Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
PA
Diplomat (Sobirov)
https://t.me/pan_diplomat
Channel age
Created
Language
Uzbek
4.79%
ER (week)
25.62%
ERR (week)

Tarix (O‘zSSR tarixi), siyosat va ideologiya.

Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 82 results
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
13
5
423
Markaziy Osiyo-Rassiya munosabatlari keskinlashyaptimi?

Soʻnggi kunlarda Samarqandda boʻlgan voqea oʻzbek segmentida asosiy eʼtibor markazida. Lavrovning haykal ostidagi ingliz va o‘ris tili haqidagi gaplari har qanday oʻzini mustaqil, suveren deb hisoblaydigan davlat uchun yoqimsiz signal. U buni Oʻzbekistonda u kelishidan avval koʻtarilgan til mojarosiga munosabat sifatida aytdimi, yoki Markaziy Osiyoning Yevropa bilan yaqinlashayotganidan jazavada aytdimi, nomaʼlum.

Lekin uning gapi oʻzbekistonliklarga, shubhasiz, yoqmadi. Hozir til mavzusi eng yuqori nuqtaga chiqqan.

Qirgʻizistonda ham “Oʻris uyi” xodimasi Qirgʻiz fuqarolarni Ukrainadagi urushga yollash bilan ayblanib, hisbga olindi. Tabiiyki, oʻrislar buni qabul qilolmadi va “Oʻrissheriligi” tashkiloti rahbari Qirgʻizistonga dagʻdagʻa qildi. U oʻris armiyasi Ukraina shior qilib olgan — “Oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz” devizini qoʻllab, oʻris uyi xodimasini ozod qilib olishini aytgan. Rassiya endi suveren davlatning qonunchiligiga aralashmoqchi.

Oldinroq ham Qirgʻizston va Rassiya Moskvadagi hammomda qirgʻizlarga noinsoniy munosabat borasida tortishib qolgandi. Bu bir oydagi ikkinchi kelishmovchilik.

Qozogʻistonda ham oʻrislar bilan bogʻliq provakatsiyalar bor. Ostona urush yuz bergan taqdirda Ukrainadagi kabi hududiy koʻngilli otryadlar (Teroborona) tuzish imkonini beruvchi “Hududiy mudofaa toʻgʻrisida” qonunni qabul qildi. Ukrainadagi urushda aynan ushbu tuzilmalar agressorning Sumi va Chernigov viloyatlaridagi yurishlarni toʻxtatdi va rejalarini barbod qildi hamda mashhurlikka erishdi.

Rus propagandon bloger va faollari ushbu qonun Rassiya bilan urushga tayyorgarlik doirasida qabul qilindi deb jar soldi va bu internetda yoyildi. Oxiri Qozogʻiston Mudofaa vazirligi “Qozogʻiston Rassiya bilan urushga tayyorlangani yoʻq” deb bayonot berishga majbur boʻldi.

Yevropaning Markaziy Osiyo bilan yaqinlashuvi, shubhasiz, Moskvani behalovat qiladi. Ular oxirgi yirik taʼsir doirasidagi mintaqa ham ulardan ayrilishini istamaydi. Tramp bilan muzokaralar ham borgan sari sovuqlashmoqda. Trampning ham, uning shartlarini bajarib, unga yaxshi koʻrinishga urinayotgan Putinning ham sabri tugayapti.

@pan_diplomat
04/25/2025, 12:34
t.me/pan_diplomat/2208
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
42
16
1.3 k
Yatimov (Tojikiston xavfsizlik xizmati rahbari, suratda eng chapda) ham ancha mustahkam ekan. 3 yil oldin unga suiqasd qilingani, general hospitalga yotqizilgani, suiqasd ortida Rustam Imomali (Imomali Rahmonning o‘g‘li) turgani haqida gaplar tarqalgandi. O‘shanda hamma Saymumin Yatimov 12 yillik rahbarlikdan keyin Davlat xavfsizligi yetakchiligidan ketadi degandi.

Lekin Yatimov ketmadi va hozircha ko‘pchilik tomonidan Tojikistondagi 2-raqamli shaxs sifatida ko‘rilyapti. U va kichik Imomali o‘rtasidagi kelishmovchilikka Tog‘li Badashxondagi noroziliklarga nisbatan kuch ishlatish masalasidagi turli qarashlar sabab bo‘lgan. Kichik Imomali Xorogda maxsus harbiy amaliyotlar o‘tkazishni talab qilgan, Yatimov esa hozir buning payti emasligini ta’kidlagan.

Albatta, bu suiqasd uchun yetarli sababdek ko‘rinmaydi. Gap o‘sha 2-raqamli shaxs borasida ham. 2020-yilgacha Tojikistonda ushbu rutbaga Mahmadsaid Ubaydulloyev egalik qilardi. U 1996-yildan beri poytaxt meri, 2000-yildan buyon parlament raisi bo‘lib kelayotgandi. 2017-yilda Ubaydulloyev poytaxt hokimi lavozimidan bo‘shatildi, 2020-yilda parlamentdan ham ketdi. Ikkala lavozimni ham Rustam Imomali egalladi.

Shundan so‘ng kichik Imomalining asosiy raqibi sifatida Yatimov ko‘rila boshlandi. Mutaxassislar Yatimov hokimiyat uchun kurashda Prezident ijroiya qo‘mitasi rahbari, prezident qizi Ozoda Rahmonni qo‘llaydi deya taxmin qiladi. Chunki Imomali Rahmon 2020-yilgi saylovda o‘g‘lini prezidentlikka qo‘ymoqchi edi, buning uchun 2016-yilda referendum o‘tkazilib, prezidentlik yoshi ham pasaytirilgandi (kichik Imomali bu paytda 33 yoshda edi, shu bois minimal yosh 35 dan 30 ga tushirildi). Ammo so‘nggi daqiqalarda Yatimov va boshqa yuqori doira vakillari Rahmonga o‘g‘li hali yoshligini, yana o‘zi saylanishni maslahat bergan.

Shundan keyin ikki o‘rtada munosabatlar sovuqlashgan va suiqasd sodir bo‘lgan. Yatimov sog‘ayib chiqib, xavfsizlik rahbarligidan ketmadi. U Rahmonning Ko‘lob klani a’zosi, har ikkalasi shu viloyatda tug‘ilgan. Siyosat fanlari nomzodi, professor. Universitetlarda dars beradi. Tojikiston Fanlar akademiyasi a’zosi. Ya’ni, ilm odami ham. Ilm va xavfsizlik birlashgan qiziq nuqtalardan biri.

@pan_diplomat
04/24/2025, 13:21
t.me/pan_diplomat/2207
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
109
20
1.7 k
Rossiya tashqi ishlar vaziri kecha O‘zbekistonda haykal tagiga nega ruscha yozilmagan, rus tilidan ham bo‘lsin degandek qilibdi.

Mana Lavrovga u tushunovchi tilda murojaat.

@pan_diplomat
04/24/2025, 07:03
t.me/pan_diplomat/2206
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
31
9
1.0 k
Jadidlar Hoji Muinning ijodi bilan oldin qiziqmagan ekanman, aslida bu ajdodimiz ham jurnalistikada Qodiriy, Fitrat va boshqa jadidlardan qolishmagan ekan. Ayniqsa, satira qilishni boplagan ekan. Oddiy, mana bu maqolasiga qarang. Bolsheviklar haqida maqolalari-ku, alohida mardlik.

Muinning 1924-yilda yozgan Vaqtsiz mubohasa (Til birlashtirish toʻgʻrisida) nomli maqolasi uning oʻz fikriga ega, oqimga qarshi suza oladigan jadidligini koʻrsatadi:

‘‘Bir-ikki oydan beri ‘Zarafshon’ gazetasida til birlashtirish toʻgʻrisida mubohasa boʻlib turadur. Bu eski masalani yangidan qoʻzgʻatuvchi oʻrtoq Nosirali boʻldi. Bu zot barcha turklar uchun umumiy adabiy tilning tarafdori boʻlsa-da, oʻzi bu haqda tublik bir chora va yoʻl koʻrsata olmaydur. Bu masalaga qarshi boʻlgʻon oʻrtoq Bektosh esa, koʻb shevalarga boʻlinib ketgan turk tilini birlashtirish mumkin emasligini isbot etmakchi boʻlib, bir oz dalillar ham keltiradur.

Menimcha, bu masala qancha muhim boʻlsa, oʻshancha qiyindir. Quruq tilak yoki bir necha maqola bilan bu ogʻir va mushqul masalani hal etib boʻlmaydur. Bu ish mumkin boʻlgon taqdirda ham, buni vujudga chiqarish uchun koʻb kuch va koʻb zamonlar kerakdur. Holbuki, uncha kuch va u qadar fursat hali bizda yoʻqdur. Hozirda bizning oldimizda til birlashtirish masalasidan necha qatla muhimrak masalalar koʻbdirkim, uning birinchisi maorif va xalqni oqartish masalasidur.

Mana, boshlab shu muhim masalani hal etish va bor kuchimizni shu yoʻlda sarf qilish kerak edi. Albatta, bu ishga ham til masalasi zoʻr roʻllar oʻynaydur. Modomiki, bir xalq ichida maorif tarqatish xalqning oʻz ona tili bilan boʻladur, biz ham xalqimizni oqartish uchun oʻzbek tiliga ahamiyat bersak lozimdur. Yaʼni oʻzbekcha tilni oʻzbeklar anglarliq bir holgʻa qoʻyishimiz kerakdir. Bu ish esa tabiiy til birlashdirishga xilof bir hol boʻlib qoladir. Shuning uchun umumturklar uchun mushtarak adabiy bir til vujudga chiqarmoq masalasini qoʻzgʻatish biz uchun hanuz vaqtsiz, ham foydasiz bir ishdur.

Chunki dunyodagi 70 milliyun turk uchun mushtarak adabiy bir tilni vujudga chiqarish, menimcha, turk shevalaridan birini asos tutub oʻrta bir holgʻa qoʻyish bilan mumkin boʻladurkim, bu esa avom tili boʻlmay, yolgʻuz xavos tili boʻlib qolur. Chunki oʻrta turkcha shevasida yozgʻon bir kitobni bir oz ilmlik ziyoli sinf oʻqub anglay olsa-da, lekin xat-savodlik avom sinfi tegishlik darajada oʻquya olmaydur. Shuning uchun til birlashdirish maqsadi yana hosil boʻlmay qoladur.

Men bu soʻzlar bilan til birlashdirishga qarshi ekanligimni bildirmakchi emasman. Men ham shu ishning vujudga chiqishini istayman. Lekin boʻlishi gʻoyat koʻb sharoitgʻa muvofiq boʻlgʻon bunday bir ishning orqasindan ovora boʻlib yurishni hozircha vaqtsiz deb bilaman. Menga qolsa til birlashdirishdan koʻra hozirda oʻz tilimiz boʻlgʻon oʻzbekchani xalqimizga qulayroq tushuntira olurliq darajada soddalashdirish lozimdir. Oʻzbekcha sarf-nahv va nazariyoti adabiyalar tuzish, tugal lugʻat kitoblari yozib, bosdirish zarurdur’’.

Toʻgʻrisi, Muinning bu maqolasi mening qarashimga mos boʻlgani uchun yoqdi. Hozir ham umumturk alifbosi, davlati haqida gapirish urf boʻlgan. Menimcha, mustaqil boʻlib, erkin nafas olishni boshlaganiga endigina 30 yil boʻlgan oʻzbek tilining oʻzi mustahkamlanishga muhtoj. Oʻzbek tili Oʻzbekistonda ham mutlaq ustun mavqega ega emas, mana hozir ham til mojarolari boʻlyapti. Alifbomiz bir masala,adabiy til va ogʻzaki til farqlari boshqa masala.

Qolaversa, turkiy xalqlar allaqachon alohida millatlar sifatida shakllanib bo‘ldi, endi ularni birlashtirish juda qiyin vazifa. Ulardagi turli boshqaruv tizimlaridan tashqari ham xalqlar o‘zligini yaratdi. Ularni yo‘qotish mushkul. Men ehtimoliy federatsiya boshiga bir kun millatchilar kelib, mamlakat qonli urush ichida qolishi versiyasini ham ko‘raman. Tarixda bunday voqealar ko‘p bo‘lgan.
Shuning uchun, menimcha hozir o‘zbek tili, birligi, o‘zligini mustahkamlash asosiy masala.

@pan_diplomat
04/23/2025, 10:10
t.me/pan_diplomat/2205
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
56
16
1.2 k
To‘qayev va Qurbonquli Berdimuhammedov Samarqanddagi «Boqiy shahar»ning akasi — Turkiston shahridagi «Karvonsaroy» majmuasini aylanibdi.

Mashinaga chiqib olgan va mashina yonida yugurayotgan qo‘riqchilardan Shimoliy Koreya prezidenti Qozog‘istonga kelgan deb o‘ylash mumkin.

Shimoliy Koreyada dohiyga suiqasd qilishga jur’at qiladigan odam yo‘q bo‘lgani kabi, parkda ham begona odam yo‘q, albatta. Qo‘riqchilar sog‘ligi uchun yugurayotgan bo‘lsa kerak, yoki kim biladi Kimlar Berdimuhammedovning kumiridir.

@pan_diplomat
04/22/2025, 15:56
t.me/pan_diplomat/2204
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
31
10
1.2 k
Ustoz Behbudiyning mana shu maqolasi qiziq. Balkim domla Turkiston iqtisodiy ahvolidan bexabar bo‘lgandir (buning ehtimoli juda past), chunki u iqtisodchi emas, jurnalist, yozuvchi edi.

Aslida, yahudiylar Turkiston iqtisodiyotining katta qismini shundoq ham nazorat qilgan va ularning ta’siri aynan ruslar kelgach kuchayib ketgan. Chunki ruslar o‘lkda mavjud bo‘lgan “zimmi” tizimini bekor qilgan. O‘zbek davlatlari Rossiya imperiyasiga qaram bo‘lgach, mintaqa va Rossiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari deyarli to‘liq buxorolik yahudiylar (sart savdogarlar deb atalgan) qo‘liga o‘tgan. Bu haqda oldin ham yozgandim.

Misol uchun, Azov-Don banki Samarqand boʻlimining eng yirik mijozlari yahudiy aka-uka Boruxovlar va Issaxarovlar savdo uyi boʻlgan. Bu oilalar qanchalik katta boylikka ega bo‘lganini quyidagi faktlardan bilish mumkin: imperiyaning yirik Rus-Osiyo bankining Samarqand filiali 1915-yilda 39 ming rubl sof foyda olgan. 1913-yilda iqtisodiy inqirozdan so‘ng bankrot bo‘lgan Boruxovlarning butun Turkiston bo‘ylab 199 ming rubllik mol-mulki ro‘yxatga olingan.

Qo‘qonda buxorolik yahudiylar — Vadyayevlarning moliyaviy oligarxiyasi shakllangan. Bundan tashqari Kalantarov kabi yahudiy biznesmanlar ham paxta, g‘alla, javdar, yog‘-moy sanoatini nazorat qilgan.

Shu ma’noda aytish mumkinki, ruslar Turkistonni yahudiylar ekspansiyasidan saqlab qolmagan, aksincha ularga yordam bergan. Lekin ushbu Markaziy Osiyo yahudiylarini hozirgi davrdan kelib chiqib, sionist Isroil hukumati bilan bog‘lamaslik kerak.

@pan_diplomat
04/21/2025, 16:27
t.me/pan_diplomat/2203
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
67
12
1.5 k
Jorjiya Meloni xonim O‘zbekistonga kelarkan. U mustaqil O‘zbekistonga kelgan birinchi Italiya bosh vaziri (rahbari) bo‘ladi (oldin bir qo‘nib o‘tgandi). Endi Yevropaning 4 lider davlatidan O‘zbekistonga kelmagan faqat Britaniya bosh vaziri qoldi.

@pan_diplomat
04/21/2025, 09:47
t.me/pan_diplomat/2202
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
101
40
2.9 k
Men fanatik darajada futbol muxlisi emasman. Lekin O‘zbekiston U-17 raqiblarini katta hisoblarda yutib tashlagan va bugun chempion bo‘lgan turnirda bir narsani esladim.

U-17 jamoamiz bosh murabbiyi bir necha yil oldingi (2021-yilgi) bir videoni eslatdi. Islom aka o‘sha murabbiy ekan. Bugun bu murabbiy qo‘l ostidagi O‘zbekiston jamoasi tarixda ikkinchi bor Osiyoda tengsiz bo‘ldi. Bo‘lganda ham haqiqiy jangchi xarakteri bilan.

Ajoyib hodisa. Hakamlar noxolisligidan o‘zini tutolmagan murabbiy yana shunday muammoga duch keldi, lekin bu safar uning jamoasi hakam-pakami bilan yengdi. Menimcha futbolchilarimizdagi bu xarakter murabbiy bilan bog‘liq.

Kerakli odamni kerakli joyga qo‘yish mana shunday natijalarga olib keladi. Mard, to‘g‘risiz, unga ishonganlar mehnatini qadrlaydigan kadr hamma joyda o‘zini ko‘rsatadi. Nafaqat futbolda, hamma sohada bizga mana shunday kadrlar kerak.

Chempionlik muborak!
04/20/2025, 20:35
t.me/pan_diplomat/2201
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
15
1
952
Trampning inauguratsiya marosimida qatnashgan yagona Yevropa rahbari Jorjiya Meloni AQSH Yevropa ittifoqiga bojlar kiritgach, Vashintonga borgan birinchi yevropalik yetakchi bo‘ldi.

Meloni Tramp bilan muzokaralarda o‘zini ancha ehtiyotkor, shu bilan birga erkin tutdi. U asosan Tramp bilan hamfikr masalalarda gapirdi. Masalan, migratsiya, Ukrainada tinchlik kabi. Tramp ham italiyalik xonimni ancha iliq qarshiladi va uning italyancha nutqini doimgidek maqtadi (u Starmerning inglizchasini ham “ajoyib sheva” deb atagandi).

Meloni Tramp kabi o‘ng qanot vakili. Uning “Italiya birodarlari – Milliy alyans” partiyasi o‘ng g‘oyalari tufayli “fashistik” deb ham ayblangandi. Meloni yana bir partiya – “Yevropa konservatorlari va reformatorlari” partiyasiga ham rahbar. Tramp bilan uchrashuvda u yangi tushuncha “G‘arbni yana buyuk qil” shiorini ishlatdi. U migratsiya tarafdori bo‘lganlar Yevropaning qadimgi tarixini yo‘q qilmoqchiligini ta’kidladi.

Meloni o‘nglardan bo‘lsa-da, u Yevropa birligini, Ukraina mustaqilligi va Rossiya qarshi kurashish kerakligini qattiq qo‘llaydi. Shu sabab ham yevropaliklar u AQSH-YeI o‘rtasidagi savdo urushini to‘xtatishiga umid qilyapti.

Tramp bu uchrashuvda Eron haqidagi savollarga ham javob berdi. U AQSH Isroilning Eron yadro obyektlariga zarbasini qo‘llaydimi ma’nosidagi savolga, eronliklarni “aqlli yigitlar” deb, Tehronda muzokaralar o‘tkazishga xohish borligini aytdi. Zelenskiy borasida ham u yana Ukraina prezidentini urush boshlashda ayblamasligini bildirdi.

Trampning Ukraina borasida, Eron borasida ham, umuman har bir mavzudagi fikrlar juda tez o‘zgarib turibdi. U vaziyatlarga moslashish taktikasini qo‘llaypti. Yoki uning devonida ham hali ham turli xil qarashlar qarshiligi bor.

@pan_diplomat
04/18/2025, 07:52
t.me/pan_diplomat/2200
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
36
15
1.0 k
O‘zi boy davlatlarning qashshoq davlatlarga moliyaviy yordam loyihalari juda bir murakkab mavzu. Aksariyat kambag‘al davlatlarning qashshoqligining asosiy sababi — undagi diktatura, korrupsiyalashgan ochko‘z hukumat.

Shunday hukumat qo‘liga yana pul topshirish – qo‘yni bo‘riga ishonishdek gap.

Albatta, donor davlatlar turli xil nazorat usullarini ishlab chiqqan, biroq baribir ular mahalliy hukumat bilan hamkorlik qilishga majbur. Busiz iloji yo‘q. Qashshoq mamlakatlar mahalliy hukumati esa deyarli barcha holda chuqur korrupsiyalashgan tuzilma bo‘ladi.

Masalan, 2002-yildan 2009-yilgacha Afg‘oniston 35 mlrd dollar xalqaro yordam olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu summanining 40 foizi kerakli manzilga emas, amaldor cho‘ntagiga borib tushgan. Oddiy misol, o‘zbek Abdurashid Do‘stum, tojiklar yetakchisi Abdulla Abdulla, prezidentlar Karzay va G‘anining hashamatli uylari va korrupsiyaviy mojarolari.

Yoki Janubiy Sudan. Fuqarolar urushidan so‘ng vayronaga aylangan davlatni tiklash uchun donorlar har yili millionlab pul ajratgan. Janubiy Sudanda avtokratik tuzum o‘rnatgan Salvator Kiir (bu o‘sha 3 yil oldin katta tadbirda ishtoniga siyib qo‘ygan prezident) hukumati esa bu pullarni o‘z klani kissiga yo‘naltirgan. Birgina holatda janubiy sudanliklar 1,7 mlrd dollarga 75 km 3 polosalik oddiy asfalt yotqizgan. Aslida bu pulga kamida 500-600 km yo‘l yotqizish mumkin edi.

Bunday misollar ko‘p. Shubhasiz, O‘zbekiston ham istisno emas. Xorijiy grantlar juda tor doirada, asosan rusiyzabon insonlar orasida taqsimlanadi. Tan olish kerak, xorijlik donorlar ham mablag‘lar oddiy aholiga yetib borishi borasida ko‘p bosh qotirmaydi.

Xullas, bunday grantlar qanchadir miqdorda qashshoq aholiga yetib boradi, lekin ularning samaradorligi 50 foizdan ko‘p emas. Qaysidir ma’noda buni bir davlat soliq to‘lovchilari boshqa davlat amaldorlarini boyitish desa ham bo‘ladi. Shuning uchun amerikaliklar Tramp bunday loyihalarni to‘xtatayotganidan xursand.

@pan_diplomat
04/16/2025, 07:47
t.me/pan_diplomat/2199
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
35
7
1.0 k
Tramp “islohotlari” AQSHdan ancha uzoq mamlakatlarga ham ta’sir qilishni davom etmoqda. Yana 55 million aholi ushbu o‘zgarishlar tufayli hayotiy resusrlardan uzilib qoladi.

AQSH ortiq Yevropa davlatlarini himoya qilmasligi haqidagi gaplardan so‘ng, Yevropa o‘z mudofaa xarajatlarini oshirishga qaror qildi. Germaniya parlamenti Ikkinchi jahon urushidan so‘ng harbiy xarajatlarni oshirishga qo‘yilgan to‘siqni bekor qildi. Fransiya allaqachon AQSH qurollarining ekivalentlarini yaratishni boshladi. Yevrokomissiya ittifoq tez orada harbiy xarajatlar foizini ko‘tarishga va’da berdi. Albatta, Yevropa ittifoqi oldida muammolar talay, masalan yangi harbiy alyans Yevropa ittifoqi doirasida bo‘ladimi yoki NATO? Agar YeI doirasida bo‘lsa unga asosiy kuchlar — Buyuk Britaniya va Turkiya qanday qo‘shiladi?

Yana bir savol — Yevropa harbiy xarajatlar uchun pulni qayerdan oladi?

London bu muammoni yechishni boshladi. Inglizlar mamlakatdagi shundoq ham og‘ir ijtimoiy holatni buzmaslik uchun eng oson chorani tanladi — kambag‘al davlatlarga moliyaviy yordam kamaytiriladi. Britaniya har yili yalpi ichki mahsulotning (YIM) 0,5 foizgacha miqdordagi mablag‘ni iqtisodiy og‘ir sharoitga ega davlatlardagi qashshoq insonlarni qo‘llash uchun ajratgan. Bu 15 mlrd funt sterling degani, endi bu summa 8-9 mlrd tushadi. Hali yana kamaytirilishi mumkin.

Shuningdek, qochqinlar uchun beriluvchi uy-joy subsidiyalari ham keskin kamaytiriladi. Sog‘liqni saqlash va global iqlim loyihalari uchun grantlar ham qisqartiriladi.

Bosh vazir Starmer hozircha Ukraina, G‘azo va Sudan uchun moliyaviy yordam kamaytirilmasligiga va’da bergan.

Britaniyadan keyin Yevropaning boshqa davlatlari ham shunday yo‘l tutishi kutilyapti. Shunday qilib, AQSHning o‘ta o‘ng g‘oyalari asta-sekin dunyoni ham shu g‘oyalarga ergashishga majbur qilmoqda va og‘ir ahvoldagi insonlar hayotini yanada og‘irlashtiryapti. AQSH jahon holatiga qanchalik katta ta’sir o‘tkazishi yanada yaqqol ko‘rinyapti.

@pan_diplomat
04/15/2025, 08:22
t.me/pan_diplomat/2198
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
50
6
1.1 k
Filial oliygohda bunday talaba yo‘qligini aniqlabdi. Ishqilib, kimligini aniqlab, keyin yo‘q qilishmagan bo‘lsa bo‘ldi. Agar munosabatdagi gaplar rost bo‘lsa, bundan faqat xursandmiz.

Bu voqeada yana bir pozitiv ko‘rish mumkin. Shu bahonada 2020-yilda ochilgan oliygoh Telegram kanalida birinchi marta o‘zbek tilida to‘laqonli post qo‘yilibdi.

@pan_diplomat
04/14/2025, 14:56
t.me/pan_diplomat/2197
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
49
42
1.6 k
1999-yil fevralda O‘zbekiston bo‘ylab yuz bergan teraktlardan so‘ng, O‘zbekistondagi barcha Turkiya litseylari yopib tashlangandi. Hukumat teraktni Turkiyadagi o‘zbek muxolifati uyushtirganini ta’kidlagan va Anqaradan ularni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilishni talab qilgan. Anqara esa isbot so‘rab, rad javob bergan.

Aytishlaricha, turklar o‘shanda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan qochmagan, ular shunchaki siyosiy muxoliflar ham terrorchi nomi bilan qaytarilishidan xavfsiragan. Chunki bu paytda Turkiya Yevropa ittifoqiga kirish borasida qizg‘in muzokaralar olib borayotgandi.

Xullas, turklarning bu “qilig‘idan” jahli chiqqan Karimov mamlakatdagi barcha turk litseylarini “Turkiya targ‘ibotini olib boryapti” degan vaj bilan yoptirdi. Shu sabab asosida 2008-yilda ta’lim sohasidagi hamkorlik ham to‘liq to‘xtatildi. 2013-yilda turk litseyi bitiruvchilarining ba’zilari qamaldi. Faqat 2016-yildan so‘ng Turkiya bilan boshqa sohalar qatori, ta’lim sohasidagi aloqalar tiklandi.

Kecha O‘zbekistondagi Rassiya universitetida Rassiya targ‘iboti olib borilayotgani haqida xabar chiqdi. Oddiy propaganda ham emas, urush propagandasi. Jinoyat kodeksi bilan sanksiyalangan holat. Albatta, hali holat isbotlanmadi (masalan, 1999-yilda ham isbotlanmagan).

E’tiborli tomoni, talaba bu haqda mahalliy nashrlarga emas, xorij nashriga yozgan. Katta ehtimol bilan u O‘zbekistonda bu xati e’lon qilinishiga ishonmagan.

@pan_diplomat
04/14/2025, 08:17
t.me/pan_diplomat/2196
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
44
1
891
Youtube sahifamiz obunachilari soni 10 mingdan oshibdi. Telegram o‘rniga Youtubeda faol bo‘lsa foydaliroq ekan.

Agar Youtube va Instagram sahifalarimizga hali ham obuna bo‘lmagan bo‘lsangiz, bu xatoni to‘g‘rilang! — https://www.youtube.com/@pan_diplomat
04/11/2025, 09:36
t.me/pan_diplomat/2195
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
61
2
1.1 k
“Shunday ukaxonlardan yana 50-70 tasi navbatda turibdi”

Tashqi ishlar vazirimiz AQSH TIV rahbari bilan 10 foizlik bojni yo‘qotish borasida gaplashgan bo‘lsa kerak. Harqalay O‘zbekiston-AQSH savdo munosabatlarida AQSH minusda emas, ya‘ni AQSH O‘zbekistonga undan sotib oladigandan ko‘proq narsa sotadi.
Tramp bojlaridan asl maqsad esa AQSH kam narsa sotib, ko‘p narsa sotib oladigan davlatlar bilan mutanosiblikni tiklash.

@pan_diplomat
04/10/2025, 07:23
t.me/pan_diplomat/2194
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
1
“Shunday ukaxonlardan yana 50-70 tasi navbatda turibdi”
04/10/2025, 07:16
t.me/pan_diplomat/2193
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
51
18
1.0 k
Xitoy, AQSH uning mahsulotlariga 54 foizlik (avval 20, keyin 34) import boji joriy etgach, javob tariqasida amerika mahsulotlariga ham xuddi shunday bojlar kiritdi. Sariq bobo esa bundan jazavaga tushib, o‘tgan kun “o‘zlaringni yig‘ishtirvollaring, bo‘lmasa yana 50 foizlik boj qo‘shaman, ko‘rasan keyin” deb bayonot berdi.

Kecha Xitoy savdo noziri “ukam unaqa po‘pisa-shantajlaring bizga o‘tmaydi, biz oxirigacha boramiz” deb javob qaytardi. Sariq bobo keyin jurnalistlar bilan ko‘rishuvda “mana o‘nlab ukaxonlar kelyapti uje kelishishga, chinliklarga ham hali ko‘rsataman, bojlar albatta kuchayadi”, debdi.

Sariq bobo aytgan ukaxonlardan biri — Netanyahu. “Bu bo‘sh-bayov Bayden tezroq ketib, akaxonim qaytsinlar” deb turgan Netanyahu akaxoni unga ham 17 foizlik boj “sovg‘a qilgach”, endi akamgilani borib qattim ziyorat qilib kelmasam bo‘lmas deb, 7-aprelda Oq uyga qora tortib bordi.

Uchrashuvda u akaxoniga “HAMAS’ni to‘liq yo‘q qilishga “yashil chiroq” berasizmi yo‘qmi? Bir sulh deysiz, bir yer bilan yakson qilaman deysiz, nima qilayik endi biz?” deb savol qo‘ygan. Bilgich ekspertlar Sariq bova oxiri “dabro” bergan deyishyapti.

Xursand bo‘lgan Netanyahu “savdo borasida diqqat bo‘lmang. Biz eng tez fursatda mahsulot oldi-sotdisidagi nomutanosiblikni to‘g‘rilaymiz. Xohlagan tovarni jo‘natovuringlar” deb va‘da berg‘on. Oq uydagilar aytishicha, Netanyahudan so‘ng japon ukaxonlar ham boj bo‘yicha Vashintonga yo‘l olgan. “Shunday ukaxonlardan yana 50-70 tasi navbatda turibdi” deydi Amerika moliya noziri Skot Bessent.

Lekin bu orada AQSH birjalari yerga egilib bormoqda, Xitoy bor Osiyo bozorlari esa yerda hech nima yo‘qligini ko‘rib, yana qaddini tiklayapti. Ekspertlar Tramp o‘z bojlaridan kutayotgan mo‘jizani “o‘ta bir optimistik” umid deb atayotir. Biroq Sariq bova o‘z fikrida sobit.

@pan_diplomat
04/08/2025, 08:21
t.me/pan_diplomat/2192
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
44
16
1.5 k
Demokratiya va qonun ustuvorligi g‘alabasi

Davlatda harbiy to‘ntarish qilishga uringan Janubiy Koreya prezidenti nihoyat, Konstitutsion sud tomonidan aybdor deb topilib, lavozimidan ketibdi.

Yun Sok Yol dekabrda mamlakatda harbiy holat e’lon qilib, parlamentni tarqatib, to‘ntarish o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Biroq deputatlar harbiylar qarshiligiga qaramay, yig‘ilish o‘tkazdi. Aholi ham parlamentni qo‘lladi.

4 oydan beri Yun rasman prezident bo‘lib qolayotgandi. Uni hibsga olishda politsiya va prezident qo‘riqchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar ham bo‘ldi. Endi 1 oy ichida yangi prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Parallel dunyo.

Janubiy Koreya prezidenti saylovi 3-iyun kuni bo‘lib o‘tarkan.

@pan_diplomat
04/04/2025, 07:03
t.me/pan_diplomat/2191
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
101
28
1.5 k
O‘zbekistonda bo‘lib turgan mana shu xonimni Yevropaning hozirgi “temir xonimi” deyish mumkin. Ursula fon der Lyayen Yevropaning Rossiyaga qarshi birligini saqlashda juda katta o‘rin tutyapti. U Pekinda Si Szinpinga keskin gapira olgandi. Endi Trampga qarshi Yevropa birligini ham shakllantirmoqda.

Ursula xonim Germaniya Mudofaa vaziri bo‘lgan birinchi ayol sifatida tarixga kirgan. Shuningdek, u hozirgi lavozimi — Yevropa komissiyasi prezidenti bo‘lgan birinchi ayol ham.

Yevropaning eng yorqin rahbari O‘zbekistonga kelishi, shubhasiz, katta hodisa. Bu O‘zbekiston uchun ham, Markaziy Osiyo uchun ham muhim.

@pan_diplomat
04/03/2025, 12:18
t.me/pan_diplomat/2190
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
24
13
1.3 k
Men uchun ajoyib bo‘lgan ikki mavzu bitta videoda tilga olinibdi. “Koinot Odisseyi: 2001” haqida oldin ham yozgandim. Bu film men uchun insoniyat tarixidagi eng zo‘r kartina. Film haqida ham, uning rejissori Stenli Kubrik, ssenaristi buyuk olim Artur Klark haqida ham yozganman.

Filmning eng katta yutug‘i – aktyorlar mahorati, grafika yoki kiyimlar emas. Asosiy buyuklik — inson xayoloti, tafakkuri, ya’ni insonning kelajakka nigohi. Odamlarning 50 yildan keyingi kelajakka umidi. Aynan ushbu filmdan so‘ng kinochilikda kelajak davrlarini yaratish an’anasi paydo bo‘ldi.

“Imkoniyat chegaralarini aniqlashning yagona yo‘li — bu ushbu chegaralardan tashqariga chiqish, imkonsizlikka o‘tishdir”, ushbu iqtibos kino qanday motiv asosida olinganini ko‘rsatadi.

Sharof Rashidov haqida ham ko‘p marta yozganman. Hozir SSSR davridagi eng yaxshi O‘zbekiston rahbari deb alqanuvchi ushbu rahbar O‘zbekistonda haqiqiy Kremlga sodiq elita yaratgan. Albatta, uni F. Xo‘jayev va A. Ikromov bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Lekin qatag‘onlardan keyingi rahbarlar orasida ham u eng yaxshisi emas. Masalan, O‘zbekiston SSRda kadrlarni yoppasiga “mahalliylashtirish”ni boshlagan, qatag‘onlarni oqlash ishini jadallashtirgan Sobir Kamolovni nisbatan eng xalqchil bosh kotib deyish mumkin. Nuriddin Muhiddinov ham ancha-muncha liberalroq bo‘lgan.

Abdulla Qahhor esa inson, ijodkor qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday ijodkor.

@pan_diplomat
04/03/2025, 08:48
t.me/pan_diplomat/2189
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
26
10
1.1 k
Qatargeyt 2.0 — endi Isroilda

Soʻnggi bir necha kundan beri Isroilda navbatdagi siyosiy mojaro davom etmoqda. Mamlakat Bosh prokuraturasi hukumatning bir nechta yuqori lavozimlarini Isroilda Qatar imijini yaxshilash uchun arab davlatidan pora olish va qatarlik investorlarga qulay biznes takliflarini sotishda ayblamoqda.

Tergov ishidagi asosiy figurantlar Netanyahuning bosh maslahatchilari: Jonatan Urix va Eli Feldshteyn. Kecha ular tergov doirasida qamoqqa olindi.

Netanyahuning oʻzi esa 31-martda Tel-Avivda korrupsiya boʻyicha tergovda, tushdan keyin Quddusda Qatargeyt boʻyicha tergovda koʻrsatma berdi. Bosh vazir tergovda gumonlanuvchi emas, balki guvoh sifatida qatnashyapti.

Netanyahu va uning tarafdorlari ayblovlarni rad qilayotgan boʻlsa-da, ularning harakatlarini ayblovlarda jon borligini koʻrsatmoqda. Xususan, ular Qatargeyt ishini boshlashga buyruq bergan Bosh prokuror Gali Baharav-Miaraniga ishonchsizlik votumi eʼlon qildi va uni ishdan boʻshatisha urinishni boshladi.

Keyinroq ushbu ishni olib borayotgan Shin-bet (Isroil ichki xavfsizlik va aksilrazvedka xizmati) rahbari Ronen Bar ham, garchi mamlakat Oliy sudi buni taqiqlagan boʻlsa-da, Netanyahu tomonidan ishdan olindi. Oliy sud bosh vazir qarorini toʻxtatish haqida buyruq chiqardi.

Hozircha Netanyahu guruhi tergovni toʻxtatish uchun imkon boricha kurashyapti. Bu esa muxolifat va jamoatchilik gumonlarini yanada kuchaytirmoqda. Ushbu mojaro tenglashtirilayotgan Uotergeyt ishi (oʻshanda Respublikachilar partiyasidan boʻlgan prezident Richard Nikson hukumati Uotergeyt mehmonxonasida joylashgan Demokratlar partiyasi majlisi oʻtuvchi xonaga yashirincha eshitish moslamalarini oʻrnatgan) natijasida prezident Nikson AQSH prezidentlari orasida birinchi va oxirgi boʻlib, isteʼfo bergan va muddatidan oldin lavozimdan ketgandi. Netanyahu bilan ham shunday boʻlishi ehtimoli, aftidan past.

Qatargeyt 1.0 ishi 2022-yilda yuz bergandi. Uch yil oldin Yevropa parlamentining yuqori mansabdorlari ham Qatar, Marokash va Mavritaniya lobbichiligida ayblangan, bir qator yuqori martabali shaxslar, jumladan Yevroparlament vitse-prezidenti Eva Kayli ushbu ish doirasida hibsga olinib, lavozimidan boʻshatilgandi. Shundan soʻng Yevrokomissiya ittifoq amaldorlari kimdan, qanday sovgʻa va boshqa imtiyozlar olishi mumkinligi aniq koʻrsatilgan axloq kodeksini ishlab chiqdi.

@pan_diplomat
04/01/2025, 07:45
t.me/pan_diplomat/2188
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
52
14
1.1 k
3-aprelda O‘zbekistonga Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta kelarkan. Ular Samarqandda birincha marta bo‘lib o‘tuvchi Yevropa-Markaziy Osiyo sammitida qatnashadi.

Ushbu sammitda ishtirok etish uchun Yevroittifoqning eng nufuzli vakillari kelishi, shubhasiz, ajoyib. Ursula xonim hozir Yevropani birlashtirib turgan eng katta va keskin figura. Uning O‘zbekistonga kelishi Yevropa Markaziy Osiyoga jiddiy e’tibor qaratmoqchiligidan dalolat.

Ulardan oldin 27-28-mart kuni Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas ham Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga tur uyushtiradi.

Yevropaning eski ittifoqchisi AQSH bilan yuzaga kelayotgan qarama-qarshiligi yevropaliklarni muqobil variantlarni qidirishga undayapti. Ukrainadagi urush boshlangandan keyin ham bunday darajadagi faollik kuzatilmagandi. Mirziyoyevning Fransiyada iliq kutib olinishi ham ko‘hna qit’a har bir variantga e’tibor berayotganini tasdiqlaydi. O‘zbekiston bunday vaziyatdan foydalanib qolishi lozim.

@pan_diplomat
03/27/2025, 07:51
t.me/pan_diplomat/2187
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
35
14
1.2 k
1929-yilgi lotin alifbosiga o‘tish targ‘ibot plakati. Hozirgi ‘‘texnika jihatdan yuqori turadigan’’ lotin alifbosiga ham shunday targ‘ibot kerak shekilli.

@pan_diplomat
03/26/2025, 13:33
t.me/pan_diplomat/2186
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
13
1.1 k
03/25/2025, 07:55
t.me/pan_diplomat/2185
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
13
1.1 k
03/25/2025, 07:55
t.me/pan_diplomat/2184
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
40
13
1.1 k
Dunyo taqdiri ham endi smartfon ekranlarida hal qilinyapti

Kecha tarixda bo‘lmagan ajoyib xabar chiqdi: AQSHning The Atlantic nashri bosh muharriri tasodifan Signal tarmog‘idagi AQSH rahbariyati guruhiga qo‘shilib qolgan va ularning Yaman husiylariga zarbalar bo‘yicha suhbatini kuzatgan. Oq Uy va Milliy xavfsizlik kengashi bu xabarni tasdiqladi.

Chatda dunyoning eng qudratli davlatini boshqarayotgan siyosatchilar: Mudofaa vaziri Pit Xagset, Davlati kotibi (tashqi ishlar vaziri) Marko Rubio, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uolts — oddiy odamlardek g‘iybatlashib o‘tirganini ko‘rish mumkin. Masalan, vitse-prezident Jey Di Vens o‘z uslubida ular Yevropani qo‘riqlayotganidan noligan.

Jurnalistni bu chatga Uolts taklif qilgan. Bu tasodifan ro‘y berganmi yo atayin uyushtirilganmi, noma’lum. Biroq jurnalist Goldberg chatdagi Yamanga zarbalar suhbatidan so‘ng rostan ham husiylarga hujumlar bo‘lganini (AQSH 16-martdan beri husiylar lagerlariga raketalar otmoqda) aytdi.

@pan_diplomat
03/25/2025, 07:55
t.me/pan_diplomat/2183
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
35
26
1.2 k
Diplomatik tashriflar

Bir davlat diplomatlarining ikkinchi yoxud uchinchi davlatga safari oddiy koʻz bilan qaralganda doim bir xil ruhda kechadi, yaʼni “doʻstlik shartnomalari imzolandi”, “oʻzaro savdo kelishuvlariga erishildi” kabi. Biroq har qanday tashrif aniq kriteriyalar, protokollarga koʻra, oʻz yoʻnalishiga ega boʻladi. Bu yoʻnalishlar tashrifning muhimligi va ahamiyatini belgilaydi.

Davlat tashrifi — muayyan xorijiy davlat bilan erishilgan ikki tomonlama munosabatlarning yuksak siyosiy darajasini taʼkidlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday tashrif faqatgina davlat rahbari (prezident, qirol, rais) tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tashrifi mamlakat yetakchisi vakolatlarini bajarishning bir muddati davomida bir davlatga faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin (ya’ni, To‘qayev bir prezidentlik muddatida O‘zbekistonga ikki marta davlat tashrifi uyushtirolmaydi).

Rasmiy tashrif — davlat tashrifiga nisbatan dabdabasi va ahamiyati kamroq tashrif turi. Ushbu turdagi tashrif maʼlum bir mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar mavjudligini aks ettiradi. Rasmiy tashrif davlat rahbarlari uchun ikkinchi darajali tashrif boʻlib, shunga mos ravishda hukumat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari uchun eng yuqori maqomdagi tashrif hisoblanadi.

Amaliy (ishchi) tashrif — diplomatlar tegishli davlatga muzokaralar, maslahatlashuvlar, shartnoma va bitimlar imzolash, milliy koʻrgazmalar, madaniyat kunlarini ochish va hokazolar uchun amaliy tashrif bilan keladi. Bunday uchrashuv va tadbirlarda prezident, hukumat rahbari (bosh vazir), tashqi ishlar vaziri yoxud boshqa rasmiylar ishtirok etishi mumkin.

Norasmiy (shaxsiy) tashrif — konferensiyalar, ommaviy marosimlar, sport musobaqalari, konkurslar va boshqalarda qatnashish, shuningdek, shaxsiy yumushlar (sayohat, dam olish) uchun biron davlatga borish norasmiy tashrif deya tasniflanadi. Norasmiy tashriflar paytida protokol tadbirlar deyarli oʻtkazilmaydi.

Oʻtkinchi yoxud yoʻl-yoʻlakay tashrif — bu faxriy mehmonning ikkinchi davlatga oʻtayotganda uchinchi davlatda qisqa muddat boʻlishi. Ushbu turdagi tashriflarda ham aksariyat hollarda rasmiy marosimlar oʻtkazilmaydi. Uchinchi davlat hududidan tranzit sifatida oʻtayotgan mehmonga faqatgina xalqaro xushmuomalalik qoidalari boʻyicha mehmonnavozlik koʻrsatiladi.

@pan_diplomat
03/23/2025, 16:10
t.me/pan_diplomat/2182
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
16
2
1.2 k
Ижтимоий-сиёсий воқеаларни чуқур таҳлил қилиш ҳамда долзарб мавзулар ҳақида маълумот олишни истасангиз қуйида келтирилган телеграм саҳифалар рўйхатига қўшилиб олишингизни маслаҳат берамиз.

Ўзбекистон ва хорижий янгиликлар, танқидий ва таҳлилий ёндашувлар, қизиқарли мақолалар ва экспертлар фикрлари битта линкда жамланган. Бу ерда сиз таниқли блогерлар, сиёсатшунослар, юристлар ва жамоат фаоллари фикрларини ўқиб боришингиз мумкин.

Қўшилинг: 👉https://t.me/addlist/TzBArAhF2pU1YmYy
03/22/2025, 18:59
t.me/pan_diplomat/2181
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
26
9
1.0 k
Turkiya uchun muhim vaqt. Ramziy ma’noda mamlakatning Imomo‘g‘li atrofida to‘plangan dunyoviy hamda Erdog‘on “yetishtirgan” radikal diniy qatlami o‘rtasida kurash boshlanyapti. Hali Erdog‘onni qo‘llovchi mitinglar ham bo‘lsa kerak.

Shubhasiz, Erdog‘on guruhi namoyishlar bo‘lishini bilgan va bunga tayyorgarlik ko‘rgan. RTE hokimiyatdagi 20 yil davomida ancha dunyoviy Turkiyada, uni har doim qo‘llovchi ajoyib elektorat — diniy mutaassib qatlam yaratdi. Bu qatlam Erdog‘onni g‘oziy deb biladi va u Turkiyani islom muhofiziga aylantirishiga ishonadi. RTE guruhi shunday kayfiyatdagidek ko‘rinadi, aslida esa ular umuman boshqa vektorlarda harakatlanadi. Oddiyroq aytganda, so‘zda g‘oziy, amalda esa yo‘q.

RTE bu davrda Turkiya dunyoviyligining tayanchi — milliy armiyani ham zararsizlantirdi. Gulen isyoni bahonasida armiya dunyoviylik tarafdori bo‘lgan zobitlardan “tozalandi”. Qismlarda diniy targ‘ibot olib borildi. Endi oldingidek harbiylarning vaziyatga aralashib, to‘ntarish qilish ehtimoli juda kam.

Turklarning, shior topish qobiliyatiga ham qoyil — “Ziplan, ziplamayan Tayyipchi” (Sakra, sakramagan Tayyipchi/Erdog‘onchi). Futbol sloganini siyosatga ko‘chirsa ham ajoyib chiqarkan. Agressiya yo‘q, siyosiy so‘z yo‘q, aksincha quvnoq va harakatchan slogan.

@pan_diplomat
03/20/2025, 07:37
t.me/pan_diplomat/2180
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
61
33
1.4 k
Usmoniylar imperiyasi o‘z qudratining eng cho‘qqisiga chiqqan davrda, ya’ni 1566-yilda saltanat aholisi soni 15 mlnga yetgan. Shundan 10,5 mln (70 foiz) musulmonlar, 2,5 mln (17 foiz) nasroniylar, 1,5 mln (10 foiz) armanlar va yarim million (3 foiz) yahudiylar tashkil etgan.

Shubhasiz, butun musulmon olaming xalifasi hisoblanuvchi usmonli sultonlar davlatida musulmonlar ko‘p bo‘lgan va yuqori davlat lavozimlarini egallagan. Biroq Usmonli hukmdorlari o‘z davlatlari mustahkam va kuchli bo‘lishi uchun imperiyada “millet sistemi”ni joriy qilgan. Unga ko‘ra, saltanat aholisi diniy e’tiqodlariga ko‘ra, millatlarga bo‘lingan.

Bular musulmonlar (peshvosi xalifa), xristian-pravoslavlar (Konstantinopol patriarxi), armanlar (arman katalikosi), yahudiylar (xaxam-bashi) millatlari edi. Har bir millat o‘z peshvosi tomonidan boshqarilgan, sulton esa — barcha millatlarga homiylik qiluvchi, oliy hukmdor hisoblangan.

Millatlar qator masalalarda, jumladan, yuridik muxtoriyatga ega bo‘lgan. Masalan, arman millati vakili islom shariat qoidalari bo‘yicha emas, arman Apostol cherkovi qoidalari bo‘yicha sudlangan. Hokimiyat millatlarning diniy ishlariga aralashmagan, soliqlarni ham hukumat vakillari emas, millat rahbarlarining maxsus insonlari yig‘gan va g‘aznaga topshirgan.

Usmonli imperiyasida barcha millat vakillari o‘z ijtimoiy guruhi doirasida ham, hukumat darajasida ham yuqori lavozimlarni egallagan. Masalan, sulton Boyazid II va Salim I’ning bosh shifokori Jozef Hamon yahudiy, mashhur buyuk vazir Pargalik Ibrohim posho esa etnik yunon, xristian bo‘lgan. Sultonlar turli diniy va milliy guruhlarga yuksak toqatlilik ko‘rsatgan.

Aynan mana shunday tolerant siyosat Usmoniylar imperiyasi birdamligi va qudrati uzoq vaqt saqlanishga yordam bergan. Undagi musulmon bo‘lmagan guruhlar islom sivilizatsiyasi va madaniyati ichida o‘z mavjudligini saqlab qolib, saltanat taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan. Usmoniylardan chiqqan olimlar, mashhur odamlarning ko‘pchiligi musulmon emas.

XIX asr ikkinchi yarmidan saltanat hududida millatchilik harakati kuchaygan. Usmoniylarga ham hamma qatori fransuzcha “millat” tushunchasi kirib kelgan. Bolqondagi xalqlarda millatchilik kuchaygan. Turklarni o‘zidayam “yosh turklar” kabi milliy guruhlar paydo bo‘lgan.

Ular boshqa dinlarga nisbatan toqatsizlik ko‘rsatgan. Oxiri “millet sistemi” vayron bo‘lib, davlat yemirilgan. Shu bilan Usmoniylar imperiyasi ham tugagan.

Shuning uchun davlatning birinchi vazifasi insonlar dini, millatidan qat’iy nazar ularning tengligini ta’minlash. Radikalashish, o‘zga fikrlarga toqatsizlik jamiyatni ham, davlatni ham yemiradi.
#birdamjamiyat

@pan_diplomat
03/18/2025, 08:26
t.me/pan_diplomat/2179
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
37
8
1.2 k
Juda yomon amaliyot. Diktator rahbariyat ochko‘zligi sabab oddiy odamlarni ham jazolab, ularni mamlakatga kiritmaslik mutlaq noto‘g‘ri.

AQSHning bu amaliyotini boshqalar ham ko‘chirib, oddiy holga aylanishi mumkin. Bu esa globalizatsiyaga jiddiy zarba bo‘ladi. Yomon millat bo‘lmaydi, yomon odamlar bo‘ladi.

@pan_diplomat
03/15/2025, 16:08
t.me/pan_diplomat/2178
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
43
11
1.3 k
Kecha Lukashenko Moskvaga borib, Putin bilan Ukrainadagi holat va AQSH bilan kelishuv haqida gapiribdi.

Putin tinchlik kelishuvlari haqida gapirib, Trampni maqtagan, AQSH tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman, lekin ba’zi jihatlar bor debdi. Ya’ni, “biz hozir Kurskda Ukraina diviziyasini qurshovga oldik, ular yo o‘ladi, yo taslim bo‘ladi. Otashkesim bo‘lsa, ularning taqdiri qanday bo‘ladi? Biz ularni shunchaki qo‘yvoramizmi? Buning iloji yo‘q, ular bizning hududga bostirib kirib, begunoh tinch aholini o‘ldirdi, bu uchun ular javob bersin” degan ma’noda gapirgan.

Ajoyib, Rossiyachi? Ukrainaga bostirib kirgan, 3 yil urushib, yuz minglab odamlarni o‘ldirgan o‘ris askarlari ham qilmishlari uchun javob berishi kerakmasmi bu mantiq bo‘yicha? Ukraina Kurskda egallagan hudud bilan Rossiya Ukrainada egallagan yerni solishtirish mumkinmi?

Bir davlat rahbarining qanchalik mantiqsiz, ahmoqona fikrlashi va bunday odam katta davlatni boshqarishi mumkinligiga yorqin misol. Demak, AQSHda ham shunday odam davlat iqtidoriga kelishidan hayratlanmasa ham bo‘ladi.

@pan_diplomat
03/14/2025, 07:11
t.me/pan_diplomat/2177
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
82
17
1.4 k
“Hamma jayni xitoylar bosib ketdi”, “hamma narsani egallayapti xitoylar” deyotganlar uchun yaxshi xabar desa bo‘ladi.

Toshkent shahar issiqlik ta’minoti Fransiyaning Veolia kompaniyasida edi. Endi boshqa fransuz kompaniyasi — Voltalia elektr bo‘yicha shartnoma imzoladi. Poytaxtning sovuq suv ta’minotida ham fransuzlarning Suez kompaniyasi katta ulushga ega. Xullas, endi “hamma joyni fransuzlar bosib ketdi” deb dod solsa bo‘ladi).

Jiddiy aytganda, davlat rivojlanishi uchun tashqi yordam zarur. XVIII-XIX asrdagi Xitoy va Yaponiyaga o‘xshab yopilib olib, hech nimaga erishib bo‘lmaydi. Albatta, qaysidir davlat ta’siri ortishi yomon, lekin buni ularni haydab hal qilmaslik kerak. Shunchaki, boshqa o‘yinchilar bilan ham hamkorlik qilib, muvozanati ushlash lozim.

Fransiya va uning timsolidagi Yevropa Rossiya va Xitoy orasidagi Markaziy Osiyo davlatlari uchun yaxshi muqobil. AQSH bilan keskinlikka borayotgan Yevropa uchinchi dunyo mamlakatlari tomon yurishi, biz uchun foydali.

@pan_diplomat
03/13/2025, 07:10
t.me/pan_diplomat/2176
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
22
19
1.4 k
“Rashidov epoxasi” davridagi O‘zbekiston SSR’ning uch rahbari — Oliy Sovet Prezidiumi raisi Yodgor Nasriddinova, Vazirlar soveti raisi Rahmonqul Qurbonov, Kompariya MQ birinchi kotibi Sharof Rashidov tasvirlari mavjud video.

Shulardan ikkitasi: Nasriddinova va Qurbonov keyinchalik poraxo‘rlik va boshqa ayblar bilan ayblanib, partiya safidan chiqarilgan, so‘ngra yana tiklangan. To‘la sovetcha uslub.

Siyosatchilarning tili ham XX asr boshidagi (xususan, jadidlar) tiliga yaqin. Demak 1968-yilda ham o‘zbek tili qisman bo‘lsa-da, jaydarligini saqlagan (xo‘jalig‘i, yubaramiz, zaparlar tilayman kabi). Menimcha, shu mustaqillikdan keyin o‘zbek tilini rus tilidan uzoqlashtiramiz deb, uni forslashtirish kuchayib ketgan. Shashlikni ham “kabob”, “six kabob” deb qolishuvdi-ku, yaxshi hozir “shashlik”ning o‘zi turkiycha ekanligini bilishdi.

@pan_diplomat
03/12/2025, 09:29
t.me/pan_diplomat/2175
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
17
9
1.4 k
Shavkat Mirziyoyev eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar. Sal eskiroq, masalan 2024-yil iyuldan keyin Qozog‘iston va Rassiya ikkitaga, Ozarboyjon, Turkmaniston, Saudiya, BAA va Fransiyaga tashrif bittaga ko‘paydi.

@pan_diplomat
03/12/2025, 07:27
t.me/pan_diplomat/2174
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
30
9
1.4 k
Oradan qariyb 10 yil o‘tgandan keyingi O‘zbekiston ma’muriy bo‘linishi.

1938-yilda boshqaruv ancha ixchamlashtirilgan: 5 ta viloyat (Surxondaryo okrugi Buxoro viloyati tarkibida bo‘lgan) va 1 avtonom respublika.

Bunday ixchamlikka 1930-yilda viloyatlar tugatilib, mamlakat to‘g‘ridan to‘g‘ri respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlarga bo‘lingani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston SSR 71 ta tuman va 9 ta shahar ko‘rinishidagi ma’muriy birlikka ega bo‘lgan. Bunday katta qamrovdan charchagan hukumat imkon tug‘ilganda ularni karrasiga qisqartirgan. Bunga balkim qatag‘onlar ham qandaydir ta’sir ko‘rsatgandir.

Hozir, masalan, Ozarboyjon shunday ma’muriy bo‘linishga ega, davlatda viloyatlar yo‘q.

@pan_diplomat
03/11/2025, 13:44
t.me/pan_diplomat/2173
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
31
10
1.4 k
O‘zbeklar endi Suriyada

Yaqindagina fuqarolar urushini tugatib, diktatorni qulatgan Suriyada yana isyon boshlangandi. Bashar Asadga sodiq kuchlar qurollarni tashlashdan bosh tortdi va yangi hukumat kuchlariga hujum uyushtirdi. Hozircha ular katta muvaffaqiyatga erishgani yo‘q.

Asadlar oilasi alaviy diniy oqimiga mansub. Asadlarning yarim asrlik hukmronligi davrida aynan alaviylar yuqori davlat lavozimlarini egalladi va musulmon-sunniylarga qarshi repressiyalar o‘tkazdi. Asadga qarshi kuchlar: darziylar (yana bir aralash diniy oqim), kurdlar, sunniylar (xususan ISHID ham) asosan alaviylar hukmronligidan norozi edi. Suriyaning hozirgi rahbari Ahmad ash-Shara kuchlarining asosiy qismi ham sunniylar.

Alaviylar ko‘p yashovchi hududlarda isyon boshlangach, bir necha yillik zo‘ravonliklar uchun qasos olish, shuningdek, haqiqiy yo‘ldan “adashganlar”ni yo‘q qilish uchun alaviylar yashovchi hududlarda pogromlar yuz bergan. Asad rejimiga aloqador bo‘lmagan oddiy odamlar ham tunab ketilgan, o‘ldirilgan.

Va mahalliy aholining aytishicha, zo‘ravonliklarda qatnashgan guruhlar askarlarining aksariyati xorijliklar. Ular bilan to‘qnashgan suriyalikning aytishicha, jangarilar o‘zbek yoki chechenlarga o‘xshaydi.

Suriyada o‘zbek jangari guruhlari bormi? Ha, ular Asadga qarshi sunniy kuchlar tarkibida o‘z o‘rniga ega. Aksariyati suriyalik o‘zbeklar, shuningdek, Turkiya orqali o‘tgan o‘zbekistonliklar. Ular suriyalik turkmanlar va boshqa turkiy xalqlar bilan guruhlarga birlashgan. Masalan, terrorchi “Imom al-Buxoriy jamoati (katibasi)”. Bu guruh rasman Suriya rahbari Jo‘loniyning “Tahrir ash-Shom” guruhi ittifoqchisi. Bundan tashqari “Tavjid va Jihod” kabi o‘zbeklar guruhlari ham bor.

Turli manbalarga ko‘ra, Suriyada 2 mingga yaqin o‘zbek jangarilari bor. Ular Asad va ISHID’ga qarshi janglarda qatnashgan. Kuchli radikal xarakterda. Aynan shu radikal kayfiyat sabab ular alaviy pogromlarida ishtirok etayotgan bo‘lishi mumkin.

Umuman Suriyaning yangi rahbariyati oldida katta muammo bor — Jo‘loniy uni qo‘llab kelgan, biroq hozir uning nazoratidan chiqib ketayotgan xorijiy bo‘linmalarni Suriyada chiqarib yuborishi kerak. Bu tinchlik uchun juda muhim nuqta.

@pan_diplomat
03/11/2025, 08:09
t.me/pan_diplomat/2172
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
62
25
1.5 k
Oxirgi vaqtlarda “O‘zbekistonni xitoyliklar bosib olyapti” degan post, video va podcastlar ko‘paydi. Hamma rostan xitoyliklar ko‘paydi birdan deyapti.

Birinchidan, xitoyliklar birdan ko‘payib ketgani yo‘q. Shunchaki, o‘zbek mediasida birdan hamma shu mavzuga e’tibor qaratdi. Bu aslida yomon ish emas, jurnalistlarning vazifasi mavzu ko‘tarish. Ammo mavzu piarga aylanib ketyapti.

Xitoyliklar, masalan, 10 yil oldin ham bizda tez-tez uchrab turardi. Qandim, Qoravulbozor va Buxorodagi boshqa yirik zavodlarda ular anchadan beri ishlaydi.

Ikkinchidan, bu globalizatsiya. Odamlar bir davlatdan boshqasiga boradi, ishlaydi, investitsiya kiritadi. O‘zbeklar ham Germaniya, Rossiya, Koreyaga borib ishlayapti. Shunday desam bir yaqin odam “o‘zbek ishchilar bilan, xitoyliklarni solishtirib bo‘ladimi, ular bizni davlatga kelib, bizni ishlatyapti” dedi. Umuman olganda ha, farq nisbiy.

Qolaversa, Xitoyda ham nemislar, amerikaliklar kelib, zavod qurib, xitoyliklarni ishlatyapti. Yaqinda Wolkswagen konserni Germaniyadagi barcha zavodlarini Xitoyga ko‘chirishga qaror qildi. Tesla ham asosan Xitoyda ishlab chiqarish amalga oshiradi. Bundaylar ko‘p. Xitoyliklar “nemislar mamlakatimizni egallab, bizni qul qilyapti” degani yo‘q.

Uchinchidan, nima qilish kerak? Yoppasiga haydash kerakmi? Tramp va Putin kabi chet elliklarni har ko‘yga solish yaxshi amaliyotmi?

Xitoyliklar ko‘payyotgan bo‘lsa, balansni saqlash kerak. Unga muqobil hind, yevropa, amerika investitsiyasini jalb qilish lozim. To‘g‘ri, ular osonlikka kelmaydi. Chunki bizda ularning ishonchini yo‘qotuvchi bir qator ishlar sodir bo‘ldi. Buni 2024-yilda investitsiya kiritish hajmi oldingi yilga qaraganda yarmiga kamaygani ham isbotlab turibdi.

Xitoy bilan esa hazillashib bo‘lmaydi. Hukumat boshqalar bilan ham hazillashishga yo‘l qo‘ymasa hammasi maromida ketadi. Lekin hech qachon migratsiyani cheklab, butun bir millatni dushmanga aylantirish to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi.

@pan_diplomat
03/08/2025, 11:51
t.me/pan_diplomat/2171
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
63
12
1.3 k
Istiqlolchilar ustidan sud jarayoni. 1932-yil, Samarqanddagi Tillakori madrasasi

@pan_diplomat
03/07/2025, 13:26
t.me/pan_diplomat/2170
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
9
1
74
Nega O‘zbekiston atigi 75 yil yashagan SSSR merosini hali ham yo‘q qila olmayotgani, bolsheviklar esa ming yillik mahalliy qadriyatlarni bir necha yilda yo‘q qilishni uddalagani sabablaridan biri.

Albatta, O‘zSSR sobiq xonlik va amirlik tizimida ishlagan mansabdorlarni ham hukumatga jalb qilgan, lekin ular aksariyat hollarda yuqori lavozimlarga emas, pastroq mansablarga tayinlagan. Yuqori doira asosan yangicha dunyoqarashga ega, yangiliklarga ochiq yoshlardan tuzilgan.

Kadrlarni yoshartirish — davlat taraqqiyoti va mustahkamligi uchun eng yaxshi yo‘l.

@pan_diplomat
03/05/2025, 14:54
t.me/pan_diplomat/2169
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
77
94
4.5 k
O‘zbekiston SSR tuzilgan davr — 1925-yildagi yuqori davlat lavozimlarini egallagan insonlar (vazirlari) va ularning yoshi:

Fayzulla Xo‘jayev — Bosh vazir. 29 yosh

Is’hoq G‘oziyev — Adliya vaziri, 29 yosh

Inog‘ajon Xidraliyev — Qishloq xo‘jaligi vaziri, 34 yosh

Qori Yo‘ldosh Po‘latov — Moliya vaziri, 35 yosh

Davlat Rizayev — Maorif vaziri (1925-yil noyabrgacha), 22 yosh

Akmal Ikromov — MQ ikkinchi kotibi, 27 yosh

Shorustam Islomov — O‘zSSR muvaqqat tashkiliy byuro kotibi, inqilobiy qo‘mita a’zosi, 26 yosh

Rahim Inog‘omov — Maorif komissari (1925-yil noyabrdan), 23 yosh

Sa’dulla Qosimov — O‘zSSR Oliy sudi raisi, 24 yosh


Hozirgi O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir — Hilola Umarova, 36 yosh.

Nega O‘zbekiston atigi 75 yil yashagan SSSR merosini hali ham yo‘q qila olmayotgani, bolsheviklar esa ming yillik mahalliy qadriyatlarni bir necha yilda yo‘q qilishni uddalagani sabablaridan biri.

Albatta, O‘zSSR sobiq xonlik va amirlik tizimida ishlagan mansabdorlarni ham hukumatga jalb qilgan, lekin ular aksariyat hollarda yuqori lavozimlarga emas, pastroq mansablarga tayinlangan. Yuqori doira asosan yangicha dunyoqarashga ega, yangiliklarga ochiq yoshlardan tuzilgan.

Kadrlarni yoshartirish — davlat taraqqiyoti va mustahkamligi uchun eng yaxshi yo‘l.

@pan_diplomat
03/05/2025, 14:38
t.me/pan_diplomat/2168
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
26
13
1.9 k
Davlat qarzi (krediti) mavzusi bo‘yicha. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Jahon va Osiyo taraqqiyot banklaridan xavfliligi uning iqtisodiy siyosatga ta’sir o‘tkazishidir. O‘zbekiston kredit olgan 3 xalqaro moliya institutlari haqida.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) — qisqa muddatli inqirozlarni bartaraf qilish uchun qulay fond. Jamg‘arma nisbatan tez fursatda kredit ajratadi. Lekin kredit sharti sifatida inqirozlarni yengish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Masalan, soliqlarni oshirish, davlat xarajatlarini qisqartirish. XVJ bergan kredit va tavsiyalar sabab Ruandada iqtisod izdan chiqib, fuqarolar urushi yuz bergan.

Jamg‘armada AQSH ta’siri katta. Fond qaror qabul qilishida a’zolarning 85 foiz ovozi kerak. AQSHning 17 foizlik ovozga ega. Vashington kimgadir kredit berish bo‘yicha yakka qaror qabul qila olmasa ham, xohlagan jarayonni bloklay oladi. Shu boisdan ham XVJ’da AQSH lobbisi kuchli.

Jahon banki — uzoq muddatli kreditlar ajratuvchi institut. Bu bank asosan kambag‘al davlatlarga past foizli kreditlar va foizsiz zaymlar beradi. Shuningdek moliyaviy barqarorlik bo‘yicha maslahatlar ham taqdim qiladi.

Biroq bu yerda ham muammolar bor. So‘nggi yillarda Jahon banki ajratgan kreditlarning atigi 1-2 foizi haqiqiy kambag‘al davlatlarga berilgan va bu mamlakatlarda ahvol yaxshilanmagan, balki yomonlashgan. Masalan, Pokiston, Livan va Argentina. Albatta, bu yerda davlatlar hukumatining kreditlarni to‘g‘ri sarflash siyosati ham katta rol o‘ynaydi.

Bu yerda ham AQSH 16 foizlik ovozga ega va Yaponiya bilan birgalikda asosiy figura.

Osiyo taraqqiyot banki — Jahon banki kabi uzoq muddatli, uncha katta bo‘lmagan miqdorda kreditlar beruvchi bank. OTB yuqoridagi ikki institut kabi ukkan zaxiralarga ega bo‘lmagani uchun, deyarli har doim aniq loyihalar uchun qarz beradi.

Bank ko‘pincha ekologiya befarqlikda ayblanadi. Masalan, OTB kreditlagan Tailanddagi Maye Moh ko‘mir elektrostansiyasi atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazgani aniqlangan. OTB ham davlatlarga iqtisodiy-agrar masalalarda tavsiyalar beradi, ammo kuchli emas.

Bu yerda ham Yaponiya va AQSH asosiy figuralar (ikkalasida 12,7 foiz ovoz). Lekin OTBda oxirgi paytlar Xitoy (5,4 foiz), Hindiston va Indoneziya ulushi ham ortyapti. Bu tashkilotda muvozanat bo‘lishini ta’minlaydi.

Yuqoridagi uch moliya instituti ham kreditlarni ushbu mablag‘ga rostan muhtoj, kambag‘al davlatlarga bermayotganlikda ayblanadi.

@pan_diplomat
03/05/2025, 08:10
t.me/pan_diplomat/2167
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
25
8
1.3 k
Tramp Ukrainaga barcha yordamni to‘xtatib turish haqida buyruq beribdi. Bunga sabab esa Ukrainaga bosim o‘tkazib, uni muzokaralarga undash ekan.

Tramp 2019-yilda, Ukraina mamlakatda mulklarga ega bo‘lgan Hanter Baydenga nisbatan ish qo‘zg‘ashi uchun Zelenskiyga bosim o‘tkazgandi. Ularning telefon suhbati internetga sizdirilgandi. Tramp o‘shanda ham bosim vositasida sifatida Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘ygandi.

Demak, Tramp uchun bu yangi usul emas. Biroq 2019-yilda u kelasi yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lishi aniq prezident edi. Va urush ham bo‘lmayotgandi. Hozir esa endigina Oq Uyga keldi, Ukrainada urush.

Ekspertlar Ukraina hozirgi qurol zaxirasi bilan yoz oxirlarigacha jang qila olishi mumkinligini aytyapti. Chunki Bayden ma’muriyati Vashingtondan ketishi aniq bo‘lgach, Kiyevga yordamni keskin ko‘paytirgan va tezlashtirgan.

AQSH qurollarisiz, Yevropa bir o‘zi Ukrainani ta’minlashi qiyin. Ular shundoq ham deyarli barcha foydalanilmayotgan qurollarini berib bo‘ldi. Ularda AQSHdagi kabi eski qurollarning katta zaxirasi yo‘q. Vaziyatni o‘nglashga yordam bera oladigan davlatlar — Janubiy Koreya va Yaponiya.

Har ikkala Uzoq Sharq davlati zamonaviy qurollarga ega. Ular hali Ukrainaga jiddiy harbiy yordam bergani yo‘q. Lekin Janub Shimol hujumidan xavfsirasa, Yaponiya Tayvan urushi ehtimolini hisobga oladi. Shu bois ular ham nimadir qilishi qiyin. Ustiga-ustak ularning eng yaqin ittifoqchisi — AQSH. Ular uchun Vashington bilan ziddiyatga borish hayot-mamot masalasi.

@pan_diplomat
03/04/2025, 08:26
t.me/pan_diplomat/2166
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
33
6
1.2 k
“Yevropa uyg‘ondi”(mi?)

Polsha bosh vaziri Donald Tusk Londondagi sammitdan keyin sahifasida shunday so‘z yozdi. Uning aytishicha, Yevropa rahbarlari Ukrainaga yordam berish va sharqiy chegaralarni mustahkamlashda yakdillikka erishgan.

Zelenskiy Oq Uyda “urushib berilgan”dan keyin, Londonda iliq kutib olindi. Bu yerda Yevropa va Kanada rahbarlari unga “tasalli” bera oldi. Yevropaliklar birlik ko‘rsatdi va Kiyevni qo‘llashda davom ettirish, muzokaralarda Ukraina ishtirokini ta’minlash, shu bilan birga AQSH bilan tinchlik dasturida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Polshani Germaniya va Fransiya kabi Yevropaning asosiy xavfsizlik kuchlaridan biri deyish mumkin. Bu yerda katta armiya va qurollar yig‘ilgan. Va Varshava Ukrainani oxirigacha qo‘llashga tayyor. Boshqa bir asosiy kuch — Turkiya ham Ukraina yaxlitligini dastaklashini ma’lum qildi.

Britaniya, Germaniya va Fransiyada esa Ukrainani qo‘llashda AQSHdagi kabi muammo yo‘q. Germaniyaning bo‘lajak kansleri Kiyevning ochiq tarafdori. Starmer va Makron qit’a yetakchiligini qo‘lga olishga harakat qilyapti. Italiya bosh vaziri Meloni ham sammitdan so‘ng “Ukrainadagi uzoq davom etmaydigan tinchlik rejasini qo‘llash mumkin emasligini” ta’kidladi.

Niderlandiyaning sobiq harbiy bosh vaziri esa Yevropa NATO doirasida hamkorlik qilishdan tashqari, o‘zi ham qurolli salohiyatini oshirishi kerakligini aytdi.
Yevropaliklar Oval xonada bo‘lgan bahsdan so‘ng AQSH rahbariyatiga Yevropa Ukraina bilan birga qolishini ko‘rsatishga erishdi. Biroq Yevropa baribir Vashingtonsiz qiynalishi aniq. Yevropa ta’minoti AQSH’ga qattiq bog‘langan.

@pan_diplomat
03/03/2025, 09:06
t.me/pan_diplomat/2165
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
62
23
1.5 k
“O‘zbekistonlik” loyihachilar qilolmayotgan ishni gollivuddagilar o‘zi qila qolibdi: “Anora” 2024-yildagi eng yaxshi film deb topilib, bosh Oscar olibdi. Qoyil.

Endi bu propaganda, bizga dushmanlik, boshqa deb gapirgandan foyda yo‘q. Real ahvolga ters narsa emas. Dubay, Turkiyada o‘zbek qizlari allaqachon mashhur bo‘lgan. Buning sababini hamma yaxshi biladi.

Lekin sof kino jihatdan ham “Anora” ja Oscarlik kino emasdi. Men “Konklav” olishini kutayotgandim, nomzodlar ichida vazni og‘iri o‘sha edi. Gollivuddagilar siyosiyatga berilib, yana Rossiya faktoriga e’tibor berishgan shekilli.

Nima bo‘lganda ham o‘zbeklar oxirgi payt terrorizmdan so‘ng, bu borada ham mashhur bo‘ldi.

P.S: Anora o‘zbek deb aytilmagan ekan ochiq, kino rejissori Beyker qiz ‘‘postsovet davlatlardan birining’’ vakilasi deb aytgan ekan.

@pan_diplomat
03/03/2025, 07:22
t.me/pan_diplomat/2164
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
52
22
1.5 k
Umumiy qarz 40 mlrd dollardan oshibdi. Qarzlar asosan davlat byudjeti va energetika sanoati uchun yo‘naltirilgan.

Kreditorlar Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki. Har ikkalasi iqtisodiy siyosatga ta’sir qiluvchi Xalqaro valyuta fondidan xavfsizroq bank. Lekin Jahon banki tajribasida siyosiy kelishmovchiliklar bor.

Har ikkala bankda AQSH va Yaponiya asosiy figura. Shuningdek, OTBda Xitoy ta’siri ham oshyapti, ya’ni balans bor.

Qarz ko‘payishi juda vahimali emas, normal. Hali YaIM’ning xavfli darajasiga yaqinlashgani yo‘q. Asosiy xavotirli masala — olingan qarzlar to‘g‘ri sarflanayotgani. Harholda OTB ham, Jahon banki ham kreditlarni aniq loyihalar uchun beradi.

@pan_diplomat
03/02/2025, 16:42
t.me/pan_diplomat/2163
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
1
Umumiy qarz 40 mlrd dollardan oshibdi. Qarz davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash hamda energetika sohasiga yo‘naltirilmoqda.
03/02/2025, 16:30
t.me/pan_diplomat/2162
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
57
7
1.5 k
Tramp va jamoasi siyosatchi emasligini yana bir bor isbotladi. Media ko‘z oldida, hukumat uyida mehmon prezident bilan tortishib o‘tirishibdi. Diplomatlarga xos bosiqlik va etiket yo‘q. Putinga o‘xshagan ko‘cha madaniyati.

Bunday namoyishkorona sahna ko‘rinishidan ikki tomon ham yutqazdi. Ukraina, shubhasiz, eng asosiy ittifoqchisi bilan muammo borligini ko‘rsatdi va bu muzokaralarda uning pozitsiyasini zaiflashtiradi.

Tramp ma’muriyati esa qandaydir prezidenti ularni hammaning oldida tanqid qila olishini ko‘rsatdi. Deyarli Putinning ittifoqchisidek harakat qilishdi. Bu ularning reytinglariga ta’sir qiladi.

Umuman ikki imperialist odam yaqinlashuvi hamma uchun yomon xabar.

@pan_diplomat
03/02/2025, 12:13
t.me/pan_diplomat/2161
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
40
9
1.2 k
Har qanday urush, har tomonlama zarar. AQSHning Vetnam urushi nafaqat minglab amerikalar yostig‘ini quritdi, balki mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga ham katta zarba berdi. Vetnamdagi sharmandali mag‘lubiyat AQSHning xalqaro obro‘siga putur yetkazdi.

Bulardan tashqari, bu urush AQSHda geroin savdosi gullab-yashnashiga ham sabab bo‘ldi. Vetnam, Laos va Tailand azaldan afyun yetishtirishda oldingi qatorlarda edi. Uyidan uzoqda, begona urushda qatnashayotgan askarlar qiyinchiliklar va stresslar fonida mahalliy aholidan afyun sotib olishni boshlaydi.

Geroin iste’moli ortishiga bu yerlarda geroin ancha arzon va sifatli ekanligi ham turtki beradi. Natijada tez orada geroindan tashqari boshqa narkotiklar ham amerikalik askarlar orasida ommalashadi.

Turli manbalarga ko‘ra, Vetnam urushi oxirida 10-20 foiz AQSH askari narkotikka “o‘tirib qolgan”. Ular urush tugagandan keyin vataniga qaytgach ham narkotik xumorini unuta olmagan. Vetnamdan AQSHga narkotik yetkazish kanallari tashkil qilinadi. AQSH xavfsizlik xizmatlari kommunizm bilan kurashayotgan, marixuana yetishtiruvchi Hindixitoy jangari guruhlarini qo‘llash uchun bu kanallarga chora ko‘rmaydi. Oqibatda 1970-yillarda Nyu-York, Chigako, Sietl kabi yirik shaharlarda haqiqiy “narkotik epidemiyasi” tarqaladi.

Faqatgina 1990-yillardan narkotikka qarshi jiddiy kurash boshlanib, uning savdosi hajmi qisqaradi. Shunday bo‘lsa-da, AQSH bugungi kunda ham geroin iste’moli bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turadi. AQSHga Vetnamdan hozir ham katta partiyalarda narkotik yetkaziladi.

Bir ahmoqona urush mamlakat hayotiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganiga yaxshi misol.

@pan_diplomat
02/27/2025, 10:17
t.me/pan_diplomat/2160
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
59
31
1.5 k
Birinchi xarita kapitalistik Germaniya federativ (GFR) va kommunistik Germaniya demokratik respublikasi (GDR) xaritasi.

Ikkinchi xarita kecha bo‘lib o‘tgan Germaniya parlamentiga saylovlar xaritasi.

Sobiq GFR aholisining katta qismi mo‘tadil XDI/XSI partiyasiga ovoz bergan (qora rangda). SSSR tuzgan va ittifoqchisi bo‘lgan GDR hududlari esa millatchi, ksenafob, diniy toqatsiz ‘‘Germaniya uchun muqobil’’ partiyasiga ovoz bergan (ko‘k rang).

Xulosa qilish uchun ajoyib imkoniyat. O‘risda nega insonlar bunchalik millatchi kayfiyatda ekani va ularning oyog‘i yetgan yerlarda millatchilik kayfiyati qanchalik ortishi haqida.

@pan_diplomat
02/26/2025, 08:46
t.me/pan_diplomat/2158
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
32
1.5 k
02/26/2025, 08:46
t.me/pan_diplomat/2159
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
77
3
1.1 k
So‘ngso‘zida ona vatanini sharaflagan askar. Jangchi uchun bundan ortiq sharaf yo‘q.

Siz uchun Ukraina urushidagi eng ta’sirli rasm qaysi?

@pan_diplomat
02/25/2025, 13:46
t.me/pan_diplomat/2157
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
4
1.2 k
02/25/2025, 10:17
t.me/pan_diplomat/2156
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
4
1.2 k
02/25/2025, 10:17
t.me/pan_diplomat/2155
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
69
4
1.2 k
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga 3 yil to‘ldi.

Ozodlik kurashchilari psixologik kasal telbalarga qarshi urushni davom ettirishi kerak.

@pan_diplomat
02/25/2025, 10:17
t.me/pan_diplomat/2154
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
32
7
1.2 k
Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Germaniya Xristian-demokratlari ittifoqi/Bavariya Xristian-sotsialistlar ittifoqi partiyasi kutilganidek 28% ovoz bilan yetakchi.

Ikkinchi o‘rinni esa, G‘arbda ketayotgan siyosiy bo‘hron davomi sifatida “Germaniya uchun muqobil” partiyasi egalladi. Partiya o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi — 20,8 foiz.

Tushunish uchun Muqobil partiya o‘ta o‘ng, ya’ni millatchi, rasist, islomofob, ksenofob tarmoqlariga ega. Bittasi PEGIDA (Patriotische Europäer gegen die Islamisierung des Abendlandes – G‘arbning islomlashuviga qarshi vatanparvar yevropaliklar harakati).

Germaniya so‘llar va markazchilar bu partiya bilan ramziy devor — Brandmauer’ga ega. GuM bilan koalitsiya XDI/XSI’ga ham, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Shols partiyasiga ham zarar. Chunki ularning saylovchilari GeUM’mni rivojlanish dushmani deb biladi. Bu partiya bilan har qanday aloqa partiyalar o‘z elektoratini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi.

XDI/XSI saylovda birinchi bo‘lgani bilan, 50 foiz ovoz to‘play olmadi. Endi u boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzishi lozim. Asosiy nomzod — Sotsial-demokratlar (Shols partiyasi) va 11,6 foiz ovoz to‘plagan “yashillar”.

Lekin nima bo‘lishidan tashqari, Germaniyaning navbatdagi rahbari/kanslari nomi deyarli aniq — Fridrix Merz. U haqda oldinroq yozgandim. Merz tajribali siyosatchi ekanini ko‘rsatdi. U saylovchilar nima xohlayotganini bildi: migrantlar oqimi nazoratga olinishini qayta-qayta ta’kidladi, brandmauerni buzmaslikka va’da berdi, AQSHdan mustaqil xavfsizlik o‘rnatishni e’lon qildi. Bu unga o‘ng kayfiyatdagi insonlarni o‘z tomonida ushlashga yordam berdi.

Migratsiya — G‘arb uchun haqiqiy muammoga aylanyapti. GeUM ikkinchi o‘rinni olishiga ham aynan shu omil sabab bo‘ldi. 2024-yil maydan beri Germaniya 6 marta qo‘porovchilik-qotillik jinoyati yuz bergan va ularning barchasi migratsiya tarixiga ega insonlar tomonidan sodir etilgan. Bu, shubhasiz, jamiyatda muhojirlarga qarshi kayfiyat kuchayishiga olib kelyapti.

Germaniya AQSHdan farqli o‘laroq, hozircha telba o‘nglar hokimiyatga kelishining oldini oldi, ammo vaziyat shu tarzda davom etsa, tez orada Berlinni ham Tramp kabi populistlar egallaydi.

@pan_diplomat
02/24/2025, 08:42
t.me/pan_diplomat/2153
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
31
19
1.2 k
AQSH’liklar baribir tajribasiz-da. Shuncha vahima qilib, migrantlarni Kosta-Rika’ga jo‘natayotgan ekan. Salvador, Gvatemala yo Gondurasga jo‘natmaydimi.

Tasavvur qilish uchun, Kosta-Rika hatto mayda davlatlardan iborat Markaziy Amerika uchun ham kichik davlat. Va jinoyatchilik o‘ta yuqori mintaqadagi eng farovon mamlakat. Uning mintaqadoshlaridan Salvadorda banda va jinoyatchilar uchun tarixdagi eng katta va dahshatli qamoqxona qurildi. Mamlakat armiyasi hali ham ba‘zi hududlarni nazorat qila olmaydi. Gondurasda ham shu ahvol. Nikaragua esa aholisi eng qashshoq davlatlardan biri, bu yerda hatto qabristonlar ham tabaqalangan (bilaks, mamlakat sotsialistik).

Kosta-Rika esa jinoyatchilik eng kam, turizm rivojlangan, hatto ekologik tizimlar ham ishlovchi mamlakat. Ekologik barqarorlikka faqatgina juda yaxshi taraqqiy etgan davlatlargina erishadi. Taqqoslash uchun poytaxt havosini hali ham yaxshilay olmayotgan O‘zbekiston.

Kosta-Rika muvaffaqiyati nimadi?

Yana o‘sha qoloq davlatlarda eng e’tibor kam beriluvchi narsa — ta’lim. Kosta-Rika 1949-yilda, jahonda birinchi bo‘lib armiyani tarqatib yuborgan va uning xarajatlarini ta’lim, ijtimoiy dasturlarga yo‘naltirgan. Armiya — nafaqat aholini jinoyatchilar va tashqi xavflardan himoya qiladi, balki u diktatura tayanchi, to‘ntarishlar vositasi, ichki dushmanlarning quroli ham, degan kosta-rikaliklar.

Davlat ta’limga katta sarmoya kiritgan. Kosta-Rika dunyoda birinchilaridan bo‘lib, 1869-yilda be’pul va majburiy ta’lim joriy qilgan. Sifatli va be’pul ta’lim kafolatlangan. Bu yoshlarning jinoyatchilikka qo‘shilishining oldini olgan. Bundan tashqari ularga siyosiy madaniyat, tinchlik muhimligi o‘rgatilgan. Natijada Kosta-Rikada demokratik qadriyatlarga ega, zo‘ravonlikni rad etuvchi jamiyat shakllangan.
Ijtimoiy dasturlar kambag‘allikni keskin qisqartirgan. Kosta-Rika sotsialistik davlat bo‘lmasa-da, bu yerda ijtimoiy tenglik juda yuqori.

Odamlar politsiya va sudlarga juda ishonadi. Chunki ushbu ikki idora muntazam jamoatchilik nazoratida ishlaydi. Qo‘shni avtoritar Nikraguada esa xalq politsiyani eng katta dushman deb biladi.

Xullas, to‘g‘ri ta’lim davlatni qanchalik taraqqiy ettirishiga Kosta-Rikadek mayda davlat katta misol. Kosta-Riki global farovonlik reytingida O‘zbekiston oldinroqda ham ekan.

@pan_diplomat
02/21/2025, 07:35
t.me/pan_diplomat/2152
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
48
17
1.4 k
Vishinskiy (SSSR bosh prokurori): O‘rtoq Fayzulla Xo‘jayev, siz Akmal Ikromov bilan hamkorlik qilganingizni aytdingiz. Sizga uning antisovet harakat qanday ma’lum bo‘lgandi?

Xo‘jayev: Men oldingi ko‘rsatmalarda aniq faktlarni aytdim. 1928-yilda Ikromov nomidan Burnashev (Xanif Burnashev Xasanovich) ismli Ikromovning yaqin yordamchisi yonimga keldi.

Vishinskiy: Sudlanuvchi Ikromov, sizning burjua-millatchi tashkilotingizda shunday yordamchingiz bormidi?

Ikromov: Burnashev millatchi tashkilotga a’zo emas edi.

Vishinskiy: Unda kim edi?

Ikromov: U partiyaviy ichki guruhda edi. U Fayzulla bilan gaplashgani borgandi.

Vishinskiy: U burjua-millatchi tashkilotingizda yordamchingizmidi?

Ikromov: Yo‘q.

Vishinskiy: Sizning antisovet harakatingizdan xabardormidi?

Ikromov: Buni bilmayman. U Ikromov partiyaviy guruhi tarkibida edi

Vishinskiy: Bu qanday guruh?

Ikromov: Bu guruh qonuniy ravishda 1927-1928 yillarda mavjud bo‘ldi. Markaziy Qo‘mitaning har bir plenumida ushbu guruh Fayzulla va uning guruhini “kaltakladi”. U (Xo‘jayev) o‘z odamlarini, ya’ni Buxoro guruhini o‘zim tarqatdim dedi. Aslida, uning Buxoro guruhini biz kaltakladik va yo‘q qildik.

Vishinskiy: Nega?

Ikromov: Bizda dualizm bor edi. Birimiz partiyaviy, ikkinchimiz esa millatchi pozitsiyada kurashdik.

1938-yil 4-mart kungi sud majlisi stenogrammasi

@pan_diplomat
02/20/2025, 16:13
t.me/pan_diplomat/2151
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
51
5
1.7 k
Trampning Zelenskiyga ketma-ket hujumlari, albatta, Ukraina uchun noxush xabar. Tramp nimaga erishmoqchi: saylovda bergan va’dasi — tinchlik kelishuvini tezroq tuzish uchun bosim qilyaptimi yoki Zelenskiy o‘rniga o‘z nomzodini qo‘ymoqchimi? Lekin ikkinchi variant ham birinchisiga xizmat qiladi, o‘z nomzodi O‘risga ko‘proq yon berib, urushni Ukraina zarariga bo‘lsa ham tugatishi kerak.

Sal oldinroq, Tramp vakillari tinchlik kelishuvlari Ukraina ishtiroki va roziligisiz o‘tkazilmasligini aytgandi. AQSH siyosatchilarining katta qismi hali ham shu fikrda. Tramp o‘z odatiga ko‘ra, piar nutqlar qilmoqda. Balkim Putinga do‘stligini ko‘rsatmoqchidir.

Yevropa esa AQSH tahdidlari fonida Ukrainani qo‘llashini yanada yaqqol ko‘rsatmoqchi. 16-sanksiyalar paketi qabul qilindi. Starmer Zelenskiyning saylov o‘tkazmaslik haqidagi qarorini qo‘lladi. Britaniya va Fransiya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yuborishga tayyorligini aytdi (va ular ham buni tinchlik sulhidan keyingi kafolat sifatida bildirdi, ya’ni ular ham urush tezroq tugashidan umidvor).

Ekspertlar oxirgi voqealar fonida Ukrainadagi urush 2025-yilda yakunlanishi mumkin demoqda. Chunki, O‘ris Ukrainaga nisbatan katta tabiiy salohiyatga ega. Moskop sanoatni urushga moslashtirdi va frontni yaxshi ta’minlayapti. Ukrainada esa bunday imkoniyat yo‘q va u to‘liq ittifoqchilar ko‘magiga tayangan. Vaqt o‘tgan sari O‘ris ustunligi ortib boryapti.

@pan_diplomat
02/20/2025, 07:51
t.me/pan_diplomat/2150
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
34
14
1.6 k
Yaxshi suhbat bo‘libdi.

Fayzulla Xo‘jayevni yoqishga uringanlari men uchun yangilik bo‘ldi. Va albatta, Bahrom akaning Buxoro va Xorazm xalq sho‘ro jumhuriyatlari Turkiston muxtoriyati kabi o‘zbek davlatchiligi ildizi ekani haqidagi fikrga qo‘shilaman. Ular sovetlarning o‘yinchoq davlati emasdi, aksincha ularga samarali qarshilik ko‘rsatgan davlatlar edi.

@pan_diplomat
02/19/2025, 15:46
t.me/pan_diplomat/2149
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
96
11
1.3 k
Men o‘zbek tilshunos-atamashunoslarini tushunmayman. Kecha hamma nashrlar Quvaytni Kuvayt deb yozdi. Sababi arab tilida, ya’ni davlatning o‘z-o‘zini nomlashi Kuvayt ekan.

Bo‘lmag‘ur nazariya. Hamma davlatni ularni o‘zini nomlashi bo‘yicha atash mumkin emas. Dunyodagi hech qaysi davlat bunday qilmaydi. Oldin ham aytganimdek, Tailandni “Ratcha-anachak Thai”, Germaniyani “Doychland”, Yaponiyani “Nippon”, Shimoliy Koreyani “Choson” deb aytganimiz yo‘q. Bunaqa fikrni kimlar ilgari surayotgan bo‘lsa ham mantiqsiz nazariya qilayotganini tushunishi kerak.

Har qanday davlat nomi o‘zbek tiliga qulay, tarixdan qo‘llanib kelinayotgan tarzda nomlanishi kerak. Arablar musulmon bo‘lgani uchun, Rossiyadan esa qo‘rquv borligi uchun ularga alohida izzat ko‘rsatib, Quvayt, Ummon va O‘rusiya deyilmasligi umuman xato, menimcha. Ular ham Uzbekistan emas, O‘zbekiston deb aytayotgani yo‘q.

Turkiya (Turkey) nomi inglizchada hayvon nomini bildirsa ham inglizlar bu nomni aslidek ishlatishimiz kerak deb bosh qotirgani yo‘q (umuman Turkiya ham aslida Turkiye, uniyam shunday atash joiz demak).

Davlat birinchi navbatda boshqalarni emas, o‘z tili va xalqini hurmat qilishi kerak.

@pan_diplomat
02/19/2025, 09:00
t.me/pan_diplomat/2148
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
27
12
1.1 k
SSSR’dan oldin ham Turkiston paxta koloniyasiga aylangan bo‘lsa-da, Rossiya imperiyasi davrida o‘zbek kapitalistlariga ancha erkinlik berilgan.

Turkiston paxta sanoatidagi asosiy o‘yinchilar mahalliy sharoitni yaxshi bilgan va Rossiya bilan keng aloqalarga ega bo‘lgan buxorolik yahudiy savdogarlar edi. Mahalliy musulmon va yahudiy kapitalistlar Turkiston paxta sanoatidagi zavodlarning 60 foizigacha egalik qilgan.

Turkistondagi paxta va bank ishlari bilan shug‘ullanuvchi chet elliklarning katta qismi ruslar emas nemislar bo‘lgan. Ular Rossiya markazidagi kabi Turkistonda ham asosiy sohalarni nazorat qilgan (sababi oldin ham aytganimizdek, Rossiya imperatorlari etnik nemislar edi).

Paxta asosan Farg‘ona vodiysiga ko‘p yetishtirilgani uchun bu soha bilan bog‘liq sanoat sobiq Qo‘qon xonligi markazida quriladi. Qo‘qonda turli xil uslubdagi (rus, nemis, yahudiy, mahalliy) hashamatli uylar bunyod etiladi. Ularning katta qismi Turkistonga bolsheviklar kelgach, 1917-yilgi Qo‘qon qirg‘ini paytida vayron bo‘lgan.

Bolsheviklar davrida shuningdek, “aql” markazlaridan nemislar haydalib, ularning o‘rnini yahudiylar egallagan. Lekin, albatta, kommunist yahudiylar. Masalan, Turkiston muxtoriyatida Moliya vaziri bo‘lgan yahudiy Solomon Hersfeld muxtoriyat qulatilgandan so‘ng otib tashlangan.

@pan_diplomat
02/14/2025, 10:09
t.me/pan_diplomat/2147
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
1
SSSR’dan oldin ham Turkiston paxta koloniyasiga aylangan bo‘lsa-da, Rossiya imperiyasi davrida o‘zbek kapitalistlariga ancha erkinlik berilgan.

Turkiston paxta sanoatidagi asosiy o‘yinchilar mahalliy sharoitni yaxshi bilgan va Rossiya bilan keng aloqalarga ega bo‘lgan buxorolik yahudiy savdogarlar edi. Mahalliy musulmon va yahudiy kapitalistlar paxta sanoatidagi zavodlarning 60 foizigacha egalik qilgan.

Turkistondagi paxta va bank ishlari bilan shug‘ullanuvchi chet elliklarning katta qismi ruslar emas nemislar bo‘lgan. Ular Rossiya markazidagi kabi Turkistonda ham asosiy sohalarni nazorat qilgan (sababi oldin ham aytganimizdek, Rossiya imperatorlari etnik nemislar edi).

Paxta asosan Farg‘ona vodiysiga ko‘p yetishtirilgani uchun bu soha bilan bog‘liq sanoat sobiq Qo‘qon xonligi markazida quriladi. Qo‘qonda turli xil uslubdagi (rus, nemis, yahudiy, mahalliy) hashamatli uylar bunyod etiladi. Ularning katta qismi Turkistonga bolsheviklar kelgach, 1917-yilgi Qo‘qon qirg‘ini paytida vayron bo‘lgan.

Bolsheviklar davrida shuningdek, “aql” markazlaridan nemislar haydalib, ularning o‘rnini yahudiylar egallagan. Lekin, albatta, kommunist yahudiylar. Masalan, Turkiston muxtoriyatida Moliya vaziri bo‘lgan yahudiy Solomon Hersfeld muxtoriyat qulatilgandan so‘ng otib tashlangan.

@pan_diplomat
02/14/2025, 10:08
t.me/pan_diplomat/2146
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
26
11
1.0 k
1906-yilda Turkiston tarixida jiddiy iqtisodiy o‘zgarishlar yili bo‘lgan. Shu yili qurilishi 1887-yilda boshlangan Toshkent-Orenburg temiryo‘li ishga tushadi. Bu yo‘l qurilishi Turkiston, jumladan O‘zbekistondan Rossiya markaziga mahsulot tashishni tezlashtiradi, chunki oldin yuklar Kaspiyorti temiryo‘li bilan tashilardi.

Masofa va vaqt qisqarishi bilan tovarlar, ayniqsa, Turkiston paxtasiga talab ortadi. Natijada 1906-1916-yillar oralig‘ida Turkistondagi paxta maydonlari hajmi oldingi 4 asrdagi hajmdan ham ko‘proqqa ortadi. Bu bilan barobar paxta fabriklari soni ham keskin oshadi.

Paxta yetishtirishni ko‘paytirish va uni ishlash ko‘lamini orttirish uchun Turkistonga kapital kiritish miqdori ortadi. Chunonchi, shu yili Qo‘qonda Savdo birjasi ochiladi. Turkistondagi banklarda kredit ajratish hajmi ortadi.

1910-yildan Qo‘qondagi Davlat banki filiali oshib borayotgan talab fonida o‘rta toifadagi paxta yetishtiruvchilarni ham qo‘llash uchun kichik kreditlar berishni ko‘paytiradi. Aynan shu omil Turkistonda paxta bilan savdo qiluvchi mahalliy boylar sinfi paydo bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.

@pan_diplomat
02/14/2025, 09:37
t.me/pan_diplomat/2145
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
39
7
1.1 k
Qit’alar geografik jihatdan bir-biridan juda farq qiladi. Afrika Yevropadan ikki baravar katta boʻlsa-da, Yevropa sohili uzunligi Afrikanikidan minglab kilometrga uzunroq. Bu imkonsizdek tuyulishi mumkin, ammo gap shundaki, Yevropa qirg‘oqlari tekis emas, u son-sanoqsiz burilishlarga ega. Oddiy misol Yunoniston qirg‘oqlari.

Bu noto‘g‘ri chiziqlar kemalar xavfsiz langar tashlovchi, ochiq dengiz to‘fonlaridan himoyalangan portlar qurish uchun ayni muddao. Yevropa qirg‘oq chizig‘i ko‘plab orollar va yarim orollarga ega bo‘lib, ular qit’a umumiy maydonining uchdan birini tashkil qiladi.

Yevropadan farqli o‘laroq, Afrika qirg‘oq chizig'i ancha tekis. Orollar va yarim orollar Afrika qit’asining atigi 2 foiz hududini tashkil etadi. Bu yerdagi portlar soni ham Yevropadagidan ancha kam. Ushbu fakt nega yevropaliklar afrikaliklarga qaraganda dengiz savdosiga katta e’tibor bergani va u bilan faol shug‘ullanganini tushuntiradi. Yevropaliklarda azaldan portlar qurish uchun geografik qulaylik bor edi va Yevropaning uyg‘onishi ham port shaharlar (Antverpen, Venetsiya, Genuya) atrofida yuz berdi.

Adam Smit bu geografik farqni XVIII asrdayoq qayd etgan va afrikaliklarning irqiy jihatdan qoloqligi haqidagi da’volarni rad etgan. Boshqa olimlar ham Afrikaning Sahroyi Kabirdan janub qismidagi jiddiy geografik noqulayliklarni ta’kidlagan. Xususan, mashhur fransuz tarixchisi Fernand Braudel shunday xulosa bergan: “Qora Afrikani tushunishda geografiya tarixdan muhimroq”.

@pan_diplomat
02/13/2025, 09:03
t.me/pan_diplomat/2144
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
64
23
1.2 k
Oxirgi paytlar o‘zbek va tojik segmentlari o‘rtasida tortishuvlar ko‘paydi. Aslida bu ancha yildan beri bor narsa. Shunchaki, ijtimoiy tarmoqlar bu qarama-qarshilik ko‘lamini kengaytiryapti.

Markaziy Osiyo respublikalari ichida aynan Tojikiston o‘zining davlat sifatida tashkil topish davriga, ya’ni, 1920-1930-yillarga muhim urg‘u beradi. Qirg‘iziston ham ancha-muncha harakat qilyapti.

Umuman ular tarixga katta e’tibor qaratadi. Masalan, Dushanbeda Kir II’ning haykali qo‘yilgan. O‘zbekistonda Buyuk Turk xoqonligining bironta hukmdorini biladigan odamning o‘zi kam, Atilla haykali haqida-ku, gapirish shartmas (Ahamoniylar tojiklarga, xuddi xunlar o‘zbeklarga qanday ajdod bo‘lsa shunday darajadagi ajdod).

1920-yillardagi tarixga munosabatni ham bir faktning o‘zi tushuntira oladi: 1924-yilda Tojikiston respublikasi tuzilishida katta rol o‘ynagan va unga rahbarlik qilgan Nusratulla Maxsum va Shirinshoh Shohtemur mamlakatning eng oliy unvoni — “Tojikiston qahramoni” mukofoti bilan taqdirlangan (2006-yilda). Shohtemurga haykal ham qo‘yilgan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qirg‘iziston yaqinda respublika tashkil etilishiga katta hissa qo‘shgan va uning birinchi rahbari (Xalq komissarlari soveti raisi) bo‘lgan Yusuf Abdurahmonovga “Qirg‘iziston xalq botiri/qahramoni” unvonini berdi.

O‘zbekistonda esa na Fayzulla Xo‘jayevga, na Yo‘ldosh Oxunboboyevga haykal qo‘yilgan yoki milliy unvon berilgan. Ba’zilar, ‘‘bular xoin bo‘lgan, bolsheviklarga sotilgan” deyishi mumkin. Yuqoridagi ikki davlat vakillari ham Kommunistik partiya a’zosi bo‘lgan va hatto Qizil armiya safida istiqlolchilarga qarshi jang ham qilgan. Lekin ularning respublika oldidagi ijobiy xizmatlari salbiysidan ko‘proq va ular davr bilan hisoblashgan holda millati uchun foydali qarorlarni qabul qilgan.

Qozog‘iston va Turkmaniston ham bizdek. Biroq Qozog‘istonda davlat e’tibor bermasa ham faollar Alixan Bukeyxanov kabi liderlarni ancha mashhur qilgan. Turkmaniston diktatorlari esa Qayg‘usiz Otaboyev nomiga ko‘chalarni nomlagan xolos.

Bizning tarixni o‘zimiz hurmat qilmasak, boshqalar ham tabiiyki, hurmat qilmaydi. Karimov davrida o‘zbek millati ildizini zo‘r berib saklar va massagetlarga bog‘lashga urinildi. Atilla, Chingizxon, Shayboniyxon dushman sifatida o‘rgatildi. Xun-turkiy ildiz deyarli rad etildi. Hozir turkiylik yaxshi tarqalyapti. Bizning milliy tariximizning o‘zi hozir arosatda. Boshqalar bilan bu borada tortishganda bu kemtik, shubhasiz, bilinib qoladi.

Va, albatta, kim tarixiyroq deb tortishish, to‘g‘ri ish emas.

@pan_diplomat
02/11/2025, 16:14
t.me/pan_diplomat/2143
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
32
10
1.1 k
Davlat o‘zi nima, u qanday paydo bo‘lgan?

“Insonlar tabiat tomonidan ularga berilgan tabiiy huquqlarni buzmasdan bir-biri bilan tinch-totuv yashay olmaydi. Har bir inson yashash va erkin bo‘lish huquqiga ega, biroq bu boshqa insonning tabiiy huquqlariga daxl qilmasligi lozim, zero tabiiy huquqlar o‘zbilarmonlikni, xohlagan narsa qilish mumkinligini anglatmaydi.

Majburlashning uyushgan elementi bo‘lmasa, odamlar o‘zlarining tabiiy huquqlarini o‘z qo‘llari bilan boshqa odamlardan himoya qilishga majbur bo‘ladi. Barcha insonlarning huquqlarini yanada samarali himoyalash uchun odamlar birlashgan va o‘zaro ijtimoiy shartnoma tuzgan.

Ushbu shartnoma ularni himoya qilish uchun qonunlar ishlab chiquvchi va bu qonunlar bajarilishini kuzatib boruvchi davlat barpo etish orqali insonlarning tabiiy huquqlarini ta’minlashni nazarda tutadi.

Qonunlarning maqsadi — erkinlikni yo‘q qilish yoki cheklash emas, balki uni saqlash va kengaytirishdir”.

“Liberalizm otasi” Jon Lokk.

@pan_diplomat
02/11/2025, 08:28
t.me/pan_diplomat/2142
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
43
1
1.2 k
Youtube sahifamiz obunachilari soni Telegramdagidan oshibdi (skrinshot chiroyli raqamligi uchun sal oldinroq olingan, mason dermidi).

Youtube’ni yuritish davomida o‘zbeklar yaqin tarixga katta qiziqish bildirishini yana bir bor tasdiqlab oldim. Menimcha buning sababi O‘zbekistonda shu davr eng kam o‘rgatiluvchi davrlardan biriligi. Albatta, yaqin tarix hali xotiralarda borligi ham muhim faktor.

Agar hali YouTube'da obuna bo‘lmagan bo‘lsangiz, bu xatoni to‘g‘rilang — www.youtube.com/@pan_diplomat
02/10/2025, 07:41
t.me/pan_diplomat/2141
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
1
Youtube sahifamiz obunachilari soni Telegramdagidan oshibdi.

Youtube’ni yuritish davomida o‘zbeklar yaqin tarixga katta qiziqish bildirishini yana bir bor tasdiqlab oldim. Menimcha buning sababi O‘zbekistonda shu davr eng kam o‘rgatiluvchi davrlardan biriligi. Albatta, yaqin tarix hali xotiralarda borligi ham muhim faktor.

Agar hali YouTube'da obuna bo‘lmagan bo‘lsangiz, bu xatoni to‘g‘rilang.

@pan_diplomat
02/10/2025, 07:36
t.me/pan_diplomat/2140
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
64
6
1.2 k
Tramp AQSH tashqi siyosatiga foyda keltirishi ham mumkin. Telbalik ham ba’zida ayni muddao bo‘ladi. Masalan, u Venesuela diktatoriga jiddiy zarbalar berishi mumkin, chunki Tramp tipik diplomat emas. U diplomatiyadan chekinib, Putin kabi masalalarni “ko‘cha uslubi”da hal qila oladi. Va bu raqiblarni cho‘chitadi.

“E yaxshi qiladi shu, hamma bilan o‘zini tilida gaplashish kerak”, degan fikr ham bor.

Kolumbiya, Kanada, Meksika misolida buni ko‘rdik. Ular darhol AQSHga yon berdi. Bayden bunday qilmasdi.

Lekin Trampning bir o‘zi AQSH siyosatini olib bormaydi. Albatta, ko‘p narsa uning texnokratlariga bog‘liq. Hozir, katta ehtimol bilan undan piar yurishlar kutayotgan saylovchilar xohishi qondirilyapti. Doim ham telba-teskari siyosat olib borish mumkin emas.

Va AQSHni Gitler, Putin, Stalin kabi telba, jizzaki rahbarlar emas, Vashington, ikki Ruzvelt, Linkoln, Vudro Vilson kabi aqlli prezidentlar buyuk qildi.

@pan_diplomat
02/09/2025, 10:31
t.me/pan_diplomat/2139
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
34
8
898
Buxoro shahri registoni. Ark peshtoqidan olingan rasm. 1917-1920-yil

Hozir rasmdagi binolardan faqat to‘g‘ridagi ayvonli Bolo Hovuzgina qolgan. Sovetlar shaharlarimiz qiyofasini qanchalik o‘zgartirganiga yaxshi misol.

@pan_diplomat
02/07/2025, 09:15
t.me/pan_diplomat/2138
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
34
9
1.1 k
Ko‘tarinki ruhdagi xabarlardan keyin nega Malayziya O‘zbekistonga bunchalik ehtirom ko‘rsatayotganini bilish uchun mamlakat siyosiy sahnasi bilan qiziqdim.

2018-yildan beri Malayziyada siyosiy beqarorlik kuzatilmoqda. 2018-2022-yillar oralig‘ida 4 bosh vazir almashgan. Asosiy sabab milliy kurashlar. Malayziyada tubjoy aholi — bumiputradan tashqari, xitoyliklar va hindlar ham salmoqli ulushga ega. Xususan, 32 mln aholining 7 mlnga yaqini xitoylik, 2 mln esa hind. Bumiputra ham turli guruhlarga bo‘linadi.

Ularning milliy ziddiyatini diniy qarashlar ham alangaladi. Bumiputralarning katta qismi musulmon va ular Malayziya islom asoslariga qurilishi kerak deb hisoblaydi. Lekin iqtisodda mustahkam o‘rnashgan xitoyliklar va hindlar ham buddaviylik va hindiuylik tazyiqqa uchrashini qabul qilmaydi. Malayziya bosh vazirlari mana shu konfessiyalarni murosaga keltirolmay istefo beradi.

O‘zi din mavzusi — eng og‘ir mavzu. Nima ish qilmang qaysidir diniy guruh bu ishda boshqa diniy guruhga yon bosishni ko‘radi.

Hozirgi bosh vazir Anvar Ibrohim ham murakkab siyosiy holatda. O‘tgan yili u parlamentdagi mutlaq ko‘pchilik o‘rindan ajraldi, ya’ni koalitsiya bo‘lindi. Uning islom ana’nalaridan chekinishda ayblashdi. Shu bilan barobar hindlar bayramida bir hind bola musulmonllikka o‘tganini e’lon qilgani uchun radikallik musulmonlikda ham ayblangan.

U Malayziya islom demokratiyasining yorqin namunasiga aylanayotganini ta’kidlab kelmoqda. Bosh vazir radikal malayya, hind va xitoy diasporasi tomonidan doimo bosimda ushlanadi. Mamlakatni eng ko‘p (24 yil) boshqargan Mahathir Muhammad ham hech qaysi saylovda 65 foizdan ko‘p ovoz olmagan. Ya’ni, saylovchilar shu paytgacha hech kimni mutlaq qo‘llamagan.

Bu davlat O‘zbekiston bilan aloqalarni qo‘llashining asosiy sababi — Malayziya eksportining katta qismini tashkil qiluvchi palma yog‘i bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston katta bozor va bu bozor palma yog‘iga to‘yinmagan (menimcha asosiy yog‘ paxta va pista). Istiqbolli yo‘nalish. Aynan tashrif arafasida O‘zbekistonda palma yog‘ini sinovdan o‘tkazish majburiy bo‘lishi ham belgilandi. Baki tasodifdir. Albatta, O‘zbekiston ham bu aloqalardan nimalarnidir ko‘zlagan.

@pan_diplomat
02/06/2025, 08:33
t.me/pan_diplomat/2137
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
49
29
1.4 k
1927-yilgi O‘zbekiston xaritasi.

Qiziq bo‘linishlar. Poytaxt — Samarqand.
Navoiy o‘rniga Zarafshon viloyati, Konimex viloyati, Jizzax va Sirdaryo yo‘q, Qarshi shahrining nomi Behbudiy, Surxondaryoning markazi Termiz emas, Sherobod. Xo‘jand O‘zbekiston viloyati. Tojikiston ham O‘zbekiston tarkibida.

Chegaralari hozirgacha deyarli o‘zgarmagan 3 viloyat — Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm.

@pan_diplomat
02/05/2025, 12:52
t.me/pan_diplomat/2136
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
70
7
1.2 k
Lekin ustoz ‘Otangni o‘ldirganga onangni ber’ maqoli SSSR, Rossiya va Putin dodasini sevadiganlar uchun aytilgan deb, ajoyib o‘xshatish qilibdi.

@pan_diplomat
02/04/2025, 13:36
t.me/pan_diplomat/2135
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
35
38
1.4 k
Juda yaxshi suhbat bo‘libdi. Qahramon aka ancha dadil gapiribdi, ayniqsa, Rossiya haqida.

@pan_diplomat
02/04/2025, 13:12
t.me/pan_diplomat/2134
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
1
Juda yaxshi suhbat bo‘libdi
02/04/2025, 13:10
t.me/pan_diplomat/2133
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
30
10
1.2 k
Sobiq sovet respublikalaridagi ayol-erkak ulushi

1000 erkakka eng ko‘p ayol slavyanlar (Belorus, Ukraina, Rossiya) va Moldovada to‘g‘ri kelgan.

Ayollar erkaklardan kam ikki mamlakat — O‘zbekiston va Tojikiston. Ya’ni, Rossiyaga eng migrant jo‘natuvchi respublikalar.

Yaqinda, qiz bolalar tug‘ilishi kamayyotgani borasida xabar ham chiqqandi. 2000-yildan beri O‘zbekistonda har yili o‘g‘il bola ko‘p tug‘ilayotgan ekan. Demak eng katta tavofut yoshlar-o‘smirlar (1-25 yosh oralig‘i) orasida — bu qatlamda qizlar ancha kam. Va, aynan shu davr insonning eng faol yosh davri. Shuning uchun bu masalaga jiddiy yondashish kerak.

@pan_diplomat
02/03/2025, 13:02
t.me/pan_diplomat/2132
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
120
10
1.1 k
Kolumbiya prezidenti gapida turibdi. AQSH'dan deport qilinadigan kolumbiyalik migrantlarni olib kelish uchun samolyot yuborib, ularni kishansiz vatanga qaytaribdi.

Petro Gustav bir gap aytibdi — ‘‘Migrant jinoyatchi emas, ular shunchaki ishlash va rivojlanishni xohlaydigan odamlar. Ular o‘z vataniga qaytdi, ularni bu yerda sevadilar’’. Qoyil, ‘‘migrantlar — dangasalar, ularda or yo‘q’’ demabdi.

@pan_diplomat
01/30/2025, 08:38
t.me/pan_diplomat/2131
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
1
Yuksak ma‘naviyat — yengilmas kuch!
01/30/2025, 07:44
t.me/pan_diplomat/2130
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
35
32
1.4 k
10 yil davomida suratga olingan “Uy” hujjatli filmi insoniyat tarixidagi eng yaxshi hujjatli filmlardan biri.

Unda kechagi postga yorqin misol bor: AQSHda paxta sanoatida mashinalar ishlaydi va davlat paxta yetishtiruvchilarni dotatsiyalaydi. Burkina-Faso va Qozog‘istonda (film chiqqan vaqtda O‘zbekiston ham shu qatorda edi) esa paxta yetishtirish deyarli qo‘lda, qattiq mehnat orqali amalga oshiriladi. Va bozorda ularning narxi deyarli bir xil (o‘zbek paxtasi ham arzon sotilgan) sotiladi. Kapital va mehnatga sarmoya kiritishning ikki xil mevasi.

Filmda yana bir qiziq paradoks bor. Malayziya va Indoneziyda yashovchi insonlar bu yerdagi o‘rmonlarni ayovsiz yo‘q qilmoqda. Film mualliflari ishchilardan nega o‘zlari o‘tirgan shoxni kesayotganlarini so‘raganda ishchi ularni uyiga taklif qilgan.

Ishchining uyi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangandi. “Siz, rivojlangan davlat odamlari foydalanayotgan imkoniyatlardan (kir yuvish mashinasi, TV, changyutgich, konditsioner va hokazo) nega biz ham foydalanishga haqqimiz yo‘q. Ha, biz o‘rmonlarni chopyapmiz, lekin bu biz ham siz kabi yaxshi yashashimizga imkon beradigan bizdagi yagona bor narsa. Nega biz sayyora yashilligini saqlash uchun qulaylikdan voz kechishimiz kerak, nega siz emas?”, degan indoneziyalik ishchi (inglizchasida text yaxshi tushuntirilgan).

Filmning o‘zbekchasi bor ekan-ku, ammo ancha matnlarni qirqishibdi. Inglizcha yoki ruschasini ko‘rgan maqulroq.

@pan_diplomat
01/29/2025, 12:03
t.me/pan_diplomat/2129
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
44
13
1.2 k
Xitoy XIV asrgacha dunyoning eng rivojlangan davlati edi. Oddiy misol, yevropaliklar poroxni ham aynan xitoyliklardan o‘zlashtirgan. Ilk qog‘oz pullar ham Xitoyda bosilgan.

Arrigining “Adam Smit Pekinda” kitobida, nega Xitoy XVI-XVII asrdan texnologik yetakchilik va rivojlanishda Yevropadan ortda qolganining yana bir sababini tushuntiradi.

Olim ta’kidlashicha, resusrlar zaxirasi ikki xil rivojlanish tafovutini yuzaga keltirgan. Yevropa manafakturalari Amerika qit’asida katta miqdorda xomashyo va mahsulotlar qabul qilgan. Xitoy markazi esa hududlardan bunday katta ko‘lamdagi resusrlarni olmagan.

Angliyada sanoat inqilobi boshlanishida, shubhasiz, mamlakatdagi arzon tabiiy boyliklar ham rol o‘ynagan. Ammo Amerika xomashyosiz Yevropa texnologiya va kapitali ekin maydonlari, energiya, mehnatni tejash uchun harakat qilmasdi. Ya’ni, ular resurs ko‘pligi sabab, yerga e’tiborni kamaytirib, texnologiyalarga e’tiborni kuchaytirdi va xomashyoga ishlov berishga ketadigan mehnatni kamaytirishga urindi.

Sharqiy Osiyo esa bu davrda resusrlar tanqisligi sabab, ularni tejashga majbur bo‘ldi hamda ulardan unumli foydalanish uchun qattiq mehnatga e’tibor qaratdi.

Oddiy qilib aytganda, Yevropa Shimoliy va Janubiy Amerikadek xomashyoga boy mustamlakalarga ega bo‘ldi. Xitoyda esa bunday mustamlakalar yo‘q edi. Yevropa Kapital hisobiga rivojlandi, Xitoy esa Mehnatga ko‘z tikdi.

Buni yanada aniqroq tushunish uchun insonlarni (ularning mehnatini) kolxoz, savxozlar orqali ekpluatatsiya qilgan SSSR va kapitalga asosiy e’tibor qaratgan AQSHni misol qilish mumkin.

O‘zbekiston borasida ham bu formula ishlaydi. Xonliklarda dehqonlar ayovsiz ishlatilagan, birlamchi resurs – suvning o‘zi ham kamyob bo‘lgan va bunday sharoitda undan unumli foydalanish uchun katta mehnat talab qilingan. Suv kabi boshqa xomashyolar ham to‘kin bo‘lmagan va ulardan maksimal foydalanishga harakat qilingan.

Umuman, bugungi kunda ham har qanday ziddiyatlar resusrlar ustiga quriladi. Davlatlarning asosiy vazifalaridan biri ham resusrlarni to‘g‘ri taqsimlash.

@pan_diplomat
01/28/2025, 13:33
t.me/pan_diplomat/2128
PA
Diplomat (Sobirov)
4 692 subscribers
69
11
1.2 k
Kecha AQSH va Kolumbiya savdo urushi boshlanishiga bir bahya qoldi. Ikki populist – Tramp va Gustavo Petro bir-biri bilan ijtimoiy tarmoqlarda dahanaki jang qildi.

Xullas, Petro ichida kolumbiyalik noqonuniy muhojirlar bo‘lgan AQSH harbiy-havo kuchlari samolyotlarini qabul qilishdan bosh tortdi, Tramp bunga javoban Kolumbiyadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy qilishini, Kolumbiya hukumati a’zolariga sanksiya kiritishini aytdi, Kolumbiya ham xuddi shunday javob bilan tahdid qildi.

Keyin “dakan”larning yonidagilar chiqish qilib, hech nima bo‘lmasligi, tomonlar o‘zaro murosaga erishganini ma’lum qildi.

Bu yerda e’tiborli jihati, Kolumbiya rahbariyati uning fuqarolari jinoyatchilardek qo‘llari bog‘langan, harbiy uchoqlarda tashilganidan norozi bo‘lgan. Petro kolumbiyalik muhojirlarni olib kelish uchun prezident samolyoti yuborilishini aytdi. Ancha yaxshi piar qadam.

Endi shu paytda devorga qaratib, ikki safga tizilgan o‘zbekistonliklar videosi, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya deport zonalarida mahkumdek saqlanishi, ba’zida kaltaklanishi ajoyib ko‘rinadi. Boshqalar hurmat qilishi uchun, davlatlar avvalo o‘zlarini o‘zlari hurmat qilishi lozim. Hech bo‘lmasa shunday publisistik tarzda.

@pan_diplomat
01/27/2025, 12:36
t.me/pan_diplomat/2127
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria