#Xalq_xizmatchisi
⚡️ Mamatqulova Sayyora Kamoliddin qizi, Boyovut tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 17-hudud "Yangi avlod" mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim
▫️ Mamatqulova Sayyora, 1998-yilda Jizzax viloyatida tug'ilgan. Oilali, 1 nafar farzandi bor.
📚 Mutaxassisligi: Ijtimoiy ish (Guliston davlat universiteti), Ijtimoiy ish (O'zbekiston milliy universiteti)
💡 Sohadagi tashabbuslari: "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarida "Virtual abilitatsiya" xizmatlarini joriy qilish. Nogironligi bo'lgan shaxslarni online kasbga o'qitish va malakasini oshirish. Kambag'allik reyestriga kiritilgan oilalarni qo'llab-quvvatlash va daromadga ega bo'lishlariga ko'maklashish. Ortiqcha sarf-xarajatlarsiz mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda ularning bandligini taʼminlash. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish.
🥇 "Eng faol ijtimoiy xodim" ko'rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida faxrli 1-o'rinni egallagan.
🎯 Maqsadi: Mahalliy sharoitga mos kasblarni o'rganish va xizmat ko'rsatishni joriy qilish. Muayyan ish joyiga ega bo'lmagan va rasmiy ish joyida ishlash imkoniyati bo'lmagan shaxslarni uyda o'tirgan holda biznes bilan shug'ullanishiga sharoit yaratib berish. Online savdo platformalarida ishlashni o'rgatish. "Ishga marhamat" monomarkazlarida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun Marketing, SMM, Target, Web-dizayn kabi sohalarni o'rgatish orqali ularni to'liq bandligini ta'minlashga erishish.
Rasmiy sahifalarimiz
Telegram |
Veb-sayt |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
X |
Murojaat