“ENG YAXSHI HUQUQ FANI O‘QITUVCHISI” TANLOVINING NAMANGAN VILOYATI BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
➖ Maktablarda yuqori malakali huquq fani o‘qituvchilarini aniqlash va rag‘batlantirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, ta’lim va tarbiya sohasidagi innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, ta’lim tizimidagi malakali o‘qituvchilarning salmog‘ini kengaytirish hamda kasbiy o‘sishi, pedagogik mahoratini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi huquq fani o‘qituvchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⭐ Unda shahar va tuman bosqichlarida saralangan 42 nafar ishtirokchi ikki shart asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan shahridagi 43 - maktab o‘qituvchisi Mohidil Bozarova 1-, Mingbuloq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Nurmuhammad Holmirzayev 2 -, Pop tumanidagi 16 - maktab o‘qituvchisi Kamola Hakimova 3 – o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
Tanlovning republika bosqichi g’oliblari quyidagicha mukofotlanadi:
1- o‘rin - 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
2- o‘rin — 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
3- o‘rin - 10 000 000 (o‘n million) so‘m.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram |
Facebook |
Veb Sayt