Zo’r qaror! Ta’lim o’zbek tilida bo‘lmagan maktab bitiruvchilari endi davlat tili fanidan majburiy imtihon topshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning 9-aprel kungi buyrug‘iga
ko‘ra, barcha maktab bitiruvchilari uchun davlat tili (o‘zbek tili) imtihoni majburiy bo‘ldi.
Bu yangilik ta’limi o‘zbek tili bo‘lmagan (masalan, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman, qirg‘iz tillaridagi) sinflarga ham taalluqlidir.
Boshqacha aytganda, o’zbek tilida o’qiyotganlar ona tili va adabiyot fanidan imtihon topshiradi, boshqa tilda o’qiyotgan bitiruvchilar davlat tili fanidan imtihon topshiradi.
Attestatsiya fanlari va shakllari:
9-sinf bitiruvchilari:
➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma;
➖ davlat tili (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) fanidan — yozma;
➖ matematika fanidan — yozma;
➖ O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
➖ jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.
11-sinf bitiruvchilari:
➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma;
➖ davlat tili (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;
➖ matematika (asosiy) / matematika (chuqurlashtirilgan) fanidan — yozma;
➖ tarix fanidan — yozma.
Xorijiy tillar yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar, ushbu fandan imtihon topshirishdan ozod etiladi. Sertifikatlar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Imtihon jarayonida kuzatuv kengashi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
👉
@xushnudbek 👈