#ijod_yoshlari
#tanlov
#ikkinchi_bosqich
❗️"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Joriy yilning 6–7-may kunlari "Ijod yoshlari" tanlovining viloyat bosqichi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
barcha ijod maktablarida boʻlib oʻtadi.
🌐 Tanlovning tuman (shahar) bosqichi natijalari bilan
ushbu havola orqali tanishish mumkin.
🗣Viloyat bosqichida tanlovning tuman (shahar) bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan 4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.
⬇️ Ruxsatnomani
mazkur havola orqali yuklab olish mumkin.
✅Ruxsatnomada viloyat bosqichi oʻtkaziladigan manzil hamda vaqti koʻrsatilgan boʻladi.
‼️ Talabgor tanlovga ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi shart!
➖ Tanlovning viloyat bosqichi ikki yo‘nalishda (ijodiy matn va ijodiy suhbat) o‘tkaziladi:
📌 “Ijodiy matn”
O‘quvchilarga bir xil tartibdagi qisqa videorolik ikki marta qo‘yib beriladi. Videorolik mazmuniga mos ijodiy matn yaratishi talab etiladi. Bunda ijodiy matn, hikoya, she’r, esse shaklida bo‘lishi mumkin.
⏳Ijodiy matn yaratish uchun o‘quvchilarga 60 daqiqa vaqt beriladi.
📌 “Ijodiy suhbat”
Bunda o‘quvchi suhbat biletlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. O‘quvchining biletda aks etgan savol mohiyatini qay darajada tushunishi, savol tegishli bo‘lgan asar voqealariga tanqidiy-tahliliy yondasha olishi, badiiy asar yuzasidan o‘z kreativ fikriga ega ekanligi, savol tegishli bo‘lgan asardagi badiiy tasvir vositalarini anglay bilishi sinaladi.
⏳Ijodiy suhbat uchun har bir o‘quvchiga 5 daqiqa vaqt ajratiladi, tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt olishi mumkin.
❗️Oʻquvchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda hakamlar hayʼati tomonidan qoʻshimcha savollar beriladi.
💫 Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilida tanlovda ishtirok etgan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.
📍 Tanlovda g‘oliblikni qoʻlga kiritgan 4–5-sinf o‘quvchilari 6-sinfda o‘qiyotgan yili tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.
@Qashqadaryo_MMTB