У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
13.77%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
9.92%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Kitoblar va ularning atrofidagi shaxsiy fikrlarim…

Hamkorlik uchun: @MKurbanof

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 377 результатов
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
15
6
286
***
Yillar – armon, yillar – sayyod yodimdasan, 
Tunlar – najot, kunlar – obod yodimdasan. 
 
Dil ichra bir yog‘ib o‘tdi g‘arib yomg‘ir, 
Dunyo kular, yurak – barbod yodimdasan. 
 
Tengsizliklar aro tengsiz cho‘zildi ruh, 
Ba’zan epkin ba’zan bot-bot yodimdasan. 
 
Qomatingday eshilishib ketdi munglar, 
Qayga ketar oxir oh-dod, yodimdasan! 
 
Labki, lablar uchrashganda ichib sharbat, 
Mangu qolgan labda novvot yodimdasan! 
 
Zafarondir bugun, qara, charxi dunyo 
Sendan qolgan maysa shu yod, yodimdasan...

©️ Muhiddin Nido

➡️@qora_yigit
26.04.2025, 19:39
t.me/qora_yigit/1311
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
38
9
970
Ertaga ham davom etadigan kitob yarmarkasidan jonli videolar. Kelolmaydigan yoki kelishni niyat qilganlar uchun jarayonni ichidan, jonli koʻrsatamiz 🥰

Hammasi siz kazo-kazolar uchun 🙂

➡️@qora_yigit
26.04.2025, 10:22
t.me/qora_yigit/1310
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
48
5
1.1 k
Kelinglar, bir-ikki soat shuyoqdaman.

Kitoblar yarmarkasi boʻlyapti. Hamma nashriyot shu yerda 😇

Manzil: Gʻafur Gʻulom (Dream) park

➡️@qora_yigit
26.04.2025, 09:07
t.me/qora_yigit/1309
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
126
7
1.2 k
— Yaxshilik bilan tugaydigan romantik kitob tavsiya qiling. Oxirida biror odam o‘lib qolmaydiganidan. Bormi shunaqasi?

— Ha, bor.

— Qaysi kitob ekan?

— “Molxona”

➡️@qora_yigit
26.04.2025, 06:13
t.me/qora_yigit/1308
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
87
3
1.4 k
Bu kitoblar haqida 2-3 ta post qoʻygandim. Zummer avlod uchun video ham tayyorladim. Chunki ularni erinchoqroq boʻladi deb oʻqiganman. Tomosha qiling, fikrlaringizni bildiring, qadrli erinchoqlar 😃

Oʻzi bu yerda zummerlar koʻpmi? Boshida fontani bor kitchadan bosib belgi berib keting. Kuchlaringni koʻrib qoʻyaylik 😃

➡️@qora_yigit
25.04.2025, 16:18
t.me/qora_yigit/1307
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
19
1
1.4 k
25.04.2025, 10:22
t.me/qora_yigit/1306
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
27
3
1.5 k
Bu uch shaxsni nima bogʻlab turishini bilasizmi?

🌷Fenomenal olamni mantiqsiz nominal irodaning namoyon bo‘lishi sifatida tavsiflagan, transsendental idealizmiga asoslanib metafizik va axloqiy tizimni ishlab chiqqan nemis faylasufi Artur Shopenhauer

🌷XX asr adabiyotida realizmga xos bo‘lgan ijtimoiy roman an’analariga qarshi turgan modernizm ruhidagi "ong oqimi" romaniga asos solgan, 7 kitobdan iborat "Zavol topgan vaqt izidan" epopeyasi muallifi, fransuz yozuvchisi Marsel Prust

🌷"The Gurardin" talqiniga ko‘ra barcha davrlarning eng zo‘r kitoblari TOP 10 taligiga "Ko‘rlik" romani bilan kirgan portugal yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori Joze Saramago

Xo‘sh, bu uch yozuvchini nima bog‘lab turadi? Yashirilgan matnni ochmasdan biroz o‘ylab, taxmin qilib ko‘ring-chi?

Tabriklayman, topolmadingiz)
✔ Bu uch insonning biror kitobi o‘zbekchada nashr qilinmagan
Bu roʻyxatni juda uzun tuzish mumkin. Siz yana kimlarni qoʻshgan boʻlardingiz?

➡️@qora_yigit
25.04.2025, 08:41
t.me/qora_yigit/1305
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
113
4
1.5 k
Bir doʻstim bor, ismi Zokir.
Maktabga bormasimizdan beri tanishmiz. Koʻp yaxshi kunlarni birga koʻrdik. Undan ham koʻp yomon kunlarni-da birga oʻtkazganmiz. Salkam 25 yillik doʻstlik desa ham boʻladi.

Ikkimiz bir yilda, 2019-yil oʻqishga kirdik. Tengqurlarimiz bakalavrni tugatayotgan bir paytda. Ungacha esa koʻp joylarda qora ishchi boʻlib ishladik. Menimcha, buning uyaladigan joyi yoʻq. Muhimi, halol peshona teri bilan pul topdik. Yoʻqchilikni yengishga harakat qilganmiz, hali ham harakatimiz toʻxtagani yoʻq…

Uydagilarga yordam qildik. Ozroq ortishtirib oʻzimizga ham sarmoya qildik. Oʻqishga tayyorlanish uchun kurslarga qatnadik. Shu bilan birga ishlashda davom etdik…

Abituriyent paytimizda parallel ravishda Chorsudagi mardikor bozorida ishladik. Haftada 3 kun darsga boramiz, 4 kun ishga chiqamiz. Mardikor bozorida ishlab koʻrganlar biladiki buning boshqa ishlardan yana bir alohida qiyinchiligi bor. Yuzlab odamlar ichidan ishni yulib olish kerak. Ishchi izlab kelgan odam bilan ustalik va chaqqonlik bilan gaplashib ishni “yutib” ololmasang ish yoʻq degani. Bu esa pulsiz qolding degani…

Ana shunday paytlarda yangi nashrdan chiqqan “Molxona” asarini oʻqiganman. Ish kelishini kutish asnosida. Ana shu doʻstim Zokir ishlarni oʻzi gaplashar, yugur-yugurli joylarini oʻz hal etar va berilib kitob oʻqib oʻtirgan meni turtardi “yuring, koʻchat ekib kelamiz”, “ketdik eski uyni buzib kelamiz” va hakazo…
Har doim, hammaga shunday yordam qoʻlini choʻzib yuradigan odam u…

…Ana shunday joylarda, shunday sharoitlarda oʻqib chiqqandim “1984”, “Molxona” va yana bir qancha kitoblarni. Jorj Ourellning “Molxona”sini qayta oʻqirkanman oʻsha davrlar esimga tushdi. Qiyin, ammo yoqimli xotiralar…

Odam har doim yelkadoshga, yurakdoshga, suhbatdoshga ehtiyoj sezadi. Erkagi ham, ayoli ham. Mening hali hamon bemalol suyana oladigan kam sonli yaqinlarimdan biri oʻsha doʻstim. U kanalimdagi obunachilar orasida bor. Bu postni oʻqishiga ishonaman. Boringga shukur, Zokir. Sendek yuragi katta odamlar bu olamda koʻpayaversin…

➡️@qora_yigit
24.04.2025, 19:27
t.me/qora_yigit/1304
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
66
20
1.7 k
Turkiyaning mashhur “❤ Can” nashriyoti 8-maygacha 933 ta kitobini 100 TL (taxminan 33 ming so‘mdan) sotarkan. Shunaqa aksiya qilishmoqda emish. Kimdir turkcha o‘qisa, qiziqsa, bu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin.

Aksiyaga havola: https://www.canyayinlari.com/100-tl-kampanyasi-2025?rpg=12

⁉️E’tiborimni esa boshqa narsa tortdi. Nashriyot 933 ta kitobiga aksiya e’lon qilgan. Bu nashriyotning hamma kitobi emas. Nashr etadigan kitoblarining bir qismi. Buning nimasi o‘zgacha deysizmi? O‘zgacha ekani shundaki, ular shu paytgacha nashr etgan hamma kitobining sotuvda borligi.

Bizdagi ko‘p kitoblar 3-4 yil emas, 20-30 yillardan beri sotuvda yo‘q. Vaholanki, juda kuchli tarjimonlar tarjima qilgan, muallif va asar ham yaxshigina tosh bosadiganlari. Albatta, nashriyotlar ham havasdan bunday qilmasligini bilaman. Muammo va to‘siqlar ko‘p. Ammo ba’zi kitoblar shunchaki unutilgandek…

❗️Quyida keltiradiganlarim bir misol. Nima faqat Zolyaga yopishib oldi-ku deb fikrimni yanglish tomonga yetaklamasangiz…

Gyugoning ba’zi kitoblari, Emil Zolyaning asarlarini eslab o‘tishning o‘zi kifoya. Bularga mablag‘ yo‘q yoki sotilmaydi deb o‘ylash xato. Masalan, Dostoyevskiyning birgina “Jinoyat va jazo” romanining ayni paytda kamida 6-7 xil dizayndagi kitoblari sotuvda bor. E’tibor qiling, ularning shunchaki dizayni turfa. Tarjimoni esa bitta. Ya’ni ichidagi matn bir xil.

Lekin aqalli bir nashriyot “Jinoyat va jazo” asarining boshqacha dizayndagi kitobini chiqargandan ko‘ra, Emil Zolyaning “Ayol baxti” yoki “Hamal”ini nashr qilsak ko‘proq obro‘ topaman, bu kitob faqat menda bo‘lgani bois 5-6 xil nashri sotuvda bo‘lgan “Jinoyat va jazo”dan ko‘proq sotaman deb qaraganida edi o‘zbek kitob bozori boshqacharoq bo‘lardi balki. Masalan-da.

Hamma sohamiz inkubatorga o‘xshab tuyiladi ba’zida. Hamma yoppasiga paynet ochadi, hamma birvarakayiga “apteka” ochadi. Hammasi tovuq biznesiga o‘zini uradimi-yey…

Biroz tushunarsiz jamiyatmiz xullas!

➡️@qora_yigit
24.04.2025, 11:19
t.me/qora_yigit/1303
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
194
7
1.7 k
2,5 yoshli qizcham onasidan meni rashk qiladi. Ayolim esa telegram kanalimdan rashk qiladi 🥸

Ayollar juda gʻalati boʻlishadi-da)
24.04.2025, 05:45
t.me/qora_yigit/1302
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
27
2
1.6 k
#finished

🧑‍🎓Dunyo daholari ruknidagi kitoblarda menga eng ma'qul kelgan narsa nima bo‘ldi?

Tanlangan obrazlar. Turli zamonlarda yashagan, boshqa-boshqa yo‘nalishlarda dunyoni o‘zgartira olgan 5 daho. Ya'ni to‘plam bolalar uchun tanlov imkoniyatini oshiradi, o‘zi qiziqqan sohadagi qahramon haqida o‘qiy oladilar.

Bundan yana shunday xulosa ham olish mumkin: chin dildan o‘qisa, harakat qilsa istalgan zamonda, har qanday muhitda va vaziyatda ham maqsadga erisha olish mumkin.

💡Masalan, da Vinchidek hali hech narsa rivojlanmagan uzoq tarixda odam ucha olishi mumkin. Yoki Eynshteyn kabi ikkita jahon urushining ichida ham ilm-fan bilan qolishi, eng mashhur olim bo‘lishi mumkin. Stiv Jobs kabi hamma narsa ixtiro qilib bo‘lingan deb o‘ylangan zamonda ham yana yangisini, eng zo‘rini tayyorlab, tirikligidayoq butun dunyoni o‘z brendi bilan zabt etishi mumkin.

7-13 yoshli bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bu to‘plam, aslida katta odamlarda ham ko‘p o‘zgarishlarga sabab bo‘la olar ekan. Bolalikdagi orzularingizni eslatadi va ularni amalga oshirishga ilhom va ishonch beradi.

Bu kitoblar ayniqsa bugungi IT avlod bolalar uchun kerakli deb o‘ylayman. Tili ham sodda va ravon, buyuklarning bolaligi, oilasi, qanday qilib maqsadiga erisha olgani, sinovlarni yengib o‘tgani bolalarga tushunarli uslubda hikoya qilinadi. Yana dizayni va rasmlari bilan ham bolani o‘ziga bog‘lab, qiziqtirib tura oladi.

Agar sizni bu yoshdagi farzandingiz, jiyangiz, uka-singlingiz bo‘lsa, bu kitoblarni o‘qishi uchun maksimal harakat qilishingizni istardim. Aniq bilaman, bu kitoblarni o‘qigach, unda nimadir o‘zgarib qolganini o‘zingiz ham sezasiz.

➡️@qora_yigit
23.04.2025, 18:44
t.me/qora_yigit/1301
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
98
21
1.7 k
Men odatda zeriksam ovqat yeyman. Aksiga olib koʻp zerikaman)

➡️@qora_yigit
23.04.2025, 10:36
t.me/qora_yigit/1300
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
38
9
1.7 k
O‘zbekiston SSR boshqaruvida dindan qanday foydalanishgani haqida qiziq, kutilgan va achchiq haqiqatlar bor ekan. Shulardan biri e’tiborimni tortdi.

Hududimizda Ikkinchi Jahon urushidan oldin dinga (aynan Islom diniga) qarshi qattiq kurashilgani, “obkom”larning O‘rusiyaga masjidda qancha odam yig‘ilayotganigacha hisobot bergani kitobda arxiv hujjatlari bilan keltiriladi.

Ammo Ikkinchi Jahon urushi davridagi qiyinchiliklar paytida aholini din masalasida erkin qo‘yishadi yoki e’tiqodidan foydalanib front orti mehnatkashlarini ruhlantirishadi. “Qulayotgan samolyotda ateist qolmaydi” degan gapning isbotidek tuyildi menga bu. Chunki ayni shu paytda SSSR urushda har tomonlama qiynalib turgandi. Va bu vaziyatda ular aholining nozik joyidan foydalanishadi. Bu ertak emas. Gugurt bir tiyin bo‘lardi deydiganlar kitobni o‘qishsa unda bu faktlarni isbot etadigan arxiv hujjatlaridan kitobda manba sifatida foydalanilgan.

Va urush tugab hammasi joyiga tushgach, xususan 1950-yillardan keyin dinga qarshi kurash yana avj oladi. Viloyat rahbarlari Hayit namozida qancha odam yig‘ilganigacha hisobot qilib “eng tepaga” yuborib turadi. Bunga mos tarzda tepadan nima qilish kerakligi bo‘yicha buyruqlar kelib turadi. Buning o‘rniga aholini tungi klublar va choyxonalarga targ‘ib qilish aytiladi.

Umuman olganda, kitobda O‘zbekiston SSR boshqaruvida dinning o‘rni yaxshi tahlil qilingan ekan. Ushbu uch bosqichda ham maqsad xalqni boshqarish bo'lganini ko‘rishimiz mumkin. Tinch paytlarda dindan uzoqlashtirib, birlashishiga yo‘l qo‘ymasdan boshqarish. Urush paytlarida, kuch kerak paytida din bilan ularni birlashtirib, ulardan foydalanish/boshqarish va yana tinch paytda e’tiqoddan uzoqlashtirib klublar, choyxonalar yordamida boshqaruv shaklini o‘zgartirish…

Bu boshqaruvda ishlatilgan instrumentlarning o‘ntadan bittasi. Kitobda boshqa shakllari, ularning ahamiyati va o‘rni haqida ham tahlillar bor. Va har varaqda 5-6 talab ochiq yoki o‘ta maxfiy hujjatlardan olingan ma’lumotlar bilan bu tahlilning nimaga suyangani isbot etilgan. Buning bir-nechtasini yuqoridagi rasmda ham koʻrishingiz mumkin. O‘qing, do‘stlar, o‘qing…

➡️@qora_yigit
23.04.2025, 07:51
t.me/qora_yigit/1299
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
40
32
1.3 k
🔥Shu videoni koʻrib ich-ichlarim titrab ketdi. Bu film Dostoyevskiyning mashhur bir asari asosida ishlangan serialdan parcha. Sizningcha, bu qaysi asari?

➡️@qora_yigit
22.04.2025, 19:39
t.me/qora_yigit/1298
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
Репост
64
2
1.3 k
Koʻklam xipchinida kaltakning mazasi tamoman boshqacha…

📚”Eng moviy koʻzlar”
Toni Morrison

@chizilgan_bitiklar
22.04.2025, 15:17
t.me/qora_yigit/1297
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
Koʻklam xipchinida kaltakning mazasi tamoman boshqacha…

📚”Eng moviy koʻzlar”
Toni Morrison

@chizilgan_bitiklar
22.04.2025, 15:17
t.me/qora_yigit/1296
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
🔘Bir-necha kundan beri kaftimning ichi qichiyapti. Xalq orasida bunaqa paytda qaydandir pul keladi degan mish-mish yuradi 🥲

Qayerdan kelarkan a? Balki buyoqdandir? https://tirikchilik.uz/birburchak

Ruhiy tushkunlik paytida bir motivatsiya berib ketizlar🙃

➡️@qora_yigit
22.04.2025, 10:27
t.me/qora_yigit/1295
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
52
7
1.4 k
Badiiy kitobning mazasi boshqa, ilmiy kitobniki boshqa-da. Tarixning oʻzi qiziqligi yetmaganidek kitobning mavzusini qarang? “Oʻzbekiston SSR boshqaruv tarixi”.

Bunday kitob qoʻlingda turganidan keyin qanday oʻqimaslik mumkin? Xullas, mana shu kitobni oʻqishni boshladim 🥹

➡️@qora_yigit
22.04.2025, 07:40
t.me/qora_yigit/1294
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
30
2
1.2 k
Youtubedagi 11-video 💙❤️‍🔥

Bu safargi video orqali Hitler Germaniyasi, Ikkinchi jahon urushi va oʻsmir yigitcha Mervinning tuygʻulariga sayohat qilamiz.

Videoni koʻrish: ➡️https://youtu.be/boJNP0MzJ8I

Videoni koʻring, layklar, ulashishlar va izohlar bilan qoʻllab-quvvatlang. Zero bu keyingi videolarga motivatsiya beradi. “Kazo-kazolar shu yerda” deb yozib qoʻyishni ham unutmang 👀

➡️@qora_yigit
21.04.2025, 18:00
t.me/qora_yigit/1293
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
44
1
1.3 k
▶️ Bugun kechga Youtube kanalimda 11-videoni chiqaraman. Video qahramoni qaysi kitob boʻlishini taxmin qilib koʻring-chi?

10 ta video bilan kanalimiz ancha jonlanib qoldi. Men eng yaxshi koʻradigan xislatlardan biri davomiylik. Bunga oʻzim ham maksimal amal qilishga harakat qilaman. Ana shuni yoʻqotmaslik uchun harakat qilyapman. Qoʻllab turasiz degan umiddaman 💙

➡️@qora_yigit
21.04.2025, 08:47
t.me/qora_yigit/1292
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
53
1.1 k
20.04.2025, 20:02
t.me/qora_yigit/1291
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
1.2 k
20.04.2025, 18:45
t.me/qora_yigit/1290
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
1.2 k
20.04.2025, 18:45
t.me/qora_yigit/1289
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
1.1 k
Rassom Sarvar Farmonovni ancha yillardan beri facebook orqali taniyman. Oʻz ijodidan sahifasiga koʻp-koʻp joylab turardi. Jurnallar va shunga oʻxshash narsalar uchun bolalarga mos rasmlar chizib berishlarini bilardim.

Har safar ijodlarini koʻrganimda bolalar uchun karikaturalar va turli rasmli kitoblar uchun ishlasa zoʻr boʻlarkan deb oʻylardim. Bilmadim, balki oldin ham kitoblar uchun rasm chizgandirlar, ammo men “Dunyo daholari” toʻplamida ilk bor ijod na’munalarini koʻrdim. Chiroyli, jonli rasmlar boʻlibdi.

Sun’iy ong rivoj topayotgan, bilgan ham bilmagan ham kerak, nokerak joylarda ishlatib yotgan bir paytda inson qoʻli bilan chizilgan rasm anchayin jonlidek tuyildi menga. Yana ham bolalar kitobida bu qiymat karrasiga ortsa ajabmas.

➡️@qora_yigit
20.04.2025, 18:45
t.me/qora_yigit/1287
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
23
1
1.0 k
20.04.2025, 18:45
t.me/qora_yigit/1284
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
1.2 k
20.04.2025, 18:45
t.me/qora_yigit/1288
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
1.1 k
20.04.2025, 18:45
t.me/qora_yigit/1286
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1
1.1 k
20.04.2025, 18:45
t.me/qora_yigit/1285
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
88
12
1.3 k
"Qornim och. Agar tirik bo‘lsang, menga kechki ovqat tayyorla!”)))

➡️@qora_yigit
20.04.2025, 15:03
t.me/qora_yigit/1283
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
45
8
1.3 k
Har hafta dam olish kunlarida oilaviy kitob doʻkonlari yoki kutubxonalarga borishga harakat qilamiz. Har safar yangi manzillarni kashf qilish yoqimli. Shunda kitoblarning turi, sifati va narxida solishtirish imkoniyati ham paydo boʻladi.

Oʻylab qoldim, nega shu borgan joylarimdan 20-30 sekundlik video qilib kanalimda qoʻymayman? #location yoki #manzil degan rukn qilish mumkin axir. Kitob doʻkonlari, bookkafelar, kutubxona va noyob kitob sotadigan joylar haqida videolar qilib, lokatsiyalarini qoʻyib borsam kitobxonlarga qiziq boʻlsa kerak. Nima dedingiz?

Kecha borgan doʻkonimiz esa Kapital books kitob doʻkoni. Video orqali doʻkon atmosferasini imkon qadar yetkazib berishga harakat qildim, ammo borib koʻrganga yetmaydi chamamda. Yana 25-maygacha 10% chegirma qilishayotgan ekan.

📌Doʻkon manzili mana bu yerda

Xoʻsh, yana qanday manzillardan shunday postlar qilishimni istardingiz? Eski va noyob kitoblar sotadigan joylardan qilsam nima deysiz?

➡️@qora_yigit
20.04.2025, 10:18
t.me/qora_yigit/1282
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
40
1.4 k
Rostdan ham sizlarga havasim keladi. Judayam…
19.04.2025, 23:38
t.me/qora_yigit/1281
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
34
11
1.5 k
#finished

Toni Morrison – “Eng moviy koʻzlar”

Bu roman Amerikadagi irqchilik haqida. Har qalay sujeti shunday. Ammo mazmunan faqat irqchilik haqida emas, inson oʻzi tanlay olmaydigan, oʻzgartish qoʻlida boʻlmagan tashqi koʻrinishidagi jihatlar sababli kamsitilishning fojealari haqida fikr yuritiladi.

Jamiyatdagi “chiroyli” standartining bitta qolipga solinishi toʻgʻri emas deydi muallif. Koʻrinishi, rangi, koʻzlari va yoki boshqa jihatlari farqli shaxslar ruhiyatiga bu standartning qanday ta’sir qilishi romanning eng asosiy tahlil mavzularidan biridir.

Asar nomi ham ana shu sababli “Eng moviy koʻzlar” deb nomlangan nazarimda. Chunki bosh qaramonlardan biri Pekola ismli afroamerikalik qiz oq tanlilarning koʻzlari kabi uning ham koʻzlari moviy boʻlishini istaydi. Ularning ham koʻzlaridan moviyroq boʻlsa edi deb orzu qiladi. Ana shunda uni ham jamiyat va atrofidagilar chiroyli deb qabul qilishlariga, badbashara deb jirkanmasliklariga ishonadi.

Oʻz qoʻllari yoki istaklari bilan oʻzgartira olmaydigan, tanlash imkoni boʻlmagan jihatlari (tashqi koʻrinish, ota-ona va hakazo) sababli tahqirlanish ison ruhiyatini qanchalar ezgʻilab tashlashi chiroyli ochib berilgan. Birgina qizning “eng moviy koʻzlar” unda boʻlishini istashi ham yozuvchining istagini yaqqol koʻrsatib bera olgandek.

Bundan tashqari asarda yuqorida aytilgan jihatning bolalik travmalarni nihoyatda orttirib yuborishi, oilaviy munosabatlarga ta’siri, befarqlikni kuchaytirishi va zoʻravonlikka sabab boʻlishi ajoyib badiiylik bilan tahlil qilib beriladi. Nobel mukofoti olgan ilk afroamerikalik ayolning “Eng moviy koʻzlar”ini albatta oʻqib koʻrishingiz kerak…

➡️@qora_yigit
19.04.2025, 20:24
t.me/qora_yigit/1280
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
39
4
1.5 k
“Dunyo daholari” ruknida hozircha 5 ta kitob chiqqan. Bu kitoblar menda nashrdan chiqqan kunlardan beri bor. Ammo oʻqishga imkon topolmayotgandim. Yaqinda bu kitoblarga aloqador mavzu koʻtarilgach, ularni bir oʻqib chiqish istagi paydo boʻldi.

Kitoblarning 7-13 yoshdagilarga moʻljallangani va rasmlari bisyorligini inobatga olsak, 3-4 soatda hammasini oʻqib qoʻysam kerak. Koʻraylik-chi, nima gaplar ekan 👀


➡️@qora_yigit
19.04.2025, 07:38
t.me/qora_yigit/1279
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
Репост
72
4
1.4 k
Nimagadir ajalni hamma ayol qiyofasida tasavvur qiladi?

📚”Polkovnikka birov maktub bitmas”
Gabriel Garsia Markes

@chizilgan_bitiklar
18.04.2025, 19:31
t.me/qora_yigit/1278
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
37
4
1.3 k
Usmonlilar imperiyasi tarixi haqidagi “Intiqom” nomli asar ekan. Yana yangi nashriyot. Nomi va brendi qiziq tuyildi. “Inson”…

Kimdir bu asarni oʻqib koʻrganmi?

➡️@qora_yigit
18.04.2025, 14:04
t.me/qora_yigit/1277
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
49
2
1.4 k
Juma hadyasi desa ham boʻladi.😀
Qamarbooksdan shunaqa oʻram kelibdi. Katta ehtimol bilan ichida kitob bor. Sizningcha, bu qaysi kitob?

Sizda kitob nomini hammadan birinchi boʻlib topish va natijada boshqalardan oʻzgacharoq ekaningizni his etish imkoni bor 😉

➡️@qora_yigit
18.04.2025, 12:06
t.me/qora_yigit/1276
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
101
1
1.5 k
Shu bola kecha yana tushimga kiribdi. Qoʻlida katta kitob. Hech nimaga qaramay oʻqigani-oʻqigan. Odam oʻzgaraman desa bir kecha ham yetarkan-da deb qoʻlidagi kitobga qarasam “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” ekan. Bola paqir haliyam pulni topish umididan voz kechmagan ekaneey 💴

➡️@qora_yigit
18.04.2025, 06:37
t.me/qora_yigit/1275
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
43
4
1.5 k
Bu kitob haqida uzundan uzun post yozgandim. Dangasalar uyushmasi a’zolari oʻqishga erinishibdi ekan. Endi bahona qilisholmas a? 🙃

Videodagi “play” ni endi kim bosadi deb izoh yozishmasa boʻldi 🙃

➡️@qora_yigit
17.04.2025, 20:10
t.me/qora_yigit/1274
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
10
2
1.4 k
Gʻoliblar aniqlandi! 🍉

Demak, randomda gʻolibligi aniqlangan 3 ta raqamni videoda koʻrib olishingiz mumkin. Izohiga qarab tanlangan 2 kishi esa:

▪️Shohjahon
▪️Zilola Keldibekova

💙Gʻoliblarni chin dildan tabriklayman. Keyingi tanlovlarda qolganlarga ham omad tilayman! Uzoqlashmang, bizda har hafta kitob qoʻlga kiritish imkoniyatingiz bor 🥰

➡️@qora_yigit
17.04.2025, 19:55
t.me/qora_yigit/1273
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
25
3
1.3 k
Knut Hamsunning “Ochlik” va “Edvarda”sini ketma-ket oʻqish niyatida edim. Lekin “Edvarda” ancha yillardan buyon takror bosilmagani bois topish qiyin masaladek koʻringandi. Bu masalada Santuagaraga rahmat. Shu kitobni sovgʻa qilib qoldi 😇

“Lanz” romanini esa judayam bejirim koʻrinishi sababli sotib oldim. Asar nemischadan tarjima qilingan ekan. Sifati ham ajoyib. Bu asarni oʻqib koʻrish istagim juda yuqori 💙

Xullas, bizda shunaqa yangiliklar. Sizlarda nima gaplar?

➡️@qora_yigit
17.04.2025, 07:20
t.me/qora_yigit/1272
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
77
9
1.7 k
"To‘shak badanim tafti bilan qizishiga uzoq vaqt ketadi. Nihoyat, men yotgan joyda sal-pal issiqlik hosil bo‘ladi. Ozgina qimirlashga ham yurak betlamaydi, tanamdan atigi bir santimetr narida ham zax to‘shak tish qayrab turgandek."

Toni Morrisonning "Eng moviy ko‘zlar" asaridan keltirilgan yuqoridagi parchadagi iztirobni qishloqda ulg‘ayganlar juda yaxshi his etsa kerak… Asardagi bu tasvirlar menga bir nechta quvonchli va g‘alati his beruvchi xotiralarimni esga soldi.

Maktabga borganmidim yoki yo‘q, eslolmadim. Bir kuni uyg‘onsam tashqarida tizzamdan keladigan qor. 10-15 ta quyonimiz bo‘lardi. Shulardan biri bolalabdi. 6 ta quyoncha. Biri oq, boshqasi qora. Yana biri jigarrang. Ola-bulalari ham bor. 6-7 yoshli bola uchun qanday baxt a?

Hammasini uyga olib kirib qo‘ydik. Tashqarida muzlab qolmasin deb. Qo‘shni xonaga solib qo‘ydik. Uyimiz o‘zi ikki xona edi. Ertalab turib qarasam hammasi sovuqdan tarashadek qotgan, muzlab o‘lib qolibdi. Biz u xonada dars qilardik…

Quyon bolalarini pechka yoniga terib qo‘ygandim. Muzlagani erisa tiriladi deb o‘ylaganman. Muzi eridi lekin quyonchalar tirilmadi. O‘zim muzlagan yerni kovlab ularni ko‘mdim. Birinchi marta o‘lik ko‘mishim edi…

Quyonchalar muzlab qolgan xonada chelaklarda suv zaxiralab qo‘yardik. Sovuqda ham suv ichiladi. O‘sha kechalarda chelakdagi suvlar muzlab qolardi. Uyimiz ikki xonali edi. Mehmon kelsa dadam mehmon bilan o‘sha xonada yotardi. Suv muzga aylanadigan xonada uxlashardi… Mehmonlar ham buni juda normal qabul qilardi. Chunki hamma shunaqa yashaydi deb o‘ylardik. Butun dunyoda shunaqa yashashadi deb o‘ylaganman…

O‘sha paytlarda bitta xonada pechka bo‘lardi. Ikki pechkaga o‘tin qayda deysiz? Hamma bir xonada yotardi. Qanaqa shaxsiy xona? Lekin beg‘ubor va baxtli edik. Chunki hamma shunday yashaydi deb o‘ylardik.

Yer muzlagani uchun chuqurroq ko‘molmaganman shekilli o‘lik quyonchalarni o‘sha kecha itlar yeb ketibdi. Qish desa yana shu kabi ko‘p yaxshi-yomon xotiralar esga tushadi…

Hozir ham qishloqlarda bir uyda bitta pechka bor. Ikki pechkaga o‘tin qayda deysiz? Hamma bir xonada yotadi. Ular hozir ham baxtlimikan? Chunki hamma bunday yashamayotganini endi ular yaxshi biladi…

➡️@qora_yigit
16.04.2025, 20:08
t.me/qora_yigit/1271
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
24
1.5 k
Bu ertaga yakunlanadi. Atigi 48 kishi qatnashibdi. Omadli 5 odamdan biri bo‘lish imkoni sizda bor 😐
16.04.2025, 12:21
t.me/qora_yigit/1270
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
121
2
1.7 k
Kecha tushimda uyimizga oʻgʻri tushibdi. Qoʻlida allambalo sovuq qurol.

— Joningdan umiding boʻlsa ayt, boyliging qayerda?

— Mana bular mening umr boʻyi toʻplagan boyliklarim deb kitoblarni koʻrsatdim.

Asabiyroq oʻgʻri ekan. Jahli chiqib jazavaga tushib qoldi. Qurolini battar oʻqtalib:

— Men pullar haqida gapiryapman, pullaring qayerda?

Vaziyat tangligini his qilgan holda rostini aytib qoʻyaqoldim:

— Boloxona toqisining ostidagi ravoq chaspagining orqasida…

Bu oʻgʻri boshqa tushimga kirmasa kerak)))

➡️@qora_yigit
16.04.2025, 07:26
t.me/qora_yigit/1269
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
37
10
1.9 k
#finished

“Buyuklarning bolaligi”

Ba’zida biz buyuk insonlarning hayoti haqida gapirganda, ularning yutuqlari, kashfiyotlari yoki dunyoni o‘zgartirgan g‘oyalari haqida to‘xtalamiz. Lekin ularga bu darajaga yetish yo‘lida yo‘ldosh bo‘lgan bolalik yillari haqida kamdan-kam o‘ylaymiz. “Buyuklarning bolaligi” nomli kitob esa aynan shu jihatga urg‘u beradi. Kitobni o‘qib shunday xulosaga kelasizki, har bir buyuklik – orzu, beg‘uborlik va oddiy bolalikdan boshlanadi.

Faxriddin Sodiq tomonidan tuzilgan ushbu 440 betlik kitobni Info Capital Books nashriyoti chop etgan. Asar qadimgi Misr malikasi Nefertitidan boshlab, zamonaviy ixtirochi va milliarder Ilon Maskgacha bo‘lgan 70 nafar buyuk insonning bolalik portretlarini chizib beradi. Sahifalarda Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Amir Temur, Leonardo da Vinchi, Nikola Tesla, Mahatma Gandi, Valt Disney, Koko Shanel, Jeff Bezos kabi tarixda iz qoldirgan siymolarning ilk qadamlari, orzulari va qiziqishlari haqida o‘qiysiz.

Menga kitobning olgʻa surgan eng gʻoyasi yoqdi. Bu gʻoyani bir gap bilan mana bunday ta’riflash mumkin: “Buyuklar tug‘ilmaydi – ular tarbiyalanadi.” Har bir bolada buyuklik urug‘i bor, faqat uni vaqti-soati bilan parvarishlash kerak. Bu fikr ayniqsa, ota-onalar, ustozlar, tarbiyachilar va yoshlar uchun juda muhim. Chunki har bir hikoya — real misol, har bir sahifa — saboq.

Kitob nafaqat tarixiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda har bir buyuk shaxs hikoyasi o‘ziga xos mini-biografiya tarzida yozilgan: bolaning oila muhiti, ilk qiziqishlari, duch kelgan qiyinchiliklari, muvaffaqiyatsizliklar va ularni yengib o‘tgan sabr-toqatlari haqida qisqa, ammo(ayniqsa bolalar koʻnglida) chuqur taassurot qoldiradi.

Kitob bizga bolalik — hayotning shunchaki bir bosqichi emas, balki kelajakni belgilovchi asosiy poydevor ekanini eslatadi. O‘qirkanman hayollar olib qochadi: ehtimol, bu kitobni ayni damda siz o‘qiyotgan bo‘lsangiz, siz ham kelajakdagi buyuklardan birini tarbiyalayotgandirsiz?!

Agar siz ham farzandingiz yoki o‘quvchingizga “buyuklik” tushunchasini tushunarli, qiziqarli va hayotiy misollar bilan yetkazmoqchi bo‘lsangiz — bu kitob sizga katta yordam beradi.

Kitobdan keyin oʻquvchi o‘ziga savol beradi: “Men ham buyuk odam bo‘lishni orzu qilgan edim… balki hali ham kech emasdir?”
Ha, bu kitob orzu qilishga undaydi. Va har bir orzuga yetaklaydigan yo‘l bolalikdagi ishonchdan boshlanishini yana bir bor yodimizga soladi.

➡️@qora_yigit
15.04.2025, 20:26
t.me/qora_yigit/1268
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
143
3
1.6 k
Asaxiy yangi chiqqan kitobidan yuboribdi. Katta rahmat.

Kitobni qoʻlimda koʻrganlar biror qarindoshingiz kitob chiqardimi deyishyapti. Oʻxshab ketamiz shekilli 😃

➡️@qora_yigit
15.04.2025, 12:29
t.me/qora_yigit/1267
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
67
7
1.5 k
Qaranglar nima topib oldim, oʻzimizni kitob 👦🏾

Toni Morrison adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofotini 1993-yili olgan. U bu mukofotni olgan birinchi afro-amerikalik ayol yozuvchi hisoblanadi. Yaqinda uning mashhur asarlaridan biri boʻlgan “Eng moviy koʻzlar” oʻzbek tiliga tarjima qilingandi.

Keyingi mutolaani ana shu kitob bilan davom ettiryapman. Sizlarda nima gap? Qaysi kitobni oʻqiyapsiz?

➡️@qora_yigit
15.04.2025, 07:31
t.me/qora_yigit/1266
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
48
3
2.2 k
4 marta erga tekkan Nilufarning hayot yoʻli orqali muallif “Oyimtilla”da nima demoqchi?

Nazarimda, asar faqat ishq oʻyinlaridan iborat emas. Batafsilroq videoda…

➡️@qora_yigit
14.04.2025, 18:34
t.me/qora_yigit/1265
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
Репост
173
1
2.2 k
#life

🫖Mevali choy ichayotganda boshqalar:
– Juda mazali ekan,
– Juda shirin ekan,
– Juda qaynoq ekan…

☕️Oynur esa:
– Woow, judayam qulupnayli ekan))😁

@biyron_cha
14.04.2025, 11:09
t.me/qora_yigit/1264
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
38
6
2.1 k
Demak, Tanlov!

Gʻolib 5 kishi boʻladi va har biriga “Samaradorlikning 21 yoʻli” kitobi sovgʻa qilinadi. 3 kishini randomdan aniqlaymiz, 2 kishini oʻzim tanlayman.

✔️Shartlar quyidagicha:
Video izohida fikringizni qoldiring va uni screen qilib shu post izohiga tashlang. Men sizga raqam beraman.

Screenshotda faqat bitta sizning kommentingiz koʻrinishi kerak. Boʻlmasa qabul qilinmaydi. Shuningdek, videoga layk bosishingiz va youtube kanalga a’zo boʻlishingiz lozim.
Shunda shart toʻliq bajarilgan boʻladi.

🎞 Videoni oson topishingiz uchun link: https://youtu.be/3saJjVdK6hs

Tanlov payshanba oqshomida yakunlanadi. Hammaga omad tilayman. Tanlovdan doʻstlarni xabardor qilish esdan chiqmasin a 😇

➡️@qora_yigit
14.04.2025, 07:09
t.me/qora_yigit/1263
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
55
20
1.8 k
QAT’IYAT

Pokiza deb lab tekkizmay, oh,
Dilda saqlab yurganing suvga
Oyog‘larin yuvdi bir gumroh,
Balki bundan avval ham yuvgan...

Endi sening ikki yo‘ling bor,
Afzal bilib ko‘zing yummoqni
Hamon pok deb suvni ichgin yo
Borib o‘ldir o‘sha gumrohni...

© Nurmuhammad ABDUZOIR

➡️@qora_yigit
13.04.2025, 19:43
t.me/qora_yigit/1262
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
29
5
1.7 k
#finished

Gabriel Garsia Markes – “Polkovnikka birov maktub bitmas”

Nimanidir kutish juda qiyin. U mavhum va mujmal boʻlsa, bu qiyinchilikning darajasi anchayin ortadi. Bu kutish 10-15 yil boʻlsa yukning zalvorini his etaverasiz…

Buyuk yozuvchilardan biri boʻlgan Gabriel Garsia Markes ana shuncha muddatda mujmal bir jarayonni umid bilan kutayotgan qariya atrofida asar gʻoyalarini; inson yasharkan umidi ham tirikligi, qadr-qiymatini va or-nomusini saqlab qolish uchun kurashi, yolgʻizlik kabilarni tizib beradi.

Asarning qisqa hajmiga qaramay, muallif matnlarga bir-necha qavatga ega ma’no va gʻoyalarni joylashtira olgan. Markes bu asar orqali insonning jamiyatdagi o‘rni, davlat va xalq o‘rtasidagi aloqaning murakkabligini, insoniy sabr va oriyat qanday sinovlarga duch kelishini koʻrsatib beradi.

Polkovnik qanchalik og‘ir hayot kechirsa-da, hech qachon umidini yo‘qotmaydi. Har juma kuni u hukumatdan kelishi kerak boʻlgan xatni kutadi. Bu xat aslida polkovnik uchun faqat moddiy emas, balki ruhiy qoniqish hissini beruvchi kutilma ham edi. U davlat tomonidan tan olinishni, o‘zining “kerakli” ekanini his qilishni xohlashi yaqqol sezilib turadi. Kitobda umid xat va xoʻroz koʻrinishida tasvirlanadi…

Bu asari orqali Gabriel Garsia Markes Janubiy Amerika davlatlaridagi insonlarning oʻsha davrdagi kayfiyatini, hukumatlarning ularni qanchalar yolgʻizlatib qoʻyganini, vatanparvarlik hissining oyoq-osti boʻlishiga qanday yoʻl ochib berganini ham koʻrsatib bergandek, nazarimda.

Asarning menga yoqqan yana bir jihati esa inson har doim qalban yolgʻiz ekani, bu hisni hech nima, bola, xotin yoki doʻstlar ham arita olmasligi haqidagi gʻoyasi boʻldi. Shuning uchun ham odamlar doimo nimanidir kutishini, ongida qandaydir oʻzgarishni orzu qilishi, unga umid bogʻlashini Gabriel Garsia Markes tushunarli tahlil qilib berolgan deb oʻylayman.

➡️@qora_yigit
13.04.2025, 18:28
t.me/qora_yigit/1261
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
86
2
1.2 k
#qiziq

Tolstoyning dunyoga mashhur asari “Urush va tinchlik” yozilganida hali nusxa koʻchirish texnikalari kashf etilmagan edi. Asarning bu darajada mashhur boʻlib ketishida Tolstoyning rafiqasi juda katta rol oʻynaydi.

Chunki u jami 1800 betdan ortiq boʻlgan bu romandan 7 marta qoʻlda nusxa koʻchirgan. Bu esa kitobning ommalashishiga katta ta’sir oʻtkazgan ekan. Erkak kishining hayotida ayolning oʻrni naqadar yuksak ekanini koʻryapsizlarmi? Endi uylanasizlarmi, Kitob ombori, An Ordinary Man, Stoik kundaligi, Ivan Karamazov?

➡️@qora_yigit
13.04.2025, 09:16
t.me/qora_yigit/1260
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
45
5
1.1 k
Iste’dodli tarjimon va yozuvchi Olim Otaxonning bugun tugʻilgan kuni ekan. Rahmat book.uz 😇

➡️@qora_yigit
12.04.2025, 17:31
t.me/qora_yigit/1258
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
5
1.1 k
12.04.2025, 17:31
t.me/qora_yigit/1259
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
13
334
video.mp4
12.04.2025, 12:11
t.me/qora_yigit/1257
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1.3 k
12.04.2025, 11:54
t.me/qora_yigit/1256
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
84
1.3 k
— Antenna chiqdi aka

— Ayt, ketib qolmay tursin. Post qoʻyib olay)))

➡️@qora_yigit
12.04.2025, 11:54
t.me/qora_yigit/1255
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
27
555
video.mp4
12.04.2025, 11:27
t.me/qora_yigit/1254
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
68
3
1.4 k
Kechagi toʻpolonlarning asl sababchilari 😃

Anchadan beri olishni istagan, nashrdan chiqishini kutgan kitoblarimni sotib oldim.

Aslida esa faqat eng ostidagisi va eng ustidagisini, “Musulmonlar axloqi” va “Mening otim Qirmizi”ni olmoqchi edim. Koʻrib turganingizdek, shuncha kitob. Yana bu hammasi emas. Bir qismi)))

Qachon kitoblar masalasida ongli iste’molchiga aylanaman ekan a😭

➡️@qora_yigit
12.04.2025, 07:07
t.me/qora_yigit/1253
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
57
2
1.3 k
Xavotir olmanglar, men uydaman 😃

Uyidan joy taklif qilib lichkamga yozgan hammaga rahmat 😃
11.04.2025, 19:13
t.me/qora_yigit/1252
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
39
1.4 k
11.04.2025, 17:58
t.me/qora_yigit/1251
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
50
1
1.4 k
11.04.2025, 17:51
t.me/qora_yigit/1250
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
29
1
1.4 k
Tanlov gʻoliblari aniqlandi!

G‘oliblarni tabriklayman. Va’da qilinganidek birinchi va ikkinchi oʻringa ikkitadan, qolgan uchta oʻringa bittadan kitob sovgʻa qilinadi. Gʻoliblarga instagramdan yozdim. Iltimos, koʻrsatilgan manzilga tezroq yozing. Instagrami “zakritiy”larga yozolmadim. Instagramdan menga tezda yozing!

Dushanba kuni instagrami yoʻqlar uchun ham shunga oʻxshash narsa tashkil qilamiz.

➡️@qora_yigit
11.04.2025, 17:01
t.me/qora_yigit/1249
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
75
2
1.3 k
11.04.2025, 10:37
t.me/qora_yigit/1248
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
80
3
1.4 k
Gap “Ityurak” asari haqida ketayotganidan foydalanib oʻz fikrimni ham aytib oʻtsam.

Bu kitobdan olgan qisqa xulosam shunday: it itligicha qolsin, odam esa baribir odam boʻlmaydi)))
Shunday ekan ularni boshqacha qilaman deb urinma 😎
11.04.2025, 08:09
t.me/qora_yigit/1247
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
97
3
1.5 k
🐶Itlarga rosa qiziqadigan bir tanishim bor. Itlar boʻyicha mutaxassis desa ham boʻladi. Kuchukchaning turishiga qarab ayol erkakligi, kelajakda yaxshi(baquvvat va urushqoq) it chiqadimi yoki yoʻq bittada aytoladi. Nima berib boqish kerak, qanday tarbiyalash kerak… Hammasini ipidan ignasigacha biladi.

Kitob oʻqish ham it boqishdek zavqli narsami deb soʻrab qoldi. Men esa imkon qadar oʻzi tushunadigan uslubda tushuntirdim. “It suyak gʻajimasa, tishi qanchalik qichishini bilasan a? Kitobga ham oʻrganib qolsang shunaqa xumor tutadi”, deb javob berdim.

Bitta gap bilan yurak-yuragigacha zabt etdim shekilli boshqa bu haqida savol bermadi. Qanday kitob oʻqishimni tavsiya qilasan deb soʻradi. Bulgakovning “Ityurak” degan kitobini oʻqi dedim. Sezganingizdek, hisob(suhbatimiz) 2:0 boʻlib yakunlandi 😁🤪🤪

➡️@qora_yigit
11.04.2025, 07:14
t.me/qora_yigit/1246
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
47
6
1.4 k
Youtube’da yubiley 10-videomiz!

Bu safar odamlar xarakterini toʻrt rang; qizil, sariq, yashil, koʻkka boʻlib tahlil qiladigan kitob haqida gaplashamiz.

Videoni koʻrish: https://youtu.be/UJ0Jf651Hgg

Youtubeda 1000 ta boʻlishimizga ozgina qolibdi. Videoni koʻrib layk va izohlar bilan qoʻllayotganda obuna boʻlishni ham unutmasangiz juda xursand qilgan boʻlardingiz. Qoʻllovingiz uchun tashakkur!

➡️@qora_yigit
10.04.2025, 18:02
t.me/qora_yigit/1245
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
26
1
1.5 k
Buni koʻrmay qolmadingizmi?

Ertaga kechga 5 kishiga rasmdagi kitoblardan tanlaganlarini sovgʻa qilamiz. Birinchi va ikkinchi oʻrinni olganlarga ikkitadan kitob beriladi. Eslatib qoʻyay dedim-da)))
10.04.2025, 09:44
t.me/qora_yigit/1244
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
28
5
1.4 k
Katta natijalarga erishgan insonlarning hayot yoʻlini, bolalik xotiralarini oʻqishni yoqtiramiz. Chunki ularning bolaligida oʻzimizning ham orzularimizni uchratamiz. Ular ham biz kabi orzular qilishgan boʻladi.

Faqat qayerdadir, qaysidir nuqtada ular oʻzgacha yoʻl tutishgani, biznikidan boshqacharoq tanlov qilganlari bois katta natijalarga erishishgan. Bu burilish nuqtalari haqida oʻqish esa hammani ruhlantiradi. Men ham yoki bolam ham uddalay oladi degan xulosani beradi. Bu esa juda ham yaxshi nazarimda.

“Buyuklarning bolaligi” degan kitobni oʻqishni boshladim. Tugatgach fikrlarim bilan boʻlishaman. Sizlardan esa bolaligingizdagi xotiralardan eng muhim deb oʻylaganlaringiz, hayotingiz hozirgidek boʻlishiga sababchi boʻlgan birortasini soʻzlab berishingizni soʻramoqchiman. Zero hech kimning taqdiri takrorlanmas…

➡️@qora_yigit
10.04.2025, 07:07
t.me/qora_yigit/1242
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
95
1.3 k
Uxlasalaring boʻlmaydimi a?

— Sizlar kimsizlar?
— Biz uxlamaydigan kazo-kazolardanmiz 😄
10.04.2025, 01:32
t.me/qora_yigit/1241
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
29
5
1.4 k
#finished

Haruki Murakami – "Pinball 1973"

Murakamida ajoyib bir usul bor. Ba’zi asarlarida bosh qahramon mavhum kimsa bo‘ladi. U jarayonni, voqelikni, tuyg‘ularini hikoya qiladi. Yozuvchi bunda shunday bir usul topganki, o‘sha mavhumlikdagi bosh qahramon sekingina sizning yuzingizga, qalbingizga, tuyg‘ularingizga yopishadi. Siz bilan bitta bo‘lib ketadi. Asarni o‘zingiz hikoya qilayotgandek his etasiz…

Murakami "Pinball 1973" asarida ham men o‘qigan boshqa asarlariga o‘xshab odamlarning ich-ichidagi yolg‘izlik hissi, begonalashuv jarayoni va inson o‘zini muttasil izlashi kabi uchta katta mavzuni asarga qovurg‘a sifatida tanlabdi.

Asar qahramoni Kalamush(Rat) bo‘lib, u hammadan ko‘ra boshqacharoq yo‘ldan yurishni istaydigan, bu istaklari orqasidan ekzistensial inqirozga yuz tutgan. U o‘ziga mos makon izlab qiynaladi.

Uning mavhum o‘rtog‘i esa ma’nosini yo‘qotgan hozirgi hayotini qayta jonlantirish uchun pinball avtomatiga qaramlik bo‘lib qoladi. Muallif shu qaramlik orqali mavhum qahramon o‘tmishdagi yorqin hayotiga, tirik tuyg‘ulariga qaytishga urinishini izohlagandek go‘yo…

Asarda yana bir qiziq jihat bor. Bu o‘sha mavhum qahramon(narrator) bilan birga yashaydigan egizak qizlar. Murakami asar qahramonining egizak qizlarga bo‘lgan tuyg‘ulari haqida ham mavhumroq qalam tebratadi. Ular real mavjud edimi yoki qahramonning ongi ichidamidi? Ko‘ngli va aqlimidi u egizaklar? Ana shunday savollar girdobida qolasiz.

Muallifning "Uyqu" asarini o‘qiganimda ham yakuniy qismida reallik, xayolot va qahramonning tushlari qorishib ketgandi. Ichimni esa savollar yemirgandi. Yozuvchi bu maqsadiga "Pinball 1973" asarida ham erishgan ekan.

Xulosa qilib aytganda, Haruki Murakami ushbu asarida inson o‘tmishdagi yo‘qotishlari, yolg‘izligi va hayotidan ma’no axtarish asnosida aslida o‘zini topishga, o‘z missiyasini anglashga doimo harakat qiladigan mavjudot ekanini ko‘rsatib beradi.

➡️@qora_yigit
9.04.2025, 20:04
t.me/qora_yigit/1240
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
162
2
1.4 k
Kazo-kazolar bilan jonli ushrashuvga nima deysiz?

Kanaldagi kitobxon doʻstlar bilan oflayn uchrashuv tashkil qilsak nima deysiz? Biror dam olish kunida Milliy bogʻga oʻxshagan biror joyda koʻrishib suhbatlashsak, tanishsak. Qanaqadir qiziqarli oʻyinlar ham tashkil qilarmiz. Muhimi, issiqqina diydor, oʻzaro tanishuv.

❤️‍🔥 Zoʻr boʻlardi
🐳 Qalban kazo-kazolar bilanman

Aytgancha, qizlar ham bemalol kelaversa bo'ladi, @biyron_cha ham keladigan))

➡️@qora_yigit
9.04.2025, 14:07
t.me/qora_yigit/1239
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
32
5
1.5 k
#qiziq

Bir oya avval Santuagara oʻzimizning va bizdan uzoqlardagi Gʻarb mamlakatlarida yashagan millatlarning afsonalari juda oʻxshash ekani haqida tahliliy postini joylagandi.

Kuni kecha oʻqishni boshlaganim Gabriel Garsia Markesning “Palkovnikka birov maktub bitmas” asarida ham shunga oʻxshash narsaga duch keldim. Asarda kelgan matnni keltiraman, bir oʻqib koʻring a?

Qoʻni-qoʻshnilar uyda urvogʻimiz yoʻqligini bilmasin deb oʻchoqqa quruq qozon osishimu sharaq-shuruq qaynashi boʻlsin deb ichiga tosh solib qoʻyishimni sen qaydan ham bilarding.

Buning nimasidir sizga tanish tuyilmadimi? Xalq orasida yuradigan sumalak taomining qanday kashf etilgani haqidagi rivoyatga juda oʻxshash ekan. Unda ham ayol bolalari onam ovqat qilayapti deb oʻylashlari uchun qozonga tosh solib qoʻyadi. Va qaynaganda, qozonni kovlaganida toshlardan ovoz chiqadi.

Deyarli hech qanday rishtalar bogʻlamaydigan, dunyoning ikki chetida yashaydigan ikki xalq ichida bir-biriga oʻxshash qarashlar boʻlishi qiziq a? Yoki menga shunaqa tuyildimi? Sizning fikringiz qanday?

➡️@qora_yigit
9.04.2025, 06:26
t.me/qora_yigit/1238
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
25
2
1.3 k
Bu kitobni juda koʻpchilik allaqachonlar oʻqigan boʻlsa kerak. Men ham 15 yillar avval oʻqiganman uni.

Toʻliq videoni koʻrish: ➡️ https://youtu.be/5ZBERy9C53o

“Tushda kechgan umrlar”ga mening rakursimdan bir qarab koʻring. Bu asarda nimalar his qilganingizni yozib qoldirishni ham unutmang 😇

➡️@qora_yigit
8.04.2025, 19:24
t.me/qora_yigit/1237
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
35
2
1.3 k
Yaxshi mavzularda tahlillar berib borilarkan. Matnlar uzunlik qilmasa maza qilib oʻqish mumkin. Shunaqa janrlar yoqsa obuna boʻlib qoʻying. Imzo qoʻyishni ham unutmang. “Kazo-kazolar keldi” deb 🙃
8.04.2025, 17:19
t.me/qora_yigit/1236
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
Репост
20
1.3 k
Men o'zimni juda oddiy, lekin o'ziga juda e'tibor beruvchi inson, deb bilaman. Har doim o'rganishdan to'xtab qolgan yoki orqada qolgandek his qilaman, shuning uchun o'z fikrlarimni yozish orqali ommaga yetkazish va izlanishlarim orqali o'rganish davomida biroz yengil tortaman.

Agar siz uzun va tahliliy postlarni o'qishni yoqtirmasangiz, bu kanal siz uchun emas. Men ataylab uzun reklama matnini yozdim, chunki toqatsizlar bilan vaqt o'tkazishni xohlamayman 😀

Biz hozirda juda qaltis vaziyatda yashayapmiz. G'arb jamiyatiga birinchi televideniya va radio tanishtirilganda, ular o'qish (mutolaa) va kitoblar xavf ostida qolishi mumkin deb o'ylashgan.

E'tibor beriladigan jihat shuki, hozirda kitoblar eng ko'p nashr qilingan, eng ko'p yozilgan davrda yashayapmiz. Lekin bu o'qish faqat matnni ko'rishdan iborat emas. O'qish bu tafakkur va taddabur qilish jarayonini o'z ichiga oladi. Odamlar bugungi kunda oyda yoki yilda o'qigan kitoblari haqida post qilishga shoshilishadi, lekin aslida o'qishning maqsadi bu emas.

Payg'ambarimiz alayhissalomga nozil qilingan birinchi oyat "Iqro" bo'lgan – "O'qi!"

"Iqro" so'zi arab tilida ikki ma'noni anglatadi:

O'qish – ya'ni matnni ko'z bilan ko'rib, tushunish va talqin qilish, bu ichki, shaxsiy fikrlash jarayoniga bog'liq.

Qiroat qilish – bu ovoz chiqarib o'qish yoki yoddan aytish bo'lib, asosan tashqi ifodaga yo'naltirilgan.

"Iqro" bu faqat bosma belgilarni dekodlash emas, balki bilimni ichki va tashqi yo'llar orqali idrok etish jarayonidir. Shuning uchun, yozuvsiz odamga "o'qi" deb buyurish, "o'qish" tushunchasi faqat matn orqali emas, balki og'zaki qabul qilish orqali ham amalga oshishi mumkinligini ko'rsatadi.

Xulosam shuki, insoniyatdan ko'proq narsa kutish kerak, chunki o'zimiz yaratgan hayot tugunlarini yechishimiz uchun ham bunga majburmiz. Ya'ni, odatdagi progressdan tezroq harakat qilishimiz kerak.

Yuzaki (Shallow) fikrlash bizni chiritadi. Bu haqida ancha yillar oldin Virginia Woolf: "Nothing less than the death of inwardness" – "Ichki fikrlashning to'liq yo'qolishi" deb yozgan edi.

Demak, shaxsiy fikrlarim va boshqa foydali ma'lumotlar uchun:)
🖋🖋 @susambil_lik
8.04.2025, 17:17
t.me/qora_yigit/1235
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
32
2
1.4 k
“Marhumning onasi oʻgʻlining ochiq yuzlariga dam-badam qoʻnib, burun kovaklariga kirishga urinayotgan pashshalarni yelpigʻichda haydash bilan andarmon, qora kiyingan boshqa juvonlar esa daryoning bir maromdagi oqimiga tikilgan kabi mayitga oʻychan qarab qolishgan.”

Gabriel Garsia Markesning tasvirlash uslubiga, tabiiy va noodatiy topilmalariga maza qilaman-da. Agar siz odam jasadini oʻz koʻzingiz bilan koʻrgan boʻlsangiz, ayniqsa bu issiq kunlarda roʻy bergan boʻlsa yuqoridagi tasvirlar hech qachon ongingizdan oʻchib ketmaydi. Chunki bu tasvirlar badiiylik va siz hayotda koʻrgan reallikni qorishtirib manguga muxrlanib qoladi. Menda shunday boʻldi…

➡️@qora_yigit
8.04.2025, 11:42
t.me/qora_yigit/1234
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
58
15
1.4 k
#qiziq

Dostoyevskiy "Qimorboz" romanini 25 kunda yozib tugatadi. Bunday shoshilinch ekanligining sababi qimordan yigʻilib qolgan qarzlarini toʻlashi kerak edi.

Bu asarning yozuvchi hayotida yana bir muhim oʻrni bor. Kitobning shoshilinch tugatilishi kerakligi boisi Dostoyevskiy oʻziga bitta stenograf qiz yoʻllaydi. Bu orqali kitobni matnlashtirish tezlashadi. Yozuvchi keyinchalik shu qizga uylanadi.

Uni hozir koʻpchilik Anna Dostoyevskaya nomi bilan juda yaxshi taniydi. Uning buyuk yozuvchini yaqindan, ichdan ochib beradigan qaydlari katta kitob shaklida Nodirabegim Ibrohimova tomonidan tarjima qilingan.

➡️@qora_yigit
8.04.2025, 08:35
t.me/qora_yigit/1233
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
96
7
1.6 k
Uyqusizlik mening uzoq yillik muammoyim. Ertaroq uxlab qolish uchun har turfa usullar qilib koʻrdim. Ishdan, jismoniy harakatlardan oʻzimni charchatishga harakat qilaman. Atay ruhiyatimni zoʻriqtiraman. Qani endi kor qilsa…

Yostiqqa bosh qoʻysam ming xil oʻylar, eski narsalar va yana men yaxshi anglab ulgurmagan bir nimalar boshimda aylanaveradi, aylanaveradi. Shunday paytlarda oʻzimni juda yolgʻiz his qilaman. Yarim tun, dunyo sokin uyquda…

Keyin chalgʻish uchun oʻzimni kitobga uraman. Biroz oʻtib rostakam uning ichiga shoʻngʻib ketaman. Asab tolalarim boʻshashadi, hordiq his etaman. Mening ham hamma kabi koʻp-koʻp uxlagim keladi. Yostiqqa boshini qoʻyishi bilan koʻzi uyquga ketadiganlarga havasim keladi…

➡️@qora_yigit
7.04.2025, 23:08
t.me/qora_yigit/1231
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
54
6
1.6 k
Bu ikki rasm bir kitob (Polkovnikka hech kim maktub bitmas/yozmaydi)ning ayni bir xil joyi – yakunidagi abzasti.

Birinchi(oqroq) rasmdagisi ruschadan qilingan. Ikkinchisi (sargʻishroq) esa asl tili – ispanchadan tarjima qilingan.

Ikkisini ham oʻqib koʻring. Bu sizga farqlarni solishtib koʻrish imkonini beradi. Men esa mualliflik huquqi egalari nima uchun ruschadan tarjima qilmaslikni alohida shart sifatida qoʻyganini tushungandayman…

➡️@qora_yigit
7.04.2025, 20:24
t.me/qora_yigit/1229
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
6
1.5 k
7.04.2025, 20:24
t.me/qora_yigit/1230
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
105
3
1.6 k
Bizni “oʻzgarib ketibdi, ehheee” deganlar adashadi. Ularning adashgani yuzimizga notoʻgʻri faslda boqqanlaridir.

Hurmat bilan koʻngli oq yigit)

➡️@qora_yigit
7.04.2025, 11:06
t.me/qora_yigit/1227
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
85
1.5 k
Shu postdan keyin 20 kishi chiqib ketdi. Oooh, doʻstlar. Nega koʻngilgizga olasiz a? Men oʻzimni aytdim axir. Nega darrov xafa boʻlasizlar?
7.04.2025, 10:24
t.me/qora_yigit/1226
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
81
1.5 k
Assalom Tashkentning issiq quyoshi 🌞
Ana endi yuz foiz link nomiga moslashdik 👦🏾

➡️@qora_yigit
7.04.2025, 10:05
t.me/qora_yigit/1225
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
25
4
1.6 k
📚Ushbu tanlovda gʻolib boʻlsangiz mana shu turdagi kitoblardan istalganini tanlab olishingiz mumkin!

📱Tanlov instagramdagi mana bu video kommentida boʻlib oʻtadi: https://www.instagram.com/reel/DH8o5y8Kohq/?igsh=NG96YmowaDl6eHZw

🧾Shartlari oddiy:
Yuqoridagi videoga layk bosib 5 ta tanishingizga yuborasiz. Videodan kelib chiqib izoh yozasiz. Obuna boʻlib qoʻyishni ham unutmang.
Izohi eng koʻp reaksiya yiqqan 5 ishtirokchi gʻolib boʻladi.

📚Birinchi va ikkinchi oʻrin egalariga ikkitadan kitob. Ular rasmdagi kitoblar ichidan istalgan ikkitasini tanlashlari mumkin. Uch, toʻrt va beshinchi oʻrindagilarga bittadan “Oyimtilla” romani sovgʻa qilinadi. Gʻoliblarni Juma oqshomida aniqlaymiz.

Homiy: Lookbook.uz

➡️@qora_yigit
7.04.2025, 07:41
t.me/qora_yigit/1224
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
31
4
1.3 k
#finished

Suhrob Bo‘ronov – "Sharq. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot"

Suhrob Bo‘ronovning "Sharq. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot" kitobida meni eng ko‘p qiziqtirgani O‘zbekiston uchun xavfsizlik tahdidlarining old qatorida nimalar yoki kimlar turishi va Isroilning Falastindan keyin Livanni o‘z nazoratiga olish rejasi borligi bo‘ldi.

Muallifning ta’kidlashicha, Isroilning yaqin rejalari ichida Livanni o‘z nazoratiga olish ham bor. Buni ular "Katta Isroil" rejasi deb atashadi. Livan jug‘rofiy jihatdan Yevropa bilan Arab davlatlarini bog‘laydigan savdo yo‘lida joylashgan.

Neft qazib oluvchi Arab mamlakatlaridan oqib kelayotgan sarmoyalar sababli G‘arb matbuoti Livanni "Yaqin sharq bankiri" deb ataydi. Isroil esa ana shunday muhim "ko‘prik"ni o‘z nazoratiga olishni istaydi degan qarashni ilgari suradi muallif. Bundan tashqari bu rejaning diniy va boshqa ko‘plab sabablari ham keltiriladi kitobda.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo xavfsizligiga eng katta tahdidlardan biri sifatida suv muammosi aytiladi. Men esa bu fikrlarga qo‘shilaman. Chunki yurtimizning aksar suv manbalarining boshlanish nuqtasi qo‘shni davlat hududlarida joylashgan…

Yana muallif tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining chegaralar masalasidagi noaniqliklari va tushunmovchiliklari haqida, aklav hududlar nima ekani, ularning o‘rni va ahamiyati haqida ham fikr yuritiladi.

Bundan tashqari kitobda bizga bevosita va bilvosita aloqador davlatlar: Xitoy, Turkiya, Arab davlatlari, Pokiston va Hindiston xavfsizlik siyosati va muammolari haqida o‘zbek siyosatchisining ilmiy qarashlarini o‘qishingiz mumkin.

Siyosat doim o‘z manfaatlaridan kelib chiqib yuritilganidek bizda ham o‘z rakursimizdan ko‘rib chiqilgan bunday siyosiy-ilmiy kitoblarning ko‘payishi odamni xursand qiladi.

Yana asar yozilishida 200 dan ortiq adabiyotlardan, shu jumladan: 40 dan ortiq o‘zbekcha adabiyotlardan, 40 ga yaqin ruscha adabiyotlardan, 60 dan ortiq ingliz, fransuz va turk adabiyotlaridan, va yana ko‘plab diniy adabiyotlar, dissertatsiyalar ham internet manbalaridan foydalanilgani kitob va muallifning chuqur ildizlarga mahkamlanganini anglatadi mening nazarimda.

➡️@qora_yigit
6.04.2025, 20:04
t.me/qora_yigit/1223
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
24
1
1.3 k
Quyosh qizidan "Güneşli türkçe" kursi

– Siz turk seriallari shaydosi yoki yangi til o‘rganib qo‘shimcha sertifikat olmoqchimisiz?

– Turkiga sayohat qilish yoki Turk burslariga topshirish niyatagingiz bormi?

– Unda sizni yangi va 0 dan boshlanadigan gurhimga taklif qilaman.

– Darslar haftaning toq kunlari 21:00 dan 23:00 gacha telegram chatida o‘tiladi. Narx: 250 ming

Yozilish uchun: @quyoshning_qizi profili, batafsil ma‘lumot uchun: @quyoshli_turkcha
6.04.2025, 18:01
t.me/qora_yigit/1222
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
12
1.4 k
Mana buyoqda shunchaki farzandingiz yoki biror yaqiningiz boʻlgan bolachaning yoqtirgan kitobi rasmini izohlarga tashlash orqali kitob yutib olishingiz mumkin. Bugun oxirgi kun ekan. Omadingizni sinab koʻring. Sovringga juda zoʻr kitob qoʻyilgan 🙂
6.04.2025, 15:55
t.me/qora_yigit/1221
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
65
2
1.5 k
Bugun Oynurni “Zoopaykka” oboraman deb va’da berganman. Kechga Manchester derbisi ham bor. Shu ikkisi orasida Markesning “Polkovnikka birov maktub bitmas” asarini bugunning oʻzida oʻqib tugatishni reja qilganman. Nasib etsa.

Xoʻsh, kazo-kazolarda yakshanbali reja qanaqa?

➡️@qora_yigit
6.04.2025, 08:38
t.me/qora_yigit/1220
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
33
15
1.4 k
UMID...

Barcha eshiklarni ochib ketgansan
Toʻshimga basma-bas urilar shamol.
Men ham, hech birini yopganimcha yoʻq,
Qaytar boʻlsang, ochish kelmasin malol...

Dilxun kechalarga qongan shamollar,
Huvillab uchadi yon berlarimda!
Ekkanlarim unmas - ungani oʻsmas
Faqat armon oʻsdi, qalbyerlarimda...

Tunlarni toʻldirib ichdim iztirob
Chala hislarimdan chala satrlar.
Har biri jon berar shu qoʻllarimda
Qogʻozlar ustida harflar potirlab...

Sovuq shamollardan, boshqasi nahot,
Ochiq eshiklarni birov qoqmasa?..
Barmoqlaring oʻpib, eshik zulfini,
Bir kuni kelasan, Xudo xohlasa!

©️ Muhiddin Nido

➡️@qora_yigit
5.04.2025, 20:45
t.me/qora_yigit/1219
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
23
1.4 k
❤️Bunday kitoblarning sizga nafi tegishi uchun unda aytilgan tavsiyalarni hayotingizga tadbiq etishingiz, vaziyatlarda amaliy foydalanishingiz kerak. Aks holda bu turdagi asarlarni shunchaki oʻqib qoʻyganingizning hech bir karomati boʻlmaydi.

Oʻtgan oyda shu kabi kitoblardan biri haqida video tayyorlagandim.
Toʻliq shaklini youtubedan koʻrishingiz mumkin: ➡️ https://youtu.be/3saJjVdK6hs

🙂 Videolarni doim koʻrib borish uchun Youtube kanalimga obuna boʻlib qoʻyishni unutmang.
Kelasi haftada qaysi kitobga video chiqishini esa shu video izohida tahmin eting 🕺

➡️@qora_yigit
5.04.2025, 16:38
t.me/qora_yigit/1218
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
106
3
1.4 k
5.04.2025, 08:22
t.me/qora_yigit/1216
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
74
1.6 k
O‘tgan yili yozda bir joyga syomkaga bordik. Eshiklari katta, oynavand bir do‘konga. Eshik va uning atroflarini bir xola artayotgandi. Shunday xokisorki shirin so‘zlar bilan so‘rashib qimtinibgina chetroq o‘tib turdi. Biz esa ichkariga kirib ketdik.

Xayolimda yaqindagina tugatganim "Kakku uyasi uzra parvoz" asarining voqealari, bosh qahramonning taqdiri. (Sizlarda ham shunday bo‘ladimi?) "Mana bu joyda yozuvchi nima demoqchi edi, anavi joyda nega bosh hamshira bilan murosa qilib qo‘ya qolmadi ekan-a?" Shular miyani band qilgandi xullas. Bunga parallel tasvirga olish jarayoniga tayyorgarlik ketyapti.

O‘sha daqiqalarda syomka uchun kerakli texnikalarimizning qolgan yarmi yetib keldi. Uni olish uchun ko‘chaga chiqarkanman, ongimda haliyam kechagina tugatgan kitobimning taassurotlari. "Makmyorfi nega qochib qolmadi? U rostdan ham jinni edimi? Nega asarning nomi "Kakku uyasi uzra parvoz?"

Shu payt baaaaaanggggggg etgan ovozdan cho‘chib ketdim. O‘zimga kelib qarasam, oynali eshikka kelib urilibman. Tezlikda ketayotgandim, yuzim va butun gavdam bilan urilibman o‘ziyam. Mana senga ko‘p kitob o‘qishning foydasi.

Endi yuzim, burnim, peshonam shunday og‘riydi deng. Uyalgandan atrofga qaradim, yaxshiyam hech kim yo‘q. Faqat… Faqat shu boyagi xola biroz qo‘rqqan, aybdordek qarab turibdi ekan. Xolaga qarab: "Nima qilyapsiz, boshlig‘ingizga shikoyat qilaman shekilli", dedim atay ovozimga jiddiylik qo‘shib. Keyin "Bunchalik toza qilib artmang-da, eshikni ko‘rmay qolyapmiz-ku", deb kuldim. Biroz o‘tib xola ham kuldi. Keyin yoyilib, balandroq ovozda kuldik.

Kitob o‘qishning yomon tomoni miyangizda aylanaverib har turli vaziyatlarga tushib qolishingizga sababchi bo‘ladi. Yaxshi tomoni esa shunday vaziyatlarga tushganingizda ustalik bilan chiqib keta olasiz.

Ana shunday gaplar, hurmatli kazo-kazolar. Agar siz ham maza qilaman desangiz "Kakku uyasi uzra parvoz" asarini o‘qib ko‘ring. Kitobni @Zabarjadmedia nashriyotidan xarid qilishingiz mumkin. Aytib qo‘yay, nashriyot sifatli kitobga kafolat beradi. Ammo romanni o‘qib bo‘lgach, yuzingizni oynaga urib olmasligingizga, biror qiz(yigit) bilan to‘qnashib, sevib-sevilib baxtli bo‘lib ketishingizga kafolat bermaydi))))

➡️@qora_yigit
4.04.2025, 19:17
t.me/qora_yigit/1215
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
36
1.4 k
“Talaba” va “AKS” toʻplamidan kitoblarimiz allaqachon egalariga yetib borgandi. Aytib qoʻyish esimdan chiqibdi.

Oʻtgan kungi omadli hayitlik egalariga ham kitoblarini pochtadan berib yubordim. Borib qolgandir…

Endi qanday kitoblarni sovgʻa qilsam ekan a? “Oyimtilla”?

➡️@qora_yigit
4.04.2025, 13:35
t.me/qora_yigit/1211
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1.6 k
4.04.2025, 13:35
t.me/qora_yigit/1213
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1.5 k
4.04.2025, 13:35
t.me/qora_yigit/1214
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
1.6 k
4.04.2025, 13:35
t.me/qora_yigit/1212
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
37
2
1.3 k
Har oyda hech boʻlmasa bir kitobni yapon yozuvchisi Haruki Murakamidan oʻqishga harakat qilyapman. Hozirda oʻqiyotganim “Pinball 1973” asari ham juda qiziq ekan. Kutilmaganda asarning asosiy planida sichqon yugurib yuribdi 🙃

Atrofimdagilar kitobning ushbu muqovasini juda yomon deya baholashdi(shaxsan menga yoqdi). Shunga qaramay aynan shu kitob 80 mingdan ortiq nusxada sotilibdi. Nima deb oʻylaysiz, Murakamining bu asari bizda shunaqa muqovada chiqqanida qanchalik ommalashardi, qancha sotilardi?

➡️@qora_yigit
4.04.2025, 07:12
t.me/qora_yigit/1210
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
44
5
1.5 k
#hisobot

✔Martda oʻqigan kitoblarim va ular haqidagi fikrlarim quyidagilar:

1. 📚"Mashriqo" - Xalq dostoni

2. 📚"Kuyujaklik Yusuf" - Sabohiddin Ali

3. 📚"Ozor berma" - Henri Marsh

4. 📚 “Mervin 1. Meni izlasang, topasan” - Umar Sevinchgul

5. 📚"Mervin 2. Asirlikdan qutulish" - Umar Sevinchgul

6. 📚"Oyimtilla" - Zulfiya Qurolboy qizi

7. 📚"Men qoʻrqaman" - Esselar toʻplami

8. 📚"Xizr koʻrgan yigit" - Luqmon Boʻrixon

✔Mart oyida Birburchakning YouTube’dagi sahifasi uchun tayyorlangan videolar:

1. ➡️Yillik hisobot: https://youtu.be/btZm1iUyM7g

2. ➡️Samaradorlikning 21 yoʻli: https://youtu.be/3saJjVdK6hs

3. ➡️Tushda kechgan umrlar: https://youtu.be/5ZBERy9C53o

✔Martda instagramdagi “Birburchak” uchun tayyorlagan videolarim:

1. 🎞 “Italiya hikoyalari”

2. 🎞 “Ozor berma” - Henri Marsh

3. 🎞 Kitobxonlarni azoblash xizmati

🗓 Siz oʻtgan oyda qaysi kitoblarni oʻqidingiz? Izohlarda yozib qoldiring.

➡️@qora_yigit
3.04.2025, 20:24
t.me/qora_yigit/1209
QO
Birburchak
10 765 подписчиков
98
1.5 k
🐳Kazo-kazolarga kitchali tavsiya)

🔥Sizga foydali kitoblar haqida taqriz yozadigan, har oy kamida 1-2 marta obunachilariga kitoblarni sovg’a qilishdan charchamaydigan, gohi jiddiy, gohida kulguli postlari bilan kayfiyatingizni ko'taradigan kanalni tavsiya qilmoqchiman.

Bu blog haqida oldin ham ko'p aytganman.
😂O'zimizni kazo-kazolardan...

@oxirgi_stoldagi_odam obuna bo'lib qo'ying :)
3.04.2025, 17:53
t.me/qora_yigit/1208
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло