Mirishkorda bitiruvchi yoshlar uchun harbiy-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Prezidentning PQ-393-sonli qarori hamda Hukumatning VM-591-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirishkor tumanida maktab bitiruvchilari uchun amaliy harbiy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
450 nafar bitiruvchi yosh ishtirok etgan tadbir Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi “Muborak” dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar davomida yoshlar harbiy tartib-qoidalar, saf tayyorgarligi, qurol-aslaha bilan muomala qilish va shartli jangovar vaziyatlarda harakat qilish kabi asosiy ko‘nikmalarni egallashdi.
Mazkur tadbir Mirishkor tumani hokimligi, Mudofaa ishlari bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida, yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, ularni Vatan himoyasiga tayyor va hushyor bo‘lib yashashga undash maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar ishtirokida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi, bitiruvchilarga harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, uning jamiyatdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 / @mirishkorpress