Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
AO
АОКА Xorazm || Rasmiy kanali
https://t.me/aokaxorazm
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.65%
ER (week)
34.38%
ERR (week)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun tel: 62 2231326 ||

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 684 results
04/26/2025, 14:04
t.me/aokaxorazm/31190
04/26/2025, 14:04
t.me/aokaxorazm/31192
04/26/2025, 14:04
t.me/aokaxorazm/31191
✔️Yoshlar markazida “Kitob mening sirdoshim” mavzusida kitob koʻrgazma - yarmarkasi tashkil etildi.

📔“Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Urganch shahridagi “Amir Temur” nomidagi istirohat bog‘ida “Kitob mening sirdoshim” mavzusida kitob koʻrgazmasi hamda yarmarkasi tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda oliy ta'lim muassasalari talabalari faol ishtirok etishdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/26/2025, 14:04
t.me/aokaxorazm/31189
📚“O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Xorazm matbuoti, matbaachilik, noshirlik: tarixi va buguni” nomli kitob taqdimoti o'tkazildi.

📹Viloyat teleradiokanali xotirasiga muhrlangan ushbu lavha “Kitobxonlik haftaligi” doirasida o'tkazilgan kitob taqdimoti tadbiridan olingan.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/26/2025, 13:59
t.me/aokaxorazm/31188
04/26/2025, 10:03
t.me/aokaxorazm/31187
04/26/2025, 10:03
t.me/aokaxorazm/31186
#Kitobxonlik_haftaligi_2025

“Jadidchilik harakati namoyondalari” mavzusida zakovot intellektual o‘yini

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona  markazi  va Jaloladdin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey ĥamkorligida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida  “Jadidchilik harakati namoyondalari” mavzusida zakovot intelektual o‘yini o‘tkazildi. O'yin Ichki ishlar bojxona qo‘riqlash FVB mutaxassislari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilarga  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi Yuldashev G‘ayrat Qutratovich esdalik sovg‘alari topshirdi.
Tadbirda Urganch shahar harbiy prokurorining katta yordamchisi, Adliya kapitani Azizbek Alimqulov ishtiroq qildi va barcha tadbir qatnashchilariga muvoffaqiyat tiladi.
04/26/2025, 10:03
t.me/aokaxorazm/31183
04/26/2025, 10:03
t.me/aokaxorazm/31185
04/26/2025, 10:03
t.me/aokaxorazm/31184
Repost
81
04/26/2025, 09:59
t.me/aokaxorazm/31181
Repost
80
04/26/2025, 09:59
t.me/aokaxorazm/31182
Repost
75
04/26/2025, 09:59
t.me/aokaxorazm/31180
Repost
67
✅ Саломатлик туман бойлик: АОКАда навбатдаги спорт турнири

Президент Ш.Мирзиёевнинг тегишли Фармонига мувофиқ иш вақтидан сўнг танланган кунларда раҳбар ва ходимларнинг жисмоний тарбия ва спорт машғулотлари билан шуғулланишларини ташкил этиш мақсадида АОКА "Спорт тарғиботчиси" ташаббусига кўра мунтазам мусобақа ва беллашувлар ўтказилади.

Жумладан, АОКА эркак ходимлари ўртасида футбол спорт тури бўйича мусобақа бўлиб ўтди.

Қизғин кечган ўйинда жамоалар ўртасида ҳисоб 10:9 натижа билан якунланди.

АОКА нафақат футбол, балки спортнинг бошқа турлари бўйича ҳам ходимлар ўртасида турли мусобақаларни ўтказишда давом этади.

Эслатиб ўтамиз, жорий йилнинг 12 апрель куни Янги Ўзбекистон боғида бўлиб ўтган VII Халқаро Тошкент марафонида АОКА ходимлари 3 километр масофада югуришган эди.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
04/26/2025, 09:59
t.me/aokaxorazm/31179
04/26/2025, 09:55
t.me/aokaxorazm/31178
❗️Yodda tuting!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan 2025-yil 1-maydan eʼtiboran jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari belgilandi.

Bojxona qoidalariga rioya qiling!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/26/2025, 07:41
t.me/aokaxorazm/31177
🔊Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi natijalari

✔️Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotibi ish samaradorligi baholandi.

✔️Bu "Ochiqlik indeksi"ning birinchi indikatori hisoblanadi. Oʻrganish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan amalga oshirildi.

✔️2024-yil yakunlari boʻyicha Agentlik tomonidan baholangan jami 150 ta tashkilot va idoraning 45 nafar matbuot kotibi (30%)ning ish natijalari yuqori, 59 nafari (39,4%)niki oʻrta darajada baholangan boʻlsa, 38 nafari (25,4%)niki qoniqarli, 8 nafari (5,2%)ning faoliyati past darajada, deb topildi

➡️Batafsil

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/26/2025, 07:29
t.me/aokaxorazm/31173
04/26/2025, 07:29
t.me/aokaxorazm/31176
04/26/2025, 07:29
t.me/aokaxorazm/31175
04/26/2025, 07:29
t.me/aokaxorazm/31174
#Baxshi_2025

⚡️ Baxshichilik – ming yilliklar bilan yuzlashgan xalqona va boqiy san’at

Bugun, 26-aprel kuni Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga start berilmoqda.

Unda, dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.

