/2025, 14:59
t.me/akis_milliy_markaz/10355
04/24/2025, 14:59
t.me/akis_milliy_markaz/10356
04/23/2025, 16:24
t.me/akis_milliy_markaz/10352
04/23/2025, 16:24
t.me/akis_milliy_markaz/10350
#Ilm_va_qonunchilik

Qonun ijodkorligida ilmiy yondashuv kuchaymoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari bilan hamkorlikda “Qonun ijodkorligi va parlament nazorat tadbirlarida ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlarining o‘rni” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘mita faoliyatiga ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini faol jalb qilish yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari 2024 yil noyabr oyida Oliy Majlis palatalari majlislarida so‘zlagan nutqlarida deputatlar oldiga muhim vazifalarni belgilab berib, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratgan edi. Jumladan, qo‘mitalarning faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari bilan hamkorlik olib borish tashabbusini ilgari surgandi.

Shundan kelib chiqib, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, sohadagi har bir tarmoq bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari va normativ-huquqiy hujjatlarni maromiga yetkazishda ilmiy yondashuvga alohida e’tibor qaratish maqsadida muhim vazifalarni belgilab oldi.

Xususan, qo‘mita agrar sohada faoliyat olib borayotgan 10 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari bilan hamkorlik memorandumlari hamda tadbirlar rejalarini imzolab, ular bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda. Bu borada tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash, tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar olib borish, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanishga qaratilgan tashabbuslar bilan chiqish masalalari kelishib olingan.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ham ishtirok etib, o‘zining sohaviy tajribasi va qarashlarini bayon etdi. U qonun ijodkorligi jarayonida ilmiy yondashuv va amaliy tadqiqotlarning ahamiyati, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlik, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishda ilmiy markazlarning ishtiroki orqali erishiladigan natijalar haqida fikr bildirdi.

Tadbir davomida qonun ijodkorligi jarayonlari va parlament nazorat tadbirlarini olib borishda ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlari bilan hamkorlikning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, bu borada kelgusida olib boriladigan faoliyatning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi.

Deputatlar ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari qo‘mita tomonidan olib chiqilayotgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqishda, qishloq xo‘jaligiga oid qonunchilikni takomillashtirish hamda qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari, ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan o‘zlarining ilg‘or g‘oyalari bilan faol ishtirok etishlari kerakligi qayd etildi.

Yakunda ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari bilan kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilab olindi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/23/2025, 16:24
t.me/akis_milliy_markaz/10353
04/23/2025, 16:24
t.me/akis_milliy_markaz/10351
04/23/2025, 16:24
t.me/akis_milliy_markaz/10349
04/23/2025, 07:16
t.me/akis_milliy_markaz/10346
04/23/2025, 07:16
t.me/akis_milliy_markaz/10345
#Tadqiqot

Guar va joʻxori ustida oʻtkazilayotgan tadqiqotlar yangi bosqichda

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashabbusi bilan mamlakatimizga introduktsiya qilingan guar (Cyamopsis tetragonoloba) va joʻxori (Sorghum) ekinlari urugʻlarini mahalliy iqlim va tuproq sharoitida oʻrganish, shuningdek ularni samarali yetishtirishga qaratilgan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish maqsadida, 2025 yilda Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba dalalarida ilmiy tadqiqot ishlari boshlandi.

2024 yilda ushbu ekinlar birinchi marta tajriba tariqasida ekilib, ularning agrobiologik xususiyatlari chuqur oʻrganildi. Olib borilgan kuzatuv va tahlillar natijasida introduktsiya qilingan navlar qurgʻoqchilik va yuqori haroratlarga nisbatan yuqori chidamliligi bilan ajralib turgani aniqlandi. Bu holat, ushbu ekinlarni iqlim oʻzgarishi sharoitida strategik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar qatoriga kiritish imkonini yaratadi.

Joriy tadqiqotlar mazkur ekinlarning rivojlanish biologiyasi, hosildorligi, agrotеxnikasi hamda mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvchanligini yanada chuqurroq
oʻrganishga qaratilgan boʻlib, kelgusida guar va joʻxorini Oʻzbekistonda tijorat maqsadlarida keng joriy etish istiqbollarini belgilab beradi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/23/2025, 07:16
t.me/akis_milliy_markaz/10348
04/23/2025, 07:16
t.me/akis_milliy_markaz/10347
Repost
514
Xalqaro Yer kuni doirasida yer degradatsiyasiga qarshi kurash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

🟢2025-yil 22-aprel kuni — Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

❗️Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavyerloyiha” instituti, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
04/22/2025, 17:54
t.me/akis_milliy_markaz/10344
04/22/2025, 16:25
t.me/akis_milliy_markaz/10341
04/22/2025, 16:25
t.me/akis_milliy_markaz/10340
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro Yer kuni doirasida yer degradatsiyasiga qarshi kurash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

2025 yil 22 aprel kuni — Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavyerloyiha” instituti, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

AQSh Хаlqаrо taraqqiyot agentligi (USAID), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), Yevropa Ittifoqi, hamda boshqa xalqaro tuzilmalar ekspertlari tadbirda qatnashib, o‘z tajriba va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Anjumanda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda yer degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar va xalqaro hamkorlikdagi ishlar natijalari haqida ma’lumot berdi.

Ilmiy-amaliy tadbir doirasida panel sessiyalar, ma’ruzalar, hamda sohadagi eng so‘nggi innovatsion yondashuvlar va ilmiy yangiliklar taqdim etildi.


⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/22/2025, 16:25
t.me/akis_milliy_markaz/10343
04/22/2025, 16:25
t.me/akis_milliy_markaz/10342
#Xalqaro_hamkorlik

Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Ma’lumki, yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borilmoqda.

Ana shunday hamkor tashkilotlardan biri — Janubiy Koreyaning KOPIA (Korea Program on International Agriculture) markazi hisoblanadi. Mazkur tashkilot Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bilan uzoq yillardan buyon yaqin hamkorlikda ishlab kelmoqda va bir nechta amaliy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov KOPIA markazi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni muhokama qildilar, shuningdek, istiqbolli rejalarni kelishib oldilar.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/21/2025, 19:23
t.me/akis_milliy_markaz/10339
04/21/2025, 19:23
t.me/akis_milliy_markaz/10337
04/21/2025, 19:23
t.me/akis_milliy_markaz/10338
04/21/2025, 17:11
t.me/akis_milliy_markaz/10332
04/21/2025, 17:11
t.me/akis_milliy_markaz/10331
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonda yuqori texnologiyali agrotexnopark barpo etilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi doirasida “Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha orqali Xitoyning “YANLIN” qishloq xo‘jaligi kompaniyasi agrotexnoparkni faqatgina ko‘rgazma maydoni sifatida emas, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini doimiy ishlab chiqaradigan va ularni eksport qiluvchi zamonaviy sanoat majmuasiga aylantirishni maqsad qilgan.

Aynan shu maqsadda ikki tomonlama muntazam uchrashuvlar o‘tkazilmoqda va muhim kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazi direktori Shuhrat Otajonov belgilangan reja asosida loyihaning amalga oshirilish bosqichi bilan tanishdi. Joydagi mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ushbu loyiha mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini raqamlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/21/2025, 17:11
t.me/akis_milliy_markaz/10336
04/21/2025, 17:11
t.me/akis_milliy_markaz/10333
04/21/2025, 17:11
t.me/akis_milliy_markaz/10334
04/21/2025, 17:11
t.me/akis_milliy_markaz/10335
#Ilmiy_natija

O‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha xalqaro hamkorlik natijalari Nature nashriyoti tomonidan chop etildi

Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti (O‘GRITI) Janubiy Koreyaning Bog'dorchilik va dorivor o'simliklar Milliy instituti bilan 2018 yildan buyon olib borilgan hamkorlik tadqiqotlari natijasida muhim ilmiy natijalarga erishildi.

Ushbu hamkorlik natijasida tayyorlangan “Contributions of interspecific hybrids to genetic variability in Glycyrrhiza uralensis and G. glabra” mavzusidagi maqola “Scientific Reports” (Q1) jurnalida chop etildi. Bu jurnal jahondagi eng ko'p iqtibos keltiriladigan 5 likka kirib Web of Science va Scopus bazalarida indeksatsiyalanadi hamda 5 yillik impakt-faktori o'rtacha 4.3 ni tashkil etadi.

Maqolada O‘zbekiston, Xitoy, Koreya, Mo‘g‘iliston, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistondan yig‘ilgan dorivor shirinmiya (Glycyrrhiza) o‘simligining genetik xilma-xilligi, G. uralensis va G. glabra asosida olingan duragaylarning genetik tuzilishi va irsiy xususiyatlari yoritilgan.

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash, o‘rganish va molekulyar tadqiqotlar o'tkazish sohasidagi ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Maqolani to‘liq o‘qish uchun havola: https://www.nature.com/articles/s41598-025-92115-4

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/21/2025, 06:37
t.me/akis_milliy_markaz/10330
1.7 k
04/17/2025, 12:16
t.me/akis_milliy_markaz/10326
1.7 k
04/17/2025, 12:16
t.me/akis_milliy_markaz/10327
1.7 k
#Seminar

YOSH TADQIQOTCHILAR — ILMIY IZLANISHLAR YO‘LIDA

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yosh tadqiqotchilar turli yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Yo’sh izlanuvchilar Milliy markazda tashkil etiladigan “Doktorantlar kuni”da o‘z tadqiqotlari natijalarini ustoz olimlarga taqdim etadilar.

Galdag’i seminarda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Hamidullo Ahatov golubika (Vaccinium corymbosum L.) navlarini sun’iy mutagenez usulida yaratish va ko‘chatlarni yetishtirishni takomillashtirish mavzusidagi izlanishlari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Zoom platformasi orqali Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich doktoranti Feruza Oltiboyeva takroriy ekin sifatida yetishtirilgan loviya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga qurg‘oqchilikning ta’sirini o‘rganish mavzusidagi tadqiqoti bilan qatnashdi.

Tadbirda ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, ustozlar hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar. Taqdimotlar jarayonida har ikki doktorantning olib borgan izlanishlari muhokama qilindi, ularga zarur tavsiyalar va xulosalar berildi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/17/2025, 12:16
t.me/akis_milliy_markaz/10329
1.7 k
04/17/2025, 12:16
t.me/akis_milliy_markaz/10325
1.7 k
04/17/2025, 12:16
t.me/akis_milliy_markaz/10328
Repost
484
🌾🌾🌾🌾🌾🌾

Zamonaviy dehqonchilik – barqaror kelajak poydevori

✅Ilm-fan yutuqlari asosida rivojlanayotgan zamonaviy dehqonchilik ekologik toza, unumdor va barqaror hayot uchun zamin yaratadi. Bu – kelajak garovi.

🌐
Website 💬Telegram ��Facebook�YouTube 📷Instagram
04/16/2025, 21:41
t.me/akis_milliy_markaz/10324
7.7 k
🟦🟦🟦

Agro Meteo Bot – sizning dala kuzatuvchingiz!

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy (AKIS) markazi va telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Fermerlar kanali” hamkorligida maxsus telegram-bot — @Agro_Meteo_bot ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali ob-havo ma’lumotlari va shu ma’lumotlarga asoslangan agrotavsiyalarni olish imkoniyati mavjud.

Agar sizda dala, tomorqa yoki yaylovdagi mavjud ekin holati (masalan, lalmi bug‘doyning unib chiqishi, ekish jarayoni, zararkunandalar ta’siri yoki tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar) bo‘yicha ma’lumot bo‘lsa, ushbu botni orqali bizga surat va ma’lumotlarni yuboring.

Yuboriladigan ma’lumotlar:
• ekin surati
• nomi va navi
• ekilgan muddati
• qisqacha izoh

Yuborilgan ma’lumotlar agrometeorologik tahlil hamda tezkor yordam ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi.
Botni foydalanuvchilarning talab va takliflari asosida takomillashtirib boriladi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐
WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/16/2025, 16:37
t.me/akis_milliy_markaz/10323
#Agro_tavsiya

Agrar sohada boshoqli don ekinlarini yetishtirish hamda innovatsion usullardan samarali foydalanib yuqori hosil olishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar haqida laboratoriya mudiri G’ulomjon Uzoqov batafsil ma’lumot berdi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/15/2025, 18:09
t.me/akis_milliy_markaz/10322
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10314
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10320
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10316
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10319
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10318
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida “Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki” loyihasi amalga oshirilmoqda

Bugun Milliy markazda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Ahmad Yassaviy mahallasi hududida “Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish yuzasidan navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaning bosh reja hujjatini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama fikr va takliflar almashildi. Ta’kidlash joizki, mazkur maxsus sanoat zonasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan birinchi innovatsion loyiha hisoblanadi.

“YANLIN” xalqaro qishloq xo‘jaligi kompaniyasi agrotexnoparkni faqatgina ko‘rgazma maydoni sifatida emas, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini muntazam ishlab chiqarish va eksport qilishga qaratilgan zamonaviy sanoat majmuasi sifatida rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Xitoyning moliyaviy jihatdan barqaror va sohada katta tajribaga ega kompaniyalarini loyihada ishtirokini taminlash ishlari boshlangan. Shu bilan birga, yetakchi kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikda moliyalashtirish dasturlari ustida ham ish olib borilmoqda.

Uchrashuv doirasida infratuzilma, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, zarur texnik jihozlar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar almashildi. Ikki tomonlama kommunikatsiya tarmoqlarini tortish va muhandislik yechimlarini shakllantirishga doir amaliy kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berib, mazkur agrotexnopark ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10321
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10317
04/15/2025, 16:10
t.me/akis_milliy_markaz/10315
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10311
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Yana bir hamkorlikdagi loyihaning ilk natijasi

Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan mamlakatimiz qishloq xo'jaligi ilmida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shunday loyihalardan biri – Koreya texnologiyasiga asoslangan zamonaviy issiqxonalar majmuasidir. Zamonaviy issiqxonalarda mahalliy olimlar va koreyalik mutaxassislar hamkorligida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan qulupnayning "Tong ifori" navi yetishtirilmoqda.

Bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov loyihaning ilk natijalari bilan bevosita tanishdi. U qulupnay yetishtirish jarayonini, texnologiyalarni va mahsulot sifatini yuqori baholadi.

Shuhrat Otajonov, shuningdek, qulupnayning o'ziga xos shirín ifori, betakror ta'mi va chiroyli ko'rinishga ega ekanligini ta'kidladi. U, bu mahsulotni eksportbop sifatida yuqori baholadi va uni xalqaro bozorga chiqarish imkoniyatlarini qayd etdi. Bu kabi loyihalar nafaqat hosil yetishtirishni, balki ilm, texnologiya va tajriba almashishni ham ta'minlamoqda.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐WEB|🚀
Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10313
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10306
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10309
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10305
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10307
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10308
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10312
04/15/2025, 11:13
t.me/akis_milliy_markaz/10310
2.9 k
04/15/2025, 08:38
t.me/akis_milliy_markaz/10300
2.9 k
04/15/2025, 08:38
t.me/akis_milliy_markaz/10298
2.9 k
04/15/2025, 08:38
t.me/akis_milliy_markaz/10302
2.9 k
04/15/2025, 08:38
t.me/akis_milliy_markaz/10303
2.9 k
04/15/2025, 08:38
t.me/akis_milliy_markaz/10299
2.9 k
▶️

Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Germaniya–O‘zbekiston ekspertlar muloqoti” boshlandi.

Tadbirni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida innovatsion agrotexnologiyalar yaratish, yuqori avlodli urug‘liklar yetishtirish, iqlimga chidamli navlarni yaratish bugungi kun agrar soha olimlari va mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan, ushbu seminar-treninglar bunday muammolarga yechim topishda, ilmiy va amaliy tajriba almashishda o‘ziga xos platforma vazifasini o‘tayotganini qayd etdi.

Tadbirda ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi mutaxassislari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Muloqot doirasida iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/15/2025, 08:38
t.me/akis_milliy_markaz/10304
2.9 k
04/15/2025, 08:38
t.me/akis_milliy_markaz/10301
04/14/2025, 18:59
t.me/akis_milliy_markaz/10296
#SEMINAR_TRENING

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida ikki haftalik malaka oshirish kursi boshlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida (O‘GRITI) xalqaro ishtirokdagi ikki haftalik o‘quv kurslari o‘z ishini boshladi. Kurslar AQShning Oklaxoma universiteti professori, taniqli olim Ram Sharma tomonidan olib borilmoqda.

Mazkur malaka oshirish kurslari Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyiha doirasida tashkil etilgan. Treningning asosiy maqsadi – yosh olimlar va tadqiqotchilarni ilg‘or ilmiy yondashuvlar va zamonaviy seleksiya metodlari bilan tanishtirishdir.

Kursning ochilish marosimida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari, professor Sohibjon Islomov so‘zga chiqib, ushbu o‘quv kursi yosh olimlar uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishda va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, institut direktori Zafar Ziyoev o‘z nutqida ushbu o‘quv kurslari nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Ayniqsa, genetik resurslarning biotik va abiotik stress omillariga chidamli navlarini yaratishda seleksiyaning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash dolzarb masala ekanligi alohida qayd etildi.

Trening davomida ishtirokchilar genetik resurslarni saqlash va tahlil qilish, molekulyar markerlardan foydalanish, seleksiya jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda chuqur bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lishadi.

Mazkur kurslar ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish, yosh olimlarni xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan faol hamkorlik qilishga tayyorlash va qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etishga xizmat qiladi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/14/2025, 18:59
t.me/akis_milliy_markaz/10297
04/14/2025, 18:59
t.me/akis_milliy_markaz/10295
04/14/2025, 18:59
t.me/akis_milliy_markaz/10294
🟦🟦🟦🟦

Dunyodagi eng qimmat kartoshkalar!

Kartoshka siz o‘ylaganchalik oddiy sabzavot emas! Ayrim navlari shunchalik noyobki, narxi kilosi uchun yuzlab yevroga yetadi!

🌍 TOP-10 eng qimmat kartoshka navlari:

🥇 “La Bonnotte” (Fransiya) – 10 yevro/kg
🌱 Maxsus vulqon tuprog‘ida yetishtiriladi, ta’mi yong‘oq va limonni eslatadi.

🥈 “Vitelotte” (Fransiya) – 10–15 yevro/kg
🍆 Binafsha rangli, antioksidantlarga boy.

🥉 “Yukon Gold” (Kanada) – 5–10 yevro/kg
🧈 Sariq ichi, yumshoq va mazali.

🔥 “German Butterball” (Germaniya, AQSh) – 5–8 yevro/kg
🥔 Silliq, shirin ta’mli nav.

👑 “King Edward” (Buyuk Britaniya) – 4–7 yevro/kg
🍽 Pyure va qovurish uchun ideal.

💎 “Pink Fir Apple” (Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya) – 6–10 yevro/kg
🌰 Noyob shakli va yong‘oq ta’mi bilan ajralib turadi.

🚀 “Russian Banana” (Rossiya, AQSh) – 5–9 yevro/kg
🥗 Ko‘proq salatlar uchun ishlatiladi.

✨ “Mayan Gold” (Shotlandiya) – 7–12 yevro/kg
⏳ Inklar davridan qolgan qadimiy nav.

🍽 “Ratte” (Fransiya, Shveytsariya) – 8–14 yevro/kg
🌿 Nozik tuzilishli, o‘ziga xos lazzatga ega.

🏅 “Bamberg” (Germaniya) – 6–11 yevro/kg
🔥 Tarixiy nav, ayniqsa pishirishda zo‘r natija beradi.

🔍 Siz shularning qaysi birini tatib ko‘rgan bo‘lar edingiz?
Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇

📌 Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐
WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/14/2025, 10:37
t.me/akis_milliy_markaz/10293
#AGROTAVSIYA

Agrar sohada, xususan, lalmikor maydonlarda boshoqli don ekinlarini yetishtirish hamda innovatsion usullardan samarali foydalanish orqali yuqori hosil olishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti yumshoq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chilik laboratoriyasi mudiri Mamatqul Jo‘rayev lalmi kuzgi boshoqli don maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

🔗 Tavsiyalar bilan batafsil tanishish uchun videolavhani tomosha qiling.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/14/2025, 09:57
t.me/akis_milliy_markaz/10292
#TAYINLOV

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan QARSHIBOYEV HASAN HOLBAZAROVICH Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

QARSHIBOYEV HASAN HOLBAZAROVICH tayinlovga qadar ushbu ilmiy muassasada laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/14/2025, 07:57
t.me/akis_milliy_markaz/10291
04/12/2025, 11:39
t.me/akis_milliy_markaz/10289
04/12/2025, 11:39
t.me/akis_milliy_markaz/10287
04/12/2025, 11:39
t.me/akis_milliy_markaz/10288
#Seminar

Kuzgi bug‘doydan 100 sentner g‘alla hosili yetishtirish va zang kasalliklaridan himoya qilish

O‘simliklar Genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti FAO bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyiha doirasida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Global textile agroklasterida “Kuzgi bug‘doydan 100 sentner g‘alla hosili yetishtirish va zang kasalliklaridan himoya qilish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyayev va ilmiy muassasaning Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi rahbari Saidjon Teshaboyevlar g‘allachilikdagi bugungi dolzarb agrotexnik tadbirlar va ilg‘or ilmiy yutuqlar hamda ularni fermer xo‘jaliklarida qo‘llash mavzularidagi ma'ruzalari bilan qatnashdi.

Seminar qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi va yaqin kunlarda o‘simliklarni himoya qilish bo’yicha mutaxasislar fermerlarni qiziqtirgan mavzularda qo‘shimcha o‘quv seminari tashkil etishni rejalashtirib oldi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/12/2025, 11:39
t.me/akis_milliy_markaz/10290
#Seminar
Ilm va tajriba uyg’unlashsa natija kutilganidek bo’ladi

Habaringiz bor shu kunlarda Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida g‘allachilik yo‘nalishidagi klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini ta’minlash doirasida, g‘allachilikda hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu tadbirlarda Respublika ishchi guruhi rahbari, Milliy markaz bo’lim boshlig’i O‘lmasboy Sobitov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Ilhom Egamov, Farg‘ona viloyat agroxizmatlar markazi rahbari Ravshanbek Qurbonov va bir guruh soha olimlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi. Ular tomonidan ishtirokchilarga ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga, amaliyotga oid muhim ko‘rsatmalar berib kelinyapti.

Bugun viloyatning Bag‘dod, Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida ham seminarlar davomi tashkil etildi.

Dala seminarida ushbu tumanlardagi bir qator fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari va agronomlari faol ishtirok etdi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/11/2025, 17:25
t.me/akis_milliy_markaz/10286
04/11/2025, 17:25
t.me/akis_milliy_markaz/10285
04/10/2025, 13:34
t.me/akis_milliy_markaz/10282
04/10/2025, 13:34
t.me/akis_milliy_markaz/10280
#Seminar

Innovatsiya va tajriba – fermerlar uchun mustahkam tayanch

Shu kunlarda Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini ta’minlash doirasida, g‘allachilikda hosildorlikni 85 sentnerdan oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar sifatida o‘tkazildi.

Seminarlarda boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish, innovatsion agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash usullari hamda suvdan unumli foydalanish, mineral va organik o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbirlarda Respublika ishchi guruhi rahbari O‘lmasboy Sobitov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Ilhom Egamov, Farg‘ona viloyat agroxizmatlar markazi rahbari Ravshanbek Qurbonov va bir guruh soha olimlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi. Ular tomonidan ishtirokchilarga ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga, amaliyotga oid muhim ko‘rsatmalar ham berildi.

Sohada faoliyat yuritayotgan olimlar va mutaxassislar ishtirokidagi ushbu seminarlar tumanlardagi dalalarda o‘tkazilib, tajriba almashinuvi va o‘zaro muloqot uchun samarali maydon vazifasini bajardi.

Xususan, O‘zbekiston tumanida tashkil etilgan dala seminarida ushbu tuman bilan bir qatorda Beshariq tumanidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari va agronomlari ham faol ishtirok etdi. Ushbu tadbirlarda ishtirokchilar innovatsion yondashuvlarni bevosita amalda kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/10/2025, 13:34
t.me/akis_milliy_markaz/10284
04/10/2025, 13:34
t.me/akis_milliy_markaz/10283
04/10/2025, 13:34
t.me/akis_milliy_markaz/10281
🖥🖥🖥

Sholichilikda ilg‘or texnologiyalar tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazildi. Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazilgan seminarda agrodronlar yordamida hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari amaliy jihatdan namoyon etildi.
Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐
WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/09/2025, 09:11
t.me/akis_milliy_markaz/10279
Repost
351
9-aprel — Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun — jahon tarixida o‘zining betakror o‘rni va beqiyos siymosi bilan tanilgan, siyosiy zakovat, harbiy daholar, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida tan olingan Amir Temur bobomizning tavallud topgan kunidir.

1336-yil 9-aprel sanasi – xalqimizning g‘urur timsoli bo‘lgan Sohibqironning tug‘ilgan kunidir. Bu sana yurtdoshlarimiz qalbida tarixiy xotirani uyg‘otadi, milliy o‘zlik va istiqlol tuyg‘usini mustahkamlaydi.

Amir Temur — buyuk sarkarda, adolatparvar hukmdor, ilm-fan va bunyodkorlik homiysi. Uning donishmand siyosati, davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari va “Temur tuzuklari” bugungi zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Sohibqiron tomonidan asos solingan buyuk saltanat — bu nafaqat harbiy g‘alabalar, balki yuksak madaniyat, me’moriy yodgorliklar, adabiyot va ilm-fan taraqqiyoti bilan ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan.

Sohibqiron qoldirgan meros — bu bizning ma’naviy boyligimiz, milliy sha’nimiz va tarixiy ildizimizdir.

�Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
04/09/2025, 08:33
t.me/akis_milliy_markaz/10278
04/08/2025, 17:31
t.me/akis_milliy_markaz/10275
04/08/2025, 17:31
t.me/akis_milliy_markaz/10272
04/08/2025, 17:31
t.me/akis_milliy_markaz/10273
04/08/2025, 17:31
t.me/akis_milliy_markaz/10276
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston – Xitoy: qishloq xo‘jaligida raqamli yechimlar

2025–2030 yillarga mo‘ljallangan strategik hamkorlik doirasida qishloq xo‘jaligini raqamli transformatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida qator uchrashuvlar, seminar va ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi xodimlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Xitoyning Xinjiang Sanwei Smart Control Agricultural Science and Technology kompaniyasi vakillari ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi yerlarini yangi texnologiyalar orqali, ayniqsa, qurg‘oqchilik va global isish sharoitida samarali sug‘orish tizimi haqida taqdimot namoyish qilishdi.

Taqdimotda yangi sug‘orish texnologiyasining ko‘p tarmoqli afzalliklari ta’kidlandi — u nafaqat turli ekinlar, balki don-dun mahsulotlari va bog‘dorchilik uchun ham mo‘ljallangan. Bunday texnologiyalar fermerlarning mehnatini yengillashtirish, ishchi kuchi o‘rnini texnika vositalari bilan bosqichma-bosqich almashtirish imkonini yaratadi.

Umumiy muhokamalar jarayonida yangi texnologiyani joriy etishdagi muhim jihatlar — uning narxi, texnik vositalar, zarur xomashyo hamda mahalliy mutaxassislarning Xitoyda malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida kelgusida ham qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
�WEB|🚀 Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/08/2025, 17:31
t.me/akis_milliy_markaz/10277
04/08/2025, 17:31
t.me/akis_milliy_markaz/10274
04/08/2025, 17:31
t.me/akis_milliy_markaz/10271
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Zaytun yetishtirishda Gruziya bilan hamkorlik

O‘zbekistonda ilk bor sanoat usulida zaytun yetishtirish bo‘yicha amaliy qadam qo‘yildi. Milliy Markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Gruziyaning "Global Olive Corporation" kompaniyasi bilan imzolangan kelishuv doirasida mamlakatga 4 200 tup “Gemlik” navi zaytun ko‘chatlari olib kelindi va ular ilmiy muassasaning Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasida ekildi.

Mazkur loyiha O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, xalqaro tajribani o‘rganish va zaytun yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida mutaxassislar almashinuvi, zaytun plantatsiyalarini samarali parvarishlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va mahsuldorlikni oshirishga oid tajribalarni o‘rtoqlashish rejalashtirilgan.

Zaytun yetishtirish nafaqat oziq-ovqat sanoati uchun muhim, balki eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Kelgusida O‘zbekistonda zaytun maydonlarini kengaytirish va mahsulotni qayta ishlash bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

⚡️Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🌐WEB|🚀
Telegram| 📷 Instagram | 🔵Facebook |▶️ Youtube
04/08/2025, 13:43
t.me/akis_milliy_markaz/10270
04/08/2025, 13:43
t.me/akis_milliy_markaz/10269
04/08/2025, 13:43
t.me/akis_milliy_markaz/10268
04/08/2025, 12:52
t.me/akis_milliy_markaz/10265
04/08/2025, 12:52
t.me/akis_milliy_markaz/10264
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria