Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
SV
Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
https://t.me/svbandlik
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.57%
ER (week)
18.33%
ERR (week)

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining Telegram rasmiy kanali

🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 039 results
Konferensiyada sohaga aloqador 30 dan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning mehnatni muhofaza qilish tizimidagi o‘rni, ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash, monitoring qilish va oldini olishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologik yondashuvlar muhokama qilinmoqda.

Mazkur konferensiya raqamlashtirish asosida xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlashda real va aniq yechimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/28/2025, 09:19
t.me/svbandlik/17290
#live
28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”

Shu munosabati bilan 28-apreldan 2-mayga qadar Respublikamizda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda poytaxtimizdagi "Hyatt Regensy" mehmonxonasida "Mehnat muhofazasining yangi bosqichi:  ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/28/2025, 09:19
t.me/svbandlik/17289
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning bandligini ta’minlash va ularning turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi, 1-toifasiga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarga amaliy yordam berish bo‘yicha muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil: uza.uz

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/27/2025, 08:59
t.me/svbandlik/17279
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo'yicha profilaktik tadbirlar davomida 5 000 dan ortiq fuqarolarning rasmiy bandligini taʼminlashga erishildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/26/2025, 13:35
t.me/svbandlik/17278
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 330-sonli qarori ijrosi doirasida Guliston tumanining 6 ta mahallasida olib borilayotgan ishlar.

"Ahillik" mahallasi: 2 dona tik quduq burg‘ulandi. Obyekt qiymati 750 million so‘mni tashkil etib, burg‘ulash va tuproq ishlari yakuniga yetkazilib, transformatorlar o‘rnatildi.

"Ibrat" mahallasi: 400 million so‘mlik loyiha doirasida quduq qurilib, unga transformator o‘rnatildi. Sug‘orish tizimi to‘liq ishga tayyor holga keltirilgan.

"Sohilobod" mahallasi: 800 million so‘mlik loyiha asosida 0,6 km uzunlikdagi sug‘orish tarmog‘i betonlanib, suv olish quloqlari o‘rnatildi. 1 dona quduqda burg‘ulash ishlari hamda qurilishi yakunlanib, obyektga to‘siq o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

"Chortoq" mahallasi: 1 milliard so‘mlik loyiha doirasida 1,5 km uzunlikdagi lotoklar montaj qilinmoqda. Bunda 2 ta texnika va 6 nafar ishchi ishtirok etmoqda.

"Mustaqillik" mahallasi: 1,6 milliard so‘mlik loyiha asosida 3 km uzunlikdagi sug‘orish kanali betonlanishiga 3 ta ekskavator va 1 ta mikser transporti jalb etilgan.

"Soyibobod" mahallasi: 0,5 km tarmoq betonlanib, quduqlarda burg‘ulash ishlari tugallangan, transformatorlar o‘rnatilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/26/2025, 12:04
t.me/svbandlik/17277
"Indorama agro" MCHJda o‘tkazilgan tadbirda sun’iy intellektning afzalliklari va mehnat jarayoniga tatbiq etish haqida tushuncha hamda ma’lumotlar berildi.

Batafsil "Diyor yangiliklari" informatsion ko‘rsatuvida 👆

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/26/2025, 10:26
t.me/svbandlik/17273
Joylarda probatsiya guruhi hisobida turgan fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida hududiy ichki ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda "Bo‘sh ish o‘rinlari" yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Mirzaobod va Xovos tumanida o‘tkazilgan yarmarka o‘z samarasini berdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/26/2025, 07:15
t.me/svbandlik/17269
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Yoshlar ishlari boshqarmasi (ichki tanlov): Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Oqoltin tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;

▪️Sayxunobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: Bosh buxgalter;

▪️Xovos tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Yangi O'zbekiston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.

❗️Arizalar 29.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/25/2025, 17:31
t.me/svbandlik/17268
Qaqroq yerlar gullab-yashnaydi

Oqoltin tumanidagi “Obod”, “Bo‘ston” va “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidan o‘tuvchi 6 kilometrdan ortiq uzunlikdagi sug‘orish tarmog‘i “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida tubdan qayta tiklanmoqda.

