У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
AN
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
https://t.me/antikor_uzb
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
1.32%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
22.89%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Rasmiy sahifa.

▪️Veb-sayt: http://anticorruption.uz

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 295 результатов
38
538
Joriy yil baholashda o‘tgan yilga nisbatan “yashil” toifada baholangan davlat idoralari ko‘lami 21 %ga ko‘payib, “qizil” toifadagilar 15 %ga (ijobiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha) kamaygan.

Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 70 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 8 ballga oshgan.

Eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (91 ball), Soliq qo‘mitasi (90 ball), “O‘zavtosanoat” AJ (89 ball) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (89 ball) tomonidan ko‘rsatilgan.

Eng yuqori ijobiy o‘sish “Uzbekistan Airways” AJ (+42 ball), Transport nazorati inspeksiyasi (+46 ball), Sport vazirligi (+47 ball), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (+52 ball) tomonidan qayd etilgan.

Respublika darajasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (32 ball), Gidrometeorologiya xizmati agentligi (45 ball), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (50 ball) va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (51 ball) qayd etib, “qizil” toifada baholangan.

Yakuniy natijalar bilan https://index.aca.uz/rating orqali tanishish mumkin.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
25.04.2025, 07:52
t.me/antikor_uzb/3518
25.04.2025, 07:52
t.me/antikor_uzb/3522
25.04.2025, 07:52
t.me/antikor_uzb/3519
25.04.2025, 07:52
t.me/antikor_uzb/3520
25.04.2025, 07:52
t.me/antikor_uzb/3521
97
916
2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.

Maʼlumot o‘rnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.

Baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Yakuniy natijalar bilan https://index.aca.uz/rating orqali tanishish mumkin.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
25.04.2025, 07:48
t.me/antikor_uzb/3517
13
1.2 k
24.04.2025, 17:37
t.me/antikor_uzb/3514
14
1.2 k
24.04.2025, 17:37
t.me/antikor_uzb/3516
13
1.2 k
24.04.2025, 17:37
t.me/antikor_uzb/3515
13
1.1 k
Jizzax viloyatida korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Bahmal, G‘allaorol tumanlarida sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, bandlik, bank, kadastr, qurilish sohalarida korrupsiyaning oldini olish choralari qay darajada samarali yo‘lga qo‘yilgan?

Bu borada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umed Mavlyanov va Respublika Ishchi guruh tomonidan o‘rganish olib borilmoqda.

Ishchi guruhning Milliy bank, Mikrokreditbank, Asakabank, Agrobank va Xalq bankining hududiy filiallaridagi o‘rganishlarida bank xizmatlari, xususan, imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish jarayonida inson omilining ustuvorligi va raqamlashtirishning to‘liq joriy etilmagani korrupsiyaviy xavflarni oshirishi qayd etildi.

Jizzax shahridagi Kardiologiya markazi va akusherlik kompleksi, Sharof Rashidov tumanidagi 29-sonli oilaviy poliklinika va tug‘ruq kompleksi, G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda qator kamchiliklar aniqlandi.

Pullik va bepul tibbiy xizmatlarning ochiq va adolatli taqsimlanmasligi, xodimlarni ishga qabul qilishda oshkoralikning yetishmasligi, davlat xaridlari va moliyaviy xarajatlar ustidan nazoratning sustligi shular jumlasidandir.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari tomonidan ochiq tanlovlarning yetarli darajada tashkil etilmagani hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlar esa aholiga yetarli darajada yetkazilmayotgani maʼlum bo‘ldi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim-tarbiya jarayonida shaffoflik, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, pedagoglarga munosib shart-sharoitlar yaratish va raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda masʼuliyatsizlik va sustkashliklarga yo’l qo’yilgan.

Masʼullar bilan birga yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
24.04.2025, 17:37
t.me/antikor_uzb/3513
79
3.7 k
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishga qaratilgan ikki muhim hujjat — farmon va qaror qabul qilindi.

Ushbu illatga qarshi kurashni kuchaytirishda qanday yangilik va o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Bu jarayonda vakolatli organlar, parlament, komplayens-nazorat tuzilmalari, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlari zimmasidagi masʼuliyat va vazifalar nimalardan iborat?

Bu haqda Axborot 24 dasturida mutaxassislar sharhi bilan tanishing.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
23.04.2025, 10:32
t.me/antikor_uzb/3512
49
3.2 k
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va respublika ishchi guruhining sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati yuzasidan o‘rganishlari davom etmoqda.

Bu galgi manzil — Samarqand viloyatining Urgut tumani.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
22.04.2025, 07:58
t.me/antikor_uzb/3511
44
3.0 k
2026-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.

Aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

Sunʼiy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.

Shuningdek, Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha yil yakuniga qadar ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan 21 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur Farmon va uning doirasida belgilangan vazifalarni sifatli, o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar bo'ladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 18:45
t.me/antikor_uzb/3510
51
2.1 k
Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.

2025-yilning 1-iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.

Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarini kamida ikki karra qisqartirish choralari ko'riladi.

Shuningdek:

2025-yil yakuniga qadar xalqaro tender obyektlari bo‘yicha subpudratchilarni “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilish, qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlarni “Shaffof qurilish” tizimida o‘tkazish hamda xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 18:38
t.me/antikor_uzb/3509
42
1.7 k
"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmon qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:

▫️Milliy kengash har yili hududlar kesimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini tasdiqlaydi va ijrosini nazorat qilib boradi;

▫️Oliy Majlis palatalari har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 3 ta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

▫️vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashida ko‘rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq rejasi himoya qilinishi yo‘lga qo‘yiladi;

▫️xalqaro tajriba asosida kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

▫️“Jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida har oyning 1–5 sanalarida reja asosida “qizil” toifadagi mahallalarga tushib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, hududlardagi prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 18:32
t.me/antikor_uzb/3508
90
2.5 k
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy taʼminlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

- markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalariga ilk marta lavozimga tayinlangan rahbar xodimlar – Agentlikda;

- hududiy va tizim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul xodimlari –  markaziy apparatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarida ikki haftalik stajirovka o‘taydi.

Agentlik:

- bo‘linmalar rahbar va xodimlarining har yili qisqa muddatli malaka oshirish kurslari hamda har uch yilda attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi;

- bo‘linmalar rahbar va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibini, ular faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) hamda xodimlarning kasbiy standartlarini tasdiqlaydi.

Joriy yil 1-iyulga qadar “E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagilar amalga oshirilishi ko'zlangan:

▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari rahbar va xodimlari elektron reyestrini yaratish;

▫️korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar haqidagi hisobotni elektron shaklda taqdim etish;

▫️anonim so‘rovnomalar o‘tkazib, natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilish imkonini beruvchi elektron modulni ishga tushirish.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 17:56
t.me/antikor_uzb/3507
88
2.3 k
2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida:

▫️Sog‘liqni saqlash, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi , Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot” AJlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o'tkaziladi;

Ular bevosita Agentlikka bo‘ysunadi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladi;

Mazkur bo'linmalar rahbarligiga Agentlik xodimlari tayinlanadi va ularga Agentlikning bo‘lim boshlig‘iga belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari qo‘llaniladi.

Agentlik huquqiy eksperimentning amalga oshirilishi haqida har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga axborot kiritib boradi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 17:47
t.me/antikor_uzb/3506
166
2.7 k
Qaror bilan Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi.

Unga ko'ra:

☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmagan davlat tashkilotlarining markaziy apparati shtat birligi soni:

➖150 tagacha bo'lsa, 1 nafar masʼul xodim;

➖150-400 gacha bo'lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma;

➖400 va undan ortiq bo'lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma faoilyat yuritadi.

☑️hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lgan davlat tashkilotlarining markaziy apparati shtat birligi soni:

➖150 tagacha bo'lsa, markaziy apparatda 2 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;

➖150-400 gacha bo'lsa, markaziy apparatda 3 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda 1 nafardan masʼul xodim;

➖400 va undan ortiq bo'lsa, markaziy apparatda 4 nafar xodimdan iborat bo‘linma, har bir hududiy tuzilma va tarkibiy tashkilotlarda1 nafardan masʼul xodim faoliyat yuritadi.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari uchun ushbu minimal mezonlarda nazarda tutilganidan ko‘proq shtat birliklarini belgilashi mumkin.

Agar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmasida umumiy shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa, ushbu hududiy tuzilmaning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Agar davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi tarkibiy tashkilotning shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa hamda tarkibiy tashkilotning o‘zida hududiy yoki tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmasa, ushbu tarkibiy tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining Markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar tizimdagi tarkibiy tashkilotning umumiy shtatlar soni 400 va undan ortiq bo‘lsa, yuqoridagilarga asosan minimal mezonlar tadbiq etiladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 17:42
t.me/antikor_uzb/3505
148
3.2 k
"Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligi hamda faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalarining ustuvor vazifalari etib belgilandi:

➖korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

➖davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

➖davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, davlat xaridlari bo‘yicha preventiv o‘rganishlarni amalga oshirish;

➖mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari bevosita tashkilotning birinchi rahbariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga bo‘ysunadi va uning oldida hisobdor bo‘ladi;

Tuzilmaning barcha darajadagi rahbar va xodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari tomonidan tayinlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taqdimnomalari ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 17:41
t.me/antikor_uzb/3504
19
5.4 k
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
21.04.2025, 07:03
t.me/antikor_uzb/3503
10
1.4 k
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
18.04.2025, 18:29
t.me/antikor_uzb/3502
30
8.7 k
18.04.2025, 14:39
t.me/antikor_uzb/3501
32
7.5 k
18.04.2025, 14:39
t.me/antikor_uzb/3499
30
7.0 k
Korrupsiyaga qarshi kurashishda Saudiya Arabistoni bilan keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Saudiya Arabistoni Podshohligi Nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi (NAZAHA) Prezidenti Mazin Al Kaxmusni qabul qildi.

Maʼlumot uchun: Saudiya Arabistoni Podshohligida Nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi (sobiq Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi) 2011-yilda tashkil etilgan.

Idora faoliyatining asosiy yo'nalishi halollikni himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasining amalga oshirilishini nazorat qilish, uning natijalarini kuzatish, baholash va tahlil qilish, ish dasturlari va amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Ikki idora rahbarlarining ilk muloqoti 2024-yil noyabr oyida Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti(IHT)ning Korrupsiyaga qarshi kurashish organlari ikkinchi vazirlar yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan edi.

Mazkur muloqotning amaliy samarasi sifatida uyushtirilgan bu galgi uchrashuvda ikki davlat aksilkorrupsiya idoralari o‘rtasida professional aloqalarni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishning imkoniyat va yo‘nalishlari muhokama qilindi.   

Uchrashuv mobaynida Mazin Al Kaxmus davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan sohada amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

O‘z navbatida, Agentlik direktori Akmal Burxanov mamlakatimiz aksilkorrupsiya islohotlari rivojida xalqaro aloqalarning ahamiyatiga urg‘u berib, xususan, Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik yangi mexanizmlarni joriy etishga xizmat qilishini taʼkidlab o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Agentlik va NAZAHA o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Shuningdek, o'zaro tajriba almashish, ikki idora xodimlarining salohiyati va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlar, stajirovka hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda muhim kelishuvlarga erishildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
18.04.2025, 14:39
t.me/antikor_uzb/3497
31
8.7 k
18.04.2025, 14:39
t.me/antikor_uzb/3500
31
7.6 k
18.04.2025, 14:39
t.me/antikor_uzb/3498
Репост
8
1.0 k
Стандартлаштириш ва сертификатлаштириш тизимидаги эскирган талаблар ва бюрократия тадбиркорларнинг “қўлини боғлаётгани”, соҳада коррупцияни келтириб чиқараётгани кўрсатиб ўтилди.

25 мингдан ортиқ стандарт, 41 та техник регламент халқаро бозор талабларига мос келмайди. Ҳозирда 13 мингга яқин турдаги товарнинг 6,5 минги мажбурий сертификатланади, бу эса таннархни оширади.

“Вазирлар, ҳокимлар қачон тадбиркорларни эшитиб, қайси стандартни янгилаш, қайси бирини бекор қилиш, нима маҳсулотни мажбурий сертификация рўйхатидан чиқаришни ўйлаб кўрди? Афсуски, бунга ижобий жавоб йўқ”,
- дея қатъий эътироз билдирди Президент.

Хусусан, инвесторлар мамлакатимиздаги кўп лабораториялар талабга жавоб бермаслиги, ривожланган давлатлар стандартлари эса тан олинмаётганини айтмоқда.

Ҳозирги тизимда сертификатлаш органлари бир пайтнинг ўзида бозор назоратини ҳам олиб бораётгани, бу эса манфаатлар тўқнашувига олиб келаётгани қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
18.04.2025, 13:27
t.me/antikor_uzb/3496
17
1.8 k
18.04.2025, 11:51
t.me/antikor_uzb/3495
17
1.8 k
18.04.2025, 11:51
t.me/antikor_uzb/3491
17
1.9 k
18.04.2025, 11:51
t.me/antikor_uzb/3494
17
1.4 k
Davlat xaridlariga oid nashrlar taqdimot qilindi

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi doirasida bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish” risolasi hamda sohada nazoratni amalga oshiruvchi davlat xizmatchilari uchun qo‘llanma taqdimot qilindi.
Maʼlumot o‘rnida: Qo‘llanma va risola Agentlik va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan texnik ko‘mak loyihasi doirasida ishlab chiqildi.

Mazkur ishlanmalar Agentlik, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan tayyorlandi.
Maqsad — davlat xizmatchilarini davlat xaridlari sohasidagi asosiy qoidalar hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim masalalar bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirishga ko'maklashish.

Xususan, qo‘llanmada davlat xaridlari jarayonida eng ko‘p uchraydigan korrupsiya holatlari, muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari O‘zbekiston hamda Yaponiya tajribasidagi aniq amaliy misollar orqali tushuntirilgan.

Uni ishlab chiqishda Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Katsuya Ichixashi va Mikiko Matsumoto hamda Riye Yasuda kabi yaponiyalik ekspertlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Tadbir doirasida JICA bilan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
18.04.2025, 11:51
t.me/antikor_uzb/3490
17
1.8 k
18.04.2025, 11:51
t.me/antikor_uzb/3492
17
1.8 k
18.04.2025, 11:51
t.me/antikor_uzb/3493
61
4.8 k
17.04.2025, 17:12
t.me/antikor_uzb/3489
60
4.9 k
17.04.2025, 17:12
t.me/antikor_uzb/3488
61
4.0 k
Navoiy viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va respublika idoralararo ishchi guruhi davlat rahbarining topshiriqlari ijrosi doirasida Navoiy shahri va Konimex tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holatini o‘rgandi.

Jumladan, Navoiy shahrining “Chinor” mahallasidagi o‘rganishlarida “Mahalla yettiligi” bilan aholi o‘rtasidagi muloqot, murojaatlarni hal qilish tezkorligi, jinoyatchilikning oldini olish choralari bilan tanishilib, mavjud muammolar yuzasidan taklif va murojaatlari tinglandi.

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevt xodimlarini malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filiallari faoliyati misolida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, bemorlarni qabul qilish, elektron tizimlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

Taʼlim-tarbiya jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, pedagog xodimlarning mehnat shart-sharoitlari hamda raqamli yechimlarning joriy etilishi holati Navoiy shahridagi 20-, 22-sonli maktablar va 25-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi o‘rganishlarda eʼtibor markazida bo‘ldi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatida esa mehnat bozorida teng imkoniyatlar yaratish, tanlovlarda ochiqlikni taʼminlash va aholining keng qatlamini qamrab olish, fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirilgan dasturlar, aholining ehtiyojmand qatlamiga yordam berish mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.  

Konimex tumanida kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi ishonch muhitini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar hamda jamoatchilik nazoratining samarasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Endigi vazifa — aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib, fuqarolarning kundalik hayotida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdir.

Bu bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
17.04.2025, 17:12
t.me/antikor_uzb/3485
60
4.4 k
17.04.2025, 17:12
t.me/antikor_uzb/3487
63
4.3 k
17.04.2025, 17:12
t.me/antikor_uzb/3486
82
12 k
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatining chekka hududlarida korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan sohalar o‘rganildi.

Xususan, Yangi Namangan va Pop tumanlaridagi mahallalar, ta’lim muassalari hamda, sog’liqni saqlash, qurilish, bank va bandlik tizimlarida mavjud korrupsion holatlarni bartaraf etish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur sohalarda aholi duch kelayotgan boshqa muammo va to‘siqlar xususida fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilinib, sohaga masʼul rahbarlar bilan birga muhokama qilindi va ularni tezkor bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
16.04.2025, 19:40
t.me/antikor_uzb/3484
13
1.8 k
Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalarda olib borilayotgan o‘rganishlarning navbatdagi manzili — Namangan viloyati Uychi tumani.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va respublika ishchi guruhi tomonidan tumanda sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalari, mahallalarda korrupsiyaning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari holati o‘rganilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
15.04.2025, 10:33
t.me/antikor_uzb/3483
350
9.7 k
"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.

G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Yo‘nalishlar:

- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Tayyorlov vebinari: 21-aprel

Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
14.04.2025, 17:18
t.me/antikor_uzb/3482
39
2.5 k
Halol va haromni farqlash — bu faqat bilim emas, vijdon va tarbiya masalasi.

Mazkur videorolik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tayyorlandi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
12.04.2025, 16:43
t.me/antikor_uzb/3481
69
1.7 k
Tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbari vakant lavozimlari uchun o‘tkazilayotgan ochiq tanlovlar bilan tanishing!

▫️Raqamli texnologiyalar vazirligi

▫️O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

▫️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

▫️Kinematografiya agentligi

▫️Migratsiya agentligi

▫️“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi" AJ

▫️“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ

▫️“O‘zkimyosanoat” AJ

▫️"O'zbek geologiya qidiruv" AJ

▫️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

📌Eslatib o‘tamiz, Komplayens-nazorat tuzilmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga bo‘ysunadi.

Tuzilma rahbarlarini ishga qabul qilish va lavozimidan ozod etish masalasi tashkilot tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarga ko'ra, tajriba tariqasida 5 ta idora — Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot” AJlarning komplayens nazorati Agentlikka o‘tkaziladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
11.04.2025, 09:50
t.me/antikor_uzb/3480
2
1.4 k
Respublikaning eng chekka tumanlarida ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, birinchi darajali eng dolzarb muammolarni aniqlash aholi bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
10.04.2025, 18:21
t.me/antikor_uzb/3479
4
1.5 k
10.04.2025, 17:20
t.me/antikor_uzb/3478
4
1.2 k
Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekistondagi so‘nggi aksilkorrupsiya islohotlari bilan tanishdi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva Yasser Abdix boshchiligidagi Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi missiyasini Agentlikda qabul qildi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida muloqot qilindi.

Xususan, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun samarali amalga oshirilishiga qaratilgan sa'y-harakatlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha strategiya loyihasi qabul qilinishi, "Davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi", "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, rejalar muhokama qilindi.

O‘z o‘rnida, uchrashuvda tomonlar Agentlik tomonidan e’lon qilinadigan ochiqlik indeksi, davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaviy holat haqida xabar berish imkoniyat va aloqa kanallari, hudud va mahallalarda olib borilayotgan davlat siyosati kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari hudud va mahallalarda idoralararo hamkorlikni ta’minlagan holda kompleks yondashuv asosida amalga oshirilayotganligi, ushbu jarayonning huquqiy va amaliy jihatlariga hamda jamoatchilik xabardorligini ta’minlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
10.04.2025, 17:20
t.me/antikor_uzb/3476
4
1.5 k
10.04.2025, 17:20
t.me/antikor_uzb/3477
8
1.5 k
9.04.2025, 15:44
t.me/antikor_uzb/3473
9
1.6 k
9.04.2025, 15:44
t.me/antikor_uzb/3474
8
1.6 k
9.04.2025, 15:44
t.me/antikor_uzb/3475
8
1.3 k
Namangan viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Davlatimiz rahbarining bir qator farmon va qarorlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar yuklatilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishmoqda.

Ma’lumot uchun: Loyiha doirasida Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarining 21 ta tumanida qurilish ishlarini olib borish belgilangan. Loyihaning umumiy qiymati —183,6 mln AQSh dollari.

Loyiha doirasida viloyatning 5 ta (Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Pop, Chust va Mingbuloq) tumanidagi 132 ta mahallaga 66,4 mln dollar ajratilgan bo‘lib, joriy yil 1-aprel holatiga 32,23 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Birinchi bosqichda 80 ta mahallada jami 177 ta subloyiha tanlab olingan.

Loyihani amalga oshirish davomida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida har bir mahalladan faol fuqarolar guruhlari shakllantirilib, mazkur fuqarolar subloyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi ta’minlanmoqda.

Ishchi guruh nazorat tadbirlari davomida Chust tumanidagi "Buloqboshi" hamda Pop tumanining "Eski to‘da" va "Obihayot" mahallalarida qurilayotgan sport inshootlari bilan tanishdi.

Mas’ullarga loyiha doirasida belgilangan ishlarni muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Loyihani amalga oshirish davomida mablag‘larning maqsadli sarflanishi va bu jarayonlarda ochiqlikning ta’minlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
9.04.2025, 15:44
t.me/antikor_uzb/3471
8
1.5 k
9.04.2025, 15:44
t.me/antikor_uzb/3472
13
1.7 k
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3469
13
1.6 k
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3465
13
1.7 k
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3467
13
1.6 k
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3464
13
1.7 k
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3470
14
1.7 k
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3468
13
1.6 k
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Namangan viloyatida o‘ziga biriktirilgan mahallalar faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish ishlari hamda hududda infratuzilmani rivojlantirish holatini o'rgandi.

Dastlab mahalla yettiligining faoliyati, yoshlar daftari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ichki yo'llarning ta'mirlanishi, elektr tarmoqarini tortish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan suhbat tashkil qilinib, ularning taklif va murojaatlari, muammolari tinglandi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3463
13
1.7 k
8.04.2025, 19:48
t.me/antikor_uzb/3466
211
9.6 k
8.04.2025, 08:18
t.me/antikor_uzb/3462
206
8.9 k
#reyting
O'tgan yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan va bu yilgi faoliyatida o‘sish kuzatilgan davlat tashkilotlari:

▫️Yoshlar ishlari agentligi – 85 ball (2023- yilda – 10 ball);
▫️“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ – 83 ball (28 ball);
▫️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 82 ball (50 ball);
▫️Madaniy meros agentligi – 82 ball (22 ball) ;
▫️Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – 78 ball (5 ball);
▫️Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi – 72 ball  (18 ball) bilan ijobiy natijaga erishdi.

Shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJ  (48 ball) o‘tgan yili ijobiy natija (2023 yilda – 60 ball) qayd etgan bo‘lsa, joriy yil “qoniqarsiz” toifadan joy oldi.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyati 9 ball bilan (2023-yilda – 16 ball) ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” deb baholandi.

Eng yuqori natija “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (96 ball), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (95 ball), Markaziy bank (94 ball), Soliq qo‘mitasi, (92 ball), “O‘zbekneftgaz” va “Uzbekistan Airports” AJlari (92 ball), Raqamli texnologiyalar va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari (91 ball) tomonidan qayd etildi.

Batafsil
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
8.04.2025, 08:18
t.me/antikor_uzb/3461
400
13 k
Davlat organi va tashkilotlarining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 102 ta davlat tashkilotining (jumladan, 13 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

▫️41 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
▫️53 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
▫️8 tasi “qoniqarsiz” – (55 balldan past).

Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 73,8 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 4,9 ballga (95 ta davlat tashkiloti tomonidan o‘rtacha 68,9 ball), 2022-yilga nisbatan esa 14,3 ballga (62 ta davlat tashkiloti tomonidan 59,5 ball) oshgan.

Shuningdek, ijobiy natijani qayd etgan davlat tashkilotlarida o‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan.

2023-yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan 13 ta davlat tashkiloti faoliyatida o‘sish kuzatildi.

Xabar to’ldirildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
8.04.2025, 08:12
t.me/antikor_uzb/3460
13
2.1 k
#brifing
AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing boshlandi.
Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi Prezident topshiriqlari ijrosi hamda 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash natijalari

Brifingni Agentlik va АOKАning Facebook tarmogʼidagi rasmiy sahifasida jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
8.04.2025, 08:03
t.me/antikor_uzb/3459
#brifing
AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing boshlandi.
Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi Prezident topshiriqlari ijrosi hamda 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash natijalari

Brifingni Agentlik va АOKАning Facebook tarmogʼidagi rasmiy sahifasida jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.

——————

Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
8.04.2025, 08:00
t.me/antikor_uzb/3458
6
2.7 k
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
7.04.2025, 17:57
t.me/antikor_uzb/3457
28
1.9 k
#brifing
Ertaga, 8-aprel kuni AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi Prezident topshiriqlari ijrosi hamda 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash natijalari

Boshlanish vaqti: 10:00
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
7.04.2025, 16:48
t.me/antikor_uzb/3456
40
3.2 k
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Prezident qaroriga muvofiq, davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazish belgilangan.

Agentlik tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlanib, “e-anticor.uz” elektron platformasida baholashni amalga oshirish uchun yangi modul yaratildi.

Joriy yil davlat tashkilotlari faoliyatidagi 5 mingdan ortiq funksiyada korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi shakllantirildi.

Korrupsiyaviy xavflar qanchalik to‘g‘ri va xolis baholanganligi haqida sizning ham fikringiz, takliflaringiz muhim.

🗓Mulohazalaringizni ushbu havola orqali 16-aprel sanasiga qadar yuborishingiz mumkin.

📌Maʼlumot o‘rnida: Agentlik va jamoatchilik takliflari asosida har bir davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi shakllantirilib, birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dasturdan o‘rin olgan choralar yil yakuniga qadar amalga oshiriladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
7.04.2025, 14:12
t.me/antikor_uzb/3455
20
1.9 k
6.04.2025, 13:01
t.me/antikor_uzb/3453
19
1.9 k
6.04.2025, 13:01
t.me/antikor_uzb/3454
19
1.7 k
Тuman (shahar) prokurorlari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirokida tuman-shahar prokurorlari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda prokuratura organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi muhim vazifalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 5-mart kuni Prezidentimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan majlisida korrupsiyaga qarshi kurashishda prokuratura organlarining mas’uliyatini yanada oshirish, korrupsiyaing oldini olishga qaratilgan tizimli choralarni ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlangan edi.

Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida, ishga qabul qilish jarayonlari, sog‘liqni saqlash, bank, ta’lim va tadbirkorlik kabi sohalarda maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida ta'sirchan prokurorlik nazorati mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Seminar yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tuman-shahar prokurorlari tomonidan joylarda maishiy korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tizimli choralarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
6.04.2025, 13:01
t.me/antikor_uzb/3452
13
1.5 k
Agentlik va YXHTning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samarali hamkorligi yangi yo‘nalishlarda ham faol davom ettiriladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YXHT)ning Iqtisodiy va ekologik faoliyati muvofiqlashtiruvchisi Bakit Djusupovni qabul qildi.

Muloqot avvalida U.Tuxtasheva davlat idoralari faoliyatining ochiqligini baholash bo‘yicha “open.index” hamda ochiqlikka masʼul xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan “E-learning” platformalarini ishga tushirish, sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda YXHT ekspertlari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar qator yo‘nalishlar boʼyicha yaqindan ish olib borishga kelishib oldilar.

Xususan:
• keng jamoatchilik o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarning samaradorligini baholashga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
• korrupsiya va gender masalalarini o‘rganish, yoshlar bilan ishlash;
• hududlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi salohiyatini oshirish;
• fuqarolik jamiyati institutlari, NNTlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
• Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Virtual akademiyaning o‘quv modullari sifati va imkoniyatlarini kengaytirish v.b.

Shuningdek, Oliy Majlis palatalari, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul qo‘mitalari va YXHTning Parlament assambleyasi o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatish, tashkilotning qo‘shma loyihalari va nufuzli tadbirlarida O‘zbekiston tomoni ishtirokini taʼminlash taklif etildi.

Muloqot yakunida B.Djusupov YXHT sohadagi takliflarni qo‘llab-quvvatlashga, Agentlik bilan bundan buyon yangi yo‘nalishlarda ham faol hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
4.04.2025, 08:31
t.me/antikor_uzb/3449
13
1.9 k
4.04.2025, 08:31
t.me/antikor_uzb/3451
13
1.9 k
4.04.2025, 08:31
t.me/antikor_uzb/3450
49
2.1 k
Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va respublika ishchi guruhi bu gal Buxoro viloyatida sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalari, mahallalarda korrupsiyaning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini o‘rgandi.

Bank xizmatlaridan foydalanishda odamlar nima uchun sarson, uzoq navbat kutishlarning oldini olish ishlari nima uchun sust?

Bozor va savdo komplekslaridagi savdo va avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganmi?

Bandlikni taʼminlash, sohada ochiqlikni taʼminlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish lozim. Xo‘sh, masʼullarda jarayonni raqamlashtirish bo‘yicha qanday aniq takliflar bor?

Pulli va bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, dori-darmonlar bilan taʼminlash, imtiyozli davolanish imkoniyatlaridan foydalanish jarayonlari inson omili va qog‘ozbozlikdan qay darajada xoli?

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 10 dan ortiq xizmat turlari to‘liq elektron shaklda amalga oshirilmoqda, ammo ushbu muassasalarning o‘zidagi shart-sharoitlar zamon talabi, aholi ehtiyoji, bolalar taʼlim-tarbiyasi uchun javob bera oladimi?

Shu kabi muhim savollar Ishchi guruh vakillarining eʼtibori markazida bo‘ldi.

O‘rganishlarda aniqlangan kamchilik va muammolar rahbar-xodimlar bilan birgalikda muhokama qilinib, zamonaviy, xalqchil va samarali tizim yaratish bo‘yicha takliflar berildi, asosiy vazifalar belgilab olindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
3.04.2025, 15:56
t.me/antikor_uzb/3448
16
1.9 k
2.04.2025, 09:58
t.me/antikor_uzb/3447
17
1.7 k
Korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda o‘rganishlar davom etmoqda

Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Mavlyanov boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan ayni paytda Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash, bank, kadastr, qurilish, maktabgacha va maktab taʼlimi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohalarida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Ishchi guruh dastlab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida aholiga kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, dori-darmonlar bilan taʼminlash va ijtimoiy ahamiyatga ega maʼlumotlarning aniq va shaffof eʼlon qilinishi holatlarini o‘rgandi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligiga baho berilib, qator kamchilik va muammolar aniqlandi.

Guliston shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida fuqarolarni ish bilan taʼminlash sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilayotgan qulayliklar tahlil qilindi. Bandlikni taʼminlash sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishining sabablari va unga qarshi kurashish uchun zarur choralar yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Mikrokredit bank Guliston shahar filialida esa elektron navbat tizimi va kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlashga yo‘naltirilgan imtiyozli kredit ajratish jarayonlari bilan tanishildi. Bankda samarali nazorat mexanizmlarining ishlash darajasi, xodimlar va mijozlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar orqali faoliyatning sifati va shaffofligi baholandi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2.04.2025, 09:58
t.me/antikor_uzb/3444
17
2.0 k
2.04.2025, 09:58
t.me/antikor_uzb/3445
18
2.0 k
2.04.2025, 09:58
t.me/antikor_uzb/3446
163
12 k
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ga start berildi

Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurshish agentligi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Oylik doirasida:

— Agentlik va Partiya Markaziy apparati xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya aʼzolari ishtirokida xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari va partiyaning hududiy tashkilotlari faollari uchun “Korrupsiya va komplayens nazorat” mavzusida o‘quv kurslari;

— Mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda “Aholining korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish — qonun ustuvorligi garovi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari;

— Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda “Taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish — vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdir” mavzusida chora-tadbirlar;

— Oliy taʼlim muassasalari, texnikum, kollejlar va litseylarda “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash — davr talabi” mavzusida uchrashuvlar;

— Sog‘liqni saqlash muassasalarida “Sog‘liqni saqlash tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish — ustuvor vazifamiz!” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish maqsad qilingan.

Barchani ushbu oylikda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
1.04.2025, 17:44
t.me/antikor_uzb/3443
29
2.5 k
Davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarning ijrosi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh respublikaning barcha hududlarida o‘rganishlar olib bormoqda.

O'rganishlarda sohalardagi korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar qilinadi.

Korrupsiyaga imkon berayotgan sabablar, muammolar, byurokratik to‘siqlar va ularning yechimlari bo‘yicha savol va murojaatlaringiz, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali yo‘llashingizni so‘raymiz:

☎️ “Call-markaz” – 1253

📱 @antikor_aloqa telegram messenjeri orqali

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
1.04.2025, 07:26
t.me/antikor_uzb/3442
20
3.3 k
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
31.03.2025, 15:50
t.me/antikor_uzb/3441
10
1.7 k
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti bilan yurtimiz mo‘min-musulmonlari hamda butun xalqimizni muborakbod etadi.

Mana shunday qutlug‘ va munavvar kunlarga el-yurtimizni hamisha sog‘-omonlikda, xotirjamlik va farovonlikda yetkazishini tilaymiz!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
30.03.2025, 07:51
t.me/antikor_uzb/3440
12
1.3 k
28.03.2025, 15:32
t.me/antikor_uzb/3437
12
1.4 k
28.03.2025, 15:32
t.me/antikor_uzb/3438
12
1.4 k
28.03.2025, 15:32
t.me/antikor_uzb/3439
12
1.2 k
Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari Milliy kengash sayyor majlisida muhokama qilindi

Yakunlanayotgan haftada Respublika idoralararo ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Taxiatosh, Qorao‘zak, Xo‘jayli, Taxtako‘pir, Amudaryo, Ellikqalʼa, Beruniy, Qo‘ng‘irot, Nukus, Kegeyli tumanlari hamda Nukus shahrida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlar holatini o‘rgandi.

Mazkur o‘rganish yakunlari bugun To‘rtko‘l tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisida tanqidiy muhokama qilindi.

Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov korrupsiya holati eng ko‘p yuzaga kelayotgan sohalar bo‘yicha 20 dan ortiq obyektlar va mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari bo‘yicha axborot berdi.

Akmal Burxanov hududda korrupsiyaga qarshi kurashishda sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, bandlik, suv taʼminoti, ekologiya, mahalliy hokimliklar faoliyatida ko‘plab masalalar eʼtibordan chetda qolayotganini taʼkidladi. Bu borada mas'uliyatsizlikka yo'l qo'ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat'iy chora ko'rish bo'yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.

Sohalarga masʼul bo‘lgan rahbarlar yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va muammolar, ularning yechimlari bo'yicha tushuntirishlar berdilar.

Yig'ilishda To‘rtko‘l tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha alohida amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Milliy kengash mazkur loyiha doirasida barcha mutasaddi vazirlik, idoralar faoliyatini muvofiqlashtirgan holda, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
28.03.2025, 15:32
t.me/antikor_uzb/3436
23
2.3 k
27.03.2025, 17:06
t.me/antikor_uzb/3435
24
2.1 k
27.03.2025, 17:06
t.me/antikor_uzb/3433
23
2.3 k
27.03.2025, 17:06
t.me/antikor_uzb/3434
23
1.9 k
Korrupsiyaga qarshi kurashishda "Adolat" partiyasi vakillari faol ishtirok etishadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiya illatiga qarshi kurashishda barchaning imkoniyatlarini birlashtirish, jamoatchilik, ayniqsa, siyosiy partiyalar imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda belgilab bergan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni faol safarbar qilish maqsadida 11- mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Adolat” sotsial demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda belgilangan amaliy harakatlar doirasida bugun partiya aʼzolari, shuningdek, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari uchun “Korrupsiya va komplayens nazorat” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida joriy yil aprelida Partiya tashabbusi bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni puxta va sifatli tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, mazkur oylik doirasida har bir tashkilot, taʼlim muassasasi, mahallaga kirib borish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitini oshirish, korrupsiyaning oldini olish, unga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash bo‘yicha aholining takliflarini o‘rganish ko‘zda tutilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
27.03.2025, 17:06
t.me/antikor_uzb/3431
24
2.1 k
27.03.2025, 17:06
t.me/antikor_uzb/3432
11
1.3 k
Korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalardagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalardagi o‘rganishlar Farg‘ona viloyatida ham olib borilmoqda.

Xususan, Respublika idoralararo ishchi guruhining Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida o‘tkazilgan o‘rganishlarida pullik va bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, ular to‘g‘risidagi axborotlardan jamoatchilikning xabardorligini oshirish bilan bog‘liq jarayonlarda qator kamchiliklar aniqlandi.

Farg‘ona shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan aholini bandligini taʼminlash, ochiq tanlovlar o‘tkazish, shahardagi barcha tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etilishini taʼminlash ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilmagan.

Xalq bankining viloyat filiali faoliyatida esa elektron navbatlar tashkil qilish, imtiyozli kreditlar ajratish, sohani raqamlashtirish bilan bog‘liq jarayonlarda ayrim sustkashliklar aniqlandi.

Kadastr, qurilish, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, bandlik, bank tizimidagi o‘rganishlar Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, Uchko‘prik, Oltiariq tumanlarida ham o‘tkazildi.

Mazkur sohalarda aholi duch kelayotgan boshqa muammo va to‘siqlar xususida fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilinib, sohaga masʼul rahbarlar bilan birga muhokama qilindi va ularni tezkor bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
27.03.2025, 13:28
t.me/antikor_uzb/3427
11
1.6 k
27.03.2025, 13:28
t.me/antikor_uzb/3428
11
1.6 k
27.03.2025, 13:28
t.me/antikor_uzb/3429
11
1.6 k
27.03.2025, 13:28
t.me/antikor_uzb/3430
12
2.1 k
27.03.2025, 08:37
t.me/antikor_uzb/3424
12
2.1 k
27.03.2025, 08:37
t.me/antikor_uzb/3426
12
2.1 k
27.03.2025, 08:37
t.me/antikor_uzb/3425
12
1.8 k
“O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi bo'yicha natija va rejalar muhokama qilindi

Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi bo'yicha kengash yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda loyiha doirasida o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi rejalar muhokama qilindi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya loyihasi ishlab chiqildi. Korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihasi Markaziy Osiyoda ushbu yo‘nalishdagi dastlabki tashabbuslardan biri bo‘ldi.

“Shaffof shaharlar” va “Halol munitsipalitetlar” metodologiyasi Mirzo Ulug‘bek, Vobkent tumanlari hamda Jizzax shahrida sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, NNTlarning eng samarali 8 ta tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yig'ilishda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlardan kelib chiqib, loyiha doirasidagi yangi tashabbus va takliflar muhokama qilindi.

Unga ko'ra, endilikda “Gender va korrupsiya”, “Korrupsiya xavfini kamaytirishda surishtiruv jurnalistikasining o‘rni” mavzularida tadqiqotlar o‘tkazish hamda mahalliy yaxlitlik tizimini baholash (LISA) jarayonini amalga oshirish ko'zda tutilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
27.03.2025, 08:37
t.me/antikor_uzb/3423
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло