Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.91%
ER (week)
13.09%
ERR (week)

🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:

⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;

✍️Savollaringizga javob olasiz;

🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 542 results
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
11
15
1.5 k
04/27/2025, 15:52
t.me/mehnathuquqi/9642
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
7
1.7 k
#savolimbor Assalomu alaykum, xodim avvalgi ish yillarida qolib ketgan ta'tillarini olsa bo'ladimi?

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi

Batafsil:https://t.me/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/27/2025, 15:41
t.me/mehnathuquqi/9641
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
106
11
3.2 k
Yaxshi dam, mehnatga hamdam deganlaridek "Mehnatchi"lar Toshkent dengizidamiz.

Tuyaboʻgʻiz suv ombori (Toshkent dengizi) – Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanidagi gidrotexnika inshooti, Ohangaron daryosining oʻrta oqimida 1962-yili qurilgan. Daryodagi ikkita suv omboridan biri (ikkinchisi Ohangaron suv ombori).

Suv yuzasi maydoni 20 km². Oʻrtacha chuqurligi – 12,5 m. Umumiy hajmi 250 mln.m³, foydali hajmi 224 mln. m³ ni tashkil qiladi.
04/27/2025, 09:51
t.me/mehnathuquqi/9640
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
9
11
3.3 k
#savolimbor Ассалому алейкум очилганига 2 йил булган хусусий клиникани аттестация дан утказиш тартиби кандай. Иш уринларини аттестациядан утказишила кери деб айтилвоти шунга кандайдир карор курсатмалар борми

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤

⚠️ Xodimni attestatsiyadan o’tkazish va ish o’rinlarini attestatsiyasidan o’tkazish tushunchalarini chalg’itib yubormanglar!

❗️MK 361-moddasiga ko’ra, quyidagilar mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasidan o‘tkaziladi:

qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlarga mehnat sharoitlariga ko‘ra imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari;

nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlari;

imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan ish o‘rinlari;

xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish o‘rinlari.

Qonunchilikda, shuningdek jamoa kelishuvlarida va jamoa shartnomasida mehnat sharoitlariga ko‘ra boshqa ish o‘rinlarini ham attestatsiyadan o‘tkazish nazarda tutilishi mumkin.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qaroriga 1-ilova “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (https://lex.uz/docs/-2463973), mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Nizomning 8-9-bandlariga ko’ra, attestatsiyani o‘tkazish davriyligini korxonaning o‘zi belgilaydi, biroq u har 5️⃣yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Attestatsiyaning o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan mas’uliyat korxona rahbariga yuklanadi.

Attestatsiya materiallari qat’iy hisobot beriladigan materiallar hisoblanadi va 50 yil saqlanadi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/27/2025, 06:04
t.me/mehnathuquqi/9639
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
7
8
3.6 k
#savolimbor
Ассалому алайкум. Касаллиги туфайли вақтинча ишдан четлатилган ходимни бошқа ходим устидан билдирги ёзиши мумкинми ва бу билдирги асосида ходимга нисбатан чора кўрилиши тўғрими?

Javob
Har qanday xodim, xoh u kasalligi tufayli ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa ham, boshqa xodim ustidan bildirgi yozishi (xabar berishi) biror bir hujjatda ta’qiqlab qo‘yilmagan. Bu konstitutsiyaviy huquqlar bilan bog‘liq munosabat sanaladi.

Davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillari murojaat qilish huquqi Konstitutsiyaning 40-moddasida belgilangan. Shu bilan birga 33-moddaga asosan, har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Bu bildirgi asosida xodimga nisbatan chora ko‘rish esa ish beruvchiga bog‘liq masala. Mehnat kodeksining 24-moddasida ish beruvchi xodimlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Advokatlik xizmati, hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/26/2025, 15:38
t.me/mehnathuquqi/9637
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
15
5
3.5 k
#lekinbufakt Bugun 26-aprel Toshkent zilzilasiga 59 yil (1966-yilning 26-aprelida tonggi soat 5 dan 23 daqiqa oʻtganda yuz bergan), Chernobil halokatiga esa 39 yil (1986-yil Pripyat shahri yaqinida joylashgan Chernobil AESning 4-reaktori portladi) to'ldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.04.1992-yildagi 170-son qaroriga koʻra (https://lex.uz/docs/399485),  Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogironligi boʻlgan shaxslarga har yili bir marta, ular xohlagan vaqtlarda mehnat taʼtilidan foydalanish, shuningdek, ish haqi saqlangan holda 1️⃣4️⃣ kalendar kundan iborat har yilgi qoʻshimcha taʼtil beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2002-yildagi PF-3079-son “Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra (https://lex.uz/docs/152415), yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslar yillik taʼtildan oʻzlari uchun qulay vaqtda foydalanish, shuningdek har yili ish haqi saqlangan holda kamida 1️⃣2️⃣ ish kuni davomidagi qoʻshimcha taʼtil olish  huquqiga ega.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/26/2025, 13:16
t.me/mehnathuquqi/9636
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
3
3.7 k
04/26/2025, 09:36
t.me/mehnathuquqi/9630
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
3
3.8 k
04/26/2025, 09:36
t.me/mehnathuquqi/9632
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
4
3.8 k
04/26/2025, 09:36
t.me/mehnathuquqi/9631
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
3
4.1 k
04/26/2025, 09:36
t.me/mehnathuquqi/9634
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
19
3
3.4 k
#adliya_xabari

🔷Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🔷Toshkent shahar adliya boshqarmasida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔷Kuni kecha boshqarmada Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari ishtirokida “Mehnat huquqiy munosabatlarida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

🔷Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

🔷Seminar erkin savol-javob tarzida o'tib, mehnat huquqiy munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
04/26/2025, 09:36
t.me/mehnathuquqi/9629
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
4
4.0 k
04/26/2025, 09:36
t.me/mehnathuquqi/9635
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
3
4.1 k
04/26/2025, 09:36
t.me/mehnathuquqi/9633
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
11
50
4.3 k
Меҳнат таътилида бўлиб турган ходим интизомий жавобгарликка тортилиши мумкинми?

◽️Ушбу саволга эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов жавоб берди.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Batafsil:https://t.me/mehnathuquqi/9329
04/26/2025, 06:07
t.me/mehnathuquqi/9628
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
44
4
3.8 k
G‘alaba bizni quvontiradi, mag‘lubiyat esa bizni o‘stiradi. Har bir mag‘lubiyat – bu g‘alabaga olib boruvchi kalitdir.
04/25/2025, 21:22
t.me/mehnathuquqi/9626
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
41
17
4.3 k
📌 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi bahorgi mavsumning uchinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
04/25/2025, 18:22
t.me/mehnathuquqi/9625
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
25
4.4 k
#savolimbor
Асслому алейкум! Ходим балнични даврида келиб 157 га асосан ишдан бўшаса бўладими. Балничниси хали ёпилмаган лекин. Жавоб учун рахмат.

Javob
Mehnat kodeksining 163-moddasida mehnat shartnomasini xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra (161-modda) bekor qilish taqiqlanadi.

Mehnat shartnomasni bekor qilishning boshqa asoslari (155-modda), xususan, Mehnat kodeksining 157-moddasida (mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish) bunday ta’qiq nazarda tutilmagan.

Demak mehnat shartnomasini taraflar ya’ni xodim va ish beruvchi o‘zaro kelishuvga erishsa, kodeksning 157-moddasi asosida shartnomani bekor qila oladilar. Shu o‘rinda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi bilan bog‘liq masalada esa biroz o‘zgacha tartib belgilangan.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda aks etgan.

Nizomning 9-bandiga asosan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnat layoqati yo‘qolgan birinchi kundan boshlab u tiklangunga qadar yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda (xususan, 157-modda) ham beriladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida) 

🛒 Advokatlik xizmati, hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/25/2025, 17:44
t.me/mehnathuquqi/9624
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
9
38
4.5 k
#savolimbor Ассалому алайкум, ходимнинг ташкилотдаги умумий иш стажи 6 йил. Лекин шундан 3 йили болани парваришлаш таътили даврига тўғри келади. Бу ходимга МК 220-моддасига кўра 2 кун қўшимча таътил берсак бўладими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❌ MK 405-moddasi 6-qismiga ko‘ra, kelgusidagi yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash ta’tillari vaqti kiritilmaydi.

MK 216-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:

asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.

Ya’ni MK 220-moddasida nazarda tutilgan bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham yillik mehnat ta’tilining bir turi hisoblanadi!

✅ Demak, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash ta’tillari vaqti bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kirmaydi.

❌Ya’ni savoldagi xodimga agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, garchi xodim 6 yil stajga ega bo‘lsada, bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun 2 kun qo‘shimcha ta’til berilmaydi.

⚠️ MK 405-moddasi 5-qismiga chalg'imanglar! Ya'ni bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan 6 yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi. "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonun 37-modda 1-qismining “j” kichik bandiga ko'ra, bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ya'ni sodda qilib aytganda, 6 yil staj pensiyaga chiqilyotganda ish stajiga qo‘shiladi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/8470


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/25/2025, 10:01
t.me/mehnathuquqi/9623
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
6
28
4.0 k
#namuna

Ogohlаntirish xаti (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi)
📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ogohlаntirish xаti namunalari
Qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/5CAJGDqmYPk?si=_n6ree-KX60Az5MG)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Advokatlik xizmati, hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/25/2025, 09:05
t.me/mehnathuquqi/9622
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
12
6
4.2 k
🧾 Tinglovchilarga taqdim etiladi:

🎞 Taqdimot slaydlari
❓ Nazorat savollari va testlar
📜 Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikat!

📩 Joylar soni cheklangan – hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

minjusttraining.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/25/2025, 07:26
t.me/mehnathuquqi/9621
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
11
14
4.3 k
04/25/2025, 06:38
t.me/mehnathuquqi/9620
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
4
4.4 k
Umra, Hajga ketayotgan xodimlar har yilgi mehnat ta'tilini olsa bo'ladimi❓

#savolimbor Assalomu alaykum. Men umumta'lim maktabida o'qituvchi bo'lib ishlayman. May oyida haj safariga ketayotganligim sababli iyun iyul oyarida beriladigan mehnat ta'tilimni may oyiga ko'chirib olsam bo'ladimi.

Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/25/2025, 06:37
t.me/mehnathuquqi/9619
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
17
11
4.1 k
#savolimbor Assalomu alaykum, davlat maktabgacha ta’lim muassasasi davlat dasturi asosida remontga yopilsa xodimning o‘rtacha ish haqimi yoki maoshining kamida uchdan ikki qismi saqlanadimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 266-moddasiga ko’ra, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga ko‘ra ishni vaqtincha to‘xtatib turish) xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

Ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.

Endi shu o’rinda savol tug’iladi? Remont ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqtga kiradimi yoki ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablargami?

Remont aynan qaysi sabablarga ko’ra amalga oshirilishiga ham ahamiyat berish kerak deb hisoblaymiz. Masalan, maktablarda remont asosan yozgi ta’til vaqtida amalga oshiriladi. Agar ish beruvchi aybi bilan remont yozgi ta'tilda o’z vaqtida amalga oshirilmadi va buning natijasida xodim bo’sh turib qoldi, bu ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt hisoblanadi.

Yong’in, suv toshqini, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar oqibatida tashkilot remontga tushsa, bu ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt hisoblanadi.

Agar remont davlat dasturi asosida amalga oshirilsa, bu bizning fikrimizcha, ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt deb hisoblaymiz hamda bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanishi kerak deb hisoblaymiz. Bu bizning shaxsiy fikrimiz hamda hech qanday yuridik kuchga ega emas.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov


💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/24/2025, 19:03
t.me/mehnathuquqi/9617
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
17
93
3.5 k
Mehnat kodeksining barcha 581 ta moddasini bepul o'rganing!
1) Mehnat kodeksining 1-33-moddalari tahlili
2) Mehnat kodeksining 34-47-moddalari tahlili
3) Mehnat kodeksining 48-59-moddalari tahlili
4) Mehnat kodeksining 60-79-moddalari tahlili
5) Mehnat kodeksining 80-93-moddalari tahlili
6) Mehnat kodeksining 94-102-moddalari tahlili
7) Mehnat kodeksining 103-112-moddalari tahlili
8) Mehnat kodeksining 113-117-moddalari tahlili
9) Mehnat kodeksining 118-128-moddalari tahlili
10) Mehnat kodeksining 129-132-moddalari tahlili
11) Mehnat kodeksining 133-144-moddalari tahlili
12) Mehnat kodeksining 145-150-moddalari tahlili
13) Mehnat kodeksining 151-154-moddalari tahlili
14) Mehnat kodeksining 155-160-moddalari tahlili
15) Mehnat kodeksining 161-167-moddalari tahlili
16) Mehnat kodeksining 168-170-moddalari tahlili
17) Mehnat kodeksining 171-174-moddalari tahlili
18) Mehnat kodeksining 175-180-moddalari tahlili
19) Mehnat kodeksining 181-190-moddalari tahlili
20) Mehnat kodeksining 191-200-moddalari tahlili
21) Mehnat kodeksining 201-212-moddalari tahlili
22) Mehnat kodeksining 213-223-moddalari tahlili
23) Mehnat kodeksining 224-235-moddalari tahlili
24) Mehnat kodeksining 236-242-moddalari tahlili
25) Mehnat kodeksining 243-249-moddalari tahlili
26) Mehnat kodeksining 250-257-moddalari tahlili
27) Mehnat kodeksining 258-268-moddalari tahlili
28) Mehnat kodeksining 269-278-moddalari tahlili
29) Mehnat kodeksining 279-284-moddalari tahlili
30) Mehnat kodeksining 285-294-moddalari tahlili
31) Mehnat kodeksining 295-301-moddalari tahlili
32) Mehnat kodeksining 302-311-moddalari tahlili
33) Mehnat kodeksining 312-315-moddalari tahlili
34) Mehnat kodeksining 316-324-moddalari tahlili
35) Mehnat kodeksining 325-330-moddalari tahlili
36) Mehnat kodeksining 331-336-moddalari tahlili
37) Mehnat kodeksining 337-343-moddalari tahlili
38) Mehnat kodeksining 344-350-moddalari tahlili
39) Mehnat kodeksining 351-359-moddalari tahlili
40) Mehnat kodeksining 360-366-moddalari tahlili
41) Mehnat kodeksining 367-372-moddalari tahlili
42) Mehnat kodeksining 373-382-moddalari tahlili
43) Mehnat kodeksining 383-387-moddalari tahlili
44) Mehnat kodeksining 388-391-moddalari tahlili
45) Mehnat kodeksining 392-399-moddalari tahlili
46) Mehnat kodeksining 400-405-moddalari tahlili
47) Mehnat kodeksining 406-410-moddalari tahlili
48) Mehnat kodeksining 411-416-moddalari tahlili
49) Mehnat kodeksining 417-422-moddalari tahlili
50) Mehnat kodeksining 423-431-moddalari tahlili
51) Mehnat kodeksining 432-436-moddalari tahlili
52) Mehnat kodeksining 437-442-moddalari tahlili
53) Mehnat kodeksining 443-449-moddalari tahlili
54) Mehnat kodeksining 450-455-moddalari tahlili
55) Mehnat kodeksining 456-459-moddalari tahlili
56) Mehnat kodeksining 460-464-moddalari tahlili
57) Mehnat kodeksining 465-472-moddalari tahlili
58) Mehnat kodeksining 473-484-moddalari tahlili
59) Mehnat kodeksining 485-490-moddalari tahlili
60) Mehnat kodeksining 491-494-moddalari tahlili
61) Mehnat kodeksining 495-499-moddalari tahlili
62) Mehnat kodeksining 500-moddasi tahlili
63) Mehnat kodeksining 501-moddasi tahlili
64) Mehnat kodeksining 502-moddasi tahlili
65) Mehnat kodeksining 503-moddasi tahlili
66) Mehnat kodeksining 504-506-moddalari tahlili
67) Mehnat kodeksining 507-513-moddalari tahlili
68) Mehnat kodeksining 514-520-moddalari tahlili
69) Mehnat kodeksining 521-526-moddalari tahlili
70) Mehnat kodeksining 527-529-moddalari tahlili
71) Mehnat kodeksining 530-533-moddalari tahlili
72) Mehnat kodeksining 534-538-moddalari tahlili
73) Mehnat kodeksining 539-540-moddalari tahlili
74) Mehnat kodeksining 541-542-moddalari tahlili
75) Mehnat kodeksining 543-546-moddalari tahlili
76) Mehnat kodeksining 547-551-moddalari tahlili
77) Mehnat kodeksining 552-557-moddalari tahlili
78) Mehnat kodeksining 558-565-moddalari tahlili
79) Mehnat kodeksining 566-569-moddalari tahlili
80) Mehnat kodeksining 570-574-moddalari tahlili
81) Mehnat kodeksining 575-581-moddalari tahlili
Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (Phd) Miryoqub Raximov
04/24/2025, 17:00
t.me/mehnathuquqi/9616
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
10
12
4.1 k
#savolimbor Assalomu aleykum ustoz yaxshimisiz? ustoz 385-moddadagi qoida magistrlarga ham qo'llaniladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

MK 385-moddasiga ko’ra, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari beriladi.

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 11-moddasiga ko’ra, oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.

⚠️ Demak, e’tibor bering, MK 385-moddasida “oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlari” deyilgan. Ya’ni aynan bakalavriat va magistratura bosqichi nazarda tutilmagan.

⚠️ Diqqat! MK 385-moddasidagi o’quv ta’tillari bilan bog’liq kafolatlar kechki yoki sirtqi ta’lim shakllariga tatbiq qilinadi.

⚠️ Demak, agar xodim magistratura bosqichining kechki yoki sirtqi shaklida ta’lim olsa, unga ham MK 385-moddasidagi o’quv ta’tillari tatbiq qilinadi.

❓ Diqqat! Xodim bakalavr darajasi borku, endi unga MK 386-moddasi bo’yicha magistrga kirsa kafolat berilmaydimi degan savol ham tug’ilishi mumkin. Bu haqida batafsil bu yerda tushuntirganmiz👉 https://t.me/mehnathuquqi/8531

Xorijda xususiy OTMda sirtqida o'qiydigan xodimlarga ham ish beruvchi ta'til va yo'l kira berishi shartmi? https://t.me/mehnathuquqi/8986
https://t.me/mehnathuquqi/8902

MK 386-moddasi bo’yicha kelishuv va buyruqdan namuna https://t.me/mehnathuquqi/8864

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/24/2025, 13:53
t.me/mehnathuquqi/9615
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
7
10
4.2 k
#savolimbor
Assalom alaykum. Ish faoliyatidagi qonunbuzarlik 2024 yilni aprel oyida sodir etilgan boʼlsa, bundan ish beruvchi 2025 yilni aprelida xabar topgan boʼlsa, jazo qoʼllashga haqli boʼladimi? Yoki xodim muddat oʼtgan deb qutilib ketadimi?

Javob
“Javobgarlikdan qutilib qolish” qilmishning turiga bog‘liq.

Mehnat kodeksining 314-moddasiga asosan, intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra esa, u sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatlarga jinoyat ishini yuritish vaqti kiritilmaydi.

Demak, siz 2024 yilni aprel oyida sodir etilgan qilmishdan 2025 yilni aprelida xabar topgan boʼlsangiz, xodimga intizomiy jazo qo‘llay olmaysiz.

Biroq qilmish taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lsa, intizomiy jazo sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Agar sizni holatingizda mana shunday turdagi qilmish sodir etilgan bo‘lsa, oldinda jazo qo‘llash uchun vaqt bor.

Agar xodimning qilmishi jinoyat alomatlariga ega bo‘lsa va bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, u holda tergov yoki sud jarayoni davom etayotgan vaqt ichida intizomiy jazo berish muddati to‘xtab turadi. Ya’ni, intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni aniqlash uchun belgilangan 6 oy yoki 2 yillik muddatlar "pauza" qilinadi, tergov tugaganidan keyin esa vaqt hisoblash yana davom ettiriladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/24/2025, 11:05
t.me/mehnathuquqi/9614
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
9
12
4.1 k
04/24/2025, 10:54
t.me/mehnathuquqi/9613
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
9
4.5 k
#savolimbor Ассалом алейкум, саволим бор эди, 2 гурух ногиронлиги бор ходимга интизомий жазо куллаш буйича бирон имтиёзлар борми?

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤:

Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/24/2025, 10:45
t.me/mehnathuquqi/9612
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
2
26
4.8 k
#namuna
Xodimni dam olish kuni ishga jalb etish to‘g‘risida buyruq

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/y2b77qSWo7E?si=GgrFvuGlkZmAqw94)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/24/2025, 08:32
t.me/mehnathuquqi/9611
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
18
65
5.7 k
Nogiron farzandi borlardan daromad solig’i ushlanmaydimi?

#savolimbor Ассалому алайкум ногирон фарзандим борлиги учун подаход ушланмасди лекин отписной пулимда 12% олиб колинибти даромат солиги деб Бу канчалик тогри? Жавобингизни кутаман, олдиндан рахмат

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

👉 Soliq kodeksining 380-moddasiga ko’ra, bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota yoki onaga daromad solig'i kamaytiriladi. Ya’ni daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi.

👉Masalan, bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota yoki ona 4 million so‘m maosh olsa, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1.41 baravari miqdori (1 mln 155 ming *1.41= 1 mln 628 ming 550 so‘m) dan 12% daromad solig‘i ushlanmaydi qolgan 2 mln 371 ming 450 so'mdan esa 12% daromad solig‘i ushlanadi, oylik maoshdan boshqa daromadlar yo'q deb tasavvur qilamiz.

💡Ya’ni agar Siz 4 million maosh olsangiz 480 ming so‘m emas, balki taxminan 284 ming daromad solig‘i to‘laysiz.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, sizning ta’til pulingizning 1 mln 628 ming 550 so‘m qismidan 12% daromad solig‘i ushlanmaydi, undan oshgan qismidan esa soliq ushlanadi! (Diqqat! Ta'tili pulidan boshqa daromadlar yo'q deb tasavvur qilamiz!)

❗️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
👉 Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi z-bandiga ko‘ra, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni 8️⃣ yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 2️⃣0️⃣ yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni5️⃣yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga egalar.

👉Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5️⃣ yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi.

💡Demak, agar bolalikdan nogiron farzandni 8️⃣ yoshgacha tarbiyalagan onalar, ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 50 yoshdan imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/24/2025, 07:37
t.me/mehnathuquqi/9610
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
14
60
5.5 k
Xodim ta'til paytida kasal bo'lib qolsa nima bo'ladi?

Toshkent TVda shu savolga javob berdik.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/23/2025, 17:43
t.me/mehnathuquqi/9608
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
14
14
4.6 k
#savolimbor? Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Eski kodeks paytida kurslaringizda o’qigan edim. Budjet tashkilotimiz, yuristimiz aytishicha endi barcha hollarda yangi kodeks bo’yicha bir marta qo‘pol ravishda buzilishlar ro‘yxatini xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasida ham ko’rsatib o’tishimiz shart ekan? Shu to’g’rimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Yangi kodeks bo’yicha ham kurslarimizda o’qishni tavsiya qilaman)) Yuristingiz MK 162-moddani no’to’g’ri tushungan. Buni quyidagicha asoslab beramiz.

MK 162-moddasiga ko’ra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati:

ichki mehnat tartibi qoidalari;

ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tashkilot mulkdori va rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi;

o‘ziga nisbatan intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom to‘g‘risidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanadi.

⚠️ E’tibor bering, barcha hollarda emas, balki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollardagina bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin ekan.

❗️Sizga layfhak, Mehnat kodeksini ochib “qo’pol” deb qidiruvga bering, shunda bor yo’g’i 12ta natija chiqadi. Endi mana shularni qarab chiqing.

MK 506, 511, 518-moddalariga ko’ra, mikrofirma xodimi bilan, xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida hamda uy ishchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi 2-qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, barcha hollarda emas, balki MK 506, 511, 518-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin ekan.

❗️Tashkilot mulkdori va rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida ham mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati ko'rsatiladi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

❗️BATAFSIL: https://t.me/mehnathuquqi/8470

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Telegram
04/23/2025, 15:17
t.me/mehnathuquqi/9607
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
8
26
3.8 k
❗️Тажрибали юристлардан бепул ҳуқуқий маслаҳат олинг

Ўзингизни қийнаётган ва қизиқтирган ҳар қандай ҳуқуқий соҳадаги саволларга малакали юристлардан бепул маслаҳат олинг.

Савол бериш учун https://advice.uz/uz/offices сайтидаги "Ҳуқуқий ёрдам керакми?" панелидан (тугмасидан) фойдаланинг.

Каналга уланиш 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
04/23/2025, 14:33
t.me/mehnathuquqi/9606
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
4
45
5.0 k
Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami!
Hujjatlarini rasmiylashtirish endi yanada oson va qulay! Biz sizga:
➖Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan
➖Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan
➖MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud
➖Oson tahrirlash uchun Word formatdagi buyruqlarni taqdim etamiz:

T A K L I F N A M U N A L A R I
2) Xodimga boshqa ish taklif etish haqida (attestatsiyadan o‘tmaganda) taklif

B U Y R U Q N A M U N A L A R I
42) Kamomad uchun xodimning ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida buyruq

43) Xodimni dam olish kuni ishga jalb etish to‘g‘risida buyruq

OGOHLANTIRISH XATI NAMUNALARI
8) Ogohlаntirish xаti (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi)

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/23/2025, 13:32
t.me/mehnathuquqi/9605
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
18
83
7.5 k
Pensiya yoshi oshdimi❓

#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka pensiya yoshi oshdimi? Ijtimoiy tarmoqlarda yangi tartibga ko‘ra, erkaklar 65 yoshdan, ayollar esa 60 yoshdan boshlab pensiya oladi degan xabarlar aylanib yuribdi. Shu qanchalik asosli?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❌ Bu xabarlar barchasi asossiz. Ayrimlar pensiya va nafaqa tushunchalarini chalkashtirib yuborish oqibatida shunday xabarlar tarqamoqda.
Pensiya yoshi bo'yicha qonunchilikda hech qanday o’zgarish bo’lgani yo’q. Pensiya yoshi oshmagan. Yangi tartib degan narsani qayerdan olishdi, men ham hayronman, chunki pensiya va nafaqa yoshi o’zgarishi bo’yicha qonunchilikda hech qanday o’zgarish bo’lgani yo’q.

❌ Juda ko‘pchilik pensiya va nafaqa tushunchalarini sinonim deb hisoblaydi ya’ni pensiya nafaqa so‘zining ruschasi deb xato o‘ylashadi (aslida, nafaqa rus tiliga “пособие” deb tarjima qilinadi).

❌Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar pensiya va nafaqa tushunchalarini chalkashtirib, sinonim sifatida noo‘rin ishlatishadi.

Xo‘sh, bu ikki tushunchaning farqi nimada❓

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega. Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi https://lex.uz/docs/-112314:

1. yoshga doir pensiya.
2. nogironlik pensiyasi.
3. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

Qonunning 7-moddasiga ko’ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar nafaqa olish huquqiga egalar.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, ularning turini o‘zgartirish va to‘lash tartiblarini belgilaydi https://lex.uz/ru/docs/-6411319
Ushbu Nizom bo‘yicha quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
b) parvarishlash nafaqasi;
v) nogironlik nafaqasi;
g) boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
d) yoshga doir nafaqa.

Nizomning 19-bandiga ko’ra, yoshga doir nafaqa ayollarga — 60 yosh (bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga esa 55 yoshdan)
va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.

⚠️ Shuningdek, nafaqaning boshqa turlari ham bor: ishdan bo'shatish nafaqasi, ishsizlik nafaqasi, bolalar nafaqasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa va boshqalar!

✅ Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, ma’lum ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga pensiya tayinlanadi hamda yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga, ishsizsizlarga, shuningdek, mehnat shartnomasi bekor qilingan ayrim holatlarda va xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan nafaqalar beriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/23/2025, 11:34
t.me/mehnathuquqi/9604
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
10
17
4.6 k
#savolimbor
Ассалому алейкум 58 ёшга кирган эркак кишини нафақага 2 йил қолганда қисқартиришга тушириш мумкинми?

Javob
Ha albatta pensiyaner ham qisqarishga tushishi mumkin, albatta. Agar pensiyanerning malakasi va mehnat unumdorligi boshqa xodimlarga nisbatan pastroq bo‘lsa.

Sababi Mehnat kodeksining 167-moddasiga asosan, texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bog‘liq holda tashkilot, yakka tartibdagi tadbirkor xodimlarining soni (shtati) o‘zgarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi bo‘yicha bekor qilinganda ishda qoldirishga doir imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.

Agr sizda shtat qisqarishi ketayotgan bo'lsa, jarayonni to'g'ri tashkil etish va namunaviy hujjatlar haqida bu yerdan ma'lumot olasiz.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/23/2025, 09:10
t.me/mehnathuquqi/9603
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
14
15
4.5 k
#savolimbor? Ассалому алайкум Муҳаммадамин ака яхшимисиз. Суд қарорига мувофиқ муайян ҳуқуқ ва лавозимда ишламаслик асосида ишдан бўшатилган бош ҳисобчига расчётной бериладими йўқми? Илтимос шунга асосли жавоб берсангиз. Олдиндан катта раҳмат

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 172, 254-moddalariga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
❗️Hisob-kitob xodimga:
👉oxirigacha olinmagan ish haqini;
👉xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
👉agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

⚠️ Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

⚠️ Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3️⃣ kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

⚠️ MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️Demak, mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari), xodim vafot etganligi, xodim ozodlikdan mahrum qilinganligi va boshqa har qanday asosga ko’ra bekor qilinsa, xodimga “расчётный” beriladi.

✅ Savolda so’ralgan holat bo’yicha, xodim Jinoyat kodeksi 45-moddasi bo’yicha muayyan huquqdan mahrum qilingan hamda mehnat shartnomasi MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilingan. Bu vaziyatda ham MK 172, 234, 254-moddalariga muvofiq xodimga “расчётный” beriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/23/2025, 05:58
t.me/mehnathuquqi/9602
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
20
1
4.2 k
#carfreeday_uzbekistan

❌🚘 Ertaga navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi❗️

Tadbir har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning salbiy ta’sirini kamaytirish, shaharlarda shovqin darajasini pasaytirish va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.


❌🚘 “Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

🚌 Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

#shaxsiynamunakursat https://t.me/mehnathuquqi/3603
#carfreeday_uzbekistan
#avtomobilsizbirkun
#avtomobilsiz_kun
04/22/2025, 19:47
t.me/mehnathuquqi/9600
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
7
25
4.4 k
#namuna
Kamomad uchun xodimning ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida buyruq

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/mBY6MKpxXMM?si=eurpsp2_L1Rgr5fy)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/22/2025, 18:03
t.me/mehnathuquqi/9599
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
13
25
5.7 k
“O‘zbekistonda to‘ylar tartibga solinadi” degan mazvu ijtimoiy tarmoqlarda rosa aylanmoqda. Aslida, to'ylarni o‘tkazish tartibga solingan. Balki, tartibga solish mexanizmi yanada takomillashtirilsa kerak ...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi № 2736-III/KQ-592-III-sonli Qo‘shma qaroriga 1-ilova “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Nizom to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, ma’naviyati, madaniyati, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan https://lex.uz/ru/docs/-5153833

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 192-1-moddasiga ko’ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik,
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/22/2025, 15:52
t.me/mehnathuquqi/9598
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
12
5
4.6 k
#savolimbor? Assalomu alaykum, menga ish haqimning 20 foizi miqdorida axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Shuni o’rindosh ish joyimdagi ish haqimdan o’tkazsam bo’ladimi, to'g'risi oyligim bu yerda kamroq edi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Jinoyat kodeksining 46-moddasiga ko’ra, axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining 10 foizidan 30 foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi https://lex.uz/docs/-111453

Jinoyat-ijroiya kodeksining 31-moddasiga ko’ra, hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi https://lex.uz/docs/-163629

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 27-iyuldagi 157-son buyrug‘iga ilova “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 2-bobi axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etishni tartibga soladi https://lex.uz/uz/docs/-3323415#-3323507

⚠️ Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, 20 foiz ushlanma asosiy ish joyingizdagi ish haqingizning barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinadi.

📍MK 269-moddasiga ko’ra, bu holatda xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/22/2025, 14:10
t.me/mehnathuquqi/9597
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
10
6
4.7 k
Mehnat huquqi modulidan o'z bilimlaringizni sinovdan o'tkazishni ayni payti🔥.

,,Talabalar festivali" doirasida o'zbek va rus tillarida Mehnat huquqi modulidan onlayn fan olimpiadasi tashkil etiladi.

📅 Tanlov joriy yilning 29-aprel (Seshanba) kuni o'zbek tilidagilar uchun soat 10:00 da, rus tilidagilar uchun 11:00 da 3-bino (ADO) 221-xonada o'tkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27-aprel soat 23:59 ga qadar ushbu manzil orqali ro'yxatdan o'ting.

📋 G'olib hamda sovdindorlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

📌Ro'yxatdan o'tgan talabalardan tanlov boshlanishidan 10 daqiqa oldin kelishlari so'raladi!

📞 Batafsil ma'lumot uchun @Vasliya_Zafardiyorovna telegram manziliga murojaat qiling.

Bizni kuzating:
@TDYU_Manaviyat
04/22/2025, 08:10
t.me/mehnathuquqi/9596
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
12
92
5.6 k
#Кўмакчи_эксперт

Ўз хоҳишимга кўра, йиллик меҳнат таътилига чиқмасдан ишлашим мумкинми?

Ушбу масала юзасидан эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов маълумот берди.

◽️
Сизда ҳам ҳуқуқий соҳада, фаолиятингиз билан боғлиқ мурожаат бўлса, бизга йўлланг: @MuhammadaminKarimjonov

Batafsil:https://t.me/mehnathuquqi/9329

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/22/2025, 07:17
t.me/mehnathuquqi/9595
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
7
25
4.8 k
#namuna
Xodimga boshqa ish taklif etish haqida (attestatsiyadan o‘tmaganda) taklif

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi taklif namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/noDeEcMjFsM?si=QGgNHq8VPdVwvD7f)
🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat
💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/21/2025, 17:37
t.me/mehnathuquqi/9593
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
24
4.6 k
#savolimbor Assalomu alaykum, xodimga ko‘p yillik ish staji uchun ta’til asosiy mehnat ta’tilidan alohida berilishi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

✅ Ha, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra berish mumkin. Chunki MK 231-moddasiga ko’ra, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi 14 kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

MK 216-moddasi 3-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:

asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.

MK 222-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, MK 220-moddasidagi bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra alohida berish mumkin!

❗️Har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʼlish va rasmiylashtirish tartibi ushbu qo'llanmamizda batafsil tushuntirilgan, shuningdek ariza va buyruqdan namunalar keltirilgan.

Batafsil:https://t.me/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/21/2025, 16:52
t.me/mehnathuquqi/9592
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
11
48
4.6 k
O'qituvchi faqat yozda ta'tilga chiqishi shartmi? O'ziga qulay vaqtda ta'tilga chiqsa bo'ladimi, masalan, kuz yoki bahorda?

#savolimbor Assalomu alaykum, 2-guruh nogironligi bo’lgan pedagog xodim ta’tilini hozir olsa bo’ladimi? Pedagoglar ta’tilni faqat yozda olishi shart degan talab bormi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

⚠️ Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo’q. Ko’pchilik MK 227-moddasi 6-qismiga chalg’iydi! Mehnat kodeksi 227-moddasi 6-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga 1-ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga 2 va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.

❗️Gap bu yerda 1-ish yili haqida ketmoqda.  "Qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar" jumlasiga e'tibor bering, agar ta'til faqat yozda berilishi shart bo'lganda bu jumla ishlatilmas edi.

Bu yerda pedagog xodim aynan yozda ta’til olsin degan shart yo’q. Demak, yozgi ta’til davrida beriladi degani jumlaga chalg’imanglar!

Buni yanada soddaroq qilib misol bilan tushuntirib o’tamiz. Maktab o’qituvchisi 2023-yil 4-sentabr sanasida ishga qabul qilingan, iyundan hamma pedagoglar singari bir vaqtda ta’tilga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qaroriga ko’ra, (https://lex.uz/ru/docs/-6516542), pedagog xodimning ta’tili 56 kalendar kun. 56 (ta’til kunlari)/ 12 (oylar soni)= 4.666... 4.666...* 9(ishlangan oylar soni sentabr-may)= 42 kalendar kun. Bu degani, masalan, sentabrda ishga kirgan o’qituvchi 1-ish yili uchun iyundan ya'ni yozgi ta'til davridan ta’tilga chiqdi. Bu xodimga ta’tilni 56 kun to’liq beramiz, ta’til pulini esa 42 kalendar kunga (ishlangan oylar soni sentabr-mayga mutanosib ravishda) to’lanadi (xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi).

⚠️ MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra qulay vaqtda berilishi kerak.

❗️Ya’ni I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim qanday kasb yoki lavozimda ekanligidan qat’i nazar, agar ta’tilni o’ziga qulay vaqtda olishni so’rab ariza yozsa, ish beruvchi xodimni arizasini qanoatlantirishi shart. Bu qoida 1-ish yiliga ham, 2- va keyingi ish yillari uchun tatbiq qilinadi!

❗️Demak, nafaqat I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim balki, MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-5-qismlarida nazarda tutilgan xodimlar ham har yilgi mehnat ta’tilini o’zlariga qulay vaqtda olishlari mumkin ekan. Ish beruvchi ularni arizasini qanoatlantirishga majbur. Bu holatda ish beruvchi xodimga darsingni o’tasan, ta’tilingni esa yozda olasan deyishga haqli emas, pedagog ta’tilini faqat yozda olsin degan istisnolar mavjud emas.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/21/2025, 12:16
t.me/mehnathuquqi/9591
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
101
10
4.2 k
Bugun Mehnat huquqi sohasidagi taniqli olima Atajonova Dinara Salimjanovna tug’ilgan kun (21.04.1987 - 28.06.2020).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki odam bolasi o‘lsa, amali kesiladi. Magar uch narsadan: sadaqai joriyadan, manfaat oladigan ilmdan yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan kesilmaydi", dedilar. Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmaganlar.

Olima faoliyati davomida ko'plab ommabop va ilmiy maqolalar, o'quv, o'quv-uslubiy qo'llanmalarni chop ettirgan.

2018-yilda “Ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (PhD)ni himoya qilgan edi.

Huquqshunos olima, jonkuyar ustoz va kamtarin inson Dinara Atajanovaning ilmiy merosi va yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Alloh taolo marhum Ustozlarimizni O‘z mag‘firatiga muyassar etsin! Oxiratlarini obod, joylarini jannatdan qilsin!
04/21/2025, 10:09
t.me/mehnathuquqi/9590
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
6
16
4.3 k
#savolimbor
Assalomu aleykum, yaxshimisizlar, savolim bor edi. Fuqaro agar ish vaqtida Haj safariga ketadigan bo'lsa, fuqaroning qanday huquqlari mavjud? 1 oylik safar vaqtida bo'lganda, uning oylik maoshi saqlanib qoladimi? Javob uchun avvaldan rahmat.

Javob
Mehnat kodeksida ish vaqtida Haj safariga ketayotgan xodimga beriladigan aniq huquq mustahkamlanib qo’yilmagan. Safar vaqtida bo'lganda, uning oylik maoshi saqlanib qolinishi haqida ham norma yo‘q.

Biroq mehnat qonunchiligi Haj safari uchun ish haqi to‘liq, qisman, yoki saqlanmaydigan vaqt berishni ta’qiqlamaydi. Ish beruvchi va xodim qonunda belgilangan tartibda buni kelishib olishlari yetarli bo‘ladi. Mehnat huquqi o'zaro kelishuvni qo'llab-quvvatlaydi.

Ushbu vaziyatda sizga uchta variantni taklif qila olamiz. Birinchi variant, Mehnat kodeksining 240-moddasida nazarda tutilgan “ish haqi qisman saqlanadigan ta’til”ni olish. Ikkinchi variant, kodeksning 241-moddasidagi “ish haqi saqlanmaydigan ta’til” olib Haj safariga borishingiz mumkin. Yoxud kodeksning 228-moddaga asosan, kelishuvga binoan ta’tillar jadvalini o‘zgartirib, har yilgi mehnat ta’tili davrida safarga keta olasiz (uchinchi variant).

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/21/2025, 08:49
t.me/mehnathuquqi/9589
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
12
43
4.6 k
#savolimbor Ассалому алайкум Мухаммадамин ака бир саволим бор эди ходим 10 ойдан бери бальничныйда ходим уз хохиши билан бушамокчи кампенсация ту'ланадими 10 ой бальничныйда бу'лган

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Endi savol tug’iladi, xodim 10 oy bolnichniyda bo’lganku❓ 10 oy ham bolnichniy da bo’lish mumkinmi❓ “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667 ) 22-bandiga ko’ra, quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (TIEK) yuboriladi:

aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami 6️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 1️⃣0️⃣ oyni tashkil qilsa;
silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida olti oyni tashkil qilsa.

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.
Yo'riqnomaning 24-bandiga ko'ra, bemor TIEKga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining muddati bemor TIEKga yuborilgan kundan boshlab to‘xtatiladi. Mazkur bemorlar hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

TIEK tomonidan nogironlik belgilanmagan, lekin vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bemorning hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab uning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar, ammo ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

MK 226-moddasiga ko’ra, xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish o‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi.

❗️Demak, xodimning bolnichniyda bo’lgan davri ham har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi hamda shartnoma bekor qilinsa pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️MK 172-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga:
oxirigacha olinmagan ish haqini;
xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

Batafsil:https://t.me/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/20/2025, 13:03
t.me/mehnathuquqi/9587
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
11
9
3.2 k
#БИЛИБ_ОЛИНГ
#ТАРҚАТАДИГАН_ХАБАР

❗️Йўл ҳаракати қоидабузарликлари учун бир йил, яъни 365 кундан кечиктирилмаган ҳолда маъмурий жазо қулланилиши мумкин.

Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 36-моддаси. Маъмурий жазо қўлланиш муддатлари:

✅ Маъмурий жазо ҳуқуқбузарлик содир этилган кундан бошлаб, давом этаётган ҳуқуқбузарликлар учун эса, ҳуқуқбузарлик аниқланган кундан бошлаб бир йилдан кечиктирмай қўлланилиши мумкин.

✈️ 10-11 ойдан кейин жарима қарорлари келиши халқнинг қаттиқ норозилигига сабаб бўлаётганлиги сабабли шу муддатни фақат радарлар бўйича 1 ойга тушуришни таклиф қиламан.

@generalissimo_marshal
04/20/2025, 12:02
t.me/mehnathuquqi/9586
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
14
22
3.9 k
#savolimbor Ассалому алайкум, Ходим хозир камокда , у билан тузилган мш бекор килинди , буйрук нусхаси хамда мехнат дафтарчаси каерга жунатилади, ходимни буйрук билан таништириш тартиби канака булади.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi❓ Bu haqida batafsil bu postimizda yozganmiz https://t.me/mehnathuquqi/5344

Savolingizga kelsak, Siz ushbu holatda MK 171-moddasidan kelib chiqib ish yuritasiz. Ya’ni MK 171-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo‘q bo‘lganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart.

⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, masalan, ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa, hukm kuchga kirgach, Siz xodim bilam mehnat shartnomasini MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilasiz. Tabiiyki, xodimga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini bera olmaysiz. Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, mehnat shartnomasi bekor qilingan keyingi ish kunidan kechikmay bildirishnoma yuborib qo’ying. Bo’ldi, muammo hal.

“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 5.2-bandiga ko’ra, ishdan bo‘shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida olmagan taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, tashkilot xodimlar bo‘limida 2 yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida ham yo‘qlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida 50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan so‘ng belgilangan tartibda yo‘qotilib yuborilishi mumkin https://lex.uz/ru/docs/-643007

Xodimingiz ozodlikka chiqqach, ish beruvchiga murojaat qilsa, MK 171-moddasi 3-qismiga ko’ra, xodim tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to‘g‘risida murojaat qilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay berilishi kerak.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/20/2025, 06:57
t.me/mehnathuquqi/9585
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
13
32
3.7 k
#savolimbor
Ассалому алайкум. Ходим билан мехнат шартномаси 157-модда буйича бекор килинган. Кушимча келишув ёзма тузилган, иккала тараф имзо билан сана куйган. Лекин келишувда тарафлар реквизитлари курсатилмаган, шунчаки ташкилот номи ва рахбар исми шарифи, имзоси, мухри ва сана курсатилган. Ходимнинг хам исми шарифи, имзоси ва санаси курсатилган. Ушбу келишувни тарафлар реквизитлари курсатилмаганлиги. сабабли хакконий эмас деб топиш мумкинми?

Javob
Siz aytgan qo‘shimcha kelishuv haqqoniy emas deb topilmaydi. Buni quyidagicha isbotlashga harakat qilamiz.

Mehnat kodeksining 157-moddasida mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart deyiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarorida mehnat shartnomasini ushbu asosga ko‘ra bekor qilish yuzasidan nizo chiqqan taqdirda, sudlar mazkur tartibga va qo‘shimcha kelishuv shartlariga rioya qilingan-qilinmaganligini tekshirishlari lozimligi ko‘rsatilgan.

Eski 1995-yilgi Mehnat kodeksining 97-moddasida taraflar mehnat shartnomasini kelishuvga ko‘ra bekor qilishi mumkinligi nazarda tutilgan edi. Biroq o‘sha paytda kelishuv uchun qat’iy talab belgilanmagan, yoki og‘zaki yoki yozma kelishuv bilan shartnoma bekor bo‘lib ketaverar edi. Asosiysi taraflarning o‘z erk-irodasini bildirganligi, o‘zaro kelishuvga erishganligi yetarli bo'lgan.

“Rekvizit” so‘zi yangi Mehnat kodeksga xos so‘z. 1995-yildagi kodeksda bunday atama mavjud bo‘lmagan. Xodimning va ish beruvchining qo‘shimcha kelishuvda aks ettiradigan rekvizitlari nimalar ekanlig haqida yangi Mehnat kodeksining 157-moddasida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Shuning uchun biz bu rekvizitlar qaysilar ekanligiga oydinlik kiritish maqsadida norma o’xshashligiga tayanib kodeksning 107-moddasiga murojaat qilamiz. Unda xodimning va ish beruvching mehnat shartnomasida ko‘rsatiladigan rekvizitlari sanab o‘tilgan va ularning soni tugal.

Ana shu moddada agar mehnat shartnomasini tuzishda ushbu moddada nazarda tutilgan rekvizitlardan biror-biri shartnomaga kiritilmagan bo‘lsa, bu mehnat shartnomasini tuzilmagan deb e’tirof etish yoki uni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Mehnat shartnomasi yetishmayotgan rekvizitlar bilan to‘ldirilishi kerak deyiladi.

Sizning aytishingiz bo‘yicha, kelishuvda tashkilot nomi va rahbar ismi sharifi, imzosi, muhri va sana ko‘rsatilgan, xodimning ham ismi sharifi, imzosi va sanasi ko‘rsatilgan. Biroq siz savolda tuzilgan kelishuvda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana haqida esa hech narsa demagansiz.

Xulosa qilamizki, agar kelishuvda Mehnat kodeksining 157-moddasidagi talablarning hammasi aks ettirilib (mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana ham mavjud) faqat taraflarning rekvizitlari to‘liq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holat kelishuvni haqiqiy emas deb topishga sabab bo‘lmaydi. Zaruratga qarab kamchiliklar to‘ldirilib qo‘yiladi.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida) 
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/19/2025, 19:28
t.me/mehnathuquqi/9584
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
17
11
3.6 k
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Bir bahsli holat bo’lyapti. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish haqidagi arizani xodim ogohlantirish muddatining oxirgi kuni chaqirib olmoqda. Muammo shundaki, xodim chaqirib olish haqidagi arizani pochta orqali yuborgan. Tabiiyki, ogohlantirish muddati tugagan kuni ish beruvchi shartnomani bekor qilgan. Xodimning arizasi bir necha kundan so’ng ish beruvchiga yetib kelmoqda. Xodim esa sudga bergan. Shu holatda nima bo’ladi?
https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:
Haqiqatan ham bahsli vaziyat. Ayrimlar FK 148-moddasi, FPK 152-moddalariga asoslanmoqda. Ya'ni muddatning oxirgi kunida soat 24 ga qadar aloqa tashkilotiga topshirilgan yoki boshqa aloqa vositalari bilan yuborilgan barcha yozma bayonotlar va xabarlar, pul o‘tkazmalari muddatida qilingan hisoblanadi.

Lekin FK 148-moddasi 2-qismiga ko'ra, agar, bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, u holda muddat belgilangan qoidalarga muvofiq ushbu tashkilotda tegishli operatsiyalar to‘xtatiladigan soatda tamom bo‘ladi.

E'tibor berdingizmi, belgilangan qoidalarga muvofiq deyilmoqda. MK 160-moddasida esa savolda so'ralgan arizani chaqirib olish qoidalari belgilab berilgan.

❗️MK 160-moddasi 6-qismiga ko’ra, ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o‘zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.

⚠️ Demak, e’tibor bering, ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o‘zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir deyilmoqda.

✅ Bundan xulosa qilsak, agar xodimning arizani chaqirib olish haqidagi pochta orqali yuborgan xati ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar ish beruvchiga yetib kelgan bo’lsagina xodim arizani chaqirib olishga haqli deb hisoblaymiz.

❌ Agar xat ogohlantirish muddati tugaganidan so’ng yetib kelgan bo’lsa, ish beruvchinig mehnat shartnomasini bekor qilishini qonuniy deb hisoblaymiz. Demak, arizasini chaqirib olishni xohlagan xodim yuqoridagi muddatlarga ham rioya qilishi, oldinroq harakat qilishi lozim. Yoki agar imkoni bo'lsa, xodim tashkilotga arizani shaxsan topshirsin.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/19/2025, 16:42
t.me/mehnathuquqi/9583
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
12
11
4.2 k
#savolimbor? Dala nafaqasi (полевое довольствие) kimlarga beriladi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 288-moddasiga (Ish sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lganda, shuningdek dala sharoitlarida va vaxta usulida ishlanganda kompensatsiya to‘lovlari) ga ko’ra, dala sharoitlaridagi ish uchun dala nafaqasi quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi:

bevosita dala ishlari o‘tkaziladigan obyektlarda, tashkilotning daladagi bazaviy shaharchasidan tashqarida ishlaganda — kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti foizi;

tashkilotlarning daladagi bazaviy shaharchalarida bajariladigan ish uchun — kunlik mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki foizi.

Bundan tashqari, dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish va qo‘shimcha xarajatlarining o‘rnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qaroriga ilova “Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom dala sharoitlarida geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda boshqa ishlarni bajaradigan tashkilotlar (korxonalar) xodimlariga dala ustamasi to‘lashning umumiy tartibini va miqdorlarini belgilaydi https://lex.uz/docs/-2026471

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/19/2025, 06:51
t.me/mehnathuquqi/9582
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
28
21
4.3 k
04/18/2025, 18:55
t.me/mehnathuquqi/9580
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
11
4.3 k
#savolimbor Ассалому алайкум! Савол: Ходим асосий иш жойидан бўшади, лекин бизда қўшимча иш жойи сифатида ишлаётган эди. Уни ишдан бўшатиш керакми ёки шунчаки қўшимча келишув тузиб, тўлиқ ставкада асосий ишга ўтказиш кифоями? Кайси моддани куллаймиз? Ариза оламизми тулик ставкага утказиш буйича

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/18/2025, 18:48
t.me/mehnathuquqi/9579
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
7
44
4.5 k
#namuna
Ustama to‘lash to‘g‘risida buyruq

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/X7a6yiUjsGw?si=yRyJX7YxwZi7Aysx)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida) 
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/18/2025, 16:25
t.me/mehnathuquqi/9578
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
20
40
4.8 k
Rahbar xodimga “bolnichniy” ochtirma deyishga haqlimi?

#savolimbor Ассалому алайкум мен сизга бир мурожат билан чикяпман мени мурожатим бизи ташкилотимиз 3 нафар фарзанти бор оналарга балнишний 100 % толик тушади шунинг учун Директоримиз менга 1 йил давомида коп балнишнийга чикишсанг болмайди 3 фарзантим бор деб балнишний килишма деб айтди огохлантиряпман деб шу конунга тогрими

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

… qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.

Nizomning 22-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:
baynalminal jangchilarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xodimlarga;
pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi bo‘lgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).

Direktorning “bolnichniy”ga chiqma degan gaplari asossiz. Agar qonunchilikda belgilangan asoslar bo’lsa, xodim “bolnichniy” ochtirishga haqli. Quyidagilar “bolnichniy” ochtirishga asos hiosblanadi: xodimning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibini belgilaydi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/18/2025, 12:26
t.me/mehnathuquqi/9577
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
10
8
4.4 k
#savolimbor
Assalomu alekom Gaz operatori bilan asosiy shartnomadan tashqari chilangarlik lavozimiga ichki orindoshlik asosida 0.5 stavka asosida mehnat shartnomasi tuzilgan. Gaz operatorlari bilan mavsumiy ish tugaganligi sabab asosiy mehnat shartnomasi bekor qilindi. Endi u ichki o'rindoshlik asosidagi mehnat shartnomasini asosiy mehnat shartnomasiga otkazmoqchi. Kelishuv asosida ichki o'rindoshlik shartnomasidan asosiy shartnomaga o'tkazishga qonunchilik yo'l qoyadimi?

Javob
Mehnat kodeksining 432-moddasiga asosan, o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

Ichki o‘rindoshlik asosidagi mehnat shartnomasini asosiy mehnat shartnomasi o‘tkazish tartibi haqida Mehnat kodeksida konkret norma yo‘q.

Ayrimlar ushbu holatda kodeksning 135-moddasiga tayanib mehnat shartlarini o‘zgartirish orqali o‘rindosh xodimni asosiy ish joyiga o‘tkazib qo‘yish mumkin deb hisoblaydi. Buni ham to'g'ri yo'l deyish mumkin. Biroq o‘rindoshlik asosida ishlash Mehnat kodeksining 134-moddasiga asosan mehnat sharti sanalmaydi.

Qolganlar esa xodim bilan o‘rindoshlik asosidagi ishi bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilib, uni qayta ishga qabul qilish orqali asosiy lavozim berish kerakligini aytadi. Bu ham yechim qaysidir ma'noda. Biroq ushbu holatda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun aniq huquqiy asos nazarda tutilmagan.

Nazarimizda, masalani hal etishda kodeksning umumiy g‘oyasi va prinsplariga tayanish maqsadga muvofiqdir. Mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipi mazmuniga ko‘ra, mehnat erkinligi mehnat shartnomasi erkinligida namoyon bo‘ladi. Mazkur g‘oya o‘rindoshlik asosidagi ishni asosiy ishga o‘tkazish mumkinligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Savolingizga javob shundayki, Mehnat kodeksining 5-moddasi asosida xodim bilan qo‘shimcha kelishuv tuzib, unda o‘rindoshlik asosida chilangarlik lavozimidagi ishni asosiy ish sifatida mustahkamlaysiz. Mazkur kelishuvni ish beruvchining buyrug‘i bilan tasdiqlab qo‘yasiz.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/18/2025, 08:57
t.me/mehnathuquqi/9576
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
25
30
4.4 k
04/18/2025, 06:45
t.me/mehnathuquqi/9575
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
13
22
4.6 k
#savolimbor Ассалому алайкум. Ходим бола парваришлаш таътилидан сўнг ишдан бўшашга ариза ёзди. Бола парваришлаш таътилигача фойдаланмаган 19 календар кунга компенсация тўлаш масаласида муаммо чиқяпти. Бухгалтерия МКга ўзгартириш киритилгани муносабати билан компенсация тўланмайди, ўртача ойликни ҳисоблашда ходим 2 йил фактический ишламаганлиги сабабли нолга айланади деб турибди. Шу тўғрими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/18/2025, 06:34
t.me/mehnathuquqi/9574
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
14
28
4.5 k
#savolimbor Assalomu alekum ustoz .yaxshimisz .ustoz bir savolim bor edi dadam 15 aprel kuni 60ga kirdi pensiyaga chiqishi kerak edi . Lekin hujjat togirlagani borsa ish stajiz yetmadi 65yoshdan chiqasz pensiyaga diyishipti dadam davlat ishida ishlamagan

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga ko’ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Qonunning 8-moddasiga ko’ra, pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7️⃣ yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi https://lex.uz/docs/-112314.

⚠️ Ya’ni sodda qilib aytganda, yoshga doir pensiyaga chiqish uchun kamida 7️⃣ yil ish staji bo’lishi kerak.

Xo’sh 7 yil staji bo’lmasachi? “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar nafaqa olish huquqiga egalar.

⚠️ Diqqat! Pensiya na nafaqa boshqa-boshqa tushunchalar. Batafsil ▶️ :https://t.me/mehnathuquqi/6334

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom (https://lex.uz/ru/docs/-6411319) 18-19-bandlariga ko’ra, qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar va bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalar yoshga doir nafaqani olish huquqiga ega.

Yoshga doir nafaqa bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga — 55 yosh, ayollarga — 60 yosh va erkaklarga — 6️⃣5️⃣ yoshga yetganda tayinlanadi.

❗️Demak, agar dadangizda kamida 7 yillik ish staji bo’lmasa, u holda dadangiz 65 yoshdan yoshga doir nafaqaga chiqishlari mumkin, e’tibor bering nafaqaga pensiyaga emas.

⚠️ Diqqat! Tasavvur qilaylik. Dadangizda 7 yil emas, 5 yil stajlari bor ya'ni yoshga doir pensiyaga chiqish uchun 2 yil yetmayapti. Bu holatda dadangiz 2 yil davomida 2 yillik ish stajiga ega bo'lsalar, 62 yoshdan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo'lishlari mumkin!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/17/2025, 19:48
t.me/mehnathuquqi/9572
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
9
22
4.5 k
#savolimbor
Assalomu alekom maktab direktori ham ishlab, ham magistraturada o‘qishi mumkinmi?

Javob
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son qonuniga asosan, magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Mazkur qonunning 5-moddasiga asosan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Shunday ekan siz ham magistraturada o‘qishga haqlisiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrugʻiga 37-ilovada direktorning lavozim majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra direktorning lavozim majburiyatlariga ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, pedagogik kengashga raislik qilish, muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash kiradi.

Yuqordagi hujjatlardan kelib chiqib siz o‘z lavozim majburiyatlaringizni bajarishdan bo‘sh vaqtingizda magistraturada o‘qishingiz mumkin. Masalan ayrim OTMlar magistraturasida o‘qish 18 30 da boshlanib, 20 30 da tugaydi. Ushbu vaqt siz uchun qulay va bu davrda siz o‘z mehnat majburiyatlaringizni bajarishdan xoli bo‘lasiz.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/17/2025, 17:06
t.me/mehnathuquqi/9571
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
17
20
5.1 k
#savolimbor Ассалому алайкум 16 ешга тулмаган ногирон фарзанди булган аелга бериладиган хар ойда 1 кунлик дам олиш кунини аел ариза ига мувофик бир йула жамлаб 6 ойдаги муддати 6 кун килиб боласини хорижга операция га олиб бориш учун бердик. Бу тугрими ? Ходим бир кун олиб нима кила оламан деб умумлаштирилиб операция кунларига мослаштириб беришни сураб ариза езган

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❌ Noto’g’ri. MK 399-moddasiga ko’ra, 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.

⚠️ E’tibor bering, oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi va shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi deyilmoqda.

❌ Ushbu qo‘shimcha dam olish kunini jamlab olib bo’lmaydi. Ya’ni 1 yilligini jamlab 12 kun olib bo’lmaydi. Yoki Siz savolda so’rab o’tganizdek, 6 oyligini jamlab 6 kun olib bo’lmaydi. Chunki MK 399-moddasida ushbu kafolatni jamlab olish nazarda tutilmagan.

❗️ Bundan tashqari, MK 401-moddasiga ko’ra, 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Bu alohida kafolat. Ayrim ish beruvchilar 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan xodimga har oyda 1 kun qo‘shimcha dam olish kuni berilayotganini iddao qilib, MK 401-moddasidagi 4 kun qo‘shimcha ta’tilni tadqim qilmayotgan ekan. Bu g’ayriqonuniy.

✅ Demak, 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan xodimga har oyda 1 kun qo‘shimcha dam olish kuni beriladi va bundan tashqari har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/17/2025, 06:48
t.me/mehnathuquqi/9570
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
11
63
3.5 k
Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami!
Hujjatlarini rasmiylashtirish endi yanada oson va qulay! Biz sizga:
➖Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan
➖Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan
➖MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud
➖Oson tahrirlash uchun Word formatdagi buyruqlarni taqdim etamiz:

B U Y R U Q N A M U N A L A R I
1) Ishga qabul qilish haqidagi buyruq

2) Ta’tildan chaqirib olish to‘g‘risidagi buyruq

3) Hayfsan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq

4) Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq

5) Xodimni doimiy boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq

6) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning malakasi yetarli bo'lmay qolishi)

7) Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq

8) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (shtatlar qisqarishi asosida)

9) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning tashabbusi asosida)

10) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi)

11) O‘quv ta’tili berish to‘g‘risida buyruq

12) Tashqi o‘rindoshni asosiy ishga o'tkazish to‘g‘risida

13) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan)

14) Har yilgi mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida

15) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (taraflarning kelishuviga ko‘ra)

16) Jarima intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq

17) Ishdagi yutuqlar uchun xodimni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq

18) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (o‘rindosh bilan) buyruq

19) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lib, xodim sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etilganda) buyruq

20) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodim vafot etganligi) buyruq

21) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

22) Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash to‘g‘risida buyruq

23) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodimning harbiy xizmatga chaqirilganligi) buyruq

24) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi) buyruq

25) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa) buyruq

26) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi) buyruq

O G O H L A N T I R I SH X A T I N A M U N A L A R I
1) Ogohlаntirish xаti (shtatlar qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida)

2) Ogohlаntirish xаti (tashkilot tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish)

3) Ogohlаntirish xаti (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga muvofiq emasligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish)

4) Ogohlаntirish xаti (muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish haqida)

5) Ogohlаntirish xаti (xodim o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

6) Ogohlаntirish xаti (o‘rindosh bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida)

A R I Z A N A M U N A L A R I
1) O'z xohishiga ko'ra ishdan bo'shash haqidagi ariza namunasi

2) O‘quv ta’tili (kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha) berish haqidagi ariza namunasi

3) Homiladorlik va tug‘ish ta’tili berish haqidagi ariza namunasi

J A D V A L N A M U N A L A R I
1) Ta’tillar jadvali

2) Shtatlar jadvali

💰 Arzon narxda, barcha uchun qulay (bitta hujjat narxi 10 ming so'm)!
📊 20 tadan ortiq hujjat sotib olinsa 10 foiz chegirma beriladi.
💼 To‘plamni qo‘lga kiriting va ish jarayonlarini yengillashtiring!
🛒 Murojaat qiling: @miryoqubraximov

📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

https://t.me/mehnathuquqi
04/17/2025, 06:12
t.me/mehnathuquqi/9569
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
20
25
4.7 k
04/16/2025, 16:16
t.me/mehnathuquqi/9567
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
15
4.8 k
#savolimbor Ассалому алайкум, Бола парваришлаш та’тилидаги ходим Меҳнатга лае’қатсизлик варақаси юбормоқда  бунақа та’тилдаги ходимга тўлов қилинадими??

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/16/2025, 16:04
t.me/mehnathuquqi/9566
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
17
55
4.4 k
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA !!!
🏛MEHNAT VA IJTIMOIY MUNOSABATLAR AKADEMIYASIDA 2025-2026 O'quv yili uchun qabul boshlandi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlarga abituriyentlar qabulini e’lon qiladi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5227-sonli qarori asosida tashkil etilgan (📄litsenziya raqami №333318) ushbu Akademiyada 2025-2026 o‘quv yilida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin.

👉 Kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari va to'lov-shartnoma miqdorlari:
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — 17 mln. so'm
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi — 14 mln. so'm
🔹Inson resurslarini boshqarish — 17 mln. so'm
🔹Ijtimoiy ish — 14 mln. so'm
🔹Psixologiya — 17 mln. so'm
🔹Menejment — 20 mln. so'm
🔹Yurisprudensiya — 30 mln. so'm
🔹Buxgalteria hisobi — 20 mln. so'm
🔹Metrologiya va standartlashtirish — 17 mln. so'm

👉 Sirtqi ta’lim yo’nalishlari va to'lov-shartnoma miqdorlari
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — 15 mln. so'm
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi — 13 mln. so'm
🔹Inson resurslarini boshqarish — 15 mln. so'm
🔹Ijtimoiy ish — 13 mln. so'm
🔹Psixologiya — 15 mln. so'm
🔹Menejment — 18 mln. so'm
🔹Yurisprudensiya — 27 mln. so'm
🔹Buxgalteria hisobi — 18 mln. so'm
🔹Metrologiya va standartlashtirish — 15 mln. so'm

✅ Akademiyada o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar quyidagi @atso_xizmatlar_bot telegram bot va 🌐https://qabul.atso.uz/ web havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🏢 Imtihonlar Akademiya binosida elektron tarzda test shaklida o‘tkaziladi. Imtihonlar dam olish kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar tashkil etiladi. Abiturientlar o'zlariga qulay bo'lgan kun va soatlarda imtihon topshirib ketishlari mumkin.

👉Bakalavriat talim yo’nalishlari bo’yicha imtihonlar quyidagi fanlardan topshiriladi:
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — Matematika, ingliz tili
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi — Matematika, ingliz tili
🔹Inson resurslarini boshqarish — Matematika, ingliz tili
🔹Ijtimoiy ish — Matematika, ingliz tili
🔹Psixologiya — Biologiya, ingliz tili
🔹Menejment — Matematika, ingliz tili
🔹Buxgalteria hisobi — Matematika, ingliz tili
🔹Metrologiya va standartlashtirish — Matematika, ingliz tili
🔹Yurisprudensiya — Davlat huquq nazariyasi, ona tili

☎️Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Akademiya murojaatlar markazidan olishingiz mumkin: Tel: +998 71 265-01-54, +998 71 265-01-64, +998 55 506-01-50, +998 90 830-30-48
04/16/2025, 14:42
t.me/mehnathuquqi/9565
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
1
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA !!!
🏛MEHNAT VA IJTIMOIY MUNOSABATLAR AKADEMIYASIDA 2025-2026 O'quv yili uchun qabul boshlandi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlarga abituriyentlar qabulini e’lon qiladi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5227-sonli qarori asosida tashkil etilgan (📄litsenziya raqami №333318) ushbu Akademiyada 2025-2026 o‘quv yilida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin.

👉 Kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari va to'lov-shartnoma miqdorlari:
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — 17 mln. so'm
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi — 14 mln. so'm
🔹Inson resurslarini boshqarish — 17 mln. so'm
🔹Ijtimoiy ish — 14 mln. so'm
🔹Psixologiya — 17 mln. so'm
🔹Menejment — 20 mln. so'm
🔹Yurisprudensiya — 30 mln. so'm
🔹Buxgalteria hisobi — 20 mln. so'm
🔹Metrologiya va standartlashtirish — 17 mln. so'm

👉 Sirtqi ta’lim yo’nalishlari va to'lov-shartnoma miqdorlari
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — 15 mln. so'm
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi — 13 mln. so'm
🔹Inson resurslarini boshqarish — 15 mln. so'm
🔹Ijtimoiy ish — 13 mln. so'm
🔹Psixologiya — 15 mln. so'm
🔹Menejment — 18 mln. so'm
🔹Yurisprudensiya — 27 mln. so'm
🔹Buxgalteria hisobi — 18 mln. so'm
🔹Metrologiya va standartlashtirish — 15 mln. so'm

✅ Akademiyada o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar quyidagi @atso_xizmatlar_bot telegram bot va 🌐https://qabul.atso.uz/ web havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🏢 Imtihonlar Akademiya binosida elektron tarzda test shaklida o‘tkaziladi. Imtihonlar dam olish kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar tashkil etiladi. Abiturientlar o'zlariga qulay bo'lgan kun va soatlarda imtihon topshirib ketishlari mumkin.

👉Bakalavriat talim yo’nalishlari bo’yicha imtihonlar quyidagi fanlardan topshiriladi:
🔹Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — Matematika, ingliz tili
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi — Matematika, ingliz tili
🔹Inson resurslarini boshqarish — Matematika, ingliz tili
🔹Ijtimoiy ish — Matematika, ingliz tili
🔹Psixologiya — Biologiya, ingliz tili
🔹Menejment — Matematika, ingliz tili
🔹Buxgalteria hisobi — Matematika, ingliz tili
🔹Metrologiya va standartlashtirish — Matematika, ingliz tili
🔹Yurisprudensiya — Davlat huquq nazariyasi, ona tili

☎️Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Akademiya murojaatlar markazidan olishingiz mumkin: Tel: +998 71 265-01-54, +998 71 265-01-64, +998 55 506-01-50, +998 90 830-30-48
04/16/2025, 14:33
t.me/mehnathuquqi/9564
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
17
45
4.7 k
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. Bir xodimimiz korxonamizda 15 yildan beri ishlaydi. U bilan mehnat shartnomasi o’z xohishi bilan bekor qilinmoqda. Xodim ish yilida 6 oy ishlagan. Shunda MK 220-moddasidagi ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ya’ni 6 kunni to’liq beramizmi yoki 6 oyga mutanosibmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

✅ Mutanosib hisoblanadi. MK 222-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.

Shuningdek, MK 224-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilining to‘liq miqdorini o‘n ikkiga bo‘lish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

❗️Buni misol bilan tushintiramiz. Xodimning har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kun. Bitta tashkilotda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili 15 yillik staji uchun 6 kun. Jamoa shartnomasidagi qo‘shimcha mehnat ta’tili 3 kun. Shunda (21+6+3)/12= 2.5 Chiqqan natijani to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytiramiz 2.5*6= 15. Demak, Sizning holatingizda xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda 15 kalendar kun uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Batafsil:https://t.me/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/16/2025, 11:45
t.me/mehnathuquqi/9563
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
10
94
3.8 k
Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami!
Hujjatlarini rasmiylashtirish endi yanada oson va qulay! Biz sizga:
➖Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan
➖Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan
➖MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud
➖Oson tahrirlash uchun Word formatdagi buyruqlarni taqdim etamiz:

B U Y R U Q N A M U N A L A R I
27) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi) buyruq

28) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi) buyruq

29) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi) buyruq

30) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (tashkilot o‘z muassislarining qarori bilan tugatilganligi) buyruq

31) Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq

32) Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash vositasida qo‘shimcha ish yuklash to‘g‘risida buyruq

33) Ta’tilda bo‘lgan xodimning majburiyatlarini boshqa xodimga yuklatish to‘g‘risida buyruq

34) Nogironligi bo‘lgan shaxsga yillik mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida

35) Homilador ayolni vaqtincha boshqa yengilroq ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq

36) Ishga tiklash haqidagi sudning qarorini ijro etish to‘g‘risida

37) Ishda qoldirishga doir imtiyozli huquqni aniqlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida buyruq (shtatlar qisqarganda)

38) Shtatlar jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida buyruq

39) Xodimni to‘liq stavkaga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq

40) Keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda har yilgi mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida buyruq

A R I Z A N A M U N A L A R I
4) Ish haqi saqlanmaydigan ta’til berish haqida ariza

5) Shtat qisqarganda boshqa ishga o‘tkazish haqidagi ariza

6) Ishga qabul qilish haqidagi ariza

7) To‘liq stavkaga o‘tib ishlash to‘g‘risida ariza

I L T I M O S N O M A N A M U N A L A R I
1) Intizomiy jazoni muddatdan oldin olib tashlash haqida iltimosnoma

T U SH U N T I R I SH X A T I N A M U N A L A R I
1) Intizomiy nojo‘ya xatti-harakat sodir etgan shaxsdan olinadigan tushuntirish xati

D A L O L A T N O M A N A M U N A L A R I
1) Intizomiy nojo‘ya xatti-harakat sodir etgan xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi yuzasidan tuziladigan dalolatnoma

2) Xodim ish beruvchi taklif etgan boshqa ishga o‘tishni rad etganligi haqida dalolatnoma (shtat qisqarganda)

3) Ogohlantirish xati bilan tanishmaganlik va uni olishni rad etganlik yuzasidan dalolatnoma

T A Q D I M N O M A N A M U N A L A R I
1) Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib olish haqida taqdimnoma (shtatlar qisqarishida)

2) Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib olish haqida taqdimnoma (bir marta qo‘pol ravishda buzishda)

B I L D I R G I N A M U N A L A R I
1) Ishxonadagi huquqbuzilishi haqida rahbarga xabar berish to‘g‘risidagi bildirgi
2) Ta’tilda kasal bo‘lib qolganlik haqida ish beruvchini xabardor qilish to‘g‘risidagi bildirgi

Q A R O R N A M U N A L A R I
1) Shtatlar jadvalini qayta ko‘rib chiqish va ayrim lavozimlarni qisqartirish to‘g‘risida qaror

O G O H L A N T I R I SH X A T I N A M U N A L A R I
7) Ogohlаntirish xаti (Ish beruvchining ish joyini ko‘chirishi to‘g‘risidagi xodimga beriladigan)

T A K L I F N A M U N A L A R I
1) Xodimga boshqa ish taklif etish haqida (shtatlar qisqarganda) taklif

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda

💰 Arzon narxda, barcha uchun qulay (bitta hujjat narxi 10 ming so'm)!
📊 20 tadan ortiq hujjat sotib olinsa 10 foiz chegirma beriladi.
💼 To‘plamni qo‘lga kiriting va ish jarayonlarini yengillashtiring!
🛒 Murojaat qiling: @miryoqubraximov

https://t.me/mehnathuquqi
04/16/2025, 08:36
t.me/mehnathuquqi/9562
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
1
Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami!
Hujjatlarini rasmiylashtirish endi yanada oson va qulay! Biz sizga:
➖Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan
➖Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan
➖MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud
➖Oson tahrirlash uchun Word formatdagi buyruqlarni taqdim etamiz:

B U Y R U Q N A M U N A L A R I
1) Ishga qabul qilish haqidagi buyruq

2) Ta’tildan chaqirib olish to‘g‘risidagi buyruq

3) Hayfsan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq

4) Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq

5) Xodimni doimiy boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq

6) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning malakasi yetarli bo'lmay qolishi)

7) Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq

8) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (shtatlar qisqarishi asosida)

9) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning tashabbusi asosida)

10) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi)

11) O‘quv ta’tili berish to‘g‘risida buyruq

12) Tashqi o‘rindoshni asosiy ishga o'tkazish to‘g‘risida

13) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan)

14) Har yilgi mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida

15) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (taraflarning kelishuviga ko‘ra)

16) Jarima intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq

17) Ishdagi yutuqlar uchun xodimni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq

18) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (o‘rindosh bilan) buyruq

19) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lib, xodim sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etilganda) buyruq

20) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodim vafot etganligi) buyruq

21) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

22) Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash to‘g‘risida buyruq

23) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodimning harbiy xizmatga chaqirilganligi) buyruq

24) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi) buyruq

25) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa) buyruq

26) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi) buyruq

O G O H L A N T I R I SH X A T I N A M U N A L A R I
1) Ogohlаntirish xаti (shtatlar qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida)

2) Ogohlаntirish xаti (tashkilot tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish)

3) Ogohlаntirish xаti (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga muvofiq emasligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish)

4) Ogohlаntirish xаti (muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish haqida)

5) Ogohlаntirish xаti (xodim o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi)

6) Ogohlаntirish xаti (o‘rindosh bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida)

A R I Z A N A M U N A L A R I
1) O'z xohishiga ko'ra ishdan bo'shash haqidagi ariza namunasi

2) O‘quv ta’tili (kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha) berish haqidagi ariza namunasi

3) Homiladorlik va tug‘ish ta’tili berish haqidagi ariza namunasi

J A D V A L N A M U N A L A R I
1) Ta’tillar jadvali

2) Shtatlar jadvali

💰 Arzon narxda, barcha uchun qulay (bitta hujjat narxi 10 ming so'm)!
📊 20 tadan ortiq hujjat sotib olinsa 10 foiz chegirma beriladi.
💼 To‘plamni qo‘lga kiriting va ish jarayonlarini yengillashtiring!
🛒 Murojaat qiling: @miryoqubraximov

📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

https://t.me/mehnathuquqi
04/16/2025, 08:35
t.me/mehnathuquqi/9561
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
6
16
3.8 k
#savolimbor Ассалому алайкум, саволим бориди. Ички мехнат тартиб коидаларига мехнат таътили берилмайди, кассаллик варакалари хам туланилмайди деб езса буладими

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❌ Bu mutlaqo ga’yriqonuniy hisoblanadi. Siz aytgan qoidalar ichki mehnat tartibi qoidalariga kiritilgan taqdirda ham, sariq chaqalik ahamiyatga ega bo’lmaydi, hattoki barcha xodimlar rozi bo’lgan taqdirda ham.

MK 8-moddasiga ko’ra, har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.

❌ Hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.

❌ Bundan tashqari, MK 13-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi:

xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi;
xodimlarga davomiyligi qonunchilikda kafolatlanganidan kam bo‘lmagan ta’tillar berilishini ta’minlashi;
ta’tillar berish tartibiga rioya etishi;
xodimlarga jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillar sohasidagi qo‘shimcha huquq va kafolatlarni berishi shart.

Bundan tashqari, MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/16/2025, 07:03
t.me/mehnathuquqi/9560
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
5
26
4.1 k
#qonunbilan
"Айрим соҳа ходимларини махсус кийим-бош, санитар кийим-бош, махсус пойабзал ва бошқа шахсий ҳимоя воситалари билан бепул таъминлашнинг намунавий нормаларини тасдиқлаш ҳақида"ги Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирининг буйруғи қабул қилинди.
14.04.2025 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3617
https://lex.uz/uz/pdfs/7477201
04/16/2025, 05:50
t.me/mehnathuquqi/9559
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
8
48
4.4 k
#savolimbor? Tashkilot xodimi sirtqi ta'limda o'qiydi. Unga 15 kunlik amaliyot belgilangan. O'zi ishlayotgan joyda amaliyot o'tamoqchi. Lekin ish haqi saqlanmagan holda ta'til olasiz degan. O'quv ta'tiliga amaliyot kirmaydi degan. Shunda 15 kunlik amaliyot uchun ish haqi berilmaydimi? Shu masalaga yordam bervoringlar, iltimos

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 385-moddasiga ko’ra, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga 1-ilova “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” nizom (https://lex.uz/docs/-3420313) 19-bandiga ko’ra, sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har 1️⃣ semestr davomida 1️⃣ marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.

Nizomning 24-bandiga ko’ra, sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda o‘tkaziladi.

Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Malakaviy amaliyotlarning hisobotlari o‘quv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi.

⚠️ Yuqoridagilardan xulosa qilsak, malakaviy amaliyot uchun o’quv ta’tillari berilmaydi. Laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etish uchun esa ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan chaqiruv xati asosida MK 385-386-moddalarida belgilangan tartibda o’quv ta’tili beriladi. Batafsil ma’lumot uchun kanalga 385 hamda 386 deb qidiruvga bering.

⚠️ Bundan tashqari, MK 372-moddasidagi haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va tanishtiruv amaliyotini ham chalg'itmaslik lozim. Tanishtiruv amaliyoti uchun haq to'lanmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvardagi 11-son qaroriga ilova "Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida" Nizom (https://lex.uz/docs/-6738217) oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/15/2025, 19:16
t.me/mehnathuquqi/9557
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
7
33
4.4 k
❗️Yuridik yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar diqqatiga!

“Huquq va burch+” – “Право и долг+” – “Right and duty+” elektron jurnali faoliyat boshladi.

📎 Muassis: Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi.

▪️Ixtisoslashuvi: ijtimoiy-huquqiy va ilmiy.
▪️Davriylik chastotasi: har uch oyda kamida bir marta.
▪️Nashr tarqalish hududi: Internet jahon axborot tarmogʻi (adolatmarkazi.uz saytiga joylashtiriladi).
▪️Qabul tili: o‘zbek, rus va ingliz
▪️Qabul manzili: huquqburch@adolatmarkazi.uz

📌 Maqolalarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishing.

📞 Telefon: +998977172842
📄 Guvohnoma: №636478

______________________________________
Izoh: Ushbu raqamli elektron jurnal mamlakatimizdagi nufuzli yuridik manba – “Huquq va burch” jurnali tahririyati tomonidan nashrga tayyorlanadi.
04/15/2025, 16:42
t.me/mehnathuquqi/9556
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
5
16
5.4 k
⚡️Бухгалтерия хизмати

📌Биз барча турдаги фирмаларнинг бухгалтерия ишларини юритиб берамиз.

❇️ Бухгалтерия ҳисоби⬇️

-СП, (ОК) ЧП(ХК) , ООО(МЧЖ) лар чакана ва улгуржи савдо, ишлаб чиқариш, ва барча турдаги фаолиятлар бухгалтерлик ишлари
- фирма хужжатларини шакллантириш
- солик хисоботларини юбориш ва тўловларни тўлаш
- банк клиент билан ишлаш
- баланс ва молиявий натижаларни шакллантириш
- НДС ва фойда солиқ ҳисоботлари.
-барча электрон савдоларда фаолият
- тендирлар
- стат ҳисоботлар
- my.mehnat

❇️ТЎЛОВЛАР:
Тўлиқ малумот👇👇👇

☎️ Murojaat uchun tel.:
+99893 444 48 71
@X_buxgalter
04/15/2025, 15:18
t.me/mehnathuquqi/9555
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
27
166
5.4 k
“Декрет” “декрет”га уланса ходимга тўлов қилинадими?

⏺Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси  Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб беради.

#Кўмакчи_эксперт

Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
04/15/2025, 11:05
t.me/mehnathuquqi/9554
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
10
28
5.3 k
#Кўмакчи_эксперт

Ногиронлиги бўлган шахслар таътилни қисмларга бўлиб олиши мумкинми?

⏺Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
04/14/2025, 14:51
t.me/mehnathuquqi/9552
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
9
13
5.2 k
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimni ya’ni o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzgan xodimni qayta ishga olish mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

MK 125-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

✅ O‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzib ishdan bo’shagan xodimni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ishga olish mumkin.

❌ Lekin qonunchilikda ayrim istisnolar ham mavjud. Masalan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun 44-moddasiga ko‘ra, ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek, qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.

MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar aynan maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas ekan. Boshqa lavozimlarda ishlashga esa cheklov belgilanmagan.

Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/14/2025, 13:14
t.me/mehnathuquqi/9551
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
17
26
3.4 k
#mulohaza

Бир неча касбда (лавозимда) ишлаш ва вақтинча бўлмаган ходимнинг мажбуриятини бажариш битта нарсами?

Буларнинг ҳар иккисида ҳам ходим унга юклатилган қўшимча ишни асосий иши ва лавозими билан бир вақтда бажаради. Шундан бўлса керак, кўпчилик буларни айнан битта тушунча деб ҳисоблайди.

Меҳнат кодексининг 116-моддаси “бир неча касбда (лавозимда) ишлаш, хизмат кўрсатиш доирасини кенгайтириш, иш ҳажмини кўпайтириш, вақтинча йўқ бўлган ходимнинг мажбуриятларини меҳнат шартномасида белгиланган ишдан озод этилмаган ҳолда бажариш” деб номланади.
Қаранг, бу тушунчаларни модданинг номидан алоҳида ажратиб олиш жуда қийин. Лекин, 116-модданинг иккинчи қисмида булар қўшимча ишлар сифатида қуйидаги алоҳида тоифаларга ажратилган:

➖ходим меҳнат шартномасида шарт қилиб кўрсатилган асосий ишга нисбатан бошқа касб (лавозим) бўйича қўшимча ишни бажараётган ҳолларда бир неча касбда (лавозимда) ишлаш;

➖ходим асосий ишидаги айни ўша касб (лавозим) бўйича қўшимча ишни бажараётган ҳолларда хизмат кўрсатиш доираларини кенгайтириш ёки ишлар ҳажмини кўпайтириш;

➖вақтинча йўқ бўлган ходимнинг мажбуриятларини меҳнат шартномасида белгиланган, асосий ишидаги айни ўша касб (лавозим) ёки бошқа касб (лавозим) бўйича ишдан озод этилмаган ҳолда бажариш.

Эътибор беринг, бунда бир неча касб (лавозим)да ишлаш бошқа, вақтинча бўлмаган ходимнинг мажбуриятларини бажариш бошқа-бошқа тушунчалар эканлиги кўрсатиб ўтилмоқда.

▪️Улар ўртасидаги тушуниш осон бўлган асосий фарқни айтаман:

➖бир неча касб (лавозим)да ишлашда ходим асосий лавозими билан бир вақтда бажарадиган кейинги лавозим мутлақо вакант бўлади ва бу лавозимда ҳеч ким ишламайди;

➖вақтинча йўқ бўлган ходимнинг мажбуриятларини бажаришда эса, кейинги лавозим бўш бўлмайди, унда бошқа бир ходим ишлаётган бўлади, лекин у вақтинчалик ишда бўлмайди (масалан, меҳнат таътилида, касаллик варақаси даврида, хизмат сафарида ва ҳоказода бўлади).

Ушбу икки тушунчанинг бошқа-бошқа эканлигини билиб олсангиз, қонунчиликда уларнинг ҳар бири учун белгиланган алоҳида нормаларни ҳам қўллашингиз осон бўлади.

Масалан, МК 259-моддасининг иккинчи қисмидаги “вақтинча йўқ бўлган ходимнинг мажбуриятларини бажариш вазифаси штатдаги унинг ўрнини босадиган шахс зиммасига асосий ишдан озод этилмаган ҳолда юклатилганда қўшимча тўлов амалга оширилмайди” деган қоида биз тўхталаётган қайси ҳолатга тегишли?

Тўппа-тўғри, қоиданинг ўзида ёзиб қўйилганидек, вақтинча йўқ бўлган ходимнинг мажбуриятларини штатдаги унинг ўрнини босадиган ходимга тегишли. Бундан кўринадики, ушбу чекловнинг бир неча касб (лавозим)да ишлаётган ходимларга алоқаси йўқ. Қизиқ-а?

👉@yuristkadr
04/14/2025, 12:17
t.me/mehnathuquqi/9550
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
5
6
4.5 k
📊Доимий аҳолининг неча фоизи меҳнатга лаёқатли?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистон Республикасида 2025 йилнинг 1 апрель ҳолатига доимий аҳоли сони 37 697,8 минг кишини ташкил этди.

✅ Доимий аҳоли сонининг ёш гуруҳлари бўйича таркиби қуйидагича:

🔸 меҳнатга лаёқатли ёшдан кичиклар – 12,1 млн киши (32,1 %);

🔸 меҳнатга лаёқатли ёшдагилар – 21,1 млн киши (56 %);

🔸 меҳнатга лаёқатли ёшдан катталар – 4,5 млн киши (11,9 %).
04/14/2025, 10:07
t.me/mehnathuquqi/9549
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
17
15
4.2 k
#savolimbor? Ассалому алайкум Муҳаммадамин ака яхшимисиз. Суд қарорига мувофиқ муайян ҳуқуқ ва лавозимда ишламаслик асосида ишдан бўшатилган бош ҳисобчига расчётной бериладими йўқми? Илтимос шунга асосли жавоб берсангиз. Олдиндан катта раҳмат

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 172, 254-moddalariga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
❗️Hisob-kitob xodimga:
👉oxirigacha olinmagan ish haqini;
👉xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
👉agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

⚠️ Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

⚠️ Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3️⃣ kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

⚠️ MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️Demak, mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari), xodim vafot etganligi, xodim ozodlikdan mahrum qilinganligi va boshqa har qanday asosga ko’ra bekor qilinsa, xodimga “расчётный” beriladi.

✅ Savolda so’ralgan holat bo’yicha, xodim Jinoyat kodeksi 45-moddasi bo’yicha muayyan huquqdan mahrum qilingan hamda mehnat shartnomasi MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilingan. Bu vaziyatda ham MK 172, 234, 254-moddalariga muvofiq xodimga “расчётный” beriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/14/2025, 05:55
t.me/mehnathuquqi/9548
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
21
51
4.6 k
O'rindoshga ham bolnichniy puli berilishi kerakmi?

#savolimbor Assalomu alaykum.Bizda yarim stavkada ishlaydigan xodim bolnechniga chiqqanedi.Asosiy joyidan mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olgan.Lekin bizdan ham olishi kerakligini aytyapdi.Shu tog'rimi.Iltimos asosli qaror yoki yuridik hujjat aytaolasizmi shu bo'yicha.Oldindan rahmat

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 18-bandiga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir https://lex.uz/docs/-2070161

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizomning 40-bandiga ko’ra, nafaqalar o‘rindoshlik asosidagi (shu jumladan, ichki o‘rindoshlik asosidagi) ish joyi bo‘yicha ham alohida to‘lanadi, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi https://lex.uz/docs/-6978570

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/13/2025, 10:16
t.me/mehnathuquqi/9546
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
23
28
5.5 k
#savolimbor
Assalomu alaykum. Xodim mehnat ta'tili vaqtida malaka oshirishga jalb qilinsa, mehnat ta'tilini uzaytirishi mumkinmi? MK 229-moddada bu asos yo'q ekan. Jamoa shartnomada ham bunday asos yo'q ekan.

Javob
Mehnat kodeksida, umuman, qonunchilikda barcha masalani aniq va lo'nda qilib yozish murakkabdir, ba'zida imkonsiz. Bu qonunlarni ishlab chiqish, norma ijodkorligi qoidalariga ham bog'liq.

Ha, siz aytgan 229-moddada (https://youtu.be/G5eIRznsAFA) xodim malaka oshirishga ketganda ta’tilning uzaytirilishi yoki boshqa muddatga o’tkazilishi kerakligi haqida ma’lumot yo’q. Go'yoki, ijtimoiy munosabat tartibga solinmagandek. Biroq unday emas.

Buning sabablari bor. Har yilgi mehnat ta’tili bitta moddadan tashkil topmagan. Mazkur ta’tillar uchun kodeksda 216-235-moddalardan iborat alohida butun boshli paragraf (4-§. Har yilgi mehnat ta’tili) ajratilgan. Mehnat ta’tillari mavzusini to‘liq o‘zlashtirmasdan turib, bitta modda bilan savolga javob topib bo'lmaydi. Shuning uchun bu masalada mutaxassislar (yuristlar)ga ehtiyoj seziladi.

Avvalo, mehnat ta’tili paytida xodimni malaka oshirishga jalb qilib bo‘lmaydi. Nima uchun? Chunki xodim ta’til davrida dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda ishdan ozod etiladi (Mehnat kodeksi 216-modda).

Demak, xodim ta’tilni o‘zi xohlagandek o’tkazishga haqli ekan. Uni biror shakda bezovta qilib bo'lmaydi. Bu konstitutsiyaviy norma ham. Shunday ekan, uni malaka oshirishga jalb etish qonunan va mantiqan noto’g’ri ish.

Malaka oshirishga yuborish uchun nima qilish kerak?
Agar o’sha xodimning malaka oshirishi sizga shu daraja kerak bo’lsa, uning ta’tildan qaytishini kutib, ishga chiqishi bilanoq malaka oshirishga yuborsangiz hech qanday normani buzmagan bo‘lasiz.

Agar malaka oshirish o’ta muhim va dolzarb bo’lsa, Mehnat kodeksining 232-moddasiga asosan, ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan uni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olib, shundan so‘ng uni malaka oshirishga yuborasiz. Foydalanilmay qolgan ta'til joriy ish yilining boshqa davriga ko'chiriladi.

Ayrim tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, maxsus qarorlarda biz yuqorida tahlil qilib, qonun normalarini sharhlab javob topgan masalani sodda tilda, biroz qo'polroq o'xshatish "otning qashqasidek" qilib ko'rsatib qo'yiladi.

Misol, mana bu Nizomning 38-bandiga asosan, xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.

Jamoa shartnomasiga ta'til paytida xodimni malaka oshirishga yuborish mumkinligi haqidagi qoidani kiritilishi esa, Mehnat kodeksining 8-moddasidagi xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipining buzilishidir.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/13/2025, 07:57
t.me/mehnathuquqi/9545
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
9
15
3.9 k
#savolimbor Assalomu alaykum, aliment bo’yicha qarzdorligi bor xodimni oyligidan qanday ushlab qolamiz, soliqni ushlab qolmasdanmi yoki soliqlarni ushlab bo’lgachmi?
https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

👉 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 8-iyuldagi 157-son buyrug‘iga ILOVA “Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish” qoidalarining 9-bandiga ko’ra, qarzdorning ish haqidan ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolinganidan so‘ng qolgan summadan hisoblab chiqariladi.

👉 Qoidalarning 10-bandiga ko’ra, agar ijro hujjatida ish haqidan undirish miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ijrochisi har bir alohida holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.

Asos: https://lex.uz/docs/-1497291


Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/12/2025, 16:07
t.me/mehnathuquqi/9543
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
11
30
4.0 k
#namuna
Keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda har yilgi mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida buyruq
(отпуск с последующим увольнением)

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/3MEsAxLgKbw?si=mBPBZooIzAXQ9Qks)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida) 
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/12/2025, 13:55
t.me/mehnathuquqi/9542
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
21
56
4.5 k
04/12/2025, 09:03
t.me/mehnathuquqi/9541
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
15
29
4.5 k
#savolimbor Ассалому алайкум. Ходим бошка ташкилотда 0,75 ставка ишлаяпти  бизга уриндошлик буйича 0,75 га утмокчи. Хозиргача 0,50да ишлаетганди.  Шу мумкинми, жами 1.5 ставкадан ошмаяпти

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/12/2025, 08:48
t.me/mehnathuquqi/9540
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
1
4.5 k
04/11/2025, 18:07
t.me/mehnathuquqi/9537
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
1
4.5 k
04/11/2025, 18:07
t.me/mehnathuquqi/9538
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
1
4.5 k
04/11/2025, 18:07
t.me/mehnathuquqi/9536
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
Repost
19
2
3.6 k
Ilm va ilhom uyg‘unligida yana bir qadam!

✅ 2025-yil 11-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tgan “Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada Olima qizlar klubi a’zolari ham faol ishtirok etdilar.
Ushbu nufuzli anjumanda Xususiy huquq fakulteti 2-bosqich talabasi Xalimova Odinaxon Azamjon qizi va Jinoyat odil sudlov fakulteti 1-bosqich talabasi Bozorova Munisa Muhiddin qizi klub nomidan qatnashib, yuridik fanda o‘z bilim va salohiyatlarini yanada mustahkamladilar.
🟠Tadbir davomida mehnat huquqining dolzarb masalalari, ayniqsa, ayollar huquqlarini himoya qilishga doir yondashuvlar muhokama qilindi.
⚡️ Olima qizlar klubi a’zolarining bunday tadbirlarda ishtiroki ularning ilmga bo‘lgan qiziqishi, ijtimoiy faolligi va kasbiy mahoratini oshirishda muhim qadamlardan biridir.
⚡️Ilm sari dadil qadamlar bilan oldinga!
#OLIMA_QIZLAR_KLUBI #TDYU
04/11/2025, 18:07
t.me/mehnathuquqi/9535
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
11
29
3.9 k
#namuna
Xodimni to‘liq stavkaga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/noDeEcMjFsM?si=QGgNHq8VPdVwvD7f)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjatni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/11/2025, 17:19
t.me/mehnathuquqi/9534
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
11
10
4.3 k
#lekinbufakt

Endi Xitoydagi har bir bola sun’iy intellektni o‘rganishi shart

Pekin qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha boshlang‘ich va o‘rta maktablarda sun’iy intellekt (SI) ta’limi majburiy bo‘ladi. 6 yoshli bolalar ham yiliga kamida 8 soat SI darslarini o‘tishadi.

Maktablar endi o‘qituvchilarini qayta tayyorlashi, dars rejalari va o‘quv dasturlarini yangilashi, hamda fan va texnologiya kabi fanlarga SI mavzularini kiritishi kerak bo‘ladi.

Bu Xitoyning bolalarni yoshligidan SI bilan tanishtirish orqali ularni kelajakdagi ish bozori talablariga tayyorlashga qaratilgan strategiyasining bir qismi.

Maqsad — bolalar sun’iy intellekt bilan erta tanishib, uni tabiiy qabul qilishni o‘rganishlari va kelajakda SI keng qo‘llaniladigan dunyoda muvaffaqiyatli ishlay olishlari.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Hujjat uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
04/11/2025, 15:42
t.me/mehnathuquqi/9533
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
18
15
4.3 k
#savolimbor Assalomu alaykum, avvalombor Sizlarga katta rahmat. Savollarimizga beminnat javob berib kelyapsizlar. Savolim bor edi. Bir xodimimga institutga o'qish uchun ta'lim ta'tili berdim 1 oyga. U 10 kundan so'ng dekretga chiqmoqchiman deb hujjatlarini olib keldi. Endi nima qilsam bo'ladi. Dekretga chiqarsam bo'ladimi. O'qish ta'tili nima bo'ladi. Javobingiz uchun oldindan rahmat..

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 213-moddasiga ko’ra, ta’tillarning quyidagi 4️⃣ ta turi nazarda tutilgan:

har yilgi mehnat ta’tili;

ijtimoiy ta’tillar;

ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;

ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

⚠️ Mehnat qonunchiligida bir vaqtning o’zida 2 ta ta’tilda bo’lish nazarda tutilmagan. Masalan, bir vaqtning o'zida ham o'quv tatilida, ham “dekret ta’tili”da. Agar Siz o’quv ta’tilidagi xodimni “dekret”ga chiqarsangiz bu xodim bir vaqtning o’zida ham o’quv ta’tilida, ham “dekret ta’tili”da bo’lib qolmoqda. Bu noto'g'ri hisoblanadi.

O’quv tatilidan chaqirib ham bo’lmaydi, chunki ta’tildan chaqirib olish ya’ni MK 232-moddasi qoidalari xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishni tartibga soladi.

Bundan tashqari, MK 229-moddasini ham qo’llay olmaysiz. Chunki bu modda ham har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirishni tartibga soladi.

O'quv ta'tili va “dekret ta’tili” esa MK 237-moddasiga ko'ra, ijtimoiy ta’tillar turiga kiradi.

Demak, Siz xodimni o’quv ta’tili tugagandan so’ng, uni “dekret ta’tili”ga ya’ni homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqarish bo’yicha buyruq chiqarasiz.

❗️MK 404-moddasi 2-qismiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
04/11/2025, 07:00
t.me/mehnathuquqi/9532
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
12
21
4.5 k
Xorijda, masalan, Tojikiston yoki Qirg'iz Respublikasida sirtqida o'qiyotganlarda o'quv ta'tili berish mumkin emasmi❓

#savolimbor Ассалому алейкум Мухаммадамин устоз. Тожикистон Республикасида укиётган ходимга укиш татили уртача иш хакки сакланган холда берилиши тугрими? Мени прокуратура текширгани келганда нотугри диб кетишди пулини кайтартирасиз дийишди

https://t.me/mehnathuquqi javobi

MK 385-moddasiga ko’ra, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari beriladi.

⚠️ Demak, e’tibor bering, MK 385-moddasida “oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlari” deyilgan.

1️⃣ Birinchidan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarining mulkchilik shaklining ham ahamiyati yo’q. MK 385-moddasi davlat va xususiy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlariga ham taalluqli.

2️⃣ Ikkinchidan, MK 385-moddasi nafaqat O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlariga, balki xorijiylarga ham taalluqli.

Agar aynan O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlari nazarda tutilganda edi, bu normada to’g’ridan to’g’ri ko’rsatilar edi.

Masalan, Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandiga ko’ra soliq to‘lovchining quyidagilarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari:
... O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, MK 385-moddasi nafaqat O‘zbekiston Respublikasining, balki xususiy, shu jumladan xorijiy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlariga ham taalluqli ekan.

Diqqat! 🔉 Diqqat! MK 386-moddasiga ko’ra, ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar 1-marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda beriladi.

⚠️ Ya’ni sodda qilib aytganda, 2-mutaxassislikka o’qiyotgan xodimlarning o’rtacha oylik ish haqi saqlanmaydi.

✅ Lekin ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga mazkur kafolatlar taqdim qilinishi mumkin!

❗️Kelishuv va buyruqdan namunani olmoqchi bo’lganlar @MuhammadaminKarimjonov ga murojaat qiling!
Shuningdek, video va audio materiallar ham ilova qilinadi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
04/10/2025, 19:53
t.me/mehnathuquqi/9530
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
19
12
4.2 k
Шогирдимиз Ўзбекистон энергетика, нефт-газ ва геология ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши Меҳнат инспекцияси бошлиғи ўринбосари-Бош меҳнат ҳуқуқ инспектори Б.У.Абдуллаев томонидан тайёрланган касаба уюшмалари фаолиятида фойдаланиш учун қўлланма. “Касаба уюшма қўмитаси, органида меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббусига кўра бекор қилиш тўғрисидаги тақдимномасини кўриб чиқиш
ТАРТИБИ
04/10/2025, 19:00
t.me/mehnathuquqi/9529
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
12
98
4.3 k
04/10/2025, 18:59
t.me/mehnathuquqi/9528
ME
Mehnat huquqi
31 580 subscribers
23
9
4.8 k
Тошкентдаги ўқитувчининг касб касаллигига чалиниши натижасида суд орқали ҳақини ундириб олинишига эришилди — Ўзбекистон таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Республика кенгаши
https://talim.kasaba.uz/?p=2737%C2%A0
04/10/2025, 17:46
t.me/mehnathuquqi/9527
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria