Meta sun’iy intellekt yordamida yoshi kichik foydalanuvchilarni aniqlamoqchi
Meta kompaniyasi Instagramda o‘z yoshini yashirgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatgan voyaga yetmagan foydalanuvchilarni aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanishni
boshlaydi. Neyron tarmoq foydalanuvchilarning shaxsiy xabarlarini ham tahlil qiladi — masalan, agar kimdirga “16 yosh bilan tabriklayman” degan xabar yuborilgan bo‘lsa, u holda akkauntning sozlamalari avtomatik tarzda o‘zgartiriladi. Dastlab bu loyiha faqat AQShda sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘llaniladigan choralar: ba’zi videolarni ko‘rish imkoniyati cheklanadi va voyaga yetmaganlarning akkauntlari begonalar uchun qo‘shimcha himoya bilan ta’minlanadi — ayniqsa nomaqbul xabarlar yuborilayotgan bo‘lsa.
Meta kompaniyasi bu tizimda xatoliklar bo‘lishi mumkinligini tan oldi va cheklovlarni bekor qilish yo‘li ham bo‘lishini aytdi, ammo aynan qanday usulda ekanligini ochiqlamadi. Agar buning uchun pasport ma’lumotlari talab qilinsa, jamoatchilik noroziligi kutilmoqda.
Bu harakatlarning sababi — Yevropa Ittifoqi va AQSh hukumatlarining bosimi. O‘tgan yili Yevropa Meta kompaniyasi bolalar xavfsizligini qay darajada ta’minlayotganini o‘rganishni boshlagan, AQShda esa Instagramda voyaga yetmagan foydalanuvchilarga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlar bo‘yicha ko‘plab sud da’volari ochilgan.