Batafsil: uza.uz

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/25/2025, 15:57
t.me/svbandlik/17266
Sirdaryodagi manzil koloniyadagilar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/25/2025, 15:57
t.me/svbandlik/17265
Guliston shahrining "Do‘stlik" mahallasi issiqxonachilikka ixtisoslashgan. Dilorom Sapaydinova ham bu sohada berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/25/2025, 07:05
t.me/svbandlik/17264
Oqoltin tumanidagi uchta mahallada jami 6150 metr sug‘orish tarmog‘i yangilanmoqda

Davlatimiz rahbarining "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Obod", "Bo‘ston" va "Navoiy" mahallalarida sug‘orish tarmog‘i rekonstruksiya qilinmoqda.

Jami 6150 metr tarmoqni yangilash uchun respublika byudjetidan 3,5 mlrd. so‘mdan oshiq mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ayni kunda quruvchi tashkilotlar tomonidan ishlar boshlab yuborildi. Bu kabi infratuzilma yangilanishi nafaqat bugungi kunga, balki uzoq muddatli istiqbolga ham xizmat qiladi. Eng muhimi sug‘orish imkoniyati mavjud bo‘lmagan yoki cheklangan aholi tomorqalari suv bilan ta’minlanadi, hosildorlik 1,5–2 barobarga oshib, bozorbop mahsulot yetishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/25/2025, 07:05
t.me/svbandlik/17263
#Ishga_marhamat

⚡️VAKANT O'RINLARI UCHUN QABUL E'LON QILINADI!

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati viloyati boshqarmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i - bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimiga tanlov eʼlon qiladi:

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasiga murojaat qilishlari mumkin.

📍Manzil: Guliston shahri, I.Karimov ko'chasi, 16-uy,

📞 Murojaat uchun telefon raqamlari: +998 67 236 50 05

❗️ Eslatma! Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 8 may kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlov yuzasidan eʼtirozlar boʻlgan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 207 00 03

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 16:44
t.me/svbandlik/17262
Guliston shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yarmarkada ishlash istagida bo‘lgan 200 nafardan ortiq xotin-qiz ishtirok etdi. Ularga 150 dan ziyod korxona, tashkilotlardagi 1 100 taga yaqin ish o‘rinlari taklif qilindi.

Ishtirokchilar korxonalardagi shart-sharoitlar, ish haqi, yaratilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot olishdi. Kasb-hunar o‘rganmoqchi bo‘lganlarga Kasbiy ko‘nikmalar markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Yakunda 86 nafar xotin-qiz “Betlis tekstil”, “Stella moda”, “Esme nur”, “Zukko chevarlari” kabi korxonalarga ishga joylashtirildi. Shuningdek, 56 nafar talabgorga o‘zlari yoqtirgan kasb-hunar o‘rgatiladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan qatnashchilarga zarur tavsiya va tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 16:44
t.me/svbandlik/17252
#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Loyihalarni ishlab chiqish bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Guliston shahar sho'basi eksport salohiyatini oshirish bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Sirdaryo tumani sho'basi investitsiya loyihalarini monitoring qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Ichki nazorat, pensiya va boshqa to'lovlarni tayinlash monitoringi shobasi bosh mutaxassisi;

▪️Madaniyat boshqarmasi (ichki tanlov): Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Madaniyat boshqarmasi (ichki tanlov): Madaniy faoliyatni rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining viloyat boshqarmasi: Ijro va intizomi murojaatlar bilan ishlash bo'yicha yetakchi mutaxassis;

▪️Guliston tumani hokimligi: "Oltin vodiy" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Sardoba tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Xovos tumani bo'limi: Bo'lim boshlig'i.

❗️Arizalar 28.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 16:26
t.me/svbandlik/17251
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni har yili 28 aprelda xalqaro miqyosda nishonlanadi. Bu sana 2003 yildan boshlab Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tashabbusi bilan joriy etilgan.

Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi korxona tashkilotlarda “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” shiori ostida davra suhbat, seminarlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, "Indorama agro" MCHJda o‘tkazilgan tadbirda sun’iy intellektning afzalliklari va mehnat jarayoniga tatbiq etish haqida tushuncha hamda ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 15:11
t.me/svbandlik/17245
Sayxunobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi

Sayxunobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar tumanning "Mustaqillik" mahallasida olib borilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, tomorqachilik faoliyati orqali aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, davlat tomonidan berilayotgan ko‘mak va subsidiya tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganligiga guvoh bo‘lishdi.

Press-tur doirasida ishtirokchilar kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan mahalla darajasidagi kompleks yondashuvlar, aholining bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan tanishdilar.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 15:11
t.me/svbandlik/17250
"Obyektivka"ni haliyam qo‘lda to‘ldiryapsizmi? my.mehnat.uz da tayyori bor.

👉Saytga OneID orqali kirib, qisqa soniyalarda yuklab olishingiz mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/24/2025, 13:27
t.me/svbandlik/17244
#Live

Guliston shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida o‘tkazilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlaari" yarmarkasida ishtirokchilar mavjud ish o‘rinlari bilan tanishmoqdalar.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 11:46
t.me/svbandlik/17243
Ayni damda Guliston shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida "Bo‘sh ish o‘rinlari" yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

150 dan ortiq korxona o‘zlaridagi 1 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etayotgan yarmarkada asosiy e’tibor "Ayollar daftari"da turgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 11:15
t.me/svbandlik/17233
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Inson resurslari bo'yicha menejer;

▪️Sayxunobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Paymard" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sayxunobod tumani bo'limi: Qishloq xo'jaligida agrotexnik tadbirlar o'tkazilishini nazorat qilish bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Xovos tumani hokimligi: "Afrosiyob", "Mustaqillik" mahallalaridagi xotin-qizlar faoli.

❗️Arizalar 26.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: Ijro nazorati va murojatlar bilan ishlash bo'yicha yetakchi mutaxassis;

▪️Sport boshqarmasi: AKTni joriy etish va raqamlashtirish sho'basi boshlig'i;

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho'basi yetakchi mutaxassisi;

▪️Boyovut tumani hokimligi: "Sovotobod", "Madaniyat" mahallalaridagi xotin-qizlar faoli.

❗️Arizalar 27.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/24/2025, 09:48
t.me/svbandlik/17232
Ish qidiruvchilar diqqatiga!

Joriy yil 24-aprel kuni soat 13:00 da Guliston shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" o‘tkaziladi.

Yarmarkada ishtirok eting va o‘zingizga ma’qul ishga joylashing.

Shuningdek, yarmarka davomida kasb-hunar o‘rganish uchun yo‘llanma olishingiz va tadbirkorligingizni boshlash uchun tijorat banklaridan kredit rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/23/2025, 18:00
t.me/svbandlik/17231
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3606 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 650 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 580 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 275 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 156 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 328 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 463 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 42 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 674 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 98 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 338 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/23/2025, 18:00
t.me/svbandlik/17230
Bugun poytaxtimizda "Barqaror rivojlanish yo‘li: innovatsiyalar va kambag‘allikni qisqartirish uchun hamkorlik" mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi.

Unda Oliy Majlis Senati, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa tashkilotlar vakillari faol ishtirok etdi.

Anjumanda ekspertlar bandlik sohasidagi asosiy muammolarni, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish masalalarini muhokama qildi va amaliy yechimlarni ishlab chiqdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/22/2025, 18:57
t.me/svbandlik/17227
#press_tur

🚜 Andijonda yig'ilayotgan arzon mini traktorlar

Xabar berganimizdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi.

Bugun OAV vakillari Izboskan tumanida Ilhomjon Qosimov tomonidan mahalliy ehtiyot qismlari va “Matiz” dvigatelidan yig'ilgan mini traktorlar bilan tanishdi.

Dastlab o‘z tomorqasiga ishlov berish maqsadida yaratilgan ushbu texnika import qilinadigan traktorlardan qariyb 2 baravar arzon va yoqilg'i sarfi oz. 

Ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirgan tadbirkor tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. Kelgusida traktorlar sonini 100 dan oshirish va bu orqali yuzga yaqin fuqarolarni ish bilan band qilish rejalashtirilgan.

Tomorqachilik bilan shug‘ullanayotgan oilalarga qulaylik yaratish maqsadida ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan mazkur texnikalarni realizatsiya qilish, xususan aholiga lizing asosida berish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/22/2025, 17:23
t.me/svbandlik/17226
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi: Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'larining yetishtirilishi nazorat qilish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho'basi bosh mutaxassisi.

❗️Arizalar 23.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Xovos tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Bosh iqtisodchi.

❗️Arizalar 24.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi (ichki tanlov): Texnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo'limi boshlig'i;

▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: S.Ayniy mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Uchturgon" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Sardoba tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;

▪️Sirdaryo tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;

▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Dehqonobod" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Matonat" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.

❗️Arizalar 25.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Sirdaryo tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Moliya va budjet masalalari bo'yicha bo'lim boshlig'ining o'rinbosari;

▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlar faolligini oshirish bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 26.04.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/22/2025, 16:08
t.me/svbandlik/17225
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Hamkorlik memorandumi imzolandi

💎Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari A.Muratov Koreya Respublikasining Keimyung universiteti prezidenti Pak Syong Ho hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi.

💎Unda 2019-yildan buyon Samarqand viloyati Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida amalga oshirilib kelayotgan "O‘zbekistonning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish" loyihasining 3-bosqichini (2025-2027-yy.) boshlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

💎Mazkur hujjat asosida KOICAning moliyaviy ko‘magida 500 ming AQSh dollariga teng 22 turdagi payvandlash va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalar olib kelinadi.

Ma’lumot uchun:
Loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichi davomida jami 500 ga yaqin ishsiz fuqarolar mashinasozlik texnologiyasi hamda kompyuter grafikasi va dizayn kasblari bo‘yicha tayyorlangan. O‘quv kurslarini bitirgan va tanlovdan o‘tgan 21 nafar markaz bitiruvchilari bugungi kunda Keimyung universitetida o‘qishlarini davom ettirmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/22/2025, 15:18
t.me/svbandlik/17222
🏫📚 Сирдарё вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаси бошлиғи Зиёдбек Сайитбеков ҳам ўзи таҳсил олган Гулистон шаҳар 15-сонли умумтаълим мактабига бадиий ва жаҳон адабиёти китоблар жамланмасини улашди 🤝👍

Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
04/22/2025, 15:17
t.me/svbandlik/17220
Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi? e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 354 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!

➤ Oqoltin tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 25 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 15 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 29 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 37 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 108 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 30 tа (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/22/2025, 12:01
t.me/svbandlik/17219
Andijon mahallasida yangi elektr uzatish tarmoqalari qurilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori ijrosi doirasida Oqoltin tumanida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanning Andijon mahallasida ushbu qaror asosida muhim loyihalardan biri hayotga tatbiq etilmoqda. Mahallada 111 ta elektr tayanch ustunlari o‘rnatildi va hozirda 4500 metr uzunlikdagi havo elektr tarmoqlari tortilib, 400 kVA hamda 250 kVA transformator punktlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining joylardagi amaliy natijasi bo‘lib, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilash bilan birgalikda mahallada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/22/2025, 09:04
t.me/svbandlik/17217
Axborot 24 | Sirdaryoda ishlab chiqarish yo‘nalishidagi yangi investitsion loyihalar ko‘lami ortishi natijasida yangi ish o‘rinlari ham ko‘paymoqda

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/22/2025, 09:04
t.me/svbandlik/17218
Tahlilnoma | "Oltinko‘l tajribasi": 10 sotixdan 200 million so‘mgacha daromad

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan Oltinko‘l tumanida tashkil etilgan issiqxonadan reportaj.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/21/2025, 19:49
t.me/svbandlik/17216
Sirdaryoda «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» boshlandi
04/21/2025, 18:40
t.me/svbandlik/17215
#press_tur

Navbatdagi manzil - Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan tashkil qilingan issiqxona

Press-tur davom etmoqda. Ishtirokchilar Oltinko‘l tumanidagi 5 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Issiqxona 50 ta kam ta’minlangan oilalarga 10 sotixdan 2 yilga ijaraga berilgan. Yiliga uch marta hosil olish hisobiga har bir oila 150-200 million soʻmdan daromad topadi. Tadbirkor koʻchat, urugʻ, oʻgʻit, yoqilgʻini yetkazib berib, hosilni oʻzi sotib oladi va eksport qiladi.

Bu yerda fuqarolar mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda zamonaviy oʻquv xonalarida Bandlik vazirligi tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida tomorqachilik sirlarini o‘rganmoqda.

Bu kabi issiqxonalar kambagʻallik yuqori Ulugʻnor, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham barpo etiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/21/2025, 14:54
t.me/svbandlik/17213
#Guliston_tumani

"Ishonch"da ishonchli qadamlar tashlanmoqda. Boisi mahallada parrandachilik yo'nalishida tadbirkorlar soni kun sayin ko'paymoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/21/2025, 14:54
t.me/svbandlik/17212
Respublikamizda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” bo‘lib o‘tadi

📆 Mazkur haftalik 28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilmoqda. Tadbir ayni sanadan 2-mayga qadar davom etadi.

🎞Haftalik oldidan “Gapiring+” tok-shousida munosib mehnat sharoitlarini yaratmaslikning salbiy oqibatlari mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/21/2025, 12:33
t.me/svbandlik/17211
#Infografika

Sardoba tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan infografika.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/21/2025, 12:33
t.me/svbandlik/17210
#press_tur

▶️ Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatida tashkil etilgan press-tur boshlandi.

Unda OAV vakillari kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar, shuningdek, kichik sanoat zonalari faoliyati, aholi uchun yangi ish oʻrinlari va yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishmoqda.

📍Ilk manzil - vodiyda yagona bo‘lgan Andijon mebel markazi.

16 gektar maydonni egallagan ushbu markazni barpo etishga 50 milliard soʻm yoʻnaltirilgan bo‘lib, loyiha natijasida 1000 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratilgan.

Bu yerda 100 ta ishlab chiqarish obyekti, 236 ta savdo nuqtasi va shourumlardan tashqari zamonaviy logistika markazi hamda dizaynerlik maktabi faoliyat yuritmoqda.

Markazda yiliga 160 ming dona mebel ishlab chiqarilib mahalliy va xorijiy bozorlarga yo‘naltiriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/21/2025, 10:24
t.me/svbandlik/17209
Sirdaryo viloyatidan 825 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 18 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 145 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 34 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 271 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 165 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 81 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 87 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 20 tа (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/21/2025, 10:08
t.me/svbandlik/17204
Tomorqa yerlarini sug‘orishda samaradorlik oshmoqda

Boyovut tumanida aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanishini ta’minlash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Xususan, “Paxtakor” mahallasida ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib, umumiy uzunligi 1,1 kilometr bo‘lgan ariqlar tarmog‘ini betonlash ishlari dastur asosida amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihaning hayotga tatbiq etilishi natijasida mahalla hududidagi tomorqa yerlariga suv yetkazib berish imkoniyati yaxshilanadi. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/21/2025, 10:08
t.me/svbandlik/17205
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича ўн етти ёшгача бўлган Ўзбекистон терма жамоаси аъзоларига табриги

Поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева членам сборной команды Узбекистана по футболу до 17 лет

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/21/2025, 10:02
t.me/svbandlik/17203
"Mirzacho‘l agro klaster" MCHJ korxonasi ishga taklif qiladi.

Korxonada 18 yoshdan yuqori xotin-qizlarga bulg‘orqalampiri, baqlajon parvarishlash, terish, barglardan tozalash, ipga o‘rab chiqish kabi ishlar mavjud.
📌Majburiyatlar: chaqqonlik, vijdonlilik, o‘z ishiga mas’uliyatlilik.                                                                                      
📌Oylik maosh: 1 500 000 so‘m, 1 oylik sinov muddatidan so‘ng 600 000 so‘m ustama qo‘shiladi.

Ish vaqti: 08:00-17:00, 6/7 ish.

Imtiyozlar: bepul tushlik;
transport yunalishi. 

📌Murojat uchun:  ☎️   (88) 247-82-82. (97) 340-07-56

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/21/2025, 08:26
t.me/svbandlik/17202
Guliston shahrining "Do‘stlik" mahallasi drayveri issiqxonachilik hisoblanadi. Tomorqadan mo‘may daromad topayotgan Odina Zokirova OAV nigohidan chetda qolmadi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/19/2025, 18:00
t.me/svbandlik/17200
Mirzaobod tumani "Mirzo Ulug‘bek" mahallasida istiqomat qiluvchi Alijon Daliyev yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, muayyan daromadga ega bo‘lish bilan bir qatorda mahalladoshlarini ham ishli, daromadli qilayapti.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/19/2025, 18:00
t.me/svbandlik/17201
“Менимча” телелойиҳасида бугун таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Президентнинг Андижон вилоятига амалга оширган сафари тафсилотлари, ташрифнинг энг самимий ва ҳаяжонли дамлари;
- Ўзбекистон етакчисининг буюк аждодимиз Бобурнинг хотирасини абадийлаштиришга хизмат қиладиган улкан ташаббуси.

Кўрсатувни бугун, 19 апрель куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 20 апрель куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X
04/19/2025, 17:41
t.me/svbandlik/17199
O‘zbekistonda ilk bor: Samarqand 2025-yilda BMTning Davlat xizmatlari forumiga mezbonlik qiladi!

Forum 23-iyun - BMTning Davlat xizmati kunida rasman ochiladi va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori darajadagi muzokaralar, innovatsion yechimlar va strategik hamkorlik uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/19/2025, 16:44
t.me/svbandlik/17198
📌📌📌📌📌

⚡️Миграция агентлиги Россияга ҳеч қандай тўловларсиз, тез фурсатда ишга юборади!

😄кутиш йўқ!
😄харажат йўқ!
😄оворагарчилик йўқ!
😄ҳеч қандай ҳужжат керак эмас!
😄барча харажатлар иш берувчи ҳисобидан!
➕бепул тиббий суғурта!

Россия Федерацияси Кроснаярск ўлкасидаги ООО "Красресурс 24" корхонаси хорижда ишлаш истагида бўлган юртдошларимизни таклиф этмоқда!

Суҳбат вақти:
2️⃣3️⃣ 🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Соат 1️⃣3️⃣🔠3️⃣0️⃣да
Иш тури:

▪️Рамка ясовчи;
▪️Сараловчи;
▪️Пиломатериал тахловчи;
▪️Тракторчи;
▪️Ёрдамчи ишчи.

Иш тартиби:
5/2 (8 соатдан)

Ойлик маоши:
70 000 дан-75 000 рублгача

Талаблар:
▪️20-55 ёш оралиғида бўлиши;
▪️Россия Федерациясига киришга таъқиқи бўлмаган;
▪️судланмаган;
▪️рус тилини мулоқот даражасида билиши.

Иш берувчи қуйидаги харажатларни қоплаб беради:

▪️авиачипта ва патент расмийлаштириш харажати (6 ой ишлаш шарти билан);
▪️ҳар ойлик патент тўлови;
▪️ётоқхона;
▪️яшаш жойига рўйхатга қўйиш;
▪️Иссиқ овқат

Ваканция билан тўлиқ танишиш

😎Иш жараёнидан лавҳа

❗️Суҳбатга фуқаролар хорижга чиқиш паспорти билан келишлари сўралади.

📍Гулистон касбий кўникмалар маркази биносида бўлиб ўтади.
Манзил: Гулистон шаҳар, Хондамир кўчаси 49 уй. (Мўлжал: собиқ Ахборот коллежи, МОНОМАРКАЗ).
📞 Тел: +99867-225-55-59
✈️@migration_sirdaryo
04/19/2025, 16:27
t.me/svbandlik/17197
"Stella Moda" tikuvchilik  korxonasi ishga taklif etadi

Boyovut tumani Madaniyat mahallasida joylashgan korxonada quyidagi bo'sh ish o'rinlarini taklif etadi:

— Tikuvchi, tikuvchi yordamchisi ;
— Dazmollovchi, qadoqlovchi;
— Sifat nazoratchisi;
— Bichuvchi

Oylik maosh: 1 500 000 so‘mdan 3 500 000 so‘mgacha. Qo'shimcha rag'batlantirishlar mavjud.

Murojaat uchun: +99899-863-46-63

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/19/2025, 13:13
t.me/svbandlik/17196
Xovos tumanida o‘tkazilgan "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tafsilotlari "Diyor yangiliklari" informatsion ko‘rsatuvida

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/19/2025, 09:13
t.me/svbandlik/17195
Bittagina kitob oling!
04/19/2025, 08:22
t.me/svbandlik/17194
Mehnat qilsang, rohatini ko‘rasan

Yerga mehr bergan kishidan ona zamin o‘z saxovatini ayamaydi. Xalqimiz orasida ham “Mehnat qilsang, rohatini ko‘rasan”, degan ibora bejizga aytilmagan.

Boyovut tumanining Paxtakor mahallasida 384 ta tomorqa yer egalari 80 gektarga yaqin yer maydonida dehqonchilik qilmoqdalar. Mahallada bugungi kunda jami 51 ta issiqxona tashkil etilgan bo'lib, yiliga ikki-uch marta hosil olgan holda el dasturxoni to‘kinligi ta’minlamoqda.

Ayni damda tomorqada mehnat qilib, natijada mo‘l hosil va daromad olayotgan zamondoshlarimiz orasida Sarvinoz Majidovani misol qilish mumkin.

– Mart oyida issiqxonada ekilgan ekinlardan olingan hosilni may oyida bozorga chiqarishni boshlaymiz. O'n sotix yerning besh sotixida issiqxona tashkil etganmiz. Unda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri yetishtiramiz. Daromadi yaxshi albatta, – deydi Sarvinoz Majidova.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/19/2025, 08:18
t.me/svbandlik/17192
📢 Mutolaa va kitob ixlosmandlari diqqatiga!

📕 Joriy yilning 21-27–aprel kunlari viloyatimiz bo‘ylab “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkaziladi.

⚠️ Barchangizni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqiramiz! Kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada yuksaltirishga birgalikda hissa qo‘shaylik!

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/19/2025, 08:18
t.me/svbandlik/17193
#Diqqat

⚡️Ayni damda davlat tashkilotlaridagi 750 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari uchun ochiq tanlovlar jarayoni davom etmoqda

Ushbu bo'sh ish o'rinlarining 311 tasiga ish staji talab qilinmayapti.

Ishtirok etish uchun Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portaliga kiring!

O'zingizga ma'qul ish o'rnini tanlang va ro'yxatdan o'ting!

Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirmoqchi bo'lgan nomzodlar uchun foydali videoqo'llanmalar

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/18/2025, 15:56
t.me/svbandlik/17191
Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Boyovut tumani hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar masʼullari Guliston davlat pedagogika instituti bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Boyovut tumanida oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchi yoshlariga qaratilgan e'tibor, taʼlim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Suhbat davomida 11 nafar bitiruvchi talabalar bilan maktab hamda bog'chalardagi bo'sh ish o'rinlariga mehnat shartnomasi imzolanib, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar tinglandi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
04/18/2025, 15:56
t.me/svbandlik/17190
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria