Xullas nima bo'ldi? Piyodaga yashil yondi, svetofordan o'taman deb yurdim, mas'uliyatli odam bo'lganim uchun (har holda shunaqa deb o'ylayman) tezroq yurib, shu mashinalarga halaqit bermay, dedim, yonimda yana 2-3 piyoda bor edi. Qarasam, Lacetti signal chalib qo'lini silkityapti. 2-3 sekund kutgisi kelmayapti, 2-3 sekund. To'xtadimda kapotiga qo'limni qo'yib, chiq dedim.
"Nimaaaaa?", deb baqirdi. "Tug'gani ketyapsizmi? Yoki oxirgi kelgan odamga 1 kg tilla berishmas ekanmi?", dedim. Nariroqda GAI turgandi. O'zini ishi bor edi mansiz ham, shuning uchun kuzatib turdi onda-sonda biz tomon qarab. Xullas haydovchi hech nima demadi, man o'tdim-u ketdim, yonimdagi piyodalar kulvorishdi gapimga. Lekin bu kulguli emas.
Ammo keyingi safar birorta haydovchi shunaqa qilsa qo'limda albatta og'irroq narsa bo'lsa oynasiga qarab otsam kerak, deb o'ylayman. Yanayam o'ylab ko'raman, balki g'isht ko'tarvolarman haqli ravishda (yugurib, tez yurib) o'tayotgan yo'limga noo'rin e'tiroz qilsa birorta Shumaxer.
P.S. Svetofor zebrada edi, o'ng tomonga buriladigan yo'lda