❗️❗️❗️❗️❗️
⚡️1-apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgardi ?
🏛Soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikka tortish tartibi o‘zgaradi
Soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanadi.
👉 QQSni qaytarishning yangi tartibi joriy etiladi
2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parranda yetishtirish xo‘jaliklari tomonidan Davlat byudjetiga to‘langan QQSning 50 foizi har oyning 25 sanasigacha qaytariladi. Bu tartib umumiy tushumining kamida 90 foizini go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxumdan olgan xo‘jaliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
💊Dori vositalarining narxini shakllantirish tartibi o‘zgaradi
Cheklangan savdo ustamalari faqat retsept asosida beriladigan dori vositalari uchun amal qiladi. Bunda amaldagi referent narx tizimi saqlab qolinadi.
🔽Ayrim subyektlar uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i miqdori pasaytiriladi
2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha ayrim subyektlar uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i 1 foiz miqdorida belgilanadi.
👩⚕️🧑⚕️Farmatsevtika va tibbiy xizmatlar QQSga tushadi
Farmatsevtika mahsulotlarini sotish yoki tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar daromadidan qat’i nazar QQS to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
⚙Ayrim toifadagi bolalarga transport xizmatlari bo‘yicha eksperiment boshlanadi
2025-yil 1-apreldan Toshkent, Andijon va Samarqandda bolalarga transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha loyiha pilot tarzida boshlanadi.
🔋“Yashil tariflar” joriy etiladi
Chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek, shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun yashil tariflar joriy etiladi.
👶Nodavlat sektor yetim bolalarni parvarish qilishga jalb etiladi
Yetim va ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalarni qisqa yoki uzoq muddatli asosda parvarish qilish va tarbiyalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga nodavlat sektor jalb etiladi.
🏘 Mahallalarda oilaviy turdagi ixcham bolalar uylari tashkil etiladi
Samarqand va Toshkentda tajriba tariqasida oilaviy qarov xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Bu xizmatlar ehtiyojmand oilalar farzandlariga qaratiladi.
💊 “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi" dasturidagi imtiyoz bekor qilinadi
2025 yil 1 apreldan boshlab “E-mehmon” tizimiga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari abonent to‘lovini to‘lash imtiyozidan mahrum bo‘ladi.
📄 Ayrim hujjatlarning qog‘oz shakli bekor qilinadi
Nogironlik, talabalik, o‘quvchi guvohnomalari, urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs guvohnomalari qog‘oz shaklda berilmaydi, ularning o‘rniga ijtimoiy karta joriy etiladi.
👩⚕️ Oilaviy shifokorlarni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi
💊 Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ishlash tartibi o‘zgaradi
Fuqarolarni TIEK ko‘rigiga yuborish uchun zarur bo‘lgan davolanish muddati talabi bekor qilinadi, u har bir holat bo‘yicha alohida belgilanadi.
🚚Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritish tartibi belgilanadi
Yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kiritish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali qabul qilinadi.
⏺Manba:
Norma.uz💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Toxirov Dilshodbek
📥 Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💬
Telegram 🌐
Instagram 🌐
YouTube 🌐
TikTok 🌐
Facebook