❗️Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi
Siz videoda ko‘rib turgan ushbu shaharcha 2021-yilda aynan davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qurila boshlangan. Ungacha esa bu hudud tekislik hamda adirliklardan iborat bo‘lgan.
Prezident unga Bobur nomi berilishini taklif qilar ekan, shunday
dedi:“Ishonchim komil, bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan shunday benazir, ulugʻ zotki, uning sharafiga nafaqat koʻcha va maydonlar, bogʻu rogʻlar, balki alohida shahar bunyod etsak, albatta arziydi.
Nega deganda, Bobur Mirzo – Temuriylar Renessansining munosib davomchisi, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot, isteʼdod homiysi boʻlgan buyuk shaxsdir.
Uning yoshlik paytlaridan yurtda tinchlik va adolat oʻrnatish uchun olib borgan kurashlari, bu yoʻlda koʻrsatgan mardlik va jasorati fidoyilik va vatanparvarlik maktabidir.
Hech shubhasiz, qomusiy bilim va tafakkur egasi boʻlgan bu mumtoz ajdodimizning birgina “Boburnoma” asari uchun ham uning sharafiga mana shunday goʻzal shaharchani bunyod etsak arziydi”.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