❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❓Otamizdan men va akamga katta hovli meros bo'lib qolgan. O'tgan oy akam uyimizni boshqa bir shaxsga sotib yuboribdi. Hozir uyni yangi egasi kelib uyni yarimini bo'shatishni talab qilyapdi. Bu uyda 2 yildan beri men yashayapman. Nima qilsam bo'ladi?
✅ Hurmatli fuqaro sizning savolingizga quyidagicha javob beramiz.
Siz va akangizga meros bo'lib qolgan uy umumiy mulk bo'lib, undan foydalanishni o'ziga xos qoidalari mavjud.
❗️ Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga ko'ra, Mulkdorlardan biri o‘z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtida qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga egadirlar, kimoshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno.
❗️ Shunga ko'ra, akangizni sizga taklif qilmasdan uyni sotib yuborishi ushbu normaga ziddir.
Ushbu moddaning 3-qismiga ko'ra" Ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda, boshqa mulkdorlar uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘zlariga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar."
✅ Demak, siz sudga berib oldi-sotdi shartnomasini bekor qilib uyni qolgan yarimi sotib olish huquqiga egasiz.
📚ASOS:
Fuqarolik kodeksining 224-moddasi.💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Xaitbayev Qadambek
📥 Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💬
Telegram 🌐
Instagram 🌐
YouTube 🌐
TikTok 🌐
Facebook