Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
XO
Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi
https://t.me/xorazmakm1
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
25.7%
ERR (week)

Savollaringiz yoki takliflar uchun🔽🔽🔽: https://t.me/murojaatakmxorazm Websayt|Facebook|YouTube|Telegram|Instagram

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 005 results
KITOBXONLIK HAFTALIGI TADBIRLARI

25.04.2025 ✅

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 Onli
neTV
📻 Online
Radio

Tel
egram | Instagram | YouTube

Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtel
ekana
04/26/2025, 12:00
t.me/xorazmakm1/13386
Kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.

Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.
“Amir Temur” nomidagi istrohat bog‘ida “Kitob mening sirdoshim” mavzusida kitob savdosi yarmarkasi va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
04/26/2025, 11:48
t.me/xorazmakm1/13385
🔹Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

🔹Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoa o‘quvchilari ishtirok qildi.

🔹Ma’lumot uchun, tanlovning viloyat bosqichda g‘olib bo‘ladigan 3 ta maktab jamoasiga 1-o‘rin uchun 250 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 200 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 150 mln so‘m, jami 600 mln so‘m pul mukofotlari viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarning hisob raqamlariga o‘tkazib berilishi belgilangan.
04/25/2025, 18:11
t.me/xorazmakm1/13366
“Jadidchilik harakati namoyondalari” mavzusida zakovot intellektual o‘yini

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va Jaloladdin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey ĥamkorligida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida “Jadidchilik harakati namoyondalari” mavzusida zakovot intelektual o‘yini o‘tkazildi. O'yin Ichki ishlar bojxona qo‘riqlash FVB mutaxassislari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi Yuldashev G‘ayrat Qutratovich esdalik sovg‘alari topshirdi.
Tadbirda Urganch shahar harbiy prokurorining katta yordamchisi, Adliya kapitani Azizbek Alimqulov ishtiroq qildi va barcha tadbir qatnashchilariga muvoffaqiyat tiladi.
04/25/2025, 16:31
t.me/xorazmakm1/13358
Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining Umumiy o‘quv zalida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida 9-may – Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada Ikkinchi jahon urushida qahramonlarcha halok bo‘lgan, mehnat frontida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimiz haqidagi o‘zbek va rus tillarida nashrlar, O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari hamda urush va mehnat faxriylarining fotosuratlari namoyish qilinmoqda.
04/25/2025, 15:55
t.me/xorazmakm1/13353
Xalqimizning suyukli shoiri

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqimizning suyukli shoiri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda IIV Xorazm akademik litseyi kursantlari ishtirok etishdi.
Tadabir davomida yoshlar Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma'lumotga ega bo‘ldilar, sana munosabati bilan tashkil qilingan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
04/25/2025, 15:47
t.me/xorazmakm1/13352
Rossiyada chop qilingan kitob taqdimoti

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining “Iqtidor” yosh ijodkorlar klubi tomonidan “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Shodiyabonu Sultonovaning “Сердце - певчая птица” (“Serdtse – pevchaya ptitsa”) nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir davomida markazimiz xizmati rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarimov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Boltaboy Bekmetov, yetakchi mutaxassisi Shoira (Shams) Qalandarova, iste'dodli shoira Zumrad Jumamurodova, klub rahbari Ro‘ziboy Qulmatov, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garagi rahbari Asadbbek Yusufboyev va yaqinlari Shodiyabonuni ijodiy faoliyati, taqdimoti o‘tkazilayotgan to‘plamining xalqaro adabiy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati, to‘plamga kirgan she'rlarning badiiy xususiyatlari haqida atroflicha so‘z yuritdilar.
Tadbir so‘ngida Shodiyabonu Sultonova to‘plamning yaratilish jarayoni haqida so‘zlab berdi va barchaga minnatdorchilik bildirdi.
04/25/2025, 15:19
t.me/xorazmakm1/13345
“Mehr kutubxonasi”da sport tadbiri o‘tkazildi.

Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi, 32-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan hamkorlikda “mehr kutubxonasi” mavzusida sport tadbiri o‘tkazdilar.
Shaxmat musobaqasida internatning 11-sinif o‘quvchilari 3 jamoa bo‘lib qatnashdilar. Shaxmat musobaqasida 1-, 2- o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi nomidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.
Internatning direktori Qurbanov Sanjarbek Xudayberganovich Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markaziga o‘tkazilgan musobaqa uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
04/25/2025, 14:29
t.me/xorazmakm1/13331
E'lon

26-aprel kuni soat 10:00da Amir Temur istrohat bog’ida kitob savdosi yarmarkasi tashkil etiladi.

Yarmarka davomida Yoshlar markazida Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitob mening sirdoshim” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etiladi.

Barcha kitobsevar yurtdoshlarimizni taklif qilamiz.
04/25/2025, 11:50
t.me/xorazmakm1/13323
KITOBXONLAR HAFTALIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR

24.04.2025 ✅

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 Onli
neTV
📻 Online
Radio

Tel
egram | Instagram | YouTube

Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtel
ekana
04/25/2025, 09:43
t.me/xorazmakm1/13322
“O‘ZBEKISTON - KITOBXONLAR YURTI” HAFTALIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR

23.04.2025 ✅

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 Onli
neTV
📻 Online
Radio

Tel
egram | Instagram | YouTube

Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtel
ekana
04/25/2025, 09:42
t.me/xorazmakm1/13321
#ETIROF

✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan "30 лет Ташкентскому филиалу Российского экономического университета им. Г.В.Плеханова" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

⚜️ Milliy kutubxona jamoasi yuksak e’tirof va cheksiz e’tibor uchun minnatdorlik bildiradi va kelajakda yanada mustahkam hamkorlikka tayyorligini izhor qiladi!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegra
m l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
04/25/2025, 09:41
t.me/xorazmakm1/13320
E’ L O N

25-aprel kuni soat 09:00 da 32-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatda “mehr kutubxonasi” mavzusida sport tadbiri o‘tkaziladi.
Barchani taklif qilamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling�
Telegr
am|Facebook|YouTube|Website|Instagram
04/24/2025, 16:42
t.me/xorazmakm1/13315
#Kitobxonlik_haftaligi_2025
“Zakovat” intellektual o'yini

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida “Zakovat” intellektual o'yini o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan markazimiz direktori o‘rinbosari Mavluda Qurbanboveva bellashuv ishtirokchilari - Urganch innovatsion universiteti talabalariga omad tiladi.
O‘yinda universitetning “Zakovat” klubi a'zolaridan iborat “Evrika”, “Perfect”, “Neptun”, “Daimond”, “Innovatsiya” jamoalari o’zaro bellashdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra “Innovatsiya” va “Evrika” jamoalari eng yuqori natija ko‘rsatdilar.
Markazimizning Huquqiy axborot sektori mudiri Izzatjon Matsapayeva talabalarga
“Inson huquqlari” sohasidagi adabiyotlar burchagidan joy olgan kitoblarni sharhlab berdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling�
Telegr
am|Facebook|YouTube|Website|Instagram
04/24/2025, 14:13
t.me/xorazmakm1/13314
#Kitobxonlik_haftaligi_2025
Siz sevgan qahramon


Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Siz sevgan qahramon” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch shahridagi 12-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Said Ahmadning Ufq asari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir davomida 12-son maktab o‘qituvchisi Saodat Sharipova “Ufq” trilogiyasi qahramonlari haqida atroflicha so‘z yuritdi, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Мarkazimiz sektori mudiri Said Ahmadning kutubxona fondida saqlanayotgan asarlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling�
Telegr
am|Facebook|YouTube|Website|Instagram
04/24/2025, 13:21
t.me/xorazmakm1/13302
#Kitobxonlik_haftaligi_2025
“Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi bilan uchrashuv

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025 yilgi mavsumi g‘olibi Maftuna Ochilova bilan uchrashuv o’tkaziladi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan markazimiz direktori o‘rinbosari Mavluda Qurbanboveva Maftunani yutug’i bilan tabrikladi.
Maftuna Ochilova tanlovdan olgan tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Tanlov bosqichlari, shartlari haqida batafsil so‘zlab berdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Uchrashuv so‘ngida markazimiz sektori mudiriri Gulbahaor Xudoyberganova Maftuna Ochilovaga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling�
Telegr
am|Facebook|YouTube|Website|Instagram
04/24/2025, 12:58
t.me/xorazmakm1/13298
#Kitobxonlik_haftaligi_2025
Yangi kitob taqdimoti

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining “Xorazm matbuoti, matbaachilik, noshirlik: tarixi va buguni” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, mehnat faxriylari, faol kitobxonlar, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida markazimiz direktori Rahimboy Qurbonov kitob muallifi - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli jurnalist va adiba Dilbar Bekchanovani yangi kitobi nashr qilinganligi bilan tabrikladi. Markazimiz xizmati rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarimov, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodulayeva, matbuot sohasi faxriylari Husayin Rahmonov, Komiljon Nurjonov, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qurbon Muhammadrizo, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Umid Bekmuhammad va boshqa mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari kitobda viloyatimiz matbuoti, matbaachilik, noshirlik o‘tmishi va buguni, soha fidoyilari haqida qimmatli ma'lumotlar jamlanganini e'tirof qildilar, muallifni tabriklab, yangi ijodiy yutuqlar tiladilar.
Taqdimot so‘ngida Dilbar Bekchanova kitobning yaratilish jarayoni haqida so‘zlab berdi va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling�
Telegr
am|Facebook|YouTube|Website|Instagram
04/24/2025, 12:13
t.me/xorazmakm1/13293
#Kitobxonlik_haftaligi_2025
E’ L O N

25-aprel kuni soat 11.00 da Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida bo’lib o’tayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Shodiyabonu Sultonovaning “Сердце – певчвя птица” (“Serdtse – pevchaya ptitsa”) nomli kitobi taqdimoti o’tkaziladi.
Barcha kitobxonlarni taklif qilamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling�
Telegr
am|Facebook|YouTube|Website|Instagram
04/24/2025, 11:27
t.me/xorazmakm1/13282
#Kitobxonlikhaftaligi2025

✅ “Alisher Navoiy bitiklari izidan”, “Inson haqlari
bildirgisi” – Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,
dotsent Azizulloh Arol kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tadi.

⏰ 24-aprel, soat 14:30

📍Manzil: O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Majlislar zali.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegr
am l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
04/24/2025, 08:23
t.me/xorazmakm1/13280
#Kitobxonlikhaftaligi2025

✅ “Kitobxon bolalar” turkumida nashr etilgan kitoblar taqdimoti – “O‘zbekiston nashriyoti” DUK tomonidan ijtimoiy buyurtma asosida bolalar va o‘smirlar uchun nashr etilgan
20 nomdagi asarlar taqdimoti hamda mualliflar bilan
ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi.

⏰ 24-aprel, soat 11:00

📍Manzil: O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Media zali.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegr
am l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
04/24/2025, 08:23
t.me/xorazmakm1/13281
#Kitobxonlikhaftaligi2025

✅ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli shoirlar Davron Rajab va Muhammad Siddiqlarning “Ovozdagi ranglar” va “Musofir daraxt”nomli kitolari taqdimoti bo’lib o’tadi.

⏰ 24-aprel, soat 15:00

📍Manzil: O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Kichik majlislar zali.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegr
am l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
04/24/2025, 08:23
t.me/xorazmakm1/13279
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria