2025-yilgi Xalqaro Buker mukofotining short-listi e'lon qilindi.
Ro'yxatda quyidagilar qoldi:
"On the Calculation of Volume" Solvey Balle
(Dat tilidan tarjima qilingan).
Vaqtinchalik halqa haqidagi roman. Asosiy qahramon - Antikvar kitoblar savdogari - har kuni ertalab 18-noyabrda uyg'onadi. Bu tarjima huquqi yigirmadan ortiq davlatga sotilgan yetti kitobdan iborat siklning birinchi kitobi.
"Small Boat" Vinsent Delakrua (Fransuzchadan tarjima qilingan).
Real voqealarga asoslangan novella, La-Mansh kanalini 2021-yilda rezina qayiqda kesib o'tishga harakat qilgan migrantlar fojiasi haqida. Voqealar fransuz sohil qoʻriqlash xizmatida ishlagan ayolning nuqtai nazaridan yoritiladi.
"Under the Eye of the Big Bird"
Xiromi Kavakimi
(Yapon tilidan tarjima qilingan).
Roman odamlar qirilib ketish arafasida boʻlgan uzoq kelajak haqida. Bolalar fabrikalarda ishlab chiqariladi, kattalar Onalar deb ataladigan sunʼiy intellekt tomonidan kuzatiladi. Kitob insoniyatning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, yo'qotishlar oldida jamoaviy matonatimiz haqida dadil savollar beradi.
"Perfection" Vinchenso Latroniko
(Italyanchadan tarjima qilingan).
Ideal hayotni izlab Berlinga ko'chib kelgan, lekin hafsalasi soʻngan juftlik haqidagi hikoya. Anna va Tom o'z hayotlarini onlaynda faol olib borishadi. Asta sekinlik bilan ular bor kuchi bilan yuzaki mavjudliklarida maʼno topishga harakat qilishadi.
"Heart Lamp" Banu Mushtak (Kannad tilidan tarjima qilingan).
Janubiy Hindistondagi musulmon ayollar va qizlarning hayoti haqidagi o'n ikki oʻtkirzehnli, yorqin va yurakni larzaga keltiruvchi hikoyalar to'plami. Qahramonlar orasida epchil qizlar, qoʻrs buvilar, xolis onalar bor. Ularning bari, barcha imkoniyatlar ularga qarshi bo'lgan jamiyatda omon qolish va farovonlik uchun kurashishadi. Ular o'z hayotlarida nimadir yetishmayotganligini anglashadi.
"A Leopard-Skin Hat" Ann Serr (Fransuzchadan tarjima qilingan).
Ogʻir psixologik muammolardan aziyat chekadigan hikoyachi va uning bolalikdan dugonasining sevgisi va do'stligi haqida roman. Ushbu ta'sirli kitob yozuvchining singlisini o'limidan soʻng yozilgan.
Kitoblar va mualliflar haqida toʻliqroq maʼlumot Bukerning rasmiy veb-saytidagi
maqolada.
@rakhmonalievs_blog