❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❓Vafot etganlik to’g’risidagi guvohnamani olish tartibi qanday?
✅Javob: O’lim ro’yxatga olinganligi haqida ma’lumotnomani olish uchun arizachi YaIDXP (yagona identifikatsion davlat xizmati portali) (my.gov.uz)da so’rovnoma to’ldiradi keyin belgilangan miqdorda to’lovni amalga oshiradi. So’rovnoma FHDYo organiga yuboriladi. FHDYo organi ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda arizachiga YaIDXP orqali yuboradi.
Bunda xizmatdan foydalanuvchilar jismoniy shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, xizmat ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:
- agar ishonchli shaxs orqali ariza yuborilayotganda - arizachiga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlar (notarial tasdiqlangan ishonchnoma, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat).
Xizmat ko’rsatish muddati 3 kunni tashkil etadi. Xizmat narxi esa, BHM (bazaviy hisoblash miqdorining) 4,5% ya’ni 16875 so’m hisoblanadi.
✅Xulosa: Vafot etganlik to’g’risidagi guvohnomani olish uchun arizachi yuqorida ta’kidlangan hujjatlar orqali onlayn tarzda https://my.gov.uz/uz/service/303 dan so’rovnoma to’ldirish orqali elektron shaklda olishi mumkin.
💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Qalandarova Zebiniso
📥 Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💬
Telegram 🌐
Instagram 🌐
YouTube 🌐
TikTok 🌐
Facebook