❕ Eslatib o'tamiz, 2025-yilning 26-28-aprel kunlari Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/26/2025, 07:27
t.me/aokaxorazm/31172
13
5.9 k
✅✅✅✅✅✅

✔️“Kitobxonlik haftaligi” doirasida joriy yilning 26-aprel kuni soat 10:00da Urganch shahridagi Yoshlar markazida “Kitob mening sirdoshim” mavzusida kitob koʻrgazma - yarmarkasi tashkil qilinadi.

✍️Aziz kitobsevarlar! Barchangizni haftalik doirasida tashkil qilingan kitob koʻrgazma - yarmarkasida faol ishtirok etishga chaqiramiz! Barcha kitobsevar yurtdoshlarimizni taklif qilamiz. Kitobga boʻlgan muhabbatni yanada yuksaltirishga birgalikda hissa qoʻshaylik!

📍 Manzil: Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bog‘i, Yoshlar markazi binosi

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/25/2025, 16:42
t.me/aokaxorazm/31171
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasi tubdan isloh qilinadi

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/25/2025, 15:44
t.me/aokaxorazm/31170
#Kitobxonlik_haftaligi_2025
#Yangi_kitob_taqdimoti

📔“Yoshlar markazi”da “O‘qituvchi qadri” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

✅Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu taqdimotda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, O‘zbekiston Qahramoni Anora Maxmudova, viloyat kasaba uyushmasi rahbari Gulsara Qurbanbaeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Abdirimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibadullayeva, “Xorazm haqiqati” va “Хорезмская правда” gazetalari bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova, UrDU professorlari Erkin Ro‘ziyev va Sultonposhsha Masharipovalar so‘zga chiqdilar.

Shuningdek, kitob taqdimotida tegishli tashkilotlar mas’ullari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, davlat mukofoti sohibalari, professorlar, fan doktorlari, ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdilar.

📚So‘zga chiqqanlar avvalo o‘qituvchining qadri juda ulug‘ va beqiyos ekanligi, ayniqsa hozirgi globallashuv zamonida Ustozning kelajak bunyodkorlarining tarbiyachisi sifatida mas’uliyati ikki hissa ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, kitobning bugungi kun uchun dolzarb mavzuda, chuqur falsafa, hayotiy misollar va badiiy mushohada bilan yozilganligini e’tirof etdilar.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/25/2025, 12:59
t.me/aokaxorazm/31166
04/25/2025, 12:59
t.me/aokaxorazm/31167
04/25/2025, 12:59
t.me/aokaxorazm/31169
04/25/2025, 12:59
t.me/aokaxorazm/31168
14
6.1 k
#XUSHXABAR

Xorazm viloyati hokimligi "Ochiqlik indeksi"da bu yil ham 1-oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-son Farmoniga koʻra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar 8 ta indikator asosida 84 ta mezon boʻyicha baholanadi. Oʻtgan yil ham Xorazm viloyati hokimligi mazkur reytingda viloyatlar hokimliklari oʻrtasida1-oʻrinni egallagan edi.

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yil yakuni boʻyicha Ochiqlik indeksi natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, ijtimoiy ahamiyatga ega axborotlarni hokimlik veb-saytiga hamda ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirish boʻyicha qilingan ishlar munosib eʼtirof etilib,  Xorazm viloyati hokimligi bu yil ham viloyatlar hokimliklari oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/25/2025, 08:44
t.me/aokaxorazm/31165
2025-yil 26-aprel kuni soat 19-00 da "Madaniyat va ma’rifat" telekanali orqali namoyish etiladigan "Muallimning bir kuni" teleloyihasida Urganch shahar 32-son maxsus maktab-internati o‘qituvchisi Kamola Rahimova faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/25/2025, 08:09
t.me/aokaxorazm/31164
#Baxshi_2025

⚡️ Baxshichilik – ming yilliklar bilan yuzlashgan xalqona va boqiy san’at

Do‘mbiraning jarangdor tovushi, uning torlaridan taralayotgan sehrli kuy, baxshining shirali ovozi inson qalbini beixtiyor to‘lqinlantiradi, junbushga keltiradi, ulkan kengliklar, bepoyon qir-adirliklaru tog‘u toshlar — orombaxsh tabiat manzaralarini ko‘z o‘ngimizda gavdalantiradi.

Har bir chertilgan tor jarangidan chiqqan ohang qalbga yetib keladi.

Baxshining nolishi, kuylanayotgan terma va dostonning mazmuni ruhimizga quvvat, qalbimizga xotirjamlik, kayfiyatimizga ko‘tarinkilik ulashadi.

❕ Eslatib o'tamiz, 2025-yilning 26-28-aprel kunlari Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/25/2025, 07:53
t.me/aokaxorazm/31163
Repost
149
04/25/2025, 07:42
t.me/aokaxorazm/31162
Repost
155
04/25/2025, 07:42
t.me/aokaxorazm/31161
Repost
127
❔ Ханс Христиан Андерсен халқаро мукофотини биласизми? Ўзбек адибларидан кимлар тақдирланган?

2022 йилда Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги ҳузурида Халқаро болалар ва ўсмирлар адабиёти кенгашининг (International Board on Books for Young People (IBBY) Ўзбекистон Миллий секцияси ташкил этилгани тўғрисида хабар берилган эди.

Болалар адабиётини кенг тарғиб қилиш, болалар адибларини рағбатлантириш йўналишида юксак нуфузга эга IBBY ташкилоти томонидан ҳар йили бир нечта илғор лойиҳалар ташаббуси илгари сурилади ва халқаро аҳамиятга эга мукофотлар билан тақдирланади.

Жумладан, болалар адабиёти соҳасидаги юқори даражадаги Ҳанс Кристиан Андерсен мукофоти ҳар икки йилда бир марта болалар адабиётига беқиёс ҳисса қўшган муаллиф ва рассомларга топширилади.

2024 йилда Ўзбекистон Миллий секцияси томонидан биринчи марта ўзбек болалар ёзувчиси Раим Фарҳодий Ҳанс Христиан Андерсен мукофотига номзод қилиб кўрсатилгани ўзбек болалар адабиётини дунёга танитишда катта воқеа бўлди.

2026 йилги Ҳанс Христиан Андерсен мукофотига ўзбек ёзувчиси Муҳаббат Йўлдошева номзоди илгари сурилди.

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
04/25/2025, 07:42
t.me/aokaxorazm/31160
04/24/2025, 17:27
t.me/aokaxorazm/31159
04/24/2025, 17:27
t.me/aokaxorazm/31156
04/24/2025, 17:27
t.me/aokaxorazm/31154
04/24/2025, 17:27
t.me/aokaxorazm/31157
04/24/2025, 17:27
t.me/aokaxorazm/31158
04/24/2025, 17:27
t.me/aokaxorazm/31155
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini tantanali topshirish marosimida qatnashganim men uchun katta sharaf.

Marosimda Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Gurbanguli Malikguliyevich qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga beqiyos shaxsiy hissa qo‘shganlar.

Ushbu oliy mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz va O‘zbekistonga tashrifingiz bilan samimiy qutlaymiz!



Для меня было большой честью присутствовать на торжественной церемонии вручения ордена «Дустлик» высшей степени Национальному лидеру туркменского народа, Председателю Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедову.

Как отметил на церемонии Президент нашей страны, Гурбангулы Мяликгулыевич внёс огромный личный вклад в укрепление традиционных отношений дружбы, добрососедства и стратегического партнёрства между нашими братскими странами, а также укрепление безопасности и стабильности в Центральной Азии.

Поздравляем с этой высшей наградой и искренне приветствуем в Узбекистане!
04/24/2025, 17:27
t.me/aokaxorazm/31153
✈️Soxta turistik firmalarga aldanib qolmang!

Soʻnggi vaqtlarda, Haj va Umra safarlarini tashkillashtirib berish niyatida yurtdoshlarimizni aldab ularning pullarini oʻzlashtirib kelayotgan soxta turistik firmalar bilan bogʻliq murojaatlar koʻpaymoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham Xaj va Umra ziyoratini amalga oshirish maqsadida soxta turfirmalarga aldanib qolgan hamyurtlarimiz, Saudiya Arabistonida nochor ahvolda qolib ketishmoqda. Mamlakatimiz tomonidan Saudiya Arabistonida muhtoj ahvolda qolib ketgan yurtdoshlarimiz Oʻzbekistonga olib kelinib, ularga huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.

Hurmatli vatandoshlar turli yolgʻonlarga ishonib soxta turfirmalar toʻriga ilinib qolmang! Haj va Umra ziyoratini tashkil etishni taklif etayotgan har qanday turfirmalardan tegishli tartibdagi litsenziyani koʻrsatishlarini talab qiling.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/24/2025, 15:55
t.me/aokaxorazm/31152
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/24/2025, 15:50
t.me/aokaxorazm/31151
16
2.6 k
04/24/2025, 14:56
t.me/aokaxorazm/31150
15
2.3 k
#Kitobxonlik_haftaligi_2025

📔XORAZM MATBUOTI, MATBAACHILIK, NOSHIRLIK: TARIXI VA BUGUNI

📔Xorazmda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Navbatdagi yana bir tadbir yaqinda “Ogahiy” nashriyotida chop qilingan “Xorazm matbuoti, matbaachilik, noshirlik: tarixi va buguni” nomli kitob taqdimotiga bag‘ishlandi. Mazkur solnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan nashrdan chiqqan.

✅Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan taqdimotda kitobning yaratilishida o‘zining hissasini qo‘shgan ustoz jurnalistlar, ilmiy xodimlar, pedagoglar, shuningdek, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

✅G‘oya muallifi, kitobni nashrga tayyorlovchi va muharriri, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanovani yangi tarixiy nashr chop qilinganligi bilan samimiy muborakbod qildilar.

✅Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Umid Bekmuhammad, Xalqaro “Oltin meros” jamoat fondining viloyat bo‘limi rahbari Komiljon Nurjonov, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Qurbon Muhammadrizo, Shuhrat Matkarimov, taniqli publitsist va yozuvchi Husayin Rahmonov, mehnat faxriysi Nodir Otajonov va boshqalar kitobda viloyatimiz matbuoti, matbaachilik, noshirlik o‘tmishi va buguni, soha fidoyilari haqida qimmatli ma’lumotlar jamlanganini e’tirof qildilar.

✅Tadbirda viloyatda nashriyot-matbaa tizimi, bosma nashrlar, televideniya va radio, kutubxona va kitob do‘konlari, hududdagi xalqqa axborot yetkazish va ziyo tarqatish borasida olib borilgan va olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritildi.

📚Taqdimot so‘ngida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova kitobning yaratilish jarayoni haqida so‘zlab berdi va qatnashchilarga minnatdorchilik bildirdi. Mazkur to‘plamning ilk nusxalari Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga taqdim qilindi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/24/2025, 14:56
t.me/aokaxorazm/31147
15
2.7 k
04/24/2025, 14:56
t.me/aokaxorazm/31149
15
2.6 k
04/24/2025, 14:56
t.me/aokaxorazm/31148
Xalqaro IT sohasidagi qizlar kuni muborak boʻlsin!

Axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, qizlarning bu sohadagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha ilmga chanqoq, maqsadli, orzusi yoʻlida intilayotgan qizlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Texnologiyalar dunyosida oʻz oʻrningizni toping, yangilik yarating, ilmiy izlanishlar bilan yurt shaʼnini yuksaltiring.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/24/2025, 14:01
t.me/aokaxorazm/31146
💐BUGUN TUG‘ILGAN KUN

🌺Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari – axborot siyosati masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i maslahatchisi Ganjayev Jamol Matchonovich 1994-yilning 24-aprelida Xiva tumanida tug‘ilgan. U 2021-yildan buyon ushbu lavozimda ishlaydi.

🎉🎁Bugungi sana munosabati bilan Ganjayev Jamol Matchonovichni samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida rivoj, uzoq umr, mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt tilaymiz. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi imijini shakllantish, ochiqlik va axborot erkinligini ta’minlashdagi ishlaringizga rivoj tilaymiz.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/24/2025, 12:19
t.me/aokaxorazm/31145
04/24/2025, 09:26
t.me/aokaxorazm/31143
04/24/2025, 09:26
t.me/aokaxorazm/31142
04/24/2025, 09:26
t.me/aokaxorazm/31144
✅YANGI SAHIFA: INSON RESURSLARIGA YANGICHA YONDASHUV!

🟢Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan muhim hujjat — 212-sonli qaror asosida, Inson resurslarini boshqarish boʻlimlari masʼullari uchun o'quv seminar tashkil qilindi.

💬Bu nima uchun muhim?

🔣Yangi qaror bilan inson resurslarini boshqarish faoliyati rasmiy ravishda baholanadi va attestatsiyadan oʻtkaziladi;
🔣Boshqaruv boʻlinmalari uchun namunaviy nizom, attestatsiya tartibi va baholash mezonlari joriy etiladi.

💎Seminarda sohaning yetakchi ekspertlari ishtirok etib, qaror bilan yaqindan tanishtirishdi hamda amaliy tavsiyalar taqdim etishdi. Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollar bilan faol ishtirok etishdi!

💎HR sohasidagi yangi bosqich — samaradorlik, shaffoflik va salohiyatni toʻliq ochib berishga xizmat qiladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/24/2025, 09:26
t.me/aokaxorazm/31141
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish — davr talabi

🛡Yaqin qarindoshlaringiz nomidan jo‘natilayotgan ✉️SMS xabarlardan ehtiyot bo‘ling.

🔐Shaxsiy ma’lumotlaringizni doimo sir saqlang.

✅Kiberfiribgarlardan ogoh bo‘ling!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/23/2025, 15:21
t.me/aokaxorazm/31140
📚Bolalar shoirlari bilan uchrashuv

📚Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Xorazmlik bollalar shoirlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

📚Uchrashuv davomida viloyat axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari Shuhrat Matkarimov bugungi kunda vohamizda yashab ijod qilayotgan bolalar shoirlari haqida gapirib o'tdi. Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, bolalar shoirlari Boltaboy Bekmetov, Durposhsho Xudoynazarova, Erpo‘lat Baxt bolalar uchun yozgan asarlari haqida gapirib, ijodlaridan namunalar o‘qib berdilar.
Shundan so'ng ijodkorlar kutubxonaga yangi kitoblarini sovg‘a qildilar.

✅Tadbirda Urganch shahridagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari va faol kitobxonlar ishtirok etishdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/23/2025, 14:22
t.me/aokaxorazm/31136
04/23/2025, 14:22
t.me/aokaxorazm/31138
04/23/2025, 14:22
t.me/aokaxorazm/31137
04/23/2025, 14:22
t.me/aokaxorazm/31139
#Kitobxonlik_haftaligi_2025

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida joriy yilning 21-27 aprel kunlari “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o‘tadigan V respublika “Kitobxonlik haftaligi”dan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan video lavha.
04/23/2025, 14:02
t.me/aokaxorazm/31135
Repost
1
114
💼 Ҳудудларда “Ўзбекистон – китобхонлар юрти” шиори остида V Республика “Китобхонлик ҳафталиги”нинг очилиш тадбирларидан лавҳалар

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
04/23/2025, 12:53
t.me/aokaxorazm/31134
04/23/2025, 12:32
t.me/aokaxorazm/31133
#Kitobxonlik_haftaligi_2025

E’ L O N

24-aprel kuni soat 10.00 da Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston  - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining “Xorazm matbuoti, matbaachilik, noshirlik: tarixi va buguni” nomli kitobi taqdimoti o’tkaziladi.
Kitobxonlar talif qilinadilar!
04/23/2025, 12:32
t.me/aokaxorazm/31132
04/23/2025, 12:29
t.me/aokaxorazm/31131
#Kitobxonlik_haftaligi_2025

O'zbek, turkman - kitobxon xalq          

Mahmud Zamahshariy nomidagi viloyat axborot- kutubxona markarkazining ,,O'zbek - Turkman dustlik uyi" bo'limi tomonidan V respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Urganch tumanidagi 29-son umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir davomida bo'lim xizmat rahbari Shomurod Qalandarov   kutubxona faoliyati haqida so'zlab berdi. O"quvchilarni   ,,O'zbek, turkman - kitobxon xalq" deb nomlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirdi.
04/23/2025, 12:29
t.me/aokaxorazm/31129
04/23/2025, 12:29
t.me/aokaxorazm/31130
📌"E-auksion" platformasida 5000 dan ortiq tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

➡️Urganch shahrida 6 ta -(ko'rish)
➡️Xiva shahrida 13 ta -(ko'rish)
➡️Bog'ot tumanida 239 ta - (ko'rish)
➡️Gurlan tumanida 729 ta - (ko'rish)
➡️Qo'shko'pir tumanida 22 ta -(ko'rish)
➡️Urganch tumanida 806 ta -(ko'rish)
➡️Hazorasp tumanida 532 ta -(ko'rish)
➡️Tuproqqal'a tumanida 620 ta -(ko'rish)
➡️Xonqa tumanida 260 ta -(ko'rish)
➡️Xiva tumanida 664 ta -(ko'rish)
➡️Shovot tumanida 374 ta -(ko'rish)
➡️Yangiariq tumanida 562 ta -(ko'rish)
➡️Yangibozor tumanida 299 ta -(ko'rish)

Savollarga javob olish

☎️: 71 202 21 11
📞: 99 207 26 03

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/23/2025, 07:57
t.me/aokaxorazm/31128
✅“Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasiga taklif etamiz

✅2025-yil 1–2 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar namoyish qilingan an’anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

✅Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

😯 2025-yilgi ko’rgazma doirasida yanada keng ko‘lamli ishtirok, tijorat salohiyatiga ega loyihalar va yangi hamkorlik tashabbuslari taqdim etilishi rejalashtirilgan.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/23/2025, 07:34
t.me/aokaxorazm/31127
🫥Kiberfiribgarlar bizni qanday aldaydi?

Soxta "bank" qo‘ng‘iroqlari, qalbaki saytlar, firibgar dasturlar – jinoyatchilar pullarimizni o‘g‘irlashning yangi usullarini har kuni izlamoqda.

Pul va ma’lumotlaringizni qanday himoya qilishingiz mumkin? Videorolikni tomosha qiling!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 20:58
t.me/aokaxorazm/31126
🚗Yurtimizda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi!

Ertaga, 23-aprel kuni Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning barcha viloyatlari markazlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi boʻlib oʻtadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 16:16
t.me/aokaxorazm/31125
📔Xorazm viloyatida "Oʻzbekiston - kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" tadbirlari davom qilmoqda. "Kitobxonlik haftaligi" doirasidagi tadbirlar joriy yil 27-aprelga qadar davom etadi.

✅Haftalik dasturidan koʻplab maʼrifiy-madaniy tadbirlar oʻrin olgan. Haftalikning faol ishtirokchisiga aylaning. Keling, birgalikda mutolaa qilamiz!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 14:14
t.me/aokaxorazm/31123
04/22/2025, 13:14
t.me/aokaxorazm/31119
04/22/2025, 13:14
t.me/aokaxorazm/31120
04/22/2025, 13:14
t.me/aokaxorazm/31122
📚Erkin Samandar tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi

📚Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Erkin Samandar tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab “Xorazm farzandi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy kecha o‘tkazildi.

📖Ushbu kechada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, viloyat axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari Shuhrat Matkarimov, jurnalistika sohasi faxriylari Ra'no Karimova, Sanobar Berdiyevalar Erkin Samandar haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar, uning mehnat faoliyati, insoniy fazilatlari, ijodining o‘ziga xos jihatlari, boy ijodiy merosi haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

📚Tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi UrDU tarix fakulteti talabalari ishtirok etib Erkin Samandarning hayoti va ijodi hamda mehnat faoliyati haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 13:14
t.me/aokaxorazm/31121
04/22/2025, 10:58
t.me/aokaxorazm/31118
#E'tirof

🇺🇿Yangi O'zbekistonga shunday g'alabalar yarashadi!

⚽️Kuni kecha 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan nufuzli musobaqada O'zbekiston futbol terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mamlakatimizda sportga, jumladan, futbolga berilayotgan yuksak e'tiborning yana bir amaliy natijasi o'laroq tarixiy g'alaba uchun sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlardan doimo yuksak faxr va iftixor tuyg'usini tuyamiz!

💐El-yurtimiz sizlarning timsolingizda doimo oldinga intilib yashaydigan, yuksak marralarni zabt etishga qodir Yangi O'zbekiston yoshlarining eng yorqin vakillarini ko'radi va sizlar bilan haqli ravishda faxrlanadi!

📹Videolavhalarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at hamda Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetlari talaba-yoshlarining ushbu nufuzli g'alaba uchun maxsus tabriklari aks etgan.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 10:58
t.me/aokaxorazm/31117
📕Mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” Xorazm viloyatida ham uyushqoqlik bilan boshlandi.

📹Viloyat teleradiokanali xotirasiga muhrlangan ushbu lavha Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan haftalikning tantanali ochilish marosimidan olingan.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 08:48
t.me/aokaxorazm/31116
10
3.7 k
#anons 📣
#festival_2025 ❤️‍🔥

✅ Joriy yil 21-25-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali barchani kutadi!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 08:12
t.me/aokaxorazm/31115
Vakillik hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiyaviy asoslar, samaradorlik va xorijiy tajriba

Toshkent shahrida “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 08:02
t.me/aokaxorazm/31114
🎤Joriy yilning yanvar-mart oylarida 4 ming 993 ta oilani (22,8 ming aholi) kambag‘allikdan chiqarish belgilangan bo‘lib, amalda “individual rejalar” asosida 8,5 mingta oilalarga yoki 37,3 ming nafar aholiga kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan 10,5 mingta xizmatlar ko‘rsatilib, belgilangan reja 170 foizga bajarildi.

🎞"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar "Madaniyat va ma'rifat" telekanali nigohida.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/22/2025, 08:00
t.me/aokaxorazm/31113
❓Shaxsga doir maʼlumotlarni ochiqlash mumkinmi?

❓Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalarda shaxsiy xavfsizlik qanday himoyalanadi?

❓Davlat shaxsga doir maʼlumotlarni qanday muhofazalaydi?

❓Shaxsiy maʼlumotlar sirasiga nimalar kiradi?

❓Shaxsiy maʼlumotlar himoyasida amaldagi qonunchilik Internet foydalanuvchilarini "qoniqtiradimi"?

📹Oʻzbekiston 24 telekanalida AOKA boʻlim boshliqlari Ulugʻbek Kurbanbayev hamda Shamsinur Axtamov shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish masalasida huquqiy tushunchalar berishdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/21/2025, 16:54
t.me/aokaxorazm/31112
🇺🇿Qalandarova Shahnoza Maqsud qizi - Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari lavozimida ish boshladi.

✅Unga qadar Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

🤝Shahnoza Qalandarovaga masʼuliyatli ishlarida omad tilaymiz!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/21/2025, 16:39
t.me/aokaxorazm/31111
Repost
143
📚2025 йилда болалар ва ўсмирлар учун мўлжалланган 50 номда янги асарлар яратилади – Асаджон Ходжаев

Бугун Алишер Навоий номидаги Миллий кутубхонада “Ўзбекистон – китобхонлар юрти” шиори остида V Республика “Китобхонлик ҳафталиги”нинг очилиш маросими бўлиб ўтди.

Тадбирда турли давлат идоралари раҳбарлари, адиблар, ахборот-кутубхона мутахассислари, жамоатчилик фаоллари, китобхонлар иштирок этди.

Ҳафталикни очилиш маросимида сўзга чиққан АОКА директори Асаджон Ходжаев сўнгги йилларда мамлакатимизда ноширлик-матбаа фаолияти, ахборот-кутубхона хизматларини янада яхшилаш, китоб тарғиботини кенгайтириш, мутолаа маданиятини ошириш, таржима йўналишини такомиллаштириш борасида амалга оширилаётган ишлар хусусида тўхталди.

“Ноширлик фаолияти тўғрисида”ги қонун янги таҳрирда қабул қилиниб, соҳанинг норматив-ҳуқуқий базаси такомиллаштирилди; Ўзбекистонда ишлаб чиқарилмайдиган матбаа ускуналари ва қоғоз хомашёси божхона божидан, шунингдек, нашриёт ва матбаа корхоналари эса фойда солиғидан озод этилди.

Китобхонликка оид инфратузилмани мустаҳкамлаш борасида 60 дан ортиқ вилоят, туман ва шаҳар ахборот-кутубхона марказларида капитал-қурилиш ишлари амалга оширилиб, замонавий хизмат кўрсатиш талаблари асосида китобхонларга фойдаланиш учун топширилди. Жумладан, 18 та ахборот-кутубхона маркази янгидан қурилди, деди А.Ходжаев.

📔 Қайд этилишича, 2020-2024 йилларда нашриётлар сони 3,5 баробарга ошиб, бугунги кунда салкам 600 тани ташкил этмоқда. Улар томонидан ҳар йили ўртача 11,6 минг номдаги, ўтган беш йилда эса жами 197,9 млн. нусхада адабиётлар чоп этилди.

Ҳафталикнинг очилиши маросимида “Туркий адабиёт дурдоналари” асарлар мажмуаси Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Президент ва Ижод мактабларига, шунингдек, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Миллий гвардия, Давлат хавфсизлиги хизматига таркибидаги Темурбеклар мактаби ва Жалолиддин Мангуберди номидаги ҳарбий академик лицейларга тақдим қилинди.

2025 йилда болалар ва ўсмирлар учун мўлжалланган яна 50 номда янги асарлар яратилади. Бундан ташқари бевосита Агентлик ташаббуси билан “Буюклар болалиги” номли ижтимоий буюртмалар лойиҳаси таъсис этилиб, унда юртимиздан етишиб чиққан буюк алломалар,мутафаккир ва адиблар, шоирларнинг болалиги ҳамда уларнинг шахс сифатидаги фазилатларини очиб берувчи янги бадиий асарларга буюртма берилди. Шу кунга қадар мазкур лойиҳа асосида 15 дан ортиқ асарлар яратилди, деди АОКА директори А. Ходжаев.
Очилиш маросимида сўзга чиққанлар Китобхонлик ҳафталиги каби миллатга чин маънода маънавий озуқа берувчи тадбирлар кўламини кенгайтириш нафақат билим, тажриба, кўникма бериши, балки мамлакатнинг ёрқин келажаги учун мустаҳкам пойдевор бўла олишини таъкидлашди.

Маълумот учун: Ҳафталик доирасида республика бўйича 1000 дан ортиқ маънавий-маърифий тадбирлар, шунингдек, Тошкент шаҳридаги “Dream park” истироҳат боғида ва Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар марказларидаги маданият ва истироҳат боғларида, шунингдек, туман (шаҳар) ахборот-кутубхона марказларида “Ноширдан китобхонга” тамойили асосида китоб савдо-ярмаркалари ўтказилади.

Бундан ташқари, 25-26 апрель кунлари Ёзувчилар уюшмасининг “Паркент ижод уйи”да ташкил этиладиган ноширлар ва муаллифлар учрашувида болалар ва ўсмирлар адабиётини ривожлантиришнинг долзарб масалалари муҳокама қилиниши режалаштирилган

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
04/21/2025, 16:19
t.me/aokaxorazm/31110
04/21/2025, 15:10
t.me/aokaxorazm/31109
04/21/2025, 15:10
t.me/aokaxorazm/31107
04/21/2025, 15:10
t.me/aokaxorazm/31108
📕Xorazm viloyatida o‘z ishini boshlagan “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

📚21-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirga puxta tayyorgarliklar ko‘rildi. Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bayramona bezatildi, turli mavzularda kitob ko‘rgazmalari tashkil qilindi. Urganch shahridagi Anna German nomli 1-son bolalar musiqa maktabi o‘qituvchilari ishtirokida milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Saidov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni ushbu kitob bayrami bilan samimiy muborakbod qildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, viloyat Arxivlar ishi boshqarmasi boshlig‘i Rahimbergan Matrasulov, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xolmurod Qurbonov, viloyat Ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori Xudaybergan Qurbondurdiyev, taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarim va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari, taniqli ijodkorlar, mehnat faxriylari barchani kitobxonlik bayrami bilan tabrikladilar. Tadbir so‘ngida viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonov “Kitobxonlik haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, hafta davomida bo‘lib o‘tadigan har xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi.

Ishtirokchilar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimini onlayn kuzatib bordilar.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/21/2025, 15:10
t.me/aokaxorazm/31105
04/21/2025, 15:10
t.me/aokaxorazm/31106
#Baxshi_2025

⚡️ 2025-yilning 26-28-aprel kunlari Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi.

❕ Eslatib o'tamiz, festival ilk marotaba 2019-yilda Surxondaryo viloyatida o'tkazilgan, shuningdek, 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2023-yilda esa Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/21/2025, 12:47
t.me/aokaxorazm/31104
"Sizlar namoyon etgan yuksak mardlik va mahorat har qanday tahsinga sazovordir" - Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

"Tarixiy g‘alaba uchun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman", deya qayd etdi davlat rahbari.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/21/2025, 10:33
t.me/aokaxorazm/31103
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2025

📣📣📣📣📣

⚡️ Joriy yilning 26-aprel va 2-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

✅ Ochiq eshiklar kunida:

➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

🗓 26-aprel va 2-may kuni
⏱️ Soat 09:30 dan 14:00 gacha

Aziz oʻquvchilar, keling ixtisoslashtirilgan maktablar bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/21/2025, 10:29
t.me/aokaxorazm/31102
📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda:

⏩yalpi ichki mahsulot hajmining oʻsish surʼati – 106,8 %

⏩sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 110,2 %

⏩qurilish ishlari hajmining oʻsish surʼati – 110,4 %

⏩chakana savdo tovar aylanmasi oʻsish surʼati – 108,2 %

⏩bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati – 110,7 %

⏩qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining oʻsish surʼati – 103,8 %

⏩tashqi savdo aylanmasi oʻsish surʼati – 100,6 %

⏩eksportning oʻsish surʼati – 105,8 %

⏩importning oʻsish surʼati – 95,7 %

⏩faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (2025-yil 1-aprel holatiga) – 24 847 ta

⏩transportda yuk tashishning oʻsish surʼati – 102,5 %

⏩transportda yoʻlovchi tashishning oʻsish surʼati – 103,9 %

⏩doimiy aholi soni (2025-yil 1-aprel holatiga) – 2 039,6 ming kishi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/21/2025, 10:05
t.me/aokaxorazm/31101
Хоразм вилоятида ҳам ҳафталик доирасида кенг кўламдаги тадбирлар бошланди ва давом этмоқда.
04/21/2025, 09:09
t.me/aokaxorazm/31100
Хоразм вилоятида ҳам ҳафталик доирасида кенг кўламдаги тадбирлар бошланди ва давом этмоқда.
04/21/2025, 09:09
t.me/aokaxorazm/31099
Repost
2
160
📔 “Ўзбекистон – китобхонлар юрти”

📖 Ана шундай шиор остида бугун, 21 апрелдан эътиборан V Республика “Китобхонлик ҳафталиги” бошланди.

✅ Ҳафталик дастуридан кўплаб маърифий-маданий тадбирлар ўрин олган. Ҳафталикнинг фаол иштирокчисига айланинг. Келинг, биргаликда мутолаа қиламиз!

Эслатиб ўтамиз, ҳафталик 27 апрелга қадар давом этади.

➡️ “Китобхонлик ҳафталиги” дастури билан қуйидаги ҳаволада танишинг: https://teletype.in/@aoka/06_HSwLz5Pw

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
04/21/2025, 09:07
t.me/aokaxorazm/31098
📚Bugundan mamlakatimizda  “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

✅“Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” mamlakatimiz boʻylab 21-27-aprel kunlari boʻlib oʻtadi.

✅Haftalik dasturidan yangi kitoblar taqdimoti, kitob savdo koʻrgazma - yarmarkalari, turli aksiya va viktorinalar, mahorat darslari, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar hamda boshqa madaniy - maʼrifiy tadbirlar oʻrin olgan.

✅Haftalik doirasidagi tadbirlar viloyatimizda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat, shahar, tumanlar axborot-kutubxona markazlarida hamda ta'lim muassasalarida oʻtkaziladi.

📔Barcha kitobsevar vohadoshlarimizni “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlariga taklif etamiz!

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/21/2025, 08:00
t.me/aokaxorazm/31097
BMTning Davlat xizmati forumiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi

Joriy yilda BMTning Davlat xizmati forumi oʻtkaziladi. Bu nufuzli anjumanga ilk bor Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.

2025-yil 23-25-iyun kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro tadbir “Silk road Samarkand” majmuasida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/20/2025, 09:45
t.me/aokaxorazm/31096
13
3.7 k
#Kitobxonlik_haftaligi

🇺🇿 Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot –kutubxona markaziga joriy yilning 21-27 aprel kunlari  "O'zbekiston -kitobxonlar yurti" V - Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkaziladi.

📚 Xorazmda hafta davomida turli ko‘rgazmalari, kitob taqdimotlari, taniqli insonlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar va boshqa ko‘pgina ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan  barcha kitobsevar yurtdoshlarimizni viloyat axborot- kutubxona markazi hamda shahar, tumanlarda tashkil qilinadigan “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlarga taklif qilamiz!
Biz - kitobsevarlar yurtimiz.! O'zbekiston- kirobsevarlar yurti!
04/19/2025, 07:39
t.me/aokaxorazm/31095
#Kitobxonlik_haftaligi

🇺🇿 Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot –kutubxona markaziga 2025 yilning 21-27 aprel kunlari  "O'zbekiston kitobxonlar yurti" V - Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkaziladi.

📚 Markazimizda hafta davomida turli ko‘rgazmalari, kitob taqdimotlari, taniqli kishilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar va boshqa ko‘pgina ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi shu munosabat bilan  barcha kitobsevar yurtdoshlarimizni markazimizdagi “Kitobxonlik haftaligi”da faol qatnashishga taklif qilamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram|Facebook|YouTube|Website|Instagram
04/19/2025, 07:31
t.me/aokaxorazm/31094
💬Yigʻilishda 3-4 ta idora misolida aytilgan tanqidlar boshqa vazirlik va tarmoqlarga ham tegishli ekani qayd etildi.

💬Ekologiya, Qishloq xoʻjaligi, Qurilish, Energetika, Oliy taʼlim vazirliklari, Kadastr agentligi, Avtoyoʻllar qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi, Qurilish inspeksiyasi tizimida ham byurokratiya haligacha yuqoriligi koʻrsatib oʻtildi.

💬Ushbu vazirlik va idoralar rahbarlariga bugungi yigʻilishdan xulosa chiqarib, aholi va tadbirkorlarga xizmatlarni yengillashtirish topshirildi.

💬Umuman, barcha darajadagi rahbarlar oldiga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda boʻlish vazifasi qoʻyildi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/18/2025, 15:30
t.me/aokaxorazm/31093
✅Yigʻilishda soliq va bojxona sohalaridagi kamchiliklar bu tizimlarda navbatdagi islohotlarni talab qilayotgani qayd etildi.

✅Mutasaddilarga malakali ekspertlar, olimlar va tadbirkorlar jamoatchilik kengashini jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va maʼmurchiligini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha asosli takliflarni kiritish topshirildi.

✅Shuningdek, vazirlarning oʻz sohasidagi yoʻriqnoma va boshqa idoraviy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha vakolati aniq belgilanishi lozimligi taʼkidlandi.

🔝“Eng barqaror munosabatlar – qonun bilan, yangi islohotlar – Prezident hujjati bilan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish – Hukumat qarori bilan belgilanadi. Ularni hayotga tatbiq etish boʻyicha faqat idoraviy hujjatlar qabul qilinadi.

Ana shunda, islohotlar natijalari odamlarimizga tezroq yetib boradi”, - dedi Prezident.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
04/18/2025, 15:28
t.me/aokaxorazm/31092
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria