Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan
yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qayd etilgan eng muhim vazifa va maqsadlar
▫️Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot”ning komplayens nazorati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkaziladi.
▫️Agentlik vazir, hokimlar bilan birgalikda har chorakda korrupsiya yuqori bo‘lgan kamida 3 ta sohada tumangacha tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganadi.
▫️Xalqaro reyting tashkilotlari tavsiyasi asosida “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, har bir vazirlik va idoraga qilinadigan ishlar aniq belgilab beriladi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarni jazolash bo‘yicha taklif kiritiladi.
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibini to‘liq yangilanadi, ularga rais etib viloyat xalq deputatlari kengashi raislari tayinlanadi.
▫️Kengashlar har chorakda kamida bitta sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligini taʼminlash bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritadi.
▫️Vazirlar Mahkamasi tizimidagi korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho berib, ikki haftada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha har biriga aniq vazifa qo‘yadi. Har oyda bittadan inspeksiya faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
▫️Senat kamida 1 ta hududda jinoyatchilikni keskin qisqartirish bo‘yicha, Qonunchilik palatasi esa kamida 1 ta sohada korrupsiyaga barham berish bo‘yicha takliflar berib boradi.
▫️To‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar 2 karra qisqartiriladi.
▫️Yil yakunigacha sunʼiy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha elektron tizimni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
▫️Ekspert komissiyasi tuziladi va ushbu komissiya ilg‘or tajriba asosida davlat xaridlarida tovarlarning o‘rtacha bozor narxlari ko‘rinib turadigan elektron platforma yaratadi.
▫️Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi.
▫️Investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish, yirik auksion shartlarini raqobatdoshlik ekspertizasidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
▫️Ishga qabul qilishni ochiq va shaffof o‘tkazish, davlat xizmatchilari reyestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini o‘rganish bo‘yicha farmon loyihasi kiritiladi.
▫️Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, 1-aprelgacha kiritiladi.
▫️Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratiladi.
▫️Mansabdorlik va maishiy korrupsiya omillarini tahlil qilish, ularni oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinadi.
▫️Korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati, korrupsiyani oldini olish, odamlarimizni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni rag‘batlantirish kabi masalalar aks etgan qonun ishlab chiqiladi.
▫️Maktab direktorlari “Tarbiya” fani doirasida o‘g‘il-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirib boradi, rektorlar esa talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yadi.
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Virtual akademiyada halollik, qonunga itoatkorlik munosabatini shakllantirish dasturi doirasida kamida 2 million yoshlar bepul o‘qitiladi.
▫️Nodavlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga har yili 10 milliard so‘mdan ajratib boriladi.
@SherzodSaparov