O‘zbekiston davlat drama teatri ijodkorlari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar
O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissalari, sahna san’atidagi fidokorona xizmatlari uchun O‘zbekiston davlat drama teatrining bir guruh ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan munosib taqdirlandilar.
Jumladan:
• Teatrning badiiy rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston davlat mukofoti laureati Olimjon Salimov,
• Oliy toifali drama artisti, “Shuhrat” medali sohibasi Tamara Mirmaxsudova,
• 2-toifali drama artisti Sitora Shernazarovalar mamlakatimiz madaniyati va san’ati rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, teatrning fidoyi ijodkorlaridan oliy toifali drama artisti Ra’no Egamberdiyeva va 1-toifali drama artisti Nodir Mirzaxmedov madaniyat sohasidagi xizmatlari uchun esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bu mukofotlar – ijodkorlarning yillar davomida teatr san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, sahnada yaratgan betakror obrazlari, tomoshabinlarga tuhfa etgan unutilmas taassurotlari va san’atga bo‘lgan cheksiz fidoyiliklari uchun berilgan yuksak e’tirofdir.
O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi va barcha hamkasblaringiz nomidan Sizni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
☎️Murojaat uchun telefon:
(71) 244-11-70; (71) 244-11-69
💻📱+998994825001
O’zbekiston davlat drama teatrining rasmiy internet sahifalari
:
TELEGRAM
| INSTAGRAM
| YOUTUBE
| FACEBOOK
| WEBSITE
| MANZIL